Birinchi analitik gruppa anionlariga
Download 18.3 Kb.
|
1 2
Bog'liqBirin ketin choktirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi analitik gruppa anionlariga
- Ikkinchi analitik gruppa anionlariga
- Uchinchi analitik gruppa anionlariga
Anionlar aralashmasining sifat analizi kationlar aralashmasining sifat analizidan tubdan farq qiladi. Anionlar kumushli va bariyli tuzlarining eruvchanligiga ko‘ra 3 ta analitik gruppaga bo'linadi. Bu klassifikatsiyaga ko‘ra: Birinchi analitik gruppa anionlariga: fosfat P043 , sulfat S0 4 2sulfit S0 3 2 , karbonat C032 , tiosulfat S2032 , xromat Cr0 4 2 , dixromat Cr2072 , borat B02 , tetraborat B4072 , oksalat C 2042 ionlari kiradi. Bu anionlar Ba2+ kationlari bilan suvda erimaydigan tuzlar hosil qiladi. BaCl2 neytral va ishqoriy muhitda birinchi analitik gruppa anionlarining cho‘ktiruvchi (gruppa) reaktividir. Ikkinchi analitik gruppa anionlariga: xlorid Cl , bromid Br, yodid I , sulfid S2~ va rodanid SCN~ ionlari kiradi. Bu anionlar Ag+ ionlari bilan suvda va suyultirilgan nitrat kislotada erimaydigan tuzlar hosil qiladi. AgN03 suyultirilgan nitrat kislota muhitida ushbu gruppa anionlarining cho‘ktiruvchi reaktividir. Uchinchi analitik gruppa anionlariga: nitrat N03 , nitrit NO 2, asetat CH 3COO ionlari kiradi. Bu anionlaming kumushli va bariyli tuzlari suvda yaxshi eriydi. Uchinchi analitik gruppa anionlarining cho^ktiruvchi reaktivi yo‘q. Kationlar aralashmasining analizidan farqli oiaroq, anionlar aralashmasi analizida ayrim anionlarni eritmadan ajratmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri aniqlash maqsadga muvofiq. Buning sababi, anionlar ko'pincha bir-birining ochilishiga xalaqit bermaydi. Shunga muvofiq cho'ktiruvchi reaktivlar anionlar gaippalarini bir-biridan ajratish uchun emas, balki ularni topish uchun qollaniladi. Anionlarga xos xususiy reaksiyalarni bajarishda shuni nazarda tutish kerakki, ko‘pgina anionlarning bariyli yoki kumushli tuzlarining tashqi ko‘rinishi juda o‘xshash bo‘ladi. Shuning uchun cho‘kmani kislotalarda yoki boshqa reaktivlarda qay darajada erishiga alohida e’tibor berish lozim. 2—3 tomchi eritmadan hosil qilingan cho'kma bir necha tomchi suyultirilgan kislota (taxminan 2 N li) da qoldiqsiz yoki juda ham oz qoldiq bilan erisa, uni eruvchan, agar taxminan 10 tomchi kislota (yoki boshqa reaktiv) qo‘shilganda ham erish 120 boshlanmasa yoki eritmaning erishi sezilarli darajada bo'lmasa, u holda cho'kma erimaydigan deb hisobianadi. Shu munosabat bilan anionlarga xos xususiy reaksiyalarni yozish uchun kationlarning xususiy reaksiyalarini yozishga tavsiya etilgan jadval biroz o‘zgartirilgan holda taklif etiladi. Download 18.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling