Birinchi Amaliy Ish
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki
Download 121.95 Kb.
|
Avazov Kamron 1-Amaliy Ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2020-2021 yillarda qishloq va suv xoʻjaligida raqamli texnologiyalarni joriy etish
- 11,25 foizi
- “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali amalga oshiriladi
- Elektron hukumat xizmatlari haqida axborot berish va xabardor qilish tizimini
- 2020-yil 1-avgustga qadar
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini yana-da rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 7-ilovaga muvofiq;
2020-2022 yillarda axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalarini rivojlantirish boʻyicha ustuvor loyihalar roʻyxati 8-ilovaga muvofiq; 2020-2021 yillarda qishloq va suv xoʻjaligida raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga ushbu qaror bilan tasdiqlangan loyihalar roʻyxatiga aniqlik kiritish huquqi berilsin. 9. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasida (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma) elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobraqam ochilsin. Jamgʻarma maxsus hisobraqamining daromad manbalari etib quyidagilar belgilansin: mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan toʻlov summasining taqsimlanguniga qadar boʻlgan 35 foizi; Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun toʻlangan davlat bojlari, yigʻimlar va barcha turdagi toʻlovlarning 11,25 foizi, shuningdek, Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun toʻlangan davlat bojlari va boshqa toʻlovlardan tushadigan mablagʻlarning 0,5 foizi; qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar. Belgilansinki, abonent raqamlaridan foydalanganlik uchun toʻlov, mablagʻlarning tegishli qismi Jamgʻarmaning maxsus hisobraqamiga oʻtkazilgandan soʻng, boshqa oluvchilar orasida mablagʻlarning qolgan qismidan kelib chiqib, oʻrnatilgan tartibda taqsimlanadi va qonun hujjatlarida belgilangan maqsadlarga yoʻnaltiriladi. 10. Belgilab qoʻyilsinki: davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, joriy etish, integratsiya qilish va texnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha umumiy qiymati 1 milliard soʻmgacha boʻlgan bitta shartnoma doirasida tanlovlarni faqat Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnoparki rezidentlari oʻrtasida oʻtkazish huquqiga ega; davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida ishlatiladigan barcha axborot tizimlari va resurslarining idoralararo elektron hamkorligi faqat “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali amalga oshiriladi. 11. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-oktyabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnoparki rezidentlari tomonidan ommaviy moliyalashtirish (kraudfanding) va opsion-shartnomalarni tuzish tartibini belgilash boʻyicha taklif kiritsin. 12. “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi Yagona integrator bilan birgalikda 2020-yil 1-oktyabrga qadar aholi va tadbirkorlik subyektlariga axborot xizmatlarini, jumladan, xabardor qilish xarakteridagi maʼlumotlarni taqdim etuvchi davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan Elektron hukumat xizmatlari haqida axborot berish va xabardor qilish tizimini ishlab chiqsin. 13. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida mahalliy tadbirkorlik subyektlariga yana-da qulayliklar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga egalik qilish, uni yuritish va boshqarish boʻyicha vakolatli organ etib belgilansin. Agentlik bir oy muddatda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimining unga tegishli barcha mol-mulk va asbob-uskunalari bilan birgalikda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga belgilangan tartibda topshirilishini taʼminlasin. 14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 1-avgustga qadar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoʻllanadigan xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qogʻozlari va boshqa yuridik hujjatlarni faqat pochta aloqa obyektlari tarmogʻi orqali yetkazib berish tartibini belgilasin. Vazirlik 2020-yil 1-avgustga qadar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan pochta aloqasi obyektlari tarmogʻi orqali yoʻllanadigan xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qogʻozlari va boshqa yuridik hujjatlarni jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazib berish va yetkazilganligini tasdiqlash, maʼlumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimini joriy etsin. 15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ–3549-son qarori 4-bandi, shuningdek, qarorga 2-4-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin. Vazirlik manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A.Gulyamov zimmasiga yuklansin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV Toshkent shahri, 2020-yil 28-aprel Download 121.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling