Birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari


Download 0.59 Mb.
bet37/46
Sana19.11.2020
Hajmi0.59 Mb.
#147374
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSI


24111-modda. Ko‘chmas mulkni buzib tashlash tartibini buzish

Olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi tadbirkorlik subyektlariga tegishli binolarni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraxtlarni zararning o‘rnini mazkur mol-mulkning bozor qiymati bo‘yicha oldindan va to‘liq qoplamagan holda buzib tashlash, —



Oldingi tahrirga qarang.

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(24111-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —



Oldingi tahrirga qarang.

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(24111-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

UChINChI BO‘LIM
MA’MURIY HUQUQBUZARLIKLAR TO‘G‘RISIDAGI IShLARNI KO‘RIB ChIQIShGA VAKOLATI BO‘LGAN ORGANLAR (MANSABDOR ShAXSLAR)


XVII bob. UMUMIY QOIDALAR

242-modda. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lgan organlar (mansabdor shaxslar)

Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni:



Oldingi tahrirga qarang.

1) tuman (shahar) ma’muriy sudlari, iqtisodiy sudlar, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar;



(242-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 200-moddasi, Fuqarolik protsessual kodeksining 150-moddasi.

Oldingi tahrirga qarang.

(242-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

3) voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha tuman (shahar) idoralararo komissiyalari;



(242-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-sonli qarori bilan tasdiqlangan Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar to‘g‘risidagi nizomning 12-bandi to‘qqizinchi xatboshisi.

Oldingi tahrirga qarang.

4) ichki ishlar organlari (mansabdor shaxslari), davlat inspeksiyasi organlari (mansabdor shaxslari) va ushbu Kodeks bilan vakolat berilgan boshqa organlar (mansabdor shaxslar) ko‘rib chiqadilar.



(242-modda birinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)

Oldingi tahrirga qarang.

243-modda. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalarning vakolatlari

Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar o‘zlariga taalluqli ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni komissiya tarkibi a’zolarining kamida yarmi mavjud bo‘lganda ko‘rib chiqishga, ushbu Kodeksning Maxsus qismida nazarda tutilgan ma’muriy jazolarni o‘zlariga berilgan vakolatlar doirasida qo‘llashga hamda oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qarorlar qabul qilishga haqlidir.



(243-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)

244-modda. Mansabdor shaxslarning vakolatlari

Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ushbu Kodeksning 242-moddasi 4-bandida ko‘rsatilgan organlar nomidan ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxslarning ro‘yxati qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.



Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lgan mansabdor shaxslar ushbu Kodeksning Maxsus qismida nazarda tutilgan ma’muriy jazo choralarini o‘z vakolatlari doirasida va faqat xizmat burchini bajarib turgan chog‘dagina qo‘llanishlari mumkin.

XVIII bob. MA’MURIY HUQUQBUZARLIKLAR TO‘G‘RISIDAGI IShLARNING TAALLUQLILIGI

Oldingi tahrirga qarang.

245-modda. Ma’muriy sudlar

Oldingi tahrirga qarang.

Ma’muriy sudlar ushbu Kodeksning 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 461, 462, 47, 471, 472, 473, 474, 475, 48, 491, 494, 511, 512, 513, 514, 515, 516, 517, 518, 519, 52, 56, 57, 58, 59, 591, 60, 601, 61, 611, 612, 62, 64, 66, 67-moddalarida, 701-moddasining ikkinchi qismida, 702-moddasining ikkinchi qismida, 76-moddasida (suv xo‘jaligi inshootlarini shikastlantirishga oid qismida), 77-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlari, 90-moddasining ikkinchi qismida, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 901, 94, 99, 100, 101 (umumiy foydalanishdagi issiqlik tarmoqlari va issiqlik energiyasini hisobga olish asboblariga oid qismida), 102, 103, 104, 105, 106, 107, 108, 110, 111-moddalarida, 112-moddasida (transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etishga oid qismida), 1161, 1162-moddalarida, 117-moddasining ikkinchi qismida, 119-moddasida, 1251-moddasining ikkinchi qismida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 128-moddasining to‘rtinchi qismida, 1281-moddasining ikkinchi qismida, 1282-moddasining uchinchi qismida, 1283-moddasining to‘rtinchi va beshinchi qismlarida, 1284-moddasining to‘rtinchi qismida, 1285-moddasining uchinchi qismida, 129-moddasining ikkinchi qismida, 130-moddasining ikkinchi qismida, 131, 132, 133, 134-moddalarida, 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137-moddasida, 142-moddasining ikkinchi qismida, 146-moddasining uchinchi qismida, 1461-moddasida, 147-moddasida (avtomobil yo‘llarini o‘zboshimchalik bilan qazish, ularda sun’iy notekisliklar va to‘siqlar yaratish, avtomobil yo‘lida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, shuningdek yo‘llarni saqlash qoidalarini buzish), 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yog‘och ko‘priklardan 100 metrgacha bo‘lgan masofada olov yoqqanlik, taxta to‘shamali ko‘priklarda chekkanlik uchun), 149, 150-moddalarida, 151-moddasining ikkinchi qismida, 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 155, 1551, 1552, 157, 158, 159-moddalarida, 160-moddasining birinchi qismida, 1601, 161, 163, 1631-moddalarida, 164, 165, 1651, 166, 167, 169, 170, 171, 1711, 172, 173-moddalarida, 174-moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida, 1741, 175, 1751, 1752, 1753, 1754, 1755, 1756, 176, 1762, 1763, 1764, 177, 1771, 1772, 178, 1781, 179, 1791, 1792, 1793, 1794, 1795, 180, 181, 182, 183, 1841, 1842, 1843, 185, 1851, 186, 1861-moddalarida, 187-moddasining ikkinchi qismida, 188, 1881, 1882, 1883, 189, 1891, 190, 191, 1921, 193, 1931, 1932, 1933, 194, 1941,195, 1951, 196, 1961, 197, 1971, 1972, 1974, 1975, 198, 1983, 199, 200, 2001, 201, 202, 2021, 203, 2031, 204, 2041, 205, 206, 207, 208, 209, 2091, 210, 2101, 2152, 2154, 216, 217, 218, 2191-moddalarida, 220-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 222, 2241, 2242-moddalarida, 225-moddasining yettinchi va sakkizinchi qismlarida, 2251, 226-moddalarida, 2274-moddasining birinchi — to‘rtinchi qismlarida, 2278, 2279, 22713, 22714, 22715, 22716, 22717, 22718, 22719, 22720, 22721, 22722, 22723, 22724, 22725, 22726, 22727-moddalarida, 228-moddasida (muhrlar (plombalar) tabiatni muhofaza etish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun qo‘yilgan hollar bundan mustasno), 230, 231, 232, 233, 234, 237, 238, 239, 2391, 240, 241, 241— 2418, 24110 va 24111-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.

(245-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-629-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)

Agar huquqbuzar huquqbuzarlik faktini inkor etsa, ma’muriy sudlar ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi boshqa ishlarni ham, xuddi shuningdek sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi masalalarni hal etish uchun o‘zlariga topshirilgan ishlarni ham bevosita ko‘rib chiqadi.

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) ularning xodimlari, yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining mansabdor shaxslari va (yoki) boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ham ma’muriy sudlar ko‘rib chiqadi, ushbu Kodeksning 283-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

(245-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 35-son “Sudlar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarorining 2-bandi.

Oldingi tahrirga qarang.

2451-modda. Iqtisodiy sudlar

Iqtisodiy sudlar iqtisodiy nizolarni hal etish chog‘ida ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan hollarda ushbu Kodeks 175-moddasining uchinchi qismida, 1761, 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.



(2451-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

2452-modda. Adliya organlari

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlar vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga kiritilganligi fakti aniqlanganda adliya organlarining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.



(2452-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi O‘RQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ko‘rib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.



(2452-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

2453-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga ushbu Kodeksning 101 (umumiy foydalanishdagi elektr va gaz tarmoqlari hamda elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish asboblariga oid qismida), 1981 va 1982-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.



(2453-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazo qo‘llashga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini amalga oshirish vakolati berilgan Byuro organlari mansabdor shaxslari haqlidir.



(2453-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

2454-modda. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar fuqarolik ishlarining muhokamasi chog‘ida ma’muriy huquqbuzarliklarni aniqlagan hollarda ushbu Kodeksning 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.



(2454-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi O‘RQ-288-sonli Qonuni bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

2455-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi organlari

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi organlariga ushbu Kodeksning 2155-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga quyidagilar haqli:

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori va uning o‘rinbosarlari;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmalarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari.

2456-modda. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi

Oldingi tahrirga qarang.

Ushbu Kodeksning 1752 va 2152-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.



(2456-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ko‘rib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.



Oldingi tahrirga qarang.

2457-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeksning 65, 66, 67, 68, 69-moddalarida (qishloq xo‘jaligi yerlari bilan bog‘liq qismi), 74-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 75, 76-moddalarida (sun’iy suv inshootlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan foydalanishga oid qismi), 87-moddasida (qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilishi texnikasiga oid qismi), 89 va 891-moddalarida (qishloq va suv xo‘jaligiga oid qismi), 92-moddasida (naslchilikka oid qismi), 1041, 1042-moddalarida, 107-moddasida (qishloq xo‘jaligiga oid qismi), 112-moddasida, 125-moddasining beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 135, 139, 140, 141-moddalarida (qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilishi texnikasiga oid qismi), 1761-moddasida (qishloq va suv xo‘jaligiga oid qismi), 200, 212, 213, 214, 22714-moddalarida (qishloq va suv xo‘jaligiga oid qismi) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazolarni qo‘llashga Inspeksiya boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari, Inspeksiya hududiy boshqarmalarining hamda Inspeksiya tumanlar (Quvasoy shahar) bo‘limlarining boshliqlari va boshliq o‘rinbosarlari haqlidir.

(2457-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)

Oldingi tahrirga qarang.

2458-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda uning devoni xodimlari

Ushbu Kodeksning 1973, 2411 — 24111-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda uning devoni xodimlari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ko‘rib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.

(2458-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)

Oldingi tahrirga qarang.

(246-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

247-modda. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar

Oldingi tahrirga qarang.

Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha tuman (shahar) idoralararo komissiyalari voyaga yetmagan shaxslar tomonidan ushbu Kodeksning 194-moddasida nazarda tutilganidan bo‘lak sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadilar. Ushbu Kodeksning 61, 1161, 1162, 125, 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 1351, 136, 137, 138, 183, 185, 220, 221-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar mazkur ishlar kelib tushgan organ (mansabdor shaxs) ishni shu komissiyalar qarab chiqishi uchun topshirgan hollardagina ko‘rib chiqadilar. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar voyaga yetmaganlarning ota-onalari yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslarga taalluqli ushbu Kodeksning 47-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ham ko‘rib chiqadilar.



(247-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)

Oldingi tahrirga qarang.

248-modda. Ichki ishlar organlari

Oldingi tahrirga qarang.

Ichki ishlar organlariga ushbu Kodeksning 561-moddasida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida, 114, 115-moddalarida, 116-moddasining birinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 121, 122, 123, 125-moddalarida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139, 140, 141-moddalarida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 147, 156, 161, 183-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 192, 204, 205-moddalarida, 220-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 221, 223, 2231, 2233, 224 -moddalarida, 225-moddasining birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.



(248-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-579-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 03/19/579/3994-son)

Ichki ishlar organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va ma’muriy jazo qo‘llashga quyidagilar haqli:



Oldingi tahrirga qarang.

1) ushbu Kodeksning 561-moddasida, 114-moddasida, 116-moddasining birinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 121, 122, 123-moddalarida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 156, 183, 192, 204, 205-moddalarida, 220-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 221, 223, 2231, 2233, 224-moddalarida, 225-moddasining birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlar ichki ishlar bo‘limlarining (boshqarmalarining) boshliqlari yoki boshliq o‘rinbosarlari, shuningdek transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmalarining (bo‘limlarining) boshliqlari;



(248-modda ikkinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-579-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 03/19/579/3994-son)

2) ushbu Kodeksning 561-moddasida, 113-moddasi birinchi qismida, 114-moddasi birinchi qismida, 115-moddasida, 121-moddasining ikkinchi qismida, 122, 123, 156, 183-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — metropolitenni muhofaza qilish bo‘yicha ichki ishlar bo‘limining boshlig‘i yoki boshlig‘i o‘rinbosarlari;



Oldingi tahrirga qarang.

3) ushbu Kodeksning 225-moddasining birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — temir yo‘l vokzallari va aeroportlardagi bo‘linmalarning, ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarining (boshqarmalarining) boshliqlari va boshliq o‘rinbosarlari;



(248-modda ikkinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-579-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 03/19/579/3994-son)

4) ushbu Kodeksning 561, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida, 122, 123-moddalari, 127-moddasi (maqsadsiz ovozli signal berishga doir qismida), 161-moddasi (fuqarolarga nisbatan), 187-moddasining birinchi qismida, 192, 221-moddalarida, 223-moddasining birinchi qismida, 2231, 2233-moddalarida, 224-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari va inspektorlari;



Oldingi tahrirga qarang.

5) ushbu Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi, ikkinchi, va uchinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139, 140, 141, 147-moddalarida (avtomobil yo‘llarini o‘zboshimchalik bilan qazish, ularda sun’iy notekisliklar va to‘siqlar yaratish, avtomobil yo‘lida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, shuningdek yo‘llarni saqlash qoidalarini buzishga taalluqli qoidabuzarliklardan tashqari) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining (Bosh boshqarmasining) boshlig‘i, uning o‘rinbosarlari, yo‘l-patrul xizmatini hamda ma’muriy amaliyotni tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘limining boshlig‘i, muhim topshiriqlar bo‘yicha bosh inspektor, inspektor (ma’muriy amaliyot bo‘yicha), ma’muriy amaliyot bo‘linmasining (bo‘limining) boshlig‘i, ma’muriy huquqbuzarliklar materiallarini ko‘rib chiqish bo‘yicha bosh inspektor, katta inspektor (inspektor), yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limining (bo‘linmasining) boshlig‘i, davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining katta inspektori va yo‘l harakati xavfsizligi guruhining ma’muriy amaliyot bo‘yicha inspektori, ular yo‘qligida esa ichki ishlar bo‘limining boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari;



(248-modda ikkinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 22-yanvardagi O‘RQ-603-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son — 2020-yil 24-apreldan kuchga kiradi)

6) ushbu Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135-moddasining birinchi qismida, 1351-moddasida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 147-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — yo‘l-patrul xizmati brigadasi (bataloni, divizioni, otryadi, safarbar guruhi) komandiri yoki komandirining o‘rinbosari;

7) ushbu Kodeks 125-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 126-moddasining birinchi qismida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1282-moddasining birinchi qismida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 135-moddasining birinchi qismida, 1351-moddasining birinchi qismida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — yo‘l-patrul xizmatining katta inspektori (inspektori) va yo‘l harakati qoidalariga hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa xodimlar.

(248-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)

Oldingi tahrirga qarang.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling