Birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining organlari
Download 0.59 Mb.
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 261-modda. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiluvchi organlar
- 262-modda. Bojxona organlari
- 264-modda. Davlat soliq organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari
- 265-modda. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish organlari
- 267-modda. Davlat statistika organlari
- 268-modda. Davlat probir nazorati organlari
260-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining organlari O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining organlariga ushbu Kodeksning 55-moddasida, 70-moddasida (yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi qismida), 97, 971, 98-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga quyidagilar haqli:
Davlat qo‘mitasi raisi va uning o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravarigacha miqdorda; inspeksiyalarning boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravarigacha miqdorda; kon-texnik inspeksiyalarining va hududiy boshqarmalarning boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravarigacha miqdorda; davlat inspektorlari — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha miqdorda.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasiga ushbu Kodeksning 70-moddasida (bundan yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi qismi mustasno), 702-moddasining birinchi qismida, 71-moddasida (bundan tabiatni muhofaza qilish qoidalari mustasno), 72-moddasida (yer osti suvlariga doir qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir. (2601-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 22-yanvardagi O‘RQ-603-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son) O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga quyidagilar haqli: Oldingi tahrirga qarang. inspeksiya boshlig‘i va uning o‘rinbosari — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda; mintaqaviy inspeksiyalar boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravarigacha miqdorda; inspektorlar — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda. (2601-modda ikkinchi qismining ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Oldingi tahrirga qarang. 261-modda. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiluvchi organlar Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlariga ushbu Kodeksning 63-moddasida, 65-moddasining to‘rtinchi qismida (bundan qishloq xo‘jaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlik mustasno), 68-moddasida (shaharlar va posyolkalarning yerlariga, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarga, suv fondi yerlariga oid qismida), 70-moddasida (bundan yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi mustasno), 701-moddasining birinchi qismida, 71-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 72-moddasida (bundan yer osti suvlariga doir qismi mustasno), 73-moddasida, 74-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 75-moddasida (bundan irrigatsiya tarmoqlaridan olinadigan suvlarni hisobga olish mustasno, shuningdek davlat suv kadastrini yuritishning belgilangan tartibini buzganlik uchun), 77-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 78, 79, 80, 81, 82, 83, 84-moddalarida, 85-moddasida (bundan sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish deb hisoblanuvchi, atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatish, biologik organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash mustasno), 86, 87, 88, 89-moddalarida (bundan atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatish mustasno), 891-moddasida, 90-moddasining birinchi qismida, 91, 911, 912, 913, 92, 93, 95-moddalarida, 96-moddasida (davlat ekologik ekspertizasiga oid qismida), 148-moddasida (bundan ajratilgan mintaqalarda va yog‘och ko‘priklardan 100 metrgacha bo‘lgan masofada olov yoqqanlik, yog‘och ko‘priklar va taxta to‘shamali ko‘priklarda chekkanlik uchun ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar mustasno), 162-moddasida, 1631-moddasida (bundan uy-joylarni, jamoat, ishlab chiqarish obyektlarini va boshqa obyektlarni kanalizatsiya tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulab olish mustasno), 214-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 228-moddasida (tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganda muhrlar (plombalar) qo‘yilgan hollar) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir. (261-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son) Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga haqlidir: Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining bosh davlat inspektorlari hamda ularning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining bosh davlat inspektorlari hamda ularning o‘rinbosarlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz ellik baravarigacha miqdorda; O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining katta davlat inspektorlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravarigacha miqdorda; O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining davlat inspektorlari, davlat qo‘riqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining, davlat biosfera rezervatlarining qo‘riqlash xodimlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga. (261-modda ikkinchi qismining ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) 262-modda. Bojxona organlari Oldingi tahrirga qarang. Bojxona organlariga ushbu Kodeksning 227, 2271, 2272, 2273-moddalarida, 2274-moddasining beshinchi qismida, 2275, 2276, 2277, 22710, 22711, 22712-moddalaridanazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir. (262-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda) Oldingi tahrirga qarang. Bojxona organlarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari bojxona organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima tariqasidagi ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga haqlidir. (262-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda) Oldingi tahrirga qarang. 263-modda. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi organlari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeks 151-moddasining birinchi qismida, 152-moddasining birinchi qismida, 153, 154, 156-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i, shuningdek mazkur davlat inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalari boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga haqlidir.
Davlat soliq organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda uning joylardagi bo‘linmalariga ushbu Kodeks 1591-moddasida, 160-moddasining ikkinchi qismida, 168-moddasida, 174-moddasining uchinchi qismida va 2153-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir. Davlat soliq organlarining boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i, uning o‘rinbosari, Departament hududiy boshqarmalarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, tuman va shahar bo‘limlarining boshliqlari tegishincha ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga haqlidirlar.
Ushbu Kodeksning 1752-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati organlarining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
Texnik reglamentlarga, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi qoidalarga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarga ushbu Kodeksning 212, 213-moddalarida, 214-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga doir qismi bundan mustasno) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir. (265-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi O‘RQ-485-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son) Oldingi tahrirga qarang. Quyidagilar texnik reglamentlarga, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi qoidalarga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasini qo‘llanishga haqlidirlar: (265-moddaning ikkinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi O‘RQ-485-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son) Oldingi tahrirga qarang. texnik reglamentlar, standartlar va o‘lchov vositalari ustidan nazorat qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosh davlat inspektori, viloyatlar, Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari va ularning o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravarigacha miqdorda; (265-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Oldingi tahrirga qarang. texnik reglamentlar, standartlar va o‘lchov vositalari ustidan nazorat qiluvchi davlat inspektorlari — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha miqdorda jarima solishga. (265-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Oldingi tahrirga qarang. (266-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son) Oldingi tahrirga qarang. 2661-modda. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining organlari Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining organlariga ushbu Kodeksning 65-moddasida (yerlarni ishlab chiqarish va boshqa chiqindilar, kimyoviy va radioaktiv moddalar hamda oqova suvlar bilan ifloslantirganlik bundan mustasno), 68-moddasida (shaharlar va posyolkalarning yerlari, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar, suv fondi yerlari bundan mustasno), 681 va 69-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir. (2661-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-martdagi O‘RQ-526-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.03.2019-y., 03/19/526/2701-son — 2019-yil 6-iyundan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga O‘zbekiston Respublikasi yerlardan foydalanish va ularning muhofaza etilishini nazorat qilish bosh davlat inspektori hamda uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasining, viloyatlarning, Toshkent shahrining va tumanlarning (shaharlarning) yerlardan foydalanish va ularning muhofaza etilishini nazorat qilish bosh davlat inspektorlari haqlidir. (2661-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son) (2661-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda) Oldingi tahrirga qarang. (2662-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son) Oldingi tahrirga qarang. (2663-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son) Oldingi tahrirga qarang. 2664-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi organlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeks 72-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida (ichimlik ehtiyojlari uchun suv quduqlarini qazishning belgilangan qoidalarini va texnologiyasini buzishga oid qismida), 74-moddasida (ichimlik suvi olishning belgilangan limitlarini buzishga doir qismida), 75-moddasida (suv obyektlaridan olinadigan ichimlik suvi miqdorining dastlabki hisobini yuritish qoidalarini buzishga oid qismida), 76-moddasida (ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimi obyektlaridan foydalanish qoidalarini buzishga doir qismida), 163-moddasida (vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish va ichimlik suvi ta’minoti vodoprovodidan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzishga oid qismida), 1631-moddasida (uy-joylarni, jamoat, ishlab chiqarish obyektlarini va boshqa obyektlarni kanalizatsiya tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulab olishga doir qismida), 1632-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga quyidagilar haqlidir: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining boshlig‘i va uning o‘rinbosari, bo‘lim boshliqlari, bosh mutaxassislari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi hududiy inspeksiyalarining bosh davlat inspektorlari va davlat inspektorlari.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi organlariga ushbu Kodeksning 215-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining raisi va uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, tumanlar, shaharlar statistika bo‘limlarining boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga haqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qo‘mitasining davlat probir palatasi organlariga ushbu Kodeksning 219-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qo‘mitasi davlat probir palatasining boshlig‘i davlat probir palatasi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qo‘llanishga haqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlariga ushbu Kodeksning 2151-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlar taalluqlidir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga quyidagilar haqli: O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori hamda uning o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravarigacha miqdorda; O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmalari rahbarlari hamda ularning o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga.
Qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 99 va 178-moddalarida (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishga doir qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlanganda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi. (2682-moddaning nomi va birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 22-yanvardagi O‘RQ-603-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son — 2020-yil 24-apreldan kuchga kiradi) Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi. (2682-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-maydagi O‘RQ-534-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.05.2019-y., 03/19/534/3046-son — 2019-yil 4-avgustdan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. 2683-modda. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari Ushbu Kodeksning 64-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining va uning hududiy boshqarmalarining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling