Birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari


-modda. Huquqbuzarni ushlab keltirish


Download 0.59 Mb.
bet41/46
Sana19.11.2020
Hajmi0.59 Mb.
#147374
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSI


284-modda. Huquqbuzarni ushlab keltirish

Oldingi tahrirga qarang.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish maqsadida, agar bayonnoma tuzish shart bo‘lib, uni joyning o‘zida tuzishning imkoni bo‘lmasa, ichki ishlar organi xodimi yoki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzishga vakolatli boshqa shaxs huquqbuzarni ichki ishlar organiga yoxud fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi binosiga keltirishi mumkin.



(284-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Transport vositalaridan foydalanish, harakat tartibi va xavfsizligini saqlash, transportda yuklarni but saqlashni ta’minlash borasidagi qoidalar, transportda yong‘indan saqlash qoidalari, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi kurash-sanitariya qoidalari buzilgan taqdirda huquqbuzar, agar unda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar va u haqda zarur ma’lumotlar berishi mumkin bo‘lgan guvohlar bo‘lmasa, vakolatli shaxs tomonidan ichki ishlar organlariga ushlab keltirilishi mumkin.



(284-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)

Oldingi tahrirga qarang.

O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganda bayonnoma tuzish maqsadida, basharti huquqbuzarning shaxsini huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida aniqlash mumkin bo‘lmasa, o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash va undan foydalanish ustidan nazorat olib boruvchi organlarning xodimlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning mansabdor shaxslari, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlari shunday huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni ichki ishlar organlariga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi binosiga ushlab keltirishlari mumkin. Huquqbuzar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish jamoatchi inspektorlari, ovchilik jamoatchi inspektorlari, baliqlarni muhofaza qilish jamoatchi inspektorlari va o‘rmonlarning jamoatchi inspektorlari tomonidan ham ushlab keltirilishi mumkin.



(284-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Yuridik shaxslarning qo‘riqlanadigan obyektlariga, boshqa mol-mulkiga tajovuz qilish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda huquqbuzar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari yoki harbiylashtirilgan soqchilik xodimlari tomonidan huquqbuzarlikka barham berish, huquqbuzarning shaxsini aniqlash va huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organiga, harbiylashtirilgan soqchilik xizmati binosiga yoki ichki ishlar organlariga ushlab keltirilishi mumkin.



(284-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-575-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 03/19/575/3972-son)

Huquqbuzarni olib kelish iloji boricha qisqa muddatda amalga oshirilishi lozim.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi binosiga olib kelingan shaxs bu yerda bir soatdan ortiq ushlab turilishi mumkin emas.

XXI bob. MA’MURIY YO‘L BILAN UShLAB TURISh, AShYoLAR VA TRANSPORT VOSITALARINI KO‘ZDAN KEChIRISh, AShYoLAR VA HUJJATLARNI OLIB QO‘YISh

285-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni ta’minlash choralari

Boshqa ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanib bo‘linganidan keyin ma’muriy huquqbuzarlikni to‘xtatish, huquqbuzarning shaxsini aniqlash, basharti bayonnoma tuzish zarur bo‘lib, uni huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida tuzish imkoni bo‘lmagan taqdirda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish, ishlarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri ko‘rib chiqilishini ta’minlash va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorlarni ijro etish maqsadida mazkur shaxsni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turishga, shaxsan ko‘rikdan o‘tkazishga, uning ashyolari, transport vositalarini ko‘zdan kechirishga va ashyo hamda hujjatlarni olib qo‘yishga yo‘l qo‘yiladi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan maqsadlarda shaxsni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish, shaxsan ko‘rikdan o‘tkazish, uning ashyolari, transport vositalarini ko‘zdan kechirish va ashyo hamda hujjatlarini olib qo‘yish tartibi ushbu Kodeks va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

286-modda. Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish

Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish to‘g‘risida bayonnoma tuzilib, unda: bayonnoma tuzilgan sana va joy, bayonnoma tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi; ushlab turilgan shaxs haqidagi ma’lumotlar; uni ushlab turish vaqti, joyi va uning asoslari ko‘rsatiladi.

Bayonnoma uni tuzgan mansabdor shaxs va ushlab turilgan shaxs tomonidan imzolanadi. Ushlab turilgan shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bayonnomaga shu haqda yozib qo‘yiladi.

Ushlab turilgan shaxsning iltimosiga ko‘ra, u ushlab turilgan joy haqida uning qarindosh-urug‘lari, advokat, ish yoki o‘qish joyidagi ma’muriyat xabardor qilib qo‘yiladi. Voyaga yetmagan shaxs ushlab turilgani haqida uning ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar albatta xabardor qilinadi.



287-modda. Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turishga vakolatli organlar (mansabdor shaxslar)

Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish bu ishga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan vakolat berib qo‘yilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidangina amalga oshirilishi mumkin, chunonchi:



Oldingi tahrirga qarang.

1) ushbu Kodeksning 474, 475, 512, 518, 519, 54, 56, 57, 58, 61-moddalarida, 611-moddasining birinchi qismida, 701, 90, 901, 91, 92, 94, 113, 114, 115, 116, 1161, 1162, 117-moddalarida, 118-moddasining uchinchi qismida, 121, 122, 123, 125, 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 1351, 136, 137, 138, 141, 142-moddalarida, 144-moddasining uchinchi qismida, 146-moddasida, 147-moddasining birinchi qismida, 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 154, 156-moddalarida, 164-moddasining to‘rtinchi qismida, 170-moddasida, 176-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1763-moddasida, 1764-moddasining ikkinchi qismida, 183, 1841, 1842, 1843, 185, 186, 187, 188, 1883,189, 1891, 190, 191, 192, 194, 195, 198, 199, 201, 2021, 203, 204, 205, 209, 2091, 210, 218, 220, 224-moddalarida, 225-moddasining birinchi — uchinchi qismlarida, 2251, 228, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — ichki ishlar organlari tomonidan.



(287-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 26-martdagi O‘RQ-613-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2020-y., 03/20/613/0362-son)

Oldingi tahrirga qarang.

2) ushbu Kodeksning 1842, 1843, 1961, 224, 2241, 2242-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — chegara qo‘shinlari tomonidan;



(287-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-114-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 39-son, 400-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

3) ushbu Kodeksning 61, 198-moddalarida, 2101-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — shu qo‘riqlanadigan obyekt joylashgan yerdagi harbiy soqchilikning katta mansabdor shaxsi tomonidan;



(287-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

4) Qurolli Kuchlar va chegara qo‘shinlarining transport vositalarini boshqaruvchi haydovchilar yoki boshqa shaxslar ushbu Kodeksning 125, 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 1351, 136, 137, 138, 141-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan taqdirda — harbiy avtomobil inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan;



(287-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

5) ushbu Kodeksning 60-moddasida, 69-moddasida (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bundan mustasno), 701, 77, 79, 81, 82, 83, 84, 90, 901, 91, 92, 93, 94, 162, 198-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan;



(287-moddaning 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-maydagi O‘RQ-543-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2019-y., 03/19/543/3201-son)

Oldingi tahrirga qarang.

6) ushbu Kodeksning 901, 1842, 1843, 1851, 189, 1891, 198, 227, 227— 22727-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — bojxona organlari xodimlari tomonidan;



(287-modda birinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 31-oktabrdagi O‘RQ-577-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2019-y., 03/19/577/3975-son — 2020-yil 2-fevraldan kuchga kiradi)

7) ushbu Kodeksning 194, 204, 205-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — harbiy patrul tomonidan;



Oldingi tahrirga qarang.

8) ushbu Kodeksning 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida (radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni sotish yoxud o‘zgaga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun berish qismi), 164-moddasining to‘rtinchi qismida, 1651, 166, 170-moddalarida, 176-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1763-moddasida, 1764-moddasining ikkinchi qismida, 1861, 198-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda davlat soliq organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalarining mansabdor shaxslari tomonidan”;



(287-moddaning 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)

Oldingi tahrirga qarang.

9) ushbu Kodeksning 54, 61, 1851, 1941, 1951, 198-moddalarida, 2101-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan.



(287-moddaning 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 26-martdagi O‘RQ-613-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2020-y., 03/20/613/0362-son)

288-modda. Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish muddatlari

Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish uch soatdan ortiq davom etishi mumkin emas. Ayrim hollarda alohida zarurat munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ma’muriy yo‘l bilan ushlab turishning boshqacha muddatlari belgilanishi mumkin.

Chegara tartibini yoki O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasi orqali o‘tish punktlaridagi tartibni buzgan shaxslar bayonnoma tuzish uchun uch soatgacha muddatga ushlab turilishi mumkin, huquqbuzarning shaxsini va huquqbuzarlik holatlarini aniqlash uchun zarur bo‘lgan hollarda esa — ushlash paytidan boshlab yigirma to‘rt soat ichida prokurorga yozma tarzda ma’lum qilib, uch sutkagacha yoki huquqbuzarda o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lmasa, prokurorning sanksiyasi bilan o‘n sutkagacha muddatga ushlab turilishi mumkin.

Oldingi tahrirga qarang.

Ushbu Kodeksning 54, 56, 57, 58, 61, 90-moddalarida, 164-moddasining to‘rtinchi qismida, 170, 183, 1842, 1843, 191, 194, 195, 201, 204, 205, 206, 210-moddalarida, 225-moddasining birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan yoxud o‘zining shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yashirgan shaxslar huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishi ma’muriy sud yoki ichki ishlar organi boshlig‘i (boshliq o‘rinbosari) tomonidan ko‘rib chiqilgunga qadar, lekin 24 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga ushlab turilishi mumkin.



(288-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 26-martdagi O‘RQ-613-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2020-y., 03/20/613/0362-son)

Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish muddati huquqbuzarni bayonnoma tuzish uchun olib kelish paytidan boshlanadi, mast holdagi shaxslar uchun esa — ular hushyor tortgan vaqtdan boshlanadi.



289-modda. Shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish va ashyolarni ko‘zdan kechirish

Oldingi tahrirga qarang.

Shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish ichki ishlar organlarining, harbiy soqchilik, havo transportining, bojxona organlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari va chegara qo‘shinlarining vakolatli shaxslari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida bevosita nazarda tutilgan hollarda esa, shunga vakolati bo‘lgan boshqa organlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.



(289-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-575-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 03/19/575/3972-son)

Shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxs bilan bir jinsda bo‘lgan shaxslar tomonidan va shu jinsdagi ikkita xolis guvoh ishtirok etgan holda amalga oshirilishi mumkin.



Oldingi tahrirga qarang.

Ashyolarni ko‘zdan kechirib chiqish ichki ishlar organlarining, harbiy soqchilik, havo transportining, bojxona organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining, chegara qo‘shinlarining, soliq organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalarining, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlarining, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida bevosita nazarda tutilgan hollarda esa, shuningdek tegishli vakolati bo‘lgan organlarning boshqa vakolatli shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.



(289-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-575-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 03/19/575/3972-son)

Ashyolarni, ov qilish va baliq tutish qurollarini, qo‘lga kiritilgan mahsulotlar va boshqa buyumlarni ko‘zdan kechirish, odatda, shu ashyo va buyumlar kimning mulki yoki egaligida bo‘lsa, o‘sha shaxs ishtirokida amalga oshiriladi. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, mazkur ashyolar, buyumlarni mulkdorsiz (egasisiz) ikkita xolis guvoh ishtirokida ham ko‘zdan kechirib chiqilishi mumkin.

Shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish va ashyolarni ko‘zdan kechirish to‘g‘risida bayonnoma tuziladi yoki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga yoxud ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish to‘g‘risidagi bayonnomaga tegishincha yozib qo‘yiladi.

Bojxona muassasalarida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish va ashyolarni ko‘zdan kechirish bojxonaga doir qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



290-modda. Ashyolar va hujjatlarni olib qo‘yish

Huquqbuzarlarni ushlash, shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish yoki ashyolarini ko‘zdan kechirish vaqtida aniqlangan huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday ashyolar bo‘lmish ashyo va hujjatlar ushbu Kodeksning 287 va 289-moddalarida nazarda tutilgan organlarning mansabdor shaxslari tomonidan olib qo‘yiladi. Olib qo‘yilgan ashyo va hujjatlar ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilgunga qadar shunday ashyo va hujjatlarni olib qo‘yish huquqi berilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan belgilab beriladigan joylarda saqlanadi, ish ko‘rib bo‘linganidan keyin esa, uni ko‘rib chiqish natijalariga qarab, bu ashyo va hujjatlar belgilangan tartibda musodara qilinadi yoki egasiga qaytarib beriladi yoxud yo‘q qilib yuboriladi, ashyolar haq to‘lab olib qo‘yilgan taqdirda esa — sotib yuboriladi.

Olib qo‘yilgan orden, medal, faxriy unvonning ko‘krakka taqiladigan nishoni qonuniy egasiga qaytarib beriladi, basharti, egasi noma’lum bo‘lsa, unda tegishli organga jo‘natiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Bojxona qoidalari yoki soliq va valyuta to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda, basharti huquqbuzar O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega bo‘lmasa, jarima undirilishini ta’minlash maqsadida uning ashyolari (qimmatli buyumlari) olib qo‘yilishi mumkin.



(290-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)

Ashyo va hujjatlar olib qo‘yilgan taqdirda bu xususda bayonnoma tuziladi yoki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga yoxud buyumlarni ko‘zdan kechirib chiqish yoki ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish haqidagi bayonnomalarga tegishli yozuv yozib qo‘yiladi.

Sodir etilgan huquqbuzarlik uchun ushbu Kodeksga muvofiq transport vositasini, kichik hajmli kemani boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan mahrum etish tarzida ma’muriy jazo qo‘llanilishi mumkin bo‘lsa, huquqbuzardan uning ishi yuzasidan qaror chiqarilgunga qadar transport vositasi, kichik hajmli kemani boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma, ovchilik bileti olib qo‘yiladi va bu haqda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga, shuningdek haydovchilik guvohnomasining taloniga, kema boshqaruvchisi guvohnomasining taloniga tegishlicha yozib qo‘yilib, talonlar transport vositasi haydovchisiga, kema boshqaruvchisiga qaytarib beriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olib qo‘yish — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olib qo‘yish — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, ov qilish huquqini beruvchi guvohnomani olib qo‘yish esa — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



(290-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son— 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)

Oldingi tahrirga qarang.

Ushbu Kodeksning 185-moddasida, 220-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 221 va 222-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, ichki ishlar organlari xodimlari ish ko‘rib chiqilgunga qadar o‘qotar qurolni, shuningdek o‘q-dorilarni olib qo‘yishga haqlidirlar, bu xususda mazkur qurolning marka yoki modeli, kalibri, turkumi va tartib raqami, o‘q-dorilarning miqdori va turi ko‘rsatilgan holda bayonnomaga tegishli yozuv yozib qo‘yiladi.



(290-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)

O‘z xizmat burchini bajarish vaqtida huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan uning ashyolarini olib qo‘yish, shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish va ashyolarni ko‘zdan kechirib chiqish juda zarur bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi.



291-modda. Transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish asoslari va tartibi

Transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ushlab turish sababi bartaraf etilgunga va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rilgunga qadar amalga oshirilishi mumkin, chunonchi:



Oldingi tahrirga qarang.

a) transport vositalarining haydovchilari ushbu Kodeks 901-moddasida, 125-moddasining uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida, 1251-moddasining ikkinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 1286-moddasida (agar transport vositasining haydovchisi bo‘lmasa va to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarining buzilishi yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa), 131, 135 (haydovchilarning malaka oshirishdan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikati yonida mavjud bo‘lmaganligi hollari bundan mustasno), 1351-moddalarida, 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137, 1763-moddalarida, 194-moddasida (ichki ishlar organi xodimining transport vositasini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonuniy talabini bajarmaslik qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etganda, shuningdek qonun hujjatlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa hollarda — ichki ishlar organlari tomonidan;



(291-modda birinchi qismining “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-maydagi O‘RQ-543-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2019-y., 03/19/543/3201-son)

Oldingi tahrirga qarang.

b) Qurolli Kuchlarning va chegara qo‘shinlarining transport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar va boshqa shaxslar yo‘l harakati qoidalarini buzganda — harbiy avtomobil inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan;



(291-modda birinchi qismining “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

v) ushbu Kodeksning 60, 701, 78, 79, 81, 82, 84, 90, 901, 92, 94, 162-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan;



(291-modda birinchi qismining “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-maydagi O‘RQ-543-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2019-y., 03/19/543/3201-son)

Oldingi tahrirga qarang.

g) ushbu Kodeksning 901, 198, 227 — 22727-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan;



(291-modda birinchi qismining “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 31-oktabrdagi O‘RQ-577-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2019-y., 03/19/577/3975-son — 2020-yil 2-fevraldan kuchga kiradi)

Oldingi tahrirga qarang.

d) ushbu Kodeksning 164, 166, 167, 168, 172, 173, 176, 1763, 1861-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalarining mansabdor shaxslari tomonidan;



(291-modda birinchi qismining “d” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)

Oldingi tahrirga qarang.

e) ushbu Kodeksning 1961, 224, 2241, 2242-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — chegara qo‘shinlarining mansabdor shaxslari tomonidan;



(291-modda birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-114-sonli Qonuni asosida “e” band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 39-son, 400-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

j) ushbu Kodeks 2101-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — harbiylashtirilgan soqchilikning mansabdor shaxslari tomonidan;



(291-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuniga asosan “j” band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

z) ushbu Kodeksning 119 va 132-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan.



(291-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuniga asosan “z” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)

Oldingi tahrirga qarang.

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida jarima to‘lanmagan taqdirda, transport vositasi jarima solish to‘g‘risida qaror chiqargan vakolatli organ rahbarining yozma ko‘rsatmasiga binoan jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turiladi.



(291-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining va chegara qo‘shinlarining transport vositalaridan tashqari) saqlab turish joylariga olib borish, joylashtirish va saqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



(291-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)

 LexUZ sharhi

Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan “Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini to‘xtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibi to‘g‘risida nizom”.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling