Birinchi fasl kirish birinchi bo‘lim
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari
Download 91.98 Kb.
|
I 1 Бадиий матннинг лингвистик экспертизаси 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Test savollari
- 1.3.Badiiy adabiyot va maktab adabiyot darsliklarini lingvistik ekspertiza qilish zarurati va omillari
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:
Tilshunos L.M.Loseva matnni qanday guruhlarga ajratgan? Ekstrimistik matnlar qanday xususiyatlarga ega? Matnlarning xususiy ekspertizasida nimalarga e’tibor beriladi? Test savollari Huquqiy ekspertiza institutsional asoslarga koʻra qanday ko‘rinishda namoyon boʻlinadi? A) shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish va tuhmat qilish B) etnik nafratni qoʻzgʻatish C) pornografiya holatlarini ekspertiza D) yuqoridagi hamma javob to‘g‘ri 2. Qaysi olim matnga “Gorizontal va vertikal bogʻlanishlar asosida paydo boʻladigan garmonik birlik ... hammasi bir tizimga keltiriladigan uygʻun sistemadir va bu uygʻunlikka faqat uning dekodlanishiga hissa qoʻshadigan teng darajada uygʻun qurilmani yaratish orqali kirish mumkin” beb ta’rif bergan? K.E.Shteyn B) V.R.Litvinov C) S.V.Serebryakova D) A.G.Baranov 3. Rasmiy parametrga koʻra, A.N.Baranov lingvistik ekspertizani qanday guruhga ajratadi? A) rasmiy va tashabbuskor B)ilmiy va yuridik C) lingvistik va yuridik D) lingvistik va rasmiy 1.3.Badiiy adabiyot va maktab adabiyot darsliklarini lingvistik ekspertiza qilish zarurati va omillari Badiiy matnning lingvistik ekspertizasini oʻtkazish – uslubiy dastur bilan bogʻliq maxsus ilmiy va amaliy faoliyat sohasi. U, xususan, ekstremistik targʻibot, tahqirlash, kamsitish, haqorat qilish, irqiy, diniy, milliy, etnik, gender ayirmachilik mazmunining mavjud materialda namoyon boʻlishini aniqlashda juda muhim. Ishda oʻzbek fanida badiiy matnning sud-lingvistik ekspertizasini oʻtkazish uchun yagona uslubiy asos yoʻqligi muammosi koʻtariladi. Bunda badiiy matnning lingvistik ekspertizasi, badiiy adabiyotda koʻtarilayotgan muammo doirasidagi oʻta muhim til ifodalarini tahlil qilish, shuningdek, tilshunos mutaxassisning inson badiiy-intellektual qobiliyatlari doirasidagi pozitsiyasini talab qiladigan qonuniy anormal ifodalarni lingvohuquqiy aspektda talqin qilish evolyutsiyasi tasvirlanadi. Matnlarda ekstremizm targʻiboti, tahqirlash, kamsitish, haqorat qilish, irqiy, diniy, milliy, etnik, gender ayirmachilik mazmuni zamonaviy huquqiy til va adabiyotshunoslikning salbiy maʼnoli markaziy tushunchalaridan. Huquqiy jihatdan ular millat, etnos, shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini pasaytirishning nomaqbul ifodalangan shakli deb taʼriflanadi. Badiiy matnning lingvistik ekspertizasi amaliyotida munozarali deb atalgan asarlarni tahlil qilish qoʻyilayotgan muammoga daxldor belgilarni aniqlashda ahamiyatli. Badiiy matnning lingvistik ekspertizasida lingvistik va huquqiy darajalarni farqlash, avvalo, terminologik muammo sifatida qoʻyiladi. Uni quyidagi savolda aniq shakllantirish mumkin. Masalan, badiiy adabiyotda huquqiy va lingvistik nuqtayi nazardan kamsitish, tahqirlash, ayirmachilik, haqorat nima? Muammo aynan shu asosdan kelib chiqadi va hal qilinadi. Savolning bu tabiati, yuqorida taʼkidlanganidek, badiiy adabiyot va nazariy tilshunoslikda realistik yondashuv ustunlik qilishi bilan bogʻliq. Badiiy adabiyotda nazariyalar markazida tegishli yoki notoʻgʻri bayonotlar emas, balki asosli tushuncha (soʻz va atama)lar mavjud. Voqelikning noaniq, baʼzan turli vaziyatlarda bir-biriga oʻxshamaydigan tarzda birikishi natijasida haqiqat haqida tushuncha (talqin) paydo boʻladi. Mutaxassis, koʻp hollarda matn muallifining niyatini ochib berish uchun maʼlumot zamiridagi yashirin mazmunni aniqlaydi. Maʼlumki, badiiy asarda tasvir harakat qiladi. Ekstralingvistik harakat aniqlanmagan hollarda, badiiy matnda tasvirni harakatning dolzarbligi yoki nomuvofiqligi uchun baholash mumkin emas. Tasavvur qiling, obraz real hayot kontekstida emas, balki tiriklik makonidagi individual ong tufayli asl maʼno bilan mos kelmasligi mumkin. N.D.Arutyunovaning fikriga koʻra, shaxs subtekstlar, qiziqishlar va ideallar bosimi ostida shakllanadi. Ammo tasvirning asosiy maqsadi maʼlum bir obyekt yoki ularning sinfi bilan bogʻliq toʻplangan tajribani umumlashtirishdir34. Amaliyot shuni koʻrsatadiki, hozirgi vaqtda lingvistik ekspertizada badiiy matnlarni tahlil qilish muammosi ham dolzarb. Bunga ikki ijobiy omil – globallashuv, umumiy oʻsish yordam beradi. Badiiy til va uning ekstremistik mazmunni ifodalashi xususida D.N.Shmelev quyidagilarni yozadi: “Tilning estetik vazifasi, albatta, soʻzlashuv nutqida ham doimiy ravishda namoyon boʻladi. Lekin, baribir, bu vazifani soʻzlashuv nutqida yetakchi deb boʻlmaydi. Badiiy matnlarda esa til hamisha ayni shu alohida vazifasi bilan ishtirok etadi. Bu vazifa, albatta, tilga, uning barcha koʻrinishlariga hamisha xos boʻlgan kommunikativ vazifasini cheklamaydi, balki uni oʻziga xos bir shaklda transformatsiya qiladi” – deydi. Tilning estetik vazifasi butun oʻziga xosligi va murakkabligi bilan, albatta, kommunikativ vazifani ham transformatsiya qilgan, badiiyat manfaatlariga toʻlaligicha xizmat qildirgan holda bevosita badiiy nutqda namoyon boʻladi. Umumxalq tilidagi barcha birliklar badiiy tilda u yoki bu darajada estetik qimmat kasb etishida koʻrinadi. Badiiy asar tilini oʻrganishdagi ikkinchi, yaʼni stilistik yoʻnalish tilning xuddi shu estetik vazifasini tadqiq etishga qaratiladi. Aytish lozimki, tilning badiiyati vazifasining asosiy namoyon boʻlish oʻrni adabiy asar matni ekan, bu vazifaning oʻziga xos xususiyatlarini faqat tilshunoslik yoki faqat adabiyotshunoslik doirasida oʻrganish qiyin. Buning uchun adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi, poetika kabi adabiyotshunoslik yoʻnalishlari va lingvistik stilistika, til tarixi, leksikologiya, semasiologiya, etimologiya, grammatika kabi tilshunoslik yoʻnalishlari bir-biri bilan hamkorlikda ish koʻrishi lozim. Tilning estetik vazifasi masalasi bu ikki yirik fan oraligʻidagi murakkab muammo. Hatto asrimiz boshida bir qator tilshunos va adabiyotshunoslar ham bu muammoni ilmiy asosda oʻrganadigan alohida fan turi shakllanishi lozimligi haqidagi qarashni ilgari surganlar. Masalan, B.A.Larin 20-yillarning boshlarida mana bunday deb yozgan edi: “Ertadir - kechdir, menimcha, juda tez orada til estetikasi alohida fan sifatida tan olinadi”. Badiiy asar tilini tilning aynan estetik vazifasining namoyon boʻlishi tarzida oʻrganuvchi sohani filologiya ilmida “lingvistik poetika” - “lingvopoetika” deb nomlash ancha turgʻunlashgan. Uning filologik ilmlar tizimida alohida mustaqil fan sifatidagi oʻrnini aniqlashtirishga bagʻishlangan koʻplab tadqiqotlar yaratilgan. Ana shu maʼnoda badiiy asar tilini “stilistik aspekt”da oʻrganishni “badiiy matnni lingvopoetik jihatdan oʻrganish” tarzida nomlash va talqin etish maqsadga muvofiq. Ishda eʼtibordan chetda qolmasligi kerak boʻlgani metod masalasi ham bor. Ekspert tadqiqot metodikasi – bu sud ekspertizasi predmetiga tegishli faktik maʼlumotlarni aniqlash uchun sud ekspertizasi obyektlarini oʻrganishda qoʻllanadigan mantiqiy va instrumental operatsiyalar tizimi. Badiiy matnning lingvistik ekspertizasida bahsli matnga obyekt sifatida qaraladi. Bahsli matnda ekspertning lingvistik tahlil tamoyillari quyidagilar: Download 91.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling