Birinchi imperiya davrida Fransiya Reja


Download 27.35 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi27.35 Kb.
#1567789
Bog'liq
Birinchi imperiya davrida Fransiya


Birinchi imperiya davrida Fransiya

Reja:

  1. Fransiyada Birinchi imperiya.

  2. Istilochilik urushlari.

  3. Imperiyaning zaiflashuvi

  4. Fransiya – Rossiya o’rtasidagi 1812-yilgi urush

  5. Imperiyaning qulashi

  6. Burbonlar sulolasi hokimiyatining tiklanishi

Kirish
Fransiyada Birinchi imperiya va uning halokati Fransiyada Birinchi imperiY. 1799- yilgi davlat to ‘ntarishidan so ‘ng Fransiyaning Birinchi konsuliga aylangan Napoleon Bonapart endi yakka hokimlikka intila boshladi. 1802- yilda u o‘zining umrbod konsul deb e’lon qilinishiga erishdi. 1804- yilda esa u Senatdan o ‘zini «Fransuzlar imperatori Napoleon I» deb e’ Ion qilinishini talab etdi va unga erishdi. Shu tariqa, Fransiyada monarxiya qayta tiklandi. Biroq bu monarxiya dvoryanlarga emas, yirik burjuaziyaga, qo ‘shin va davlat amaldorlariga tayanuvchi harbiy monarxiya edi. Istilochilik urushlari. N. Bonapart katta istilochilik umshlaii ohb bordi. Chunonchi, 1805- yilda Avstriya poytaxti Vena ishg ‘ol etildi. 1806- yilda Pmssiya poytaxti Berlinni egalladi. O‘z g‘alabalaridan ruhlangan Napoleon endi Buyuk Britaniyaga nisbatan qit’a qamali e’lon qilinganligi haqidagi dekretni imzoladi. Unga ko‘ra, Napoleonga qaram barcha davlatlaming Buyuk Britaniya bilan savdo-sotiq qilishi taqiqlandi. Napoleonning maqsadi shu yo‘l bilan Buyuk Britaniyani bo‘g‘ib tashlash edi. Qit’a qamali Fransiyani Yevropa va jahon hukmronligi uchun o ‘z tinkasini quritadigan urushga duchor etdi. Rossiya Fransiyaning Yevropadagi barcha g ‘alabalarini tan olishga va 1807- yilda Napoleon bilan tinchlik hamda ittifoq to‘g ‘risida shartnoma imzolashga majbur bo‘ldi. Bu shartnoma tarixga «Tilzit shartnomasi » nomi bilan kirdi. Shartnomaga ko‘ra, Rossiya Buyuk Britaniya bilan aloqani uzish va q it’a qamaliga qo‘shilish majburiyatini oldi.

Imperiyaning zaiflashuvi. Deyarli butun Yevropani b o‘ysundirgan Napoleon Buyuk Britaniya va Rossiyani bo‘ysundira olmadi. Buyuk Britaniya harbiy flotining g ‘oyatda qudratliligi Napoleonga qit’a qamali siyosatidan k o ‘zlangan maqsadiga erishish imkonini beimadi. Rossiya o ‘z mustaqilligini saqlab qoldi. Qit’a qamali siyosatiga qo‘shilgan bo‘lsada, amalda shartnomani bajarmadi. AQSH kemalarida o ‘z tovarlarini Buyuk Britaniyaga yuborishni davom ettirdi. Fransiya aholisi ham uzluksiz urushlardan charchadi. Ming-minglab navqiron yigitlarning halok bo‘lishi, soliqlarning ortishi, qit’a qamalidan k o ‘rilayotgan iqtisodiy zarar Napoleon siyosatidan norozilikni kuchaytirib bordi. Ayni paytda bosib olingan mamlakatlarda bosqinchilarga qarshi milliy ozodlik kurashi kuchaydi. Napoleonga bunday norozilikni bostirish uchun katta bir g‘olibona urush kerak edi. Shuning uchun ham u Rossiyaga qarshi urush qilishni va unda ga‘laba qozonishni rejalashtirdi. Busiz butun Yevropani itoat ettirishdan iborat bo‘lgan maqsadi ham amalga oshmas edi. Rossiya-Fransiya o‘rtasidagi 1812- yil urushi. 1812- yilning 24- iyunida Napoleon armiyasi Rossiyaga hujum boshladi. Bu urush Rossiya uchun milliy mustaqillik urushi edi. Ikki davlat qo‘shini o ‘rtasidagi hal qiluvchi jang 1812- yilning 7- sentabrida Moskva yaqinidagi Borodino qishlog‘ida bo ‘lib o ‘tdi. Har ikki tomon ham ko ‘plab qurbonlar berdi. Rossiya-Fransiya urushida Fransiya mag‘lubiyatga uchradi. Rus qo‘shinining matonati, qahraton sovuq va ochlik bosqinchi qo‘shinining halokatini muqarrar qilib qo‘ydi. Oqibatda Napoleonning «Buyuk qo ‘ shin»i bu buyuk talofatdan so ‘ng o ‘zini qayta tiklab ololmadi. Endi Napoleon imperiyasining halokati muqarrar bo‘lib qoldi. Imperiyaning qulashi. Rossiya, Buyuk Britaniya, Prussiya, Avstriya va boshqa davlatlardan iborat Yevropaning ittifoqchi davlatlari hamda Fransiya o ‘rtasidagi hal qiluvchi jang 1813- yil oktabrda Leypsig ostonasidabo‘lib o ‘tdi vabu jang tarixga «Xalqlar janggi» nomi bilan kirdi. Leypsig jangida Napoleonning qo ‘shini tor-mor etildi. 1814- yilda ittifoqchi davlatlar armiyasi Parij shahriga kirib keldi. Napoleon taxtdan voz kechishga majbur bo ‘ldi. Ittifoqchilar uni Elba oroliga surgun qildilar. Shu tariqa imperiya quladi. Burbonlar sulolasi hokimiyatining tiklanishi. Ittifoqchi davlatlar Fransiyada Burbonlar sulolasi hokimiyatini tiklashga qaror qildilar. Inqilob yillari qatl etilgan qirol Lyudovik XVI ning ukasi Lyudovik XVIII Senatning qarori bilan taxtga o ‘tqazildi. Lekin endi bu monarxiya avvalgidek mutlaq monarxiya emas edi. U monarxiyani tiklashning iloji ham yo‘q edi. Chunki jamiyat hayotida kapitalistik munosabatlar har tomonlama chuqur ildiz otib ulgurgan edi. Shuning uchun ham qirol konstitutsiya e’lon qilishga majbur bo ‘ldi. Ittifoqchilar Fransiya bilan sulh shartnomasini imzoladilar. Unga ko‘ra, Fransiya Napoleon davrida bosib olgan barcha hududlardan mahrum etildi. Ayni paytda mamlakatda ichki vaziyat ham murakkablashib bordi. Bunga eski feodal tartiblar tarafdorlarining mutlaq monarxiyani tiklashni, shuningdek, qo‘llaridan ketgan mol-mulklarini qaytarib berishni talab qilishlari sabab bo‘ldi. Bu, o‘z navbatida, burjuaziya va dehqonlami tashvishga solib qo‘ydi. Bundan tashqari, Napoleon davrida xizmat qilgan zobitlaming va davlat xizmatchisining ishdan bo ‘shafflishi qo ‘shinda va butun mamlakatda norozilik keltirib chiqardi. Vaziyatdan surgundagi Napoleon foydalanib qohshga qaror qildi. Eski gvardiya va o ‘zi tug ‘ilib o‘sgan korsikaliklardan tuzilgan harbiy qismhamonuning tarafidaedi. Napoleon 1815- yilning mart oyida Elbadan Fransiyaning janubiga yetib keldi. Qirol Lyudovik XVIII ning Napoleonga qarshi yuborgan 30 ming kishilik qo‘shini ham Napoleon tomoniga o‘tib ketdi. Napoleon 20- mart kuni Parij shahrini egallab, yana imperatorlik taxtiga o‘tirdi. Biroq ubu safar hokimiyatni atigi 100 kun egallab turdi, xolos. Napoleonga qarshi ittifoqchi davlatlar (Buyuk Britaniya, Prussiya va boshqalar) juda katta armiyaqo‘ya oldi. Ikki o ‘rtada 1815- yilning 18-iyunida bo ‘lib o ‘tgan hal qiluvchi jang (hozirgi Belgiya davlati hududidagi) Vaterloo qishlog‘idabo‘lib o‘tdi. Shu tufayhbu jang tarixga «Vaterloo jangi» nomi bilan kirgan. Jangda Napoleon qo ‘shini butunlay tor-mor etildi. Asir olingan Napoleon endi uzoq Muqaddas Yelena orohga surgun qilindi va u shu yerda 1821 - yilda vafot etdi. Fransiyada Burbonlar hokimiyati yana qayta tiklandi. Vena Kongressi. G‘olib davlatlar Kongress chaqirdilar. Bu Kongress 1814- yilda Avstriyaning poytaxti Vena shahrida bo ‘lib o ‘tdi. Kongressning asosiy maqsadi - Yevropani g‘oliblar manfaati yo ‘lida qayta taqsimlash edi. 1815- yilda Yevropaning 8 davlati: Buyuk Britaniya, Avstriya, Prussiya, Rossiya, Ispaniya, Shvetsiya, Portugahya va Fransiya Kongressning yakunlovchi hujjatini imzoladilar. Buyuk Britaniyaning asosiy maqsadi, Fransiyaning zaiflashuviga erishish, o ‘zining dengizdagi va mustamlakalar bosib olishdagi ustunligini saqlab qolish edi. U bunga erishdi. Ayni paytda Malta, Seylon orollariga, Afnkaning janubidagi Kara ycriga ega bo ‘lib oldi. Rossiya Polshaning katta qismiga ega bo‘ldi. 300 dan ortiq mayda davlatlarga boliinib ketgan Germaniya o ‘mida 39 ta davlatdan iborat Germaniya ittifoqi tuzildi. Bu ittifoqda Avstiiyaning yetakchi roli e’tirof etildi. Reyn viloyati, Vestfaliya Pmssiyaga qo‘shib berildi. Polshaning g‘arbiy yerlari ham Pmssiya mulki deb tan olindi. Avstriya Shimoliy Itahyada mustahkamlanib oldi. Belgiya Gollandiyaga qo‘shib berildi. Shveytsariyaning mustaqilhgi tiklandi va u abadiy betaraf davlat maqomiga ega bo ‘ldi. Fransiya hududi o ‘zining avvalgi chegarasigacha qisqartirildi. Unga 700 mln frank oltin hisobida kontributsiya to‘lash majburiyati yuklandi. Fransiya bu konhibutsiyani to ‘lagunga qadar uning shimohy qismi ittifoqchi lar qo ‘ shini tomonidan ishg ‘ol qilinadigan bo ‘ldi. Fransiya ikkinchi darajali davlat maqomiga tushib qoldi. Shu taiiqa Vena Kongressi Yevropa siyosiy xaritasini kuch bilan o ‘zgartirib tashladi. Ayni paytda, Vena Kongessi qora tanh qullar savdosini taqiqlovchi dcklaratsiya ham qabul qildi. «Muqaddas Ittifoq». Yevropada kelgusida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan inqiloblarga qarshi birgalikda kurash maqsadida uch davlat - Rossiya, Avstriya va Prussiya monarxlari ittifoq tuzdilar. U tarixga «Muqaddas Ittifoq» nomi bilan kirdi.
Fransiya (рус. Фра́нция), rasman Fransiya Respublikasi (frans. République française) — Gʻarbiy Yevropadagi rivojlangan davlat. Gʻarbda va shimolda Atlantika okeani hamda La-Mansh boʻgʻozi, janubda Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Maydoni 547,03 ming km². Aholisi 64,5 million (baʼzilar 66,5 million kishidan ortiq deydi) (2016). Rasmiy tili — fransuz. Pul birligi — yevro. Poytaxti — Parij shahri. Metropoliya administrativ jihatdan 22 region, 96 departamentga boʻlingan. Bundan tashqari Fransiya tarkibida dengiz orti departamentlari (Gvadelupa, Martinika, Gviana, Reyunon), dengiz orti xududlari (Taiti, Yangi Kaledoniya, Fransiya Polineziyasi, Tinch okeandagi Uollis va Futuna orollari va boshqalar), hududiy birliklar (Mayotta va Sen-Pyer va Mikelon) bor.
Davlat tuzumi. Fransiya — unitar davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1958 yil referendumda qabul qilingan va hozirgi kungacha bir necha marta oʻzgartishlar kiritilgan.
Davlat boshligʻi — prezident. U umumiy va toʻgʻridan-toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi va yana 1 marta saylanishi mumkin.
Qonun chiqaruvchi hokimiyat — parlament 2 palatadan (Milliy majlis va Senat) iborat.
Ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.
Fransiyaning sharq va janubda togʻ tizmalari, markazining janub qismida togʻ va keng tekisliklar bor. Alp togʻlari bilan Yura togʻlari Italiya va Shveytsariya bilan tabiiy chegarani tashkil etgan. Fransiyadagi Alp togʻlarining koʻp choʻqqilari 4000 metrdan ziyod. Eng baland joyi — Monblan togʻi (4807 m). Balandligi 1700 metrgacha boʻlgan Yura togʻlari Belfort pastligi tomonga Rona daryosi vodiylari uzra pasayib boradi. Belfort pastligining shim,sharqiy tomonidan Reyn boʻylab, F.Germaniya chegarasi oʻtadi. Bu joyda balandligi 1424 m boʻlgan Vogez togʻ tizmasi mavjud. Fransiya va Ispaniya oʻrtasida tabiiy chegara boʻlgan Pirenei togʻlarining balandligi Fransiya tomonida 3298 m ga (Vinmal) yetadi. F.da foydali qazilmalardan kumir, temir rudasi, uran, tabiiy gaz, volfram va surma, talk xom ashyosi, qoʻrgʻoshin, oltingugurt va rux bor. Neft va gaz juda kam miqdorda.
Iqlimi asosan uch xil: okean, kontinental va dengiz iqlimi. Fransiya iqlimi qishloq xoʻjaligi uchun qulayil Mamlakatning koʻp qismida okean iqlimi. Gʻarb va shimolda Atlantika okeanidan nam havo oqimi kelib, moʻtadil iqlimni hosil qiladi: yozda salqin, qishda iliq. Yil boʻyi yomgʻir yogʻib turadi. Oʻrta dengiz soxillari, Yura, Rona pasttekisliklari va Korsikaning iqlimi subtropik. U yerlarda qish iliq, yoz esa quruq va issiq. Sharq va shim.sharkdagi tekislik hamda pasttekisliklarda yanvarfev.da oʻrtacha temperatura 13°, gʻarb va janubgʻarbda 5—7°, mamlakat janubda 8—10°. Iyul va avg .da tekisliklarda 16—18°, shim.da 20—22°, janub gʻarbda 23—24". Yillik yogʻinning eng kupi (1500–2000 mm) Alp, Vogez, Sevenn va Pirenei togʻlarining gʻarbiy qismiga toʻgʻri keladi.
Yirik daryolari: Luara, Rona, Sena, Garonna, mamlakat sharqida Reyn daryosining bir qismi oʻtgan. Fransiyada koʻl kam, Jeneva koʻlining koʻp qismi Shveytsariya xududida joylashgan. Tuprogʻi qoʻngʻir oʻrmon tuproqlari, shoʻrxok kulrang, chimli kulrang, qoʻngʻir rendzin, kulrang hamda "terra rossa" deb ataluvchi qizil tuproqlardan iborat. Oʻrmonlar mamlakat hududining 20%ni tashkil etadi. Shimolda keng bargli oʻrmonlar (dub, qayin, shumtol), Oʻrta dengiz sohilida dub va qaragʻay usadi. Hayvonot dunyosi: sut emizuvchilardan yovvoyi oʻrmon mushugi, tulki, boʻrsiq, bugʻu, kiyik, toʻngʻiz, olmaxon, quyon; togʻ tepalarida togʻ echkisi, olmaxon, alp sugʻuri, qora echki uchraydi. Qushlardan kaklik, bulduruq, loyxoʻrak, yakantovuq, olaqargʻa, qorayaloq, chumchuq, kaptar, burgut, janubda qizil gʻoz yashaydi. Daryolarda turli baliqlar bor. Mamlakat hududining 10% himoya ostiga olingan. Ular: milliy bogʻ (Ekren, Sevenn va boshqalar), hududiy milliy bogʻ va kichik tabiiy qoʻriqxonalar. Koʻp qoʻriqxonalar togʻlarda joylashgan (Alpdagi Vanuaz va Pelvu milliy bogʻlari, Pireneydagi Neuvyel qoʻriqxonasi).
Aholisining 90% dan koʻproga fransuzlar; shuningdek, elzas va lotaring, katalon, breton, flamand va basklar ham yashaydi. Shuningdek 3,5 million migrantlar (jazoir, portugal, italyan, ispan, arman va boshqalar) istiqomat qiladi. Rasmiy tili — fransuz tili. Bundan tashqari, bir qancha mahalliy shevalar ham mavjud. Shahar aholisi 73%. Dindor aholining 80% xristian (katolik), koʻpi bilan 5% islom, 2% xristian (protestant), 1% yaxudiylikga eʼtiqod qilishadi. Yirik shaharlari: Parij, Marsel, Lion, Tuluza, Nitssa, Nant, Strasburg, Bordo, Monpelye, Lill.
Fransiya hududida odam juda qadim zamondan, taxminan 1 million yildan buyon yashab keladi. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Fransiya hududining deyarli barcha qismida kelt qabilalari (rimliklar ularni gallar, mamlakatni Galliya deb atashgan) yashagan. Miloddan avvalgi 2-asr oxiri — 1-asr Urtalarida Galliyani rimliklar bosib oldi. Milodiy 2—4-asrlarda aholi oʻrtasida xristianlik tarqaldi, romanlashtirish natijasida lotin tili kelt tillarini siqib chiqardi. 3—6-asrlarda Galliyani german qabilalari (vestgotlar, burgundlar, franklar) bosib olib, uning xududida bir qancha davlatlarni tashkil qildi. Ular orasida eng kattasi Frank davlati edi ("Fransiya" franklar nomidan kelib chiqqan). Karolinglar imperiyasining parchalanishi (843) natijasida Gʻarbiy Frank qirolligi tashkil topdi. Shu davrdan Fransiya mustaqil davlat boʻlib qoldi. 10-asrdan mamlakat "F." deb atala boshladi. 1302 yil dastlabki Bosh shtatlar chaqirilib, tabaqali monarxiya oʻrnatildi. Fransiya bilan Angliya urtasida boʻlgan Yuz yillik urush (1337—1453) natijasida ishlab chiqarish va savdo keskin kamaydi, xalq ommasining ahvoli ogʻirlashib, Jakeriya (1358) va xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. 15-asr 2yarmida Fransiya iqtisodiyoti astasekin qayta tiklandi, qirol hokimiyati mustahkamlandi. 16— 17-asrlardan iqtisodiy rivojlanish davri boshlandi. Fransiya qirollari Gʻarbiy Yevropada oʻz siyosiy taʼsirini oʻrnatishga uringan Gabsburglar bilan uzoq muddat kurash olib bordilar (q. Oʻttiz yillik urush). 17-asrga kelib Fransiya mustamlakachilik siyosatini boshladi: Amerika (Kanada, VestIndiya) va Hindistonning bir qismini bosib oldi. 17-asrning 2yarmida F.Gʻarbiy Yevropaning eng kuchli davlatiga aylandi. Ammo Ispaniya merosi uchun boʻlib oʻtgan urush (1701 — 1714) va nihoyat Yetti yillik urush (1756—1763) natijasida F.ning Shim. Amerika (Kanada va boshqalar) hamda Hindistondagi deyarli barcha mustamlakalari Angliyaga oʻtdi. 16— 17-asrlarda fransuz millati shakllandi, shim. fransuz tili yagona til sifatida keng tarqaddi. 18-asr oxirida oʻtgan Buyuk fransuz inqilobi natijasida, ayniqsa, uning choʻqqisi boʻlgan yakobinchilar diktaturasi davrida absolyutizm munosabatlari yemirildi. Yangi saylangan Milliy konvent 1792 yil 22 sentabrda Fransiyada respublika tuzumini oʻrnatdi. Konvent 1793 yil 24 iyunda demokratik konstitutsiyani qabul qildi. Aksilinqilobiy termidor Konvent (1794—1795) va Direktoriya rejimi (1795—1799) dan soʻng Napoleon I Bonapartning Birinchi imperiya shaklidagi harbiy diktaturasi (dastlab konsullik, 1804 yildan imperiya) urnatiddi. Napoleon davrida Fransiya kupgina bosqinchilik urushlarini olib bordi, Fransiya hududi birmuncha kengayib, Yevropada F.ga tamomila qaram bulgan davlatlar paydo boʻldi. Ammo shunga qaramay, F.ning Yevropada oʻz hukmronligini oʻrnatishga boʻlgan intilishi magʻlubiyatga uchradi. 1814—1815 va 1815—1830 yillarda Burbonlar monarxiyasi qayta tiklandi. 1815 yil martda Napoleon yana hokimiyatni egalladi, yuz kundan keyin Vaterloo yonidagi jangda (1815 yil 18 iyun) u magʻlubiyatga uchragach, Parij sulhiga muvofiq, Fransiya 1790 yilgi chegarasiga qaytarildi. 1830 yil Iyul inqilobi natijasida Burbonlar sulolasi agʻdarib tashlandi. Fransiyada monarxiya vujudga keldi, orleanlik gersog Lui Filipp qirol deb eʼlon qilindi.
1848 yil fevral inqilobi natijasida F.da Iyul monarxiyasi tugatilib, Ikkinchi Respublika qaror topdi (184852). 1851 yil 2 dek.da boʻlib oʻtgan davlat toʻntarishidan soʻng Lui Napoleon Bonapartning harbiy diktatura tuzumi oʻrnatildi. 1852 yil 2 dek.da u Napoleon III nomi bilan imperator deb eʼlon kilindi. Ikkinchi imperiya deb nomlangan tuzum karor topdi (1852— 70). Demokratik erkinliklar bekor qilindi. Ikkinchi imperiya toʻxtovsiz bosqinchilik urushlari olib bordi. 1870—1771 yillardagi Fransiya — Prussiya urushida Fransiya yengilib turgan sharoitda (1870) Sentabr inqilobi yuz berdi. Ikkinchi imperiya barham topdi. Fransiya respublika deb eʼlon qilindi. Ammo hokimiyatni respublikachilar egallab oldi. Xalqning inqilobiy faolligidan qoʻrqqan Muvaqqat xukumat amalda taslimchilik siyosatini olib bordi. Hukumatning ishchilarni qurolsizlantirish siyosatiga karshi Parij ishchilari 1871 yil 18 martda qoʻzgʻolon koʻtarib, Parij: kommunasini eʼlon qildilar. 1871 yil Frankfurt sulh shartnomasiga koʻra, Fransiya Elzas va Lotaringiyaning talaygina qismidan mahrum boʻlib, Olmoniyaga katta tovon toʻladi. Monarxiyachilarning monarxiyani qayta tiklashga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 1875 yil Milliy majlis tomonidan Uchinchi Respublika (1870— 1940) konstitutsiyasi kabul qilindi. 19-asr oxiriga kelib, Fransiya mustamlakachilik imperiyasi koʻlami va iqtisodiy ahamiyati jihatidan Buyuk Britaniyadan soʻng 2oʻringa chiqdi. 20-asr boshlarida Fransiya sanoati tez surʼatda rivojlandi, lekin u 1-jahon urushigacha agrarindustrial mamlakat boʻlib qolaverdi. Fransiya bilan Olmoniya oʻrtasidagi ziddiyatlar kuchayishi sababli 1891—1893 yillarda Fransiya — Rossiya ittifoqi tashkil topdi. Bu ittifoq 1904 yilgi F.— Buyuk Britaniya bitimi bilan Antantanp tashkil etishda muhim rol oʻynadi. Fransiya 1jaqon urushi (1914—1918)da qatnashdi. Olmoniyaning urushdagi harbiy magʻlubiyatidan foydalanib, Fransiya Yevropada oʻzining hukmronligini oʻrnatishga harakat qildi. 30-yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni F.da boshqa mamlakatlarga nisbatan kechroq boshlandi va uzoqroq davom etdi. Mamlakatda fashistik guruhlar faollasha boshladi. Fashizm xavfiga qarshi F.dagi demokratik kuchlar Xalq frontiga uyushib, harakat qildilar (1935). 1936 yil iyunda Xalq fronti madadiga tayangan hukumat tuzildi. 1938 yil boshlarida reaksiya kuchlari Xalq frontiga rahna solib, yangi xukumat tuzishga muvaffaq boʻldilar. 1939 yil 3 sentabrda Fransiya Olmoniyaning Fransiya ittifoqchisi boʻlgan Polshaga hujumidan soʻng unga qarshi urush eʼlon qildi. Ammo Polshaga yordam berish uchun hech qanday tadbir koʻrilmadi. 1940 yil may oyida Olmoniya qoʻshinlari Fransiya hududiga bostirib kirdi. 10 iyunda F.ga Italiya urush eʼlon qildi. 14 iyunda esa Olmoniya qoʻshinlari Parijni urushsiz egalladilar. 22 iyunda Fransiya hukumati taslim boʻlish shartlariga rozi boʻldi. Olmoniya qoʻshinlari Fransiya hududining 2/3 kismini bosib oldi. Mamlakatning qolgan qismini boshqarish uchun Vishi shahrida A. Fransiya Peten boshchiligida qoʻgʻirchoq (Vishi) hukumati tuzildi. 1942 yil 11 noyabrda Germaniya bilan Italiya bu xududni ham ishgʻol qildi. Fransuz xalqi fashistlar okkupatsiyasining dastlabki kunlaridanoq Qarshshshk koʻrsatish harakatinm boshlab yubordi. 1940 yil general Sh. de Goll boshchiligida "Ozod Fransiya" harakati (1942 yildan "Kurashayotgan Fransiya") tuzildi. Bu harakatga F.ning Afrikadagi mustamlakalari (Chad, Kamerun, Oʻrta Kongo, Gabon va boshqalar)ning fransuz harbiy qismlari va maʼmurlari ham qoʻshildi. 1941 yil 24 sentabrda de Goll fransuz milliy qoʻmitasini tashkil etdi, bu qoʻmita keyinroq muhojirlikdagi Fransiya hukumatiningoʻzagi boʻldi. 1943 yil 3 iyunda Jazoirda general de Goll raqbarligida Fransiya Milliy ozodlik qoʻmitasi (FMOQ) tuzildi. 1944 yil 2 iyunda AQSH, Buyuk Britaniya va SSSR tomonidan tan olingan FMOQ Fransiya respublikasining Muvaqqat hukumatiga aylandi. 1944 yil oxmriga kelib, Fransiya hududi fransuz vatanparvarlari va Angliya, Amerika qoʻshinlari tomonidan ozod etildi.
2-jahon urushida mamlakat iqtisodi katta zarar koʻrdi. Uning xalqaro mavqei pasayib, Fransiya imperiyasining parchalanishi boshlandi. 1946 yil 24 dekabrda demokratik ruxdagi yangi konstitutsiya qabul qilindi.
Toʻrtinchi respublika davri (1946—1958) boshlandi. 1949 yilda NATO harbiy-siyosiy blokiga aʼzo boʻldi.
Mamlakat va armiya ichidagi reaksion kuchlar 1958 yil mayda Jazoirda respublikaga qarshi isyon koʻtardilar. Jazoirdagi fransuz armiyasi qoʻmondonligi de Goll boshchiligida "milliy najot" hukumatini tuzishni talab qildi. 1 iyunda Milliy majlis de Gollga hukumat tuzish vakolatini berdi. 1958-yilda yangi konstitutsiya qabul qilindi. Sh. de Goll prezident etib saylandi. Shu yildan Fransiya Beshinchi respublika nomini oldi. 60-yillarda Fransiya Afrikadagi xududlari — Gvineya, Sudan, Madagaskar, Dagomeya (hozirgi Benin), Niger, Yuqori Volta (hozirgi Burkina Faso), Fil Suyagi Qirgʻogʻi (hozirgi Kot-d-Ivuar), Chad, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo, Gabon, Mavritaniya, Togo, Kamerun va Jazoirga Sovet Ittifoqi koʻmagida mustaqillik berdi. 1966 yil martda Fransiya NATO harbiy-siyosiy blokidan chiqib, oʻz hududidagi AQSh harbiy bazalarini tugatdi. 1965 yil 19 dekabrda Sh. de Goll qaytadan 7 yilga prezident etib saylandi. 1968 yilgi talabalar gʻalayoni va umumiy ish tashlash harakatlari, ijtimoiy siyosiy tanglik F.ni larzaga keltirdi. 1968 yil kuzda Beshinchi respublika tuzumi chuqur moliyaviy tanglikni boshidan kechirdi. Fransiya oʻz oltin valyuta rezervlarining yarmini yoʻqotdi, frankning kursi beqaror boʻlib qoldi. 1969 yil de Goll maʼmuriy-hududiy boshqarish tizimini oʻzgartirish va Senatni isloh qilish toʻgʻrisida referendum oʻtkazdi, ammo muvaffaqiyat qozonmadi. Natijada de Goll isteʼfoga chiqsi. 1969 yil "Respublika uchun demokratlar ittifoqi" partiyasining nomzodi J. Pompidu, 1974 yil Mustaqil respublikachilar milliy federatsiyasi rahbari Valeri Jiskar d’ Esten, 1981 yil soʻl kuchlar yetakchisi Fransua Mitteran prezident etib saylandi. 1986—88 yillar oʻng va soʻl kuchlar bahamjihatligining birinchi davri boshlandi va 1988 yil Fransiya Mitteran yana prezident etib saylandi. 1995 yil prezident saylovi natijasida Jak Shirak hukumat tepasiga keldi. 2000 yil 25 sentabrdagi referendumga asosan prezidentlik davri 7 yildan 5 yilga oʻzgartirildi. 2002 yil J. Shirak qayta prezident etib saylandi. Fransiya — 1945 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 14 iyul — Bastiliya ishgol qilingan kun (1789).
Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar:

1. Karimov I A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., “Sharq”, 1998.


2. Karimov I A. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch. T., “Ma`naviyat”, 2008.
3. Karimov I A. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo`llari va choralari. T., “O`zbekiston” 2009.
4.Xrestomatiya po novoy istorii. G` Pod red. A.A Gubera i A.V. Efimova. V T., M., 1963 – 1965. T.G\ `
5.Taleyran SH. M. Memuari. M.,1959.
6.Kolenkur A. Poxod Napoleona v Rossiyu. M.,1943.
7.Manfred A.Z. Napoleon Bonapart. M.,1980.S.Tarle E.V. Napoleon. G`G` Soch. M., 1959. T. VII.
8.Troitsskiy N. A. Aleksandir I Napoleon. M., 1994.
V.Gugan -Baranovskiy D.M. Proisxojdenie rejima Napoleona I. Saratov, 1989.
Download 27.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling