Birinchi analitik gruppa anionlariga
Download 18.3 Kb.
|
1 2
Bog'liqBirin ketin choktirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 50- §. Birinchi analitik gruppa anionlarining umumiy tavsifi va tibbiyotdagi ahamiyati
6- jadval
Birinchi analitik gruppa anionlarining xususiy reaksiyalari Aniqlanadigan ion Muhit Reaktiv Kuzatiladigan o'zgarishlar Cho‘kmaning xossalari Reaksiya tenglamasi so 4 2 Neytral yoki kuchsiz ishqoriy
Cho'kma 50- §. Birinchi analitik gruppa anionlarining umumiy tavsifi va tibbiyotdagi ahamiyati Birinchi analitik gruppa anionlariga fosfat P043 , sulfat S042, sulfit SO32karbonat C0 3 2 , tiosulfat S2032 , xromat Cr042 , dixromat Cr 2072 , borat B02 , tetraborat B4072 , oksalat C2042 ionlari kiradi. BaCl 2 neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhitda birinchi gruppa anionlarining cho‘ktiruvchi reaktividir. Bu anionlarining suvda qiyin eriydigan bariyli tuzlari (BaS04 dan tashqari) kislotalarda eriydi. Ag+ ionlari ushbu gruppa anionlari bilan (S042- va Cr 2Oy2 ionlari bundan mustasno) suvda qiyin eriydigan, suyultirilgan nitrat kislotada oson eriydigan tuzlar hosil qiladi. Cr0 4 2“ ionlari sariq, Cr2072 ionlari sariq-qo‘ng‘irrangga ega. Birinchi analitik gruppaning qolgan anionlari esa rangsizdir. Odam organizmida fosfat va karbonatlar katta rol 0‘ynaydi. Fosfatli va gidrokarbonatli bufer aralashmalar tirik organizmning ichki muhiti pH ini ma’lum me’yorda ushlab turadi. Siydikning eng muhim anionlari P043 va S042 ionlaridir. Ichiladigan suvda karbonat va sulfatlarning bo‘lishi uning hayotiy sifatlarini va ta’mini belgilaydi. Mineral bo‘lmagan sulfatlarning bo‘Iishi suv ifloslanishining gigiyenik ko'rsatkichidir. 121
gipslash uchun ishlatiladi. Sulfat kislotaning o'zi turli xil dorivor moddalar, masalan, sulfanilamid preparatlar sintez qilishda, dorivor moddalarni analiz qilishda keng foydalaniladi. U boshqa kislotalarni olish va organik sintez uchun ham eng ko'p ishlatiladigan moddadir. Shuning uchun ham sulfat kislota kimyo sanoatining noni deyiladi. Borat kislota H3B03 va natriy tetraborat Na 2B407 antiseptik vosita sifatida keng qollaniladi. Natriy tiosulfat Na2S203 allergiya, artritlar, nevralgiyaga qarshi vosita sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari, u galogenlar va sianidlar bilan zaharlanganda antidot sifatida ham ishlatiladi. Na2S203 qichima kasalligini davolashda eng samarali preparat hisoblanadi. Kaliy xromat va kaliy dixromat esa kuchli oksidlovchilar bo'lganligi uchun ular moddalarni analiz qilishda, dorivor moddalarning sifat va miqdoriy analizida ko'p ishlatiladi. Download 18.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling