Birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari


X bob. QIShLOQ XO‘JALIGIDAGI HUQUQBUZARLIK, VETERINARIYA, VETERINARIYA-SANITARIYA QOIDALARI VA NORMALARINI BUZGANLIK UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK


Download 0.59 Mb.
bet13/46
Sana19.11.2020
Hajmi0.59 Mb.
#147374
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSI


X bob. QIShLOQ XO‘JALIGIDAGI HUQUQBUZARLIK, VETERINARIYA, VETERINARIYA-SANITARIYA QOIDALARI VA NORMALARINI BUZGANLIK UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK

(X bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)

104-modda. Ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xo‘jalik ekinlarining dalada to‘plab qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yo‘q qilib yuborish, ko‘chatlarga shikast yetkazish

Chorva mollar yoki parrandalarning xo‘jalik ekinzorlarini payhon qilishi, qishloq xo‘jalik ekinlarining dalada to‘plab qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazishi yoki uni yo‘q qilib yuborishi, ko‘chatlarga shikast yetkazishi —



Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(104-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 21-noyabrdagi PF-1005-son “Ekinlarning payhon etilishiga qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-yanvardagi 20-son “Ekinlarning payhon qilinishi va nobud bo‘lishiga qarshi kurashni yanada kuchaytirish to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 272-son “Qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining payhon qilinishiga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.

Ekinzorlarni yoki ko‘chatzorlarni hamma turdagi harakatlanuvchi texnika vositalarida bosib o‘tish —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(104-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —



Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(104-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Oldingi tahrirga qarang.

1041-modda. Qishloq xo‘jalik ekinlarining navini yangilash va nav joylashtirish tartibini buzish

Qishloq xo‘jalik ekinlarining navini yangilash va nav joylashtirish tartibini buzish —



Oldingi tahrirga qarang.

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(1041-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Oldingi tahrirga qarang.

1042-modda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotini va urug‘liklarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish tartibini buzish

Qishloq xo‘jaligi mahsulotini va urug‘liklarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash hamda ulardan foydalanish tartibini, shuningdek agrosanoat majmui sohasida texnologik jarayonlar talablarini buzish —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(1042-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Qishloq xo‘jaligi o‘simliklariga doir hujjatlarni yuritish qoidalarini buzish yoxud ushbu hujjatlarga urug‘liklarning navlari va ekilish sifatlari to‘g‘risidagi noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritish, —



Oldingi tahrirga qarang.

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(1042-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(1042-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

105-modda. Tarkibida giyovand moddalar bo‘lgan ekinlarni qo‘riqlashni ta’minlash choralarini ko‘rmaganlik

Tarkibida giyovand moddalar bo‘lgan nasha va moyli ko‘knor ekinlarini, mazkur ekinlar hosilini saqlash va qayta ishlash joylarini qo‘riqlash yuzasidan belgilangan tartibni ta’minlash choralarini ko‘rmaganlik, shuningdek tarkibida giyovand moddalar bo‘lgan shunday ekinlarning ang‘izlari va ishlab chiqarish chiqindilarini yo‘q qilib tashlash choralarini ko‘rmaganlik —



Oldingi tahrirga qarang.

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(105-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

106-modda. Yovvoyi nashani yo‘q qilib yuborish choralarini ko‘rmaganlik

Tasarrufida yer maydonlari bo‘lgan shaxslar tomonidan yovvoyi nashani yo‘q qilib yuborish choralarini ko‘rmaganlik —



Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(106-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

107-modda. Karantin e’lon qilingan zararkunandalarga, o‘simliklar kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurash qoidalarini buzish

Karantin e’lon qilingan zararkunandalarga, o‘simliklar kasalliklariga va begona o‘tlarga qarshi kurashning sanitariya qoidalarini va boshqa xil qoidalarni buzish —



Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(107-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan zaharli begona o‘tlarga qarshi kurash choralarini ko‘rmaganlik —



Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(107-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2013-yil 18-dekabrdagi 9/7, 29-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Respublikada karantindagi zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlarning ro‘yxati”.

108-modda. Karantin tekshiruvidan va tegishli tartibda ishlov berishdan o‘tkazilmagan materiallarni tashib chiqib ketish

Chet mamlakatlardan keltirilib, karantin tekshiruvidan va tegishli ishlov berishdan o‘tkazilmagan materiallarni chegaradagi daryo portlaridan (pristanlaridan), temir yo‘l stansiyalaridan, avtovokzallardan (avtostansiyalardan), aeroportlardan va boshqa chegara punktlaridan tashib chiqib ketish —



Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(108-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —



Oldingi tahrirga qarang.

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(108-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-yanvardagi 65-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 912-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.

Oldingi tahrirga qarang.

109-modda. Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish

(109-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzganlik, epizootiyalarga qarshi kurashish choralarini ko‘rmaganlik —



(109-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(109-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 200-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 28-sentabrdagi 379-sonli “Respublika aholisini qishloq xo‘jaligi hayvonlarida uchraydigan yuqumli kasalliklardan muhofaza qilish hamda go‘sht va sut mahsulotlarini yetkazib berish va sotish chog‘ida veterinariya-sanitariya talablariga rioya etish to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 139-son “Davlat veterinariya xizmati tizimida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-noyabrdagi 905-son qarori bilan tasdiqlangan Veterinariya dori vositalari va ozuqa qo‘shimchalari xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 25-oktabrdagi 361-sonli “Davlat veterinariya xizmati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Tarqalishi oqibatida karantin yoki cheklashlar belgilanadigan hayvonlarning yuqumli kasalliklari ro‘yxati (ro‘yxat raqami 2543, 26.12.2013-y.).

110-modda. It va mushuk boqish qoidalarini buzish

Shaharlar va boshqa aholi punktlarida it va mushuk boqishning qoidalarini buzish, xuddi shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan egasiz hayvonlarni tuttirish choralarini ko‘rmaganlik —



Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(110-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Xuddi shunday huquqbuzarlik fuqarolarning sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, —



Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(110-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyuldagi 202-sonli qarori bilan tasdiqlangan Aholi punktlarida itlar va mushuklarni saqlash qoidalari, Aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash qoidalari (ro‘yxat raqami 2373, 21.06.2012-y.).

111-modda. Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish

Oldingi tahrirga qarang.

Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish ularning o‘limiga yoxud mayib bo‘lishiga olib kelsa, xuddi shuningdek hayvonlarni qiynash, —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(111-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa yoxud ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxs hozirligida sodir etilgan bo‘lsa, —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.



(111-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Oldingi tahrirga qarang.

112-modda. Traktorchi-mashinistlar tomonidan qishloq xo‘jalik mashinalaridan texnik jihatdan foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalarini qo‘pol ravishda buzish

(112-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Traktorchi-mashinistlar tomonidan traktorlar, kombaynlar, boshqa o‘ziyurar qishloq xo‘jalik, melioratsiya, yo‘l-qurilish mashinalaridan texnik jihatdan foydalanish qoidalarini va texnika xavfsizligi qoidalarini qo‘pol ravishda buzish —



(112-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)

Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki mexanizatorlarni ushbu mashinalarni boshqarish huquqidan bir yilgacha muddatga mahrum qilishga sabab bo‘ladi.



(112-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

XI bob. TRANSPORTDAGI, YO‘L XO‘JALIGI VA ALOQA SOHALARIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK

113-modda. Temir yo‘l transportida harakat xavfsizligi qoidalarini buzish

Temir yo‘l izlariga poyezdlar qatnovining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ashyolarni qo‘yish, shuningdek temir yo‘lni, ihota daraxtlarini va qor to‘sish g‘ovlarini hamda boshqa yo‘l obyektlarini, signal berish va aloqa inshootlari va qurilmalarini shikastlantirish —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(113-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Temir yo‘ldan ot-arava haydab o‘tish va chorva mollarni haydab o‘tish, chorva mollarni temir yo‘l yaqinida boqish qoidalarini buzish —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(113-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Temir yo‘l transportiga yuk ortish vaqtida belgilangan gabaritlarga rioya qilmaslik —



Oldingi tahrirga qarang.

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(113-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Temir yo‘llarni belgilanmagan joylardan kesib o‘tish —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining yigirmadan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.



(113-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Transport vositalari haydovchilari tomonidan temir yo‘l izini belgilanmagan joydan kesib o‘tish —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(113-modda beshinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2015-yil 3-iyuldagi 112-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Temir yo‘l transportida harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom”.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling