Birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari


Download 0.59 Mb.
bet46/46
Sana19.11.2020
Hajmi0.59 Mb.
#147374
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSI


32435-modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan sud tomonidan qabul qilinadigan ajrim

Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan sud arizani qanoatlantirish va ilgari o‘zi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilish haqida yoki arizani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.

Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan chiqarilgan ajrimning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.

Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan chiqarilgan sud ajrimi ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud hujjati bekor qilingan taqdirda, ilgari o‘zi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilgan sudning o‘zi ishni ushbu Kodeksda belgilangan umumiy tartibda takroran ko‘radi.

(XXIV1 bob O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)

BEShINChI BO‘LIM
MA’MURIY JA3O QO‘LLANISh TO‘G‘RISIDAGI QARORLARNI IJRO ETISh


XXV bob. ASOSIY QOIDALAR

325-modda. Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror ijrosining majburiyligi

Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorni korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar ijro etishi majburiydir.



326-modda. Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishga qaratish

Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror, basharti ushbu Kodeksda va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida o‘zgacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, chiqarilgan paytdan boshlab ijro etilishi lozim.

Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorga shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda bu qaror berilgan shikoyat yoki bildirilgan protest qanoatlantirishsiz qoldirilgandan keyin ijro etilishi kerak. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida undirib olinadigan jarima solish to‘g‘risidagi qaror bundan mustasnodir.

Oldingi tahrirga qarang.

Jarima solish to‘g‘risidagi qaror uni ixtiyoriy ravishda bajarishning ushbu Kodeksning 332-moddasida belgilangan muddati o‘tib ketganidan keyin majburiy ravishda ijro etiladi.



(326-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)

Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror uni chiqargan organ (mansabdor shaxs) tomonidan ijro etishga qaratiladi.



327-modda. Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish

Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror ushbu Kodeksda va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ijro etiladi.

Bir shaxsga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risida bir necha qaror chiqarilgan hollarda ularning har biri mustaqil ravishda ijro etiladi.

328-modda. Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorning ijrosini kechiktirish

Ma’muriy qamoqqa olish yoki jarima solish (joyning o‘zida undirib olinadigan jarima solish bundan mustasno) tarzida ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorni darhol ijro etishga imkon bermaydigan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, shu qarorni chiqargan organ (mansabdor shaxs) uning ijrosini bir oygacha muddatga kechiktirishi mumkin.



329-modda. Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorning ijrosini tugatish

Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risida qaror chiqargan organ (mansabdor shaxs) quyidagi hollarda uning ijrosini tugatadi:

1) amnistiya akti e’lon qilinib, u ma’muriy jazo chorasini qo‘llanishni yo‘q qilsa;

2) ma’muriy javobgarlikni belgilovchi normativ hujjat bekor qilingan bo‘lsa;

3) ustidan qaror chiqarilgan shaxs vafot etgan bo‘lsa.

330-modda. Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror ijrosining muhlati

Basharti ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab uch oy davomida ijro etishga qaratilmagan bo‘lsa, u holda bunday qaror ijro etilmaydi. Ushbu Kodeksning 318-moddasiga muvofiq qarorning ijrosi to‘xtatib turilgan taqdirda, kuchini yo‘qotish muddatining kechishi shikoyat yoki protest ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib qo‘yiladi. Ushbu Kodeksning 328-moddasiga muvofiq qarorning ijrosi kechiktirilgan taqdirda, kuchini yo‘qotish muddatining kechishi muddatini kechiktirish davri o‘tgunga qadar to‘xtatib qo‘yiladi.



331-modda. Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal etish

Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni shu qarorni chiqargan organ (mansabdor shaxs) hal etadi.

Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorning to‘g‘ri va o‘z vaqtida ijro etilishini nazorat qilish shu qarorni chiqargan organ (mansabdor shaxs) zimmasiga yuklatiladi.

Organlarning (mansabdor shaxslarning) ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorning ijrosiga oid harakati xususida berilgan shikoyatlar ushbu Kodeksning 315-moddasida aytib o‘tilgan organlar tomonidan 319 va 320-moddalarida belgilangan talablarga rioya etilgan holda hal etiladi.



XXVI bob. JARIMA SOLISh TO‘G‘RISIDAGI QARORNI IJRO ETISh BO‘YIChA ISh YuRITISh

332-modda. Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish muddatlari va tartibi

Oldingi tahrirga qarang.

Jarima huquqbuzar tomonidan unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘ttiz kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda — shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan boshlab o‘n besh kundan kechiktirmay to‘lanishi lozim, ushbu moddaning ikkinchi qismi bundan mustasno.



(332-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarimani huquqbuzar jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan hollarda esa, shikoyat yoki protest qanoatlantirilmay qoldirilganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay to‘lashi kerak.



(332-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)

O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning mustaqil ish haqi bo‘lmagan taqdirda, jarima ularning ota-onalari yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslardan undirib olinadi.



Oldingi tahrirga qarang.

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun solingan jarima huquqbuzar tomonidan tegishli bank muassasasiga to‘lanadi, huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida undirib olinadigan jarima bundan mustasno.



(332-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

3321-modda. Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi

Huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi:

ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun sud tomonidan jarima solinganda;

jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;

xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda.



(3321-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)

333-modda. Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni majburiy ijro etish

Oldingi tahrirga qarang.

Huquqbuzar jarimani ushbu Kodeksning 332-moddasida belgilangan muddat ichida to‘lamagan taqdirda, jarima solish to‘g‘risidagi qaror sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan qoidalarga muvofiq jarimani uning ish haqi yoki boshqa maoshidan, nafaqasidan yoki stipendiyasidan majburiy tartibda undirib olish uchun yuboriladi.



Oldingi tahrirga qarang.

Basharti jarima solingan shaxs ishlamayotgan bo‘lsa yoxud jarimani huquqbuzarning ish haqi yoki boshqa daromadidan, pensiyasi yoki stipendiyasidan boshqa sabablarga ko‘ra undirib olishning iloji bo‘lmasa, uni undirib olish davlat ijrochisi tomonidan jarima solish to‘g‘risida tegishli organ (mansabdor shaxs) chiqargan qaror asosida huquqbuzarning mulkidan, shuningdek umumiy mulkdagi uning hissasidan undirib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi.



(333-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)

Jarima O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ijro hujjatlari bo‘yicha undirib olinishi mumkin bo‘lmagan mol-mulkdan undirib olinishi mumkin emas.



334-modda. Joyning o‘zida undirib olinadigan jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish

Ushbu Kodeksning 283-moddasiga muvofiq jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilingan joyning o‘zida undirib olingan taqdirda huquqbuzarga qat’iy moliyaviy hisobot hujjati hisoblangan belgilangan nusxadagi kvitansiya beriladi.

Jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida to‘lanmasa, ishni ko‘rib chiqish va qarorni ijro etish ushbu Kodeksning 332 va 333-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

335-modda. Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish ishlarini tugallash

Jarima solish to‘g‘risidagi qarorga muvofiq jarima to‘la-to‘kis undirib olingach, uning ijro etilganligi haqida belgi qo‘yilib, shu qarorni chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga qaytariladi.



Oldingi tahrirga qarang.

Majburiy ijroga qaratilgan jarima solish to‘g‘risidagi qaror ijro etilganidan so‘ng davlat ijrochisi ijro ishini yuritishni tamomlash to‘g‘risida qaror chiqaradi va uning bir nusxasini uni chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga yuboradi.



(335-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)

XXVII bob. NARSANI HAQINI TO‘LASh ShARTI BILAN OLIB QO‘YISh TO‘G‘RISIDAGI QARORNI IJRO ETISh BO‘YIChA ISh YuRITISh

336-modda. Narsani haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish

Oldingi tahrirga qarang.

Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror asosida olib qo‘yilgan narsalar belgilangan tartibda shartnoma-vositachilik asosida yoxud auksion shaklidagi kimoshdi savdosida realizatsiya qilinadi.



(336-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)

O‘qotar qurollarni va o‘q-dorilarni haqini to‘lab olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror ichki ishlar organlari tomonidan ijro etiladi.

Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yilgan narsani sotishdan tushgan pullar ushbu Kodeksning 26-moddasiga muvofiq olib qo‘yilgan narsalarni sotish xarajatlarini chegirib qolib, shu narsalarning sobiq egasiga topshiriladi.

XXVIII bob. NARSANI MUSODARA QILISh TO‘G‘RISIDAGI QARORNI IJRO ETISh BO‘YIChA ISh YuRITISh

337-modda. Narsani musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish

Oldingi tahrirga qarang.

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday ashyo bo‘lgan narsani musodara qilish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlarining davlat ijrochilari tomonidan ijro etiladi.



(337-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)

338-modda. Musodara qilingan narsani sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan musodara qilingan narsani sotish va yo‘q qilib tashlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



339-modda. Narsani musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish bo‘yicha ish yuritishning tugallanishi

Oldingi tahrirga qarang.

Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish to‘g‘risidagi qaror ijro etilganidan so‘ng davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni tamomlash to‘g‘risida qaror chiqaradi va uning bir nusxasini uni chiqargan ma’muriy sudga yuboradi.



(339-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)

XXIX bob. MAXSUS HUQUQDAN MAHRUM ETISh TO‘G‘RISIDAGI QARORNI IJRO ETISh BO‘YIChA ISh YuRITISh

340-modda. Maxsus huquqdan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorni ijro etuvchi organlar

Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror ushbu Kodeksning 248-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi.



Oldingi tahrirga qarang.

Kema haydovchilarini kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror ushbu Kodeks 2491-moddasining to‘rtinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi.



(340-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)

Ov qilish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror ushbu Kodeksning 261-moddasi ikkinchi qismida aytib o‘tilgan ov qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati olib boruvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi.



341-modda. Transport vositalarini yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish tartibi

Transport vositalarini yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror haydovchilik guvohnomasini, shuningdek uning talonini olib qo‘yish yo‘li bilan ijro etiladi.

Basharti haydovchi yoki kema haydovchisi transport vositalarining yoki kichik hajmli kemalarning ayrim turlarini boshqarish huquqidangina mahrum etilgan bo‘lsa, haydovchilik guvohnomasiga va uning taloniga transport vositalarining yoki kichik hajmli kemalarning qaysi turlarini boshqarish huquqidan mahrum etilganligi yozib qo‘yiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalarni olib qo‘yish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan, kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalarni olib qo‘yish tartibi esa — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.



(341-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)

342-modda. Ov qilish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish tartibi

Ov qilish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror ovchilik biletini olib qo‘yish yo‘li bilan ijro etiladi.

Ov qilish huquqidan mahrum etilgan shaxs ovchilik biletini topshirishdan bo‘yin tovlagan taqdirda ov qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar ovchilik biletini belgilangan tartibda olib qo‘yadilar.

343-modda. Maxsus huquqdan mahrum etish muddatini qisqartirishning asoslari va tartibi

Oldingi tahrirga qarang.

Muayyan muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan yoki ov qilish huquqidan mahrum etilgan shaxs mehnatga halol munosabatda bo‘lishi va namunali xulq-atvori bilan o‘zini ko‘rsatgan taqdirda, unga nisbatan jazo qo‘llagan ma’muriy sud bunday huquqdan mahrum qilish muddatini belgilangan muddatning kamida yarmi o‘tgach va sud tomonidan tayinlangan jarima to‘langach, korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatining iltimosi bilan qisqartirishi mumkin.



(343-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi 503-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son)

344-modda. Maxsus huquqdan mahrum etish muddatini hisoblash

Transport vositalarini haydovchilar va ov qilish qoidalarini buzgan shaxslar maxsus huquqdan mahrum etish to‘g‘risida qaror chiqarilgan kundan boshlab shunday huquqdan mahrum etilgan deb hisoblanadilar.

Maxsus huquqdan mahrum qilish muddati o‘tgach, shuningdek bu muddat ushbu Kodeksning 343-moddasiga muvofiq qisqartirilgan taqdirda, shunday ma’muriy jazo chorasiga tortilgan shaxsga undan olib qo‘yilgan hujjatlar belgilangan tartibda qaytarib beriladi.

Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan haydovchi haydovchilik guvohnomasini topshirishdan bosh tortgan taqdirda, bu huquqdan mahrum etish muddati guvohnoma olib qo‘yilgan kundan boshlab, lekin qaror chiqargan organ belgilagan mahrum etish muddati tugashidan kechiktirmasdan hisoblanadi.



XXX bob. MA’MURIY QAMOQQA OLISh TO‘G‘RISIDAGI QARORNI IJRO ETISh BO‘YIChA ISh YuRITISh

345-modda. Ma’muriy qamoqqa olish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish

Ma’muriy qamoqqa olish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgandan keyin darhol ijro etiladi.



346-modda. Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi

Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar ichki ishlar organlari belgilab qo‘ygan joylarda qamoqda saqlanadilar. Ma’muriy qamoqqa olish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish chog‘ida qamoqqa olinganlar shaxsiy ko‘rikdan o‘tkaziladilar.

Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish muddati ma’muriy qamoq muddatiga qo‘shib hisoblanadi.

Ma’muriy qamoqni o‘tash O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan qoidalar asosida amalga oshiriladi.

Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar jismoniy ishlarda foydalaniladi.

Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar mehnatidan foydalanishni tashkil etish tuman (shahar) hokimliklariga yuklatiladi.



Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga qamoqda bo‘lgan vaqtlari uchun doimiy ish joylaridan ish haqi to‘lanmaydi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 734-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalar to‘g‘risida nizom, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 15-maydagi 135-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalar hududidan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning chetga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-iyuldagi 535-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni undirish tartibi to‘g‘risida nizom, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 14-avgustdagi 220-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalarning ichki tartib qoidalari.

Oldingi tahrirga qarang.

XXX1 bob. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish bo‘yicha ish yuritish

3461-modda. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarorning ijrosini amalga oshiruvchi organlar

Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qaror quyidagi organlar tomonidan ijro etiladi:



Oldingi tahrirga qarang.

ushbu Kodeksning 512, 518, 519, 56, 57, 58-moddalarida, 611-moddasining birinchi qismida, 94, 1651, 1842, 1843, 189, 1891, 201, 2021-moddalarida, 225-moddasining birinchi — uchinchi qismlarida, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan taqdirda — ichki ishlar organlari tomonidan;



(3461-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-579-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 03/19/579/3994-son)

ushbu Kodeksning 2241-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan taqdirda — chegara qo‘shinlari tomonidan.



3462-modda. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish

Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish mazkur shaxslar qaysi chet davlat hududiga chiqarib yuborilayotgan bo‘lsa, o‘sha chet davlatning hokimiyat vakiliga ularni rasmiy ravishda topshirish yoxud chiqarib yuborilayotgan shaxsning O‘zbekiston Respublikasi hududidan nazorat ostida mustaqil ravishda chiqib ketishi yo‘li bilan amalga oshiriladi.



Oldingi tahrirga qarang.

Agar chiqarib yuborilayotgan shaxsni chet davlat vakiliga topshirish O‘zbekiston Respublikasining mazkur davlat bilan tuzilgan shartnomasida nazarda tutilmagan bo‘lsa, chiqarib yuborish O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan joyda amalga oshiriladi.



(3462-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)

Chet el fuqarosini yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan o‘tkazish punkti orqali chiqarib yuborish to‘g‘risida mazkur shaxs qaysi chet davlat hududiga (hududi orqali) chiqarib yuborilayotgan bo‘lsa, o‘sha chet davlatning hokimiyat vakillari, agar O‘zbekiston Respublikasining ushbu davlat bilan tuzilgan shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa, xabardor qilinadi.

Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ma’muriy tarzda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.

(XXX1 bob O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)

XXXI bob. QARORNING MULKIY ZARARNI UNDIRIB OLISh XUSUSIDAGI QISMINI IJRO ETISh BO‘YIChA ISh YuRITISh

347-modda. Qarorning mulkiy zararni undirib olish xususidagi qismini ijro etish tartibi va muddatlari

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorning mulkiy zararni undirib olish xususidagi qismi ushbu Kodeks va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda ijro etiladi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorning mulkiy zararni undirib olish xususidagi qismi ijro hujjati hisoblanadi.

Mulkiy zarar huquqbuzar tomonidan unga qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kundan kechiktirmay to‘lanishi lozim (ushbu Kodeksning 311-moddasi), bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda — shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi ma’lum qilingan kundan boshlab o‘n besh kundan kechiktirmay qoplanishi lozim.



348-modda. Qarorning mulkiy zararni undirib olish xususidagi qismini bajarmaslik oqibatlari

Oldingi tahrirga qarang.

Qarorning mulkiy zararni undirib olishga oid qismi ushbu Kodeks 347-moddasining uchinchi qismida belgilangan muddatda ijro etilmasa, u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy ijro uchun davlat ijrochisiga yuboriladi.



(348-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 3-son; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda, 12-son, 269-modda; 1996-y., 5-6-son, 69-modda, 9-son, 144-modda; 1997-y., 2-son, 56-modda, 4-5-son, 126-modda, 9-son, 241-modda; 1998-y., 3-son, 38-modda, 5-6-son, 102-modda, 9-son, 181-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda, 5-son, 124-modda, 9-son, 229-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda, 7-8-son, 217-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda, 9-10-son, 165, 182-moddalar; 2002-y., 1-son, 20-modda, 9-son, 165-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda, 5-son, 67-modda, 9-10-son, 149-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda, 37-son, 408-modda, 51-son, 514-modda; 2005-y., 37-38-son, 280-modda, 51-son, 374-modda, 52-son, 384, 385-moddalar; 2006-y., 25-26-son, 226-modda, 39-son, 385-modda, 41-son, 405-modda, 51-52-son, 498, 501-moddalar; 2007-y., 14-son, 134, 134-moddalar, 15-son, 154-modda, 17-18-son, 170-modda, 37-38-son, 377-modda, 39-son, 400-modda, 50-51-son, 504, 512-moddalar, 52-son, 532-modda; 2008-y., 14-15-son, 88-modda, 16-son, 117-modda, 17-son, 129-modda, 37-38-son, 367-modda, 39-son, 391-modda, 52-son, 513, 514-moddalar; 2009-y., 3-son, 9-modda, 38-son, 414, 415-moddalar, 39-son, 423-modda, 41-son, 439-modda, 50-51-son, 529-modda, 52-son, 551, 553, 555, 557-moddalar; 2010-y., 20-son, 146-modda, 21-son, 161-modda, 22-son, 174-modda, 37-son, 313, 317-moddalar, 38-son, 329-modda, 40-41-son, 343-modda, 51-son, 479, 484, 485-moddalar; 2011-y., 1-2-son, 1-modda, 16-son, 162-modda, 17-son, 168-modda, 36-son, 365-modda, 40-son, 410-modda, 52-son, 556-modda; 2012-y., 15-son, 166-modda, 37-son, 423-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda, 18-son, 233-modda, 41-son, 543-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda, 20-son, 222-modda, 36-son, 452-modda, 49-son, 579-modda, 50-son, 588-modda; 2015-y., 23-son, 301-modda, 32-son, 425-modda, 33-son, 439-modda, 52-son, 645-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda, 17-son, 173-modda, 39-son, 457-modda, 52-son, 597-modda; 2017-y., 1-son, 1-modda, 16-son, 265-modda, 24-son, 487-modda, 37-son, 978-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son, 10.2018-y., 03/18/495/2029-son, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son; 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son; 10.01.2019-y., 03/19/514/2450-son; 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.03.2019-y., 03/19/526/2701-son; 15.03.2019-y., 03/19/530/2769-son, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son, 03.05.2019 y., 03/19/534/3046-son, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 29.05.2019-y., 03/19/543/3201-son, 09.07.2019-y., 03/19/548/3395-son, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son, 31.08.2019-y., 03/19/560/3677-son, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son; 30.10.2019-y., 03/19/575/3972-son, 01.11.2019-y., 03/19/577/3975-son, 06.11.2019-y., 03/19/579/3994-son, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son; 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son; 26.03.2020-y., 03/20/613/0362-son, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)
Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling