Birinchi bob
Download 271.17 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5415774956472502291
UCHINCHI BOB
Va g'alati mushukni ko'rdi.
Bu notanish mamlakatda Jelsominoning ko'zi birinchi marta kumush tangaga tushdi. U yo'lkaga yaqin yerda, hammaga ko'rinib, yarqirab yotardi. "Qiziq, uni hech kim olmayapti-ya, — deb o'yladi Jelsomino. — Lekin mendan qochib qutulolmaydi. Pulim ozgina edi, u ham kecha kechqurun tamom bo'ldi. Bugun og'zimga uvoq ham solganim yo'q. Bu tangani o'tkinchilarning birontasi tushirib qo'ymaganmikin, avval shuni bilvolay". U o'zaro shivirlashib, uni kuzatib turgan bir to'da kishilarning yoniga bordi-da, tangani ko'rsatdi. — Janoblar, bu tangani birontangiz tushirib qo'yganingiz yo'qmi? — pichirlab so'radi u, o'z ovozi bilan cho'chitib yubormaslik uchun. — Jo'nab qol! — deyishdi ular. — Agar boshimga falokat tushmasin desang, bu tangani ko'rsata ko'rma! — Kechirasiz, — Jelsomino xijolatdan shunday dedi-yu, "Oziq-ovqat va boshqa mollar" deb yozib qo'yilgan magazin tomon yo'l oldi. Vitrinada yaxna go'sht va murabbo solingan bankalar o'rnida dasta-dasta daftarlar, turli bo'yoqlar solingan qutichalar, siyoh to'la shishalar turardi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling