Birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari


-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorning turlari


Download 0.59 Mb.
bet44/46
Sana19.11.2020
Hajmi0.59 Mb.
#147374
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSI


310-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorning turlari

Organ (mansabdor shaxs) ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

1) ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risida;

2) ishni yuritishni tugatish to‘g‘risida.



Oldingi tahrirga qarang.

Ishni yuritishni tugatish to‘g‘risidagi qaror ushbu Kodeksning 271-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda chiqariladi.



(310-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-apreldagi O‘RQ-289-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 17-son, 168-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Sud tomonidan ishni yuritishni tugatish to‘g‘risidagi qaror ogohlantirish e’lon qilinganda ham chiqariladi.



(310-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-apreldagi O‘RQ-289-sonli Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 17-son, 168-modda)

311-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorni e’lon qilish va uning nusxasini berish

Oldingi tahrirga qarang.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ishni ko‘rib chiqish tugashi bilanoq darhol e’lon qilinadi va u chiqarilgan paytdan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.



(311-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)

Qarorning nusxasi uch kun ichida ustidan shu qaror chiqarilgan shaxsga, shuningdek o‘zining iltimosiga ko‘ra jabrlanuvchiga topshiriladi yoki jo‘natiladi.

Qarorning nusxasi tilxat bilan beriladi, basharti qarorning nusxasi jo‘natilsa, bu haqda ishga tegishli yozuv yozib qo‘yiladi.

O‘qotar qurollar, shuningdek o‘q-dorilar xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan ishonib topshirilgan yoki korxona, muassasa, tashkilot tomonidan vaqtincha foydalanish uchun berilgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeksning 185-moddasida, 220-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorning nusxasi ma’lumot uchun tegishli korxona, muassasa yoki tashkilotga, mazkur shaxsning o‘qotar quroldan foydalanishini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqish uchun esa ichki ishlar organiga yuboriladi.



312-modda. Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorni korxona, muassasa, tashkilot va mansabdor shaxslar e’tiboriga yetkazish

Ushbu Kodeksning 61, 131, 140, 183, 187, 233, 237-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) huquqbuzarga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanish haqida chiqarilgan qarorni shu huquqbuzar ishlab yoki o‘qib turgan joydagi ma’muriyat e’tiboriga yetkazadi.

Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) qabul qilingan qaror to‘g‘risida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan mansabdor shaxsning e’tiboriga yetkazadi.

313-modda. Ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitni bartaraf etish to‘g‘risidagi taqdimnoma

Ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlaganda bu sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan choralar ko‘rish to‘g‘risidagi taqdimnomani tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga kiritadi. Rahbar taqdim kelib tushgan kundan boshlab bir oy ichida uni kiritgan organga (mansabdor shaxsga) ko‘rilgan choralar haqida ma’lum qilishi shart.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 35-son “Sudlar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarorining 13-bandi.

XXIV bob. MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO‘G‘RISIDAGI ISh Yu3ASIDAN ChIQARILGAN QAROR XUSUSIDA ShIKOYAT BERISh VA PROTEST BILDIRISh

314-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat berish huquqi

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida ustidan shu qaror chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, shuningdek ularning qonuniy vakillari va advokat tomonidan shikoyat berilishi mumkin.



Oldingi tahrirga qarang.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ma’muriy sudning qarori ustidan shikoyat qilish ushbu Kodeksning XXIV1 bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



(314-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)

315-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat berish tartibi

Oldingi tahrirga qarang.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki tuman (shahar) ma’muriy sudiga, ma’muriy sudning qarori ustidan esa kassatsiya instansiyasi sudiga shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Iqtisodiy sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida belgilangan tartibda, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan esa O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.



(315-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)

Shikoyat ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) orqali yoki bevosita shikoyat yo‘llangan sudga yuboriladi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror chiqargan organ (mansabdor shaxs) shikoyatni olgach, uni uch sutka ichida ish bilan birga ushbu moddaga muvofiq shikoyatni ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan organga (mansabdor shaxsga) yuboradi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat bergan shaxs davlat boji to‘lashdan ozod etiladi.



316-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat berish muddati

Oldingi tahrirga qarang.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shu qarorning nusxasi olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida shikoyat berilishi mumkin, bundan sud qarori mustasno. Mazkur muddat uzrli sabablar bilan o‘tkazilib yuborilgan taqdirda, bu muddat shikoyatni ko‘rib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan qayta tiklanishi mumkin.



(316-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)

317-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida protest bildirish

Prokuror ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan:



Oldingi tahrirga qarang.

1) ma’muriy sud sudyasining qarori ustidan — ushbu Kodeksning XXIV1 bobida belgilangan tartibda kassatsiya instansiyasi sudiga;



(317-moddaning birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)

2) boshqa organ (mansabdor shaxs) qarori ustidan — qaror chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yoki yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) protest bildirishi mumkin.



Oldingi tahrirga qarang.

Iqtisodiy sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksida belgilangan tartibda protest keltiriladi.



(317-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda protest keltiriladi.



(317-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi O‘RQ-288-sonli Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)

318-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ijrosini to‘xtatib turish

Belgilangan muddatda shikoyat berish ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorning ijrosini shikoyat ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib turadi, ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror va ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyda undirib olinadigan jarima solish hollari bundan mustasnodir.

Prokurorning protest bildirishi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qabul qilingan qaror ijrosini protest ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib turadi.

319-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestni ko‘rib chiqish

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususidagi berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestni vakolatli organlar (mansabdor shaxslar), shikoyat va protest tushgan kundan boshlab o‘n kun muddat ichida ko‘rib chiqadilar.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestni ko‘rib chiqish paytida organ (mansabdor shaxs) chiqarilgan qarorning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshiradi.

Oldingi tahrirga qarang.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan shikoyat yoki protest tuman (shahar) ma’muriy sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi va uning natijalariga ko‘ra, ushbu Kodeksning 321-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan qaror qabul qilinadi.



(319-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)

Oldingi tahrirga qarang.

(320-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)

Oldingi tahrirga qarang.

321-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestni ko‘rib chiquvchi organning (mansabdor shaxsning) qarori

(321-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestni ko‘rib chiqish paytida organ (mansabdor shaxs) quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:



(321-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)

1) chiqarilgan qarorni o‘zgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldiradi;

2) chiqarilgan qarorni bekor qiladi va ishni qayta ko‘rib chiqish uchun yuboradi;

3) chiqarilgan qarorni bekor qiladi va ishni yuritishni to‘xtatadi;

4) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi normativ hujjatda nazarda tutilgan doirada o‘zgartiradi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorni bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun: organ (mansabdor shaxs) tomonidan ishni to‘liq bo‘lmagan holda yoki bir tomonlama ko‘rib chiqilishi; organ (mansabdor shaxs) hal qiluv qarorining va ushbu Kodeks Maxsus qismining qo‘llanilgan normalari va ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan boshqa normativ hujjatlar ishning faktik holatlariga mos kelmasligi; ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish qoidalarining jiddiy buzilishi; qo‘llanilgan ma’muriy jazoning adolatsizligi asos bo‘lib hisoblanadi.



Oldingi tahrirga qarang.

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi bo‘yicha ish yangidan ko‘rib chiqish uchun yuborilib, qaror bekor qilingan taqdirda, mazkur ish ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan u ilgari sodir etgan huquqbuzarliklarning takroriyligini inobatga olgan holda umumiy asoslarda ko‘rib chiqilishi lozim.



(321-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)

Mazkur ishni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lmagan organ (mansabdor shaxs) tomonidan chiqarilgan qaror bekor qilinadi, ish esa vakolatli organga (mansabdor shaxsga) ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.



Oldingi tahrirga qarang.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror yuzasidan berilgan shikoyat yoki bildirilgan protest bo‘yicha qabul qilingan qarorda: u chiqarilgan vaqt va joy; shikoyat yoki protestni ko‘rib chiqayotgan mansabdor shaxs; prokuror va boshqa ishtirok etayotgan shaxslar; shikoyat bergan shaxs yoki protest bildirgan prokuror; ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha chiqarilgach shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan qarorning hamda shikoyat, protestning mohiyati; chiqarilayotgan qarorni asoslanishi; shikoyat yoki protest yuzasidan qaror ko‘rsatilishi lozim.



(321-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestga doir qarorning nusxasi o‘zi haqida ana shu qaror chiqarilgan shaxsga uch kun muddat ichida yuboriladi, jabrlanuvchiga esa — uning iltimosiga binoan yuboriladi. Protestni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida prokurorga ma’lum qilinadi.



(321-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)

322-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorni qayta ko‘rib chiquvchi organning (mansabdor shaxsning) vakolatlari

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan organ (mansabdor shaxs) chiqargan qaror yuqori turuvchi organ rahbari, prokurorning protesti bo‘yicha esa uni chiqargan organ tomonidan ham ushbu Kodeksning 321-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan asoslar bo‘yicha bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.



Oldingi tahrirga qarang.

323-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yuzasidan chiqarilgan qarorga protest bildirish

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan berilgan shikoyat yuzasidan chiqarilgan qarorga prokuror protest bildirishi mumkin.

Shikoyat yuzasidan chiqarilgan qarorga protest mazkur qarorni chiqargan organdan (mansabdor shaxsdan) yuqori turuvchi organga kiritiladi.

(323-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)

324-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishni tugatish bilan qarorni bekor qilish oqibatlari

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishni tugatish bilan qarorni bekor qilish undirib olingan pul summalarini, haqi to‘lab olib qo‘yilgan va musodara qilingan narsalarni qaytarib berishga, shuningdek ilgari qabul qilingan qaror bilan bog‘liq boshqa cheklashlarni bekor qilishga sabab bo‘ladi. Narsani qaytarib berish mumkin bo‘lmagan hollarda uning qiymati, basharti bu narsalar tadbirkorlik uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, boy berilgan foydasi ham qoplanadi.

Fuqaroni ma’muriy qamoqqa olish g‘ayriqonuniy ravishda qo‘llanilganligi natijasida yetkazilgan zarar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

XXIV1 bob. Ma’muriy sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qarorini qayta ko‘rish bo‘yicha ish yuritish

1-§. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish

3241-modda. Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) berish tartibi

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha o‘ziga nisbatan sudning qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ birinchi instansiya sudining qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga, prokuror esa protest keltirishga haqli.

Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan shikoyat (protest) ish bilan birga uch sutka ichida yuqori turuvchi sudga yuborilishi lozim.

Sudning ma’muriy qamoqqa olish yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat (protest) yuqori turuvchi sudga shikoyat (protest) olingan kuni yuborilishi lozim.

Shikoyat (protest) qarorni chiqargan ma’muriy sudga beriladi.

3242-modda. Kassatsiya instansiyasida ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud qarorlarining qonuniyligi va asoslantirilganligini tekshiruvchi sudlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari ma’muriy sudlar tomonidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish natijalari yuzasidan birinchi instansiya bo‘yicha chiqarilgan qarorlarning qonuniyligi va asoslantirilganligini kassatsiya tartibida tekshiradi.



3243-modda. Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) muddati

Oldingi tahrirga qarang.

Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) sud qarorining ko‘chirma nusxasi topshirilgan yoki olingan kundan e’tiboran ikki oy ichida berilishi mumkin.



(3243-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi O‘RQ-485-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddat o‘tkazib yuborilgan taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) beruvchi shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra qarorni chiqargan sud, agar muddatning o‘tkazib yuborilganligi sabablarini uzrli deb topsa, o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashga haqli bo‘lib, bu haqda ajrim chiqariladi.

Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qarori ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) muddatini tiklash haqidagi iltimosnomani rad qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, uning ustidan xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin.

3244-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddatlari

Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) u shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqishga vakolatli sudga ishning barcha materiallari bilan kelib tushgan kundan e’tiboran bir oylik muddatda ko‘rilishi lozim.

Ushbu Kodeksning 512, 513, 514, 515, 516, 517, 518, 519-moddalarida nazarda tutilgan sudning ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyatlari (protestlari) shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqishga vakolatli sudga barcha materiallar bilan kelib tushgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda ko‘rilishi lozim.

Sudning ma’muriy qamoqqa olish yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti), agar ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs ma’muriy qamoqni o‘tayotgan yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborilishi lozim bo‘lsa, shikoyat (protest) berilgan paytdan e’tiboran bir sutka ichida ko‘rilishi kerak.



3245-modda. Sud xabarnomalari va chaqiruvlari

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar kassatsiya shikoyati (protesti) ko‘riladigan vaqt va joy haqida sud chaqiruv qog‘ozlari, telefonogrammalar, telegrammalar va xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini ta’minlaydigan boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi.



3246-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish

Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘riladi.

Kassatsiya instansiyasi sudi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni sud majlisida ushbu paragrafda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda, ushbu Kodeksning XXIII bobida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish qoidalariga binoan ko‘rib chiqadi.

Sud kassatsiya shikoyatining (protestining) vajlari bilan chegaralanmay, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish materiallarini to‘liq hajmda tekshiradi.



Oldingi tahrirga qarang.

3247-modda. Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan qarori

(3247-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra kassatsiya instansiyasi sudi ushbu Kodeksning 321-moddasida nazarda tutilgan qarorlardan birini chiqaradi.



(3247-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan berilgan shikoyat (protest) yuzasidan kassatsiya instansiyasi sudi qaror chiqaradi va bu qaror chiqarilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.



(3247-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)

Kassatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilganidan keyin darhol o‘qib eshittiriladi.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling