Birinchi fasl kirish birinchi bo‘lim
Download 91.98 Kb.
|
I 1 Бадиий матннинг лингвистик экспертизаси 2
Shunda, “Sokol” chuydamdan bosdi.
Men shunda-da kuch bermadim! Endi, “Sadist” boʻynimni chatanoqlari orasi olib-olib boʻgʻdi. Kekirdagimga boshmaldoq bosib-bosib boʻgʻdi... Men ogʻzimni kappa-kappa ochdim. Hir-hir etdim. “Sokol” qoʻlroʻmol bilan tezak oldi. Misoli palov oshatmishdayin-palov oshatmishdayin ogʻzim soldi. Men yutinmadim— tezagimnn ogʻzimda ushlab turdim. “Sadist” boshimni chayqab-chayqab oldi. “Sadist” boshimni siltab-siltab oldi. Men shunda-da yutinmadim! “Sokol” ichimga sozlab-sozlab koʻrmusht urdi! Ichim shilq etdi! Ichim tortdi—tezagimni tortib oldi... — Osh boʻlsin! — dedi “Sadist”. — Osh boʻlsin! — dedi “Sokol”. — Oʻqchiyapti... tuyilib qoldi-yov! — Tuyilib qolsa... toʻqson besh choy ichiramiz-da! “Sadist” tuvakdan bir hovuch siydik oldi. Ogʻzimdan siydik quydi... — Osh boʻlsin»!40 Eng shafqatsiz qiynoqlarda hikoyachi oʻziga tazyiqning kulminatsiyasini koʻradi. U qamoqdagilar harakatlarining uygʻunligiga, zoʻravonlikni uyushtirish qobiliyatiga qoyil qoladi. Bu tasvirda ham millatchilik, ham eʼtiqodiy, ham jinsiy tajavvuz koʻzga tashlanadi. Matnda lirik chekinishlar tarzida tuzilgan zoʻravonlik, shafqatsizlik, sadizmga boy harakatlarning tasviri, ogʻzaki tajovuzkorlik belgilarini oʻzida mujassam etganiga eʼtibor qaratish zarur. Sodir boʻlayotgan voqealarga hikoyachi tomonidan bildirilgan salbiy munosabat oʻquvchida bunday harakatlar nafaqat sodir boʻlishi, balki gʻoyalarning shakllantirilishi ham oʻquvchini hayratga soladi. Axloqiy normadan gap boʻlishi mumkin ham emas. Bu esa inson shani, qadr-qimmati kamsitilishining bir koʻrinishi. Matndagi bunday epizodlar berilishi yoki oʻqilishi, hech boʻlmasa, yoshga qarab belgilanishi lozim. Bunda +6, +18, +24 yoki +30 tarzida berilishi lozim. Oʻzbek adabiyoti va maktab darsliklarini lingvistik ekspertiza qilish zarurati xususida gap borar ekan, shaxsni obroʻsizlantirish va kamsitish masalasi ekstremistik mazmunning ifodasi oʻlaroq maydonga keldi. “Alpomish” dostonining maktab darsligiga kiritilgan epizodlariga notoʻgʻri talqinlar koʻzga tashlanadi: Aka, senga aytadigan gapim bor, Talash boʻpti, boyning qizi zulfakdor. Mard yigitning yori talash boʻlama, Er yigitning yorin qalmoq olama. Umid tortib senga arza qilibdi, Xat koʻtarib, oʻn boybachcha kelibdi. Anglamay oiama xatni beribdi, Endi bilib, singling olib kelibdi. Qalmoqlardan checham jabr koʻribdi, Aka, aytgan soʻzim ogʻir olmagin Narmoda ishini bunda qilmagin. Bu soʻzlarni eshitib, Hakimbek narmoda soʻzini koʻngliga ogʻir olib, “narmoda degan gapning manisi nima?, deb turgan ekan. Narmoda: erkak-urgʻochiligi nomaʼlum odam, xunasa, gey (9-sinf adabiyot darsligi, 23-bet. Qayta ishlangan va toʻldirilgan 4-nashr). Matndan anglashiladiki, ham erkaklik, ham ayollik xususiyati boʻlgan jins vakillariga nisbitan bu sifat ishlatiladi. Geyning maʼnosi esa matnga umuman toʻgʻri kelmaydi. Umuman, jinsimy chetlashish bilan toʻrt toifa (LGBT) ajratilishi anʼanalashgan: lezbiyanka, gey, biseksual, transgender. Bunda xunasa ifodasi gey soʻziga emas, balki biseksual ifodasiga mos keladi. Biz bu bilan terminning notoʻgʻri talqin qilinganini aytmoqchimiz. Bundan tashqari, oʻsha matnda, masalan, ilm tarixida bir ayolning bir nechta aka-ukalar bilan bitta oila boʻlib turmush qurishi haqida maʼlumotlar koʻzga tashlanadi. Alpomish” dostoni faqat ijro jihatidan emas, mazmundagi gʻaroyib tasodifiy voqealar nuqtayi nazari, qahramonlar sarguzashtlari, hayotiy dolzarb muammolarning qoʻyilish bilan ham murakkab asar. Masalan, bir ayolning bir nechta aka-ukalar bilan bitta oila boʻlib turmush qurishi – poliandriya haqida ham gap borgan. Bu esa oʻzbek qavmi uchun oʻta absurd holat. Biz Fozil Yoʻldosh oʻgʻlining bunday oila tizimi haqida maʼlumoti bor-yoʻqligini bilmaymiz. Ammo bir necha marta alp aka-ukalar nomidan Barchinga qarata: “...yo birimizga teg, yo barimizga teg”, - deyishga majbur boʻlganini tushunish qiyin: “Biz oʻzbekning rasmi shunday boʻladi: qiz oʻn toʻrtga chiqqan soʻng, oʻz ixtiyori oʻzida qoladi. Bizning aytganimizga koʻnmay, tepaning boshiga oʻtovini tikib oʻtiribdi. Oʻziga boringizlar, oʻzidan soʻrangizlar”. Shunda qalmoqlar doʻgʻilib, Barchinning ustiga qarab bora berdi. Toʻqson alpning zoʻri Koʻkaldosh: “Yo birimizga teg, yo barimizga teg. Bir javob ayt, dedi”. Barchin bir soʻz deb turgan ekan (9-sinf adabiyot darsligi, 23-bet. Qayta ishlangan va toʻldirilgan 4-nashr). Insoniyat tarixidagi minglab yillar oldin hukm surgan poliandriya oila tushunchasi, qanday qilib, “Alpomish”da saqlanib qolishi mumkin? Yana qizigʻi shundaki, na Boysari, na Barchin alp aka-ukalarning bu gapiga ortiqcha asabiy munosabatda boʻlmaydilar, bu gapni oddiy maishiy hayot holati sifatida qabul qiladilar. Bunga oʻxshagan hozirgi ijtimoiy hayot nuqtayi nazaridan tushunish va atroflicha sharh berish oʻta qiyin voqea lavhalari dostonda juda koʻp. Olimlar ularga imkon darajasida ilmiy izoh berishga harakat qilib kelmoqdalar. Bu matnning maktab darsligiga kiritilishidan oldin aqalli, biror marta lingvistik ekspertizadan oʻtkazish kerak va kerakli xulosalarni olish zarur. Buning uchun esa badiiy matnning lingvistik ekspertizasi uslubiyati – metodlari, metodologiyasi va metodikasi shakllanishi lozim. Shunday qilib, badiiy matndagi haqorat qilish hodisasi turli xarakterdagi huquqbuzarliklarning bir qismi, ularning belgilari qonunchilik sohasiga, huquqbuzarlik obyektiga va uning, yaʼni huquqbuzarlik tarkibining turiga nisbatan nisbiylashtiriladi. Haqorat hodisasi qonun uchun maʼlum bir faktik holat. Bundan quyidagi umumlashmalarga kelishimiz mumkin. Lingvistik ekspertizaning vazifasi muayyan davlatning amaldagi qonunlari talablariga zid holatlarni aniqlashga yordam berishda emas, balki huquqbuzarlik belgilarini oʻz ichiga olgan hodisaning tavsifini berishda, lingvistik ekspertizaning vazifasi esa – ularni aniqlashdagina deb ham boʻlmaydi. Tahlildan kelib chiqadigan eng muhim xulosa, bizning fikrimizcha, quyidagilardan iborat: “tilshunos qandaydir nutqiy harakatning haqoratli nutq ekanligini koʻrsata oladi. Boshqacha aytganda, voqelikda sodir boʻlgan va tilshunoslikda yuridik anormal deb qaraladigan oʻsha nutqiy hodisa, haqorat taʼrifining yoʻqligi bilan bogʻliq boʻlgan lingvistik tutumlardan boshqa asoslar mavjud emas. Bunda muayyan nutq xatti-harakatini, yaʼni huquqiy anormal hodisa sifatida klassifikatsiya qilish zarur. Tilshunoslikda haqorat hodisasini koʻrib chiqishda matn markazli va leksikotsentrik kabi ikkita yondashuv ajratilishini yuqorida aytgan edik. Bunday ifodalarni klassifikatsiya qilishda qabul qilingan mantiqiy imkoniyatlarini tavsiflaymiz. Bu nazariyaning natijasi nima uchun tajovuzkor emasligi “Sen yomon odamsan!” tushunchasini asoslash bilan bogʻliq. Bunda bir tomondan, “obroʻsizlantirish strategiyasi” nomi ostida modellashtirilgan narsaning noaniqligidan, ikkinchi tomondan, “xafa qilish” ehtimoli bilan aniqlashdan kelib chiqadi. Shunday qilib, oʻzbek adabiyoti va maktab darsliklarini lingvistik ekspertiza qilishda, yuridik anormal hodisalarga qarshi kurashish holatlariga adabiy matnning aksiologik yoʻnalishi semantik va kommunikativ-pragmatik tahlilidan foydalanishga imkon beradi. Semantik tahlil matnning darajalarini aniqlashni oʻz ichiga oladi. Kommunikativ-pragmatik tahlil, birinchi navbatda, badiiy matnda tasviriy tarkibni tavsiflashga qaratilgan. Unda nutqning oʻquvchiga taʼsir qilish usullarini oʻrganishni talab qiladi. Biroq, matndagi modal maʼnolarning tarqoqligi, muallif pozitsiyasining yashirinligi, matndagi turli darajadagi avtorizatsiya – bularning barchasi badiiy matnning mazmuni va kommunikativ istiqbolini shakllantiradi hamda lingvistik ekspertizaning koʻplab muammolarini hal etilishiga koʻmak beradi. Download 91.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling