Birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Download 0.59 Mb.
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- TO‘RTINChI BO‘LIM MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO‘G‘RISIDAGI IShLARNI YuRITISh XIX bob. UMUMIY QOIDALAR
- 270-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish tartibi
- 272-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni fuqarolarning tengligi asosida ko‘rib chiqish
- 273-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuritiladigan til
- 274-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishning ochiq ko‘rilishi
- 275-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish chog‘ida qonunlarning ijrosi ustidan prokuror nazorati
- 277-modda. Dalillarga baho berish
- 278-modda. Materiallarni prokurorga topshirish
- XX bob. MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO‘G‘RISIDAGI BAYoNNOMA 279-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzish
- 280-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzishga vakolati bo‘lgan shaxslar
- 281-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaning mazmuni
- 282-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani jo‘natish
- 283-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilmaydigan hollar
2684-modda. Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish organlari Ushbu Kodeksning 99-moddasida (yo‘l-qurilish sohasidagi qonun hujjatlarini buzishga oid qismi), 147-moddasining birinchi qismida (avtomobil yo‘llarini o‘zboshimchalik bilan qazish, ularda sun’iy notekisliklar va to‘siqlar yaratish, avtomobil yo‘lida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, shuningdek yo‘llarni saqlash qoidalarini buzish) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish vazifalari: har bir ishning holatini o‘z vaqtida, har tomonlama, to‘la va obyektiv ravishda aniqlab chiqishdan, bu ishni qonun hujjatlariga muvofiq holda hal etishdan, chiqarilgan qarorning ijrosini ta’minlashdan, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish sabablari va bunga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlashdan, huquqbuzarliklarning oldini olishdan, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashdan, qonuniylikni mustahkamlashdan iboratdir. Oldingi tahrirga qarang. 2691-modda. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, ishni ko‘rib chiqish jarayonida organ (mansabdor shaxs) tomonidan talab qilib olingan hujjatlar, shuningdek qog‘ozda rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida shakllantiriladi. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar elektron shaklda shakllantirilishi mumkin. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar elektron shaklda shakllantirilganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar organga (mansabdor shaxsga) o‘zining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishga haqli. Ishlar elektron shaklda shakllantirilganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan sudga taqdim etilgan yozma hujjatlar ishga elektron shaklda qo‘shib qo‘yiladi, shundan so‘ng yozma hujjatlar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, organ (mansabdor shaxs) tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar tegishincha organning majlisida raislik qiluvchining va kotibning yoki ishni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni elektron shaklda boshqa organga topshirish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi elektron shaklda shakllantirilgan ishlarning qog‘ozdagi ko‘chirma nusxalari bo‘lishi mumkin. (2691-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son) Oldingi tahrirga qarang. 2692-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarning murojaatlari Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va muddatlarda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan murojaat qilishga haqli. Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat shaklida yuborilishi mumkin. Ish holatlari hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanishi lozim bo‘lganda, shuningdek boshqa zarur hollarda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaxsning) talabi bilan hujjatlarning asl nusxalari taqdim etiladi. (2692-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son) 270-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish tartibi Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish tartibi ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 271-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar Quyidagi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni boshlash mumkin emas, boshlangan ish esa tugatilishi lozim: 1) ma’muriy huquqbuzarlik hodisasi yoki alomati yo‘q bo‘lsa; 2) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish paytida shaxs o‘n olti yoshga to‘lmagan bo‘lsa; 3) g‘ayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlikni sodir etgan shaxs aqli noraso bo‘lsa; 4) shaxs harakatni zaruriy mudofaa holatida yoki oxirgi zarurat holatida qilgan bo‘lsa; Oldingi tahrirga qarang. 41) shaxs harakatni jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish natijasida qilgan bo‘lsa; (271-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan 41-band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son) 5) amnistiya akti chiqishi, agar u ma’muriy jazo chorasini qo‘llanishni bekor qilsa; 6) ma’muriy javobgarlikni belgilovchi hujjat bekor qilingan bo‘lsa; 7) ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish paytiga kelib ushbu Kodeksning 36-moddasida nazarda tutilgan muddatlar o‘tib ketgan bo‘lsa; 8) ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs xususida shu fakt yuzasidan ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risida vakolatli organ (mansabdor shaxs) qaror chiqargan bo‘lsa yoki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni tugatish to‘g‘risida chiqarilgan qaror bekor qilinmagan bo‘lsa, shuningdek mazkur fakt yuzasidan jinoyat to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa; 9) shaxs ishi yuritila boshlangan paytda vafot etgan bo‘lsa; Oldingi tahrirga qarang. 10) huquqbuzarlikning oqibatlari bartaraf etilgan taqdirda shaxsni javobgarlikdan ozod etish ushbu Kodeksning tegishli moddasida nazarda tutilgan bo‘lsa; (271-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuniga asosan 10-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda) Oldingi tahrirga qarang. 11) agar ushbu Kodeks 164-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 165-moddasining birinchi qismida, 166-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 167-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 168-moddasida, 171-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 172, 173-moddalarida, 174-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1741-moddasining birinchi — sakkizinchi qismlarida, 175-moddasining birinchi va oltinchi qismlarida, 1751-moddasining birinchi qismida, 1753, 1754-moddalarida, 1755-moddasining birinchi qismida, 1761 — 1764-moddalarida, 177-moddasining birinchi qismida, 1771-moddasining birinchi qismida, 1772-moddasining birinchi qismida, 178-moddasining birinchi, uchinchi — sakkizinchi qismlarida, 1781-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1792-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1794-moddasining birinchi qismida, 1795-moddasida, 215-moddasining birinchi qismida, 2151-moddasining birinchi qismida, 2278-moddasining birinchi, uchinchiva beshinchi qismlarida, 22714-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 22715-moddasining birinchi qismida, 22716-moddasining birinchi va to‘rtinchi qismlarida, 22718-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 22719-moddasining birinchi qismida, 22721-moddasida, 22722-moddasining birinchi qismida, 22723-moddasining birinchi qismida, 22724, 22725 va 22726-moddalarida, 22727-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxslari yoki xodimlari yoxud tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar yo‘l qo‘yilgan buzilishlarni huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va (yoki) yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, bundan fuqarolarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan hollar mustasno. (271-moddaning 11-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 31-oktabrdagi O‘RQ-577-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2019-y., 03/19/577/3975-son — 2020-yil 2-fevraldan kuchga kiradi) 272-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni fuqarolarning tengligi asosida ko‘rib chiqish Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish barcha fuqarolarning jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyi, irqi, millati, tili, dini va e’tiqodidan qat’i nazar, qonun oldida va shu ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) oldida tengligi asosida ko‘rib chiqiladi. 273-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuritiladigan til Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda yuritiladi. Ish yuritilayotgan tilni bilmaydigan ish ishtirokchilariga tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘liq tanishish va ishni mohiyati bo‘yicha ko‘rib chiqish chog‘ida qatnashish huquqi, shuningdek o‘z ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi. 274-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishning ochiq ko‘rilishi Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ochiq ko‘riladi. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishning tarbiyaviy va ogohlantiruvchi rolini oshirish maqsadida bunday ishlar huquqbuzarning ish, o‘qish joyidagi jamoalarida yoki yashash joyida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Prokuror ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish chog‘ida qonunlarning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirar ekan: ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga; ish materiallari bilan tanishib chiqishga; ish yuritish vaqtida organlar (mansabdor shaxslar)ning harakatlari qonuniyligini tekshirishga; ishni ko‘rib chiqishda qatnashishga; ishni ko‘rib chiqish vaqtida vujudga kelgan masalalar xususida iltimosini bayon etishga, xulosalar berishga; ma’muriy huquqbuzarliklar uchun tegishli organlar (mansabdor shaxslar) ta’sir ko‘rsatish choralarini to‘g‘ri qo‘llanganligini tekshirishga; Oldingi tahrirga qarang. ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qabul qilingan qarorga yoki shikoyat yuzasidan chiqarilgan qarorga protest keltirishga; (275-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son) qonunda nazarda tutilgan boshqa harakatlar qilishga haqlidir. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Kokstitutsiyasining 118-moddasi. 276-modda. Dalillar Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishga oid dalillar har qanday faktik ma’lumotlardan iborat bo‘lib, organlar (mansabdor shaxslar) shu ma’lumotlarga asoslanib ma’muriy huquqbuzarlik holati yuz bergan yoki bermaganligini, muayyan shaxsning uni sodir etishda aybdorligini va ishni to‘g‘ri ko‘rib chiqish uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa holatlarni qonunda belgilangan tartibda aniqlaydi. Oldingi tahrirga qarang. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlar quyidagi vositalar: ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning tushuntirishlari hamda jabrlanuvchining, guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspert xulosasi, mutaxassis maslahati (tushuntirishlari), ashyoviy dalillar, ashyolar va hujjatlarni olib qo‘yish to‘g‘risidagi bayonnoma, audio-, videoyozuvlardan va fotosuratlardan iborat materiallar, shuningdek boshqa materiallar bilan belgilanadi. (276-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi) 277-modda. Dalillarga baho berish Organ (mansabdor shaxs) dalillarga ishning hamma holatlarini har tomonlama, to‘la va obyektiv jamlab tekshirishga asoslangan o‘zining ichki ishonchi bilan qonunga amal qilgan holda baho beradi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarni yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 73-moddasi. 278-modda. Materiallarni prokurorga topshirish Basharti ishni ko‘rib chiqish paytida organ (mansabdor shaxs) huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari bor degan xulosaga kelsa, materiallarni prokurorga topshiradi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 35-son “Sudlar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarorining 17-bandi. XX bob. MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO‘G‘RISIDAGI BAYoNNOMA 279-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzish Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi to‘g‘risidagi bayonnoma vakolatli mansabdor shaxs tomonidan tuziladi. Ushbu Kodeksning 283-moddasida nazarda tutilgan hollarda bayonnoma tuzilmaydi.
Buzilishi ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan qoidalarga rioya etilishini tekshirish va (yoki) nazorat qilish qonun hujjatlari bilan zimmasiga yuklatilgan tegishli organning vakolatli mansabdor shaxsi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzadi. (280-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda) 281-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaning mazmuni Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomada: shu bayonnoma tuzilgan sana va joy, bayonnomani tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi; huquqbuzarning shaxsiga oid ma’lumotlar; ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va bu huquqbuzarlikning mohiyati, ana shunday huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat; agar guvohlar va jabrlanuvchilar bo‘lsa, ularning familiyalari va yashash manzillari; huquqbuzarning tushuntirishi; ishni hal qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Basharti huquqbuzarlik tufayli moddiy zarar yetkazilgan bo‘lsa, bu ham bayonnomada ko‘rsatiladi. Bayonnoma uni tuzgan shaxs va ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan imzolanadi; guvohlar va jabrlanuvchilar bo‘lgan taqdirda esa — bayonnoma mazkur shaxslar tomonidan ham imzolanadi. Huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bayonnomaga bu haqda yozib qo‘yiladi. Huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bayonnomaning mazmuni yuzasidan bayonnomaga ilova qilinadigan tushuntirish va mulohazalarini berishga, shuningdek mazkur bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortish sabablarini bayon etishga haqlidir. Bayonnomani tuzish vaqtida huquqbuzarga ushbu Kodeksning 294-moddasida nazarda tutilgan uning huquq va burchlari tushuntiriladi va bu xususda bayonnomaga yozib qo‘yiladi.
Bayonnoma boshqa hujjatlar va ish bo‘yicha ashyoviy dalillar bilan birga huquqbuzarlik sodir etilgan yoki aniqlangan paytdan boshlab bir sutkadan kechiktirmay ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan organ (mansabdor shaxs)ga yuboriladi. Oldingi tahrirga qarang. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga quyidagilar ilova qilinadi: 1) ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning ko‘chirma nusxasi; 2) ichki ishlar organlarining ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ilgari ma’muriy javobgarlikka tortilganligi fakti mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi; 3) ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning tushuntirishi; 4) jabrlanuvchining, guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspertning xulosasi, agar ular mavjud bo‘lsa; 5) ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi faktini tasdiqlovchi boshqa materiallar. Ushbu Kodeksning 133 va 134-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomaga ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi: 1) haydovchilik guvohnomasi, transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning va ishonchnomaning ko‘chirma nusxasi; 2) sug‘urta polisining ko‘chirma nusxasi (mavjud bo‘lgan taqdirda); 3) alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik moddasi ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda boshqarilganligi belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosa, alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik moddasi ta’siridan yoki o‘zgacha tarzdagi mastlik holatini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan taqdirda ikki xolis ishtirokida tuzilgan dalolatnoma; 4) ko‘zdan kechirish dalolatnomasi va hodisa joyining chizmasi, transport vositasining shikastlanishlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va texnika vositalari shikastlanishlarining fotosuratlari; 5) avtomototransport vositasiga yetkazilgan zararni baholash dalolatnomasi; 6) sudga qadar avtotexnika ekspertizasi tayinlanganligi haqidagi qaror va ekspertlarning xulosasi; 7) surishtiruv yakunlariga ko‘ra, manfaatdor shaxslarning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish materiallari bilan tanishganligi to‘g‘risidagi bayonnoma. Ushbu Kodeksning 52-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi: 1) jabrlanuvchining arizasi; 2) sudga qadar tibbiy ekspertiza tayinlanganligi haqidagi qaror va ekspertlarning xulosasi; 3) jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qaror.
Agar fuqaro o‘zi sodir etgan huquqbuzarlik faktiga e’tiroz bildirmasa hamda unga joyning o‘zida solinadigan jarimaning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan oshmasa, yo‘l harakati qoidalarining buzilishi to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan esa faqat ushbu Kodeks 138-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilmaydi. (283-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Jarima to‘laganligi to‘g‘risida aybdorga belgilangan shakldagi kvitansiya beriladi. Basharti fuqaro o‘ziga solinadigan jarimaga e’tiroz bildirsa, u holda ushbu Kodeksning 279-moddasiga muvofiq bayonnoma tuziladi.
Transport vositasidan foydalanib sodir etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilmaydi. (283-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda) Oldingi tahrirga qarang. Ushbu Kodeksning 193-moddasida nazarda tutilgan deputatlik va senatorlik faoliyatining kafolatlari buzilgan taqdirda, tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari devonlari hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari kotibiyatlari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzmasdan o‘zining arizasida huquqbuzarning shaxsi, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va bu huquqbuzarlikning mohiyati haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek ishni hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega. (283-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-566-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son) Oldingi tahrirga qarang. Ushbu Kodeksning 1971-moddasida nazarda tutilgan advokatning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilingan taqdirda, advokat ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzmasdan o‘z arizasida huquqbuzarning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, vaqtni va bu huquqbuzarlikning mohiyatini, shuningdek ishni hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega. (283-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son) Oldingi tahrirga qarang. Ushbu Kodeksning 1975-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda (ta’lim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish), ta’lim muassasasining pedagog xodimi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzmasdan o‘z arizasida huquqbuzarning shaxsi, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek ishni hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega. (283-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-629-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son) Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling