Birinchi jahon urushi


Download 1.91 Mb.
Sana21.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1638048
Bog'liq
Birinchi jahon urushi


BIRINCHI JAHON URUSHI 
Birinchi Jahon Urushi (1914-1918) — davlatlarning ikki koalitsiyasi: Markaziy davlatlar (Germaniya, Avstriya-Vengriya, Turkiya, Bolgariya) va Antanta (Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Serbiya, keyinchalik Yaponiya, Italiya, Ruminiya, AQSH va boshqalar; jami 34 davlat) oʻrtasidagi urush.
1914-y. 15 (28) iyulda AvstriyaVengriya Sarayevodagi qotillikayan bahona sifatida foydalanib, Germaniyaning toʻgʻridantoʻgʻri tazyiqi ostida Serbiyaga urush eʼlon qildi. 19 iyul (1 avg.) da Germaniya Rossiyaga, 21-iyul (3 avg.) da Fransiyaga; 22-iyul (4 avg.)da Buyuk Britaniya Germaniyaga qarshi urush boshladi. 1914-y. 10 (23) avg. da Yaponiya Antanta tomonida urushga kirdi.
Urushning oylarida Germaniya qoʻmondonligining Fransiyani tormor etish va uni urushdan chiqarish haqidagi moʻljali barbod boʻldi, chunki rus qoʻshinlarining Sharqiy Prussiyaga hujumi bunga taʼsir etdi (1bosqichda muvaffaqiyat qozongan 1914-y. gi Sharqiy Prussiya operatsiyasi rus armiyasining ogʻir magʻlubiyati bilan tugadi). 1914-y. avg. —sent. da rus qoʻshinlari Galitsiya jangida AvstriyaVengriya qoʻshinlarini yengib, Galitsiyaning katta qismini egalladilar, okt. oyida esa Polshadagi AvstriyaVengriya qoʻshinlarining qarshi hujumini qaytardilar. 1914 y 16 (29) okt. da Germaniya bloki tomonidan Turkiya urushga kirdi. Zakavkazye, Mesopotamiya, Suriyaning sharqiy chegarasi va Falastinda frontlar vujudga keddi. 1914-y. dek. —1915-y. yanv. da Turkiya armiyasi Zakavkazyeda rus qoʻshinlaridan magʻlubiyatga uchradi.
1915-y. Germaniya blokining 268 diviziyasidan 107 tasi rus frontida edi. Rus qoʻshinlari chekinib, Galitsiyani, Polshani va Boltiq boʻyining bir qismini tashlab chiqib ketdilar. 1915-y. 10 (23) mayda Italiya Antantaga qoʻshildi. 1915-y. 1 (14) okt. da GermaniyaAvstriya bloki tomonidan Bolgariya urushga kirdi. 1915-y. Germaniya dengiz yoʻllarining hukmroni boʻlgan ingliz flotini koʻplab suv osti janglari yordamida ham holdan toydira olmadi. 1916-y. Germaniyaning Verden r-nida Gʻarbiy frontni yorib oʻtishga urinishi barbod boʻddi; bu ozmikoʻpmi rus qoʻshinlarining Galitsiyada boshlagan muvaffaqiyatli hujumlari natijasi edi. 1916-y. 14 (27) avg . da Antanta tomonida Ruminiya urushga kirdi, biroq yil oxiriga borib rumin armiyasi tormor qilindi. 1917-y. apr. —may oylarida inglizfransuz armiyalarining utkazgan hujum operatsiyalari natijasiz boʻldi.
Okt. toʻntarishidan keyin shoʻro hukumati urushayotgan hamma davlatlarga anneksiyalar va kontributsiyalarsiz sulh tuzish haqidagi taklif bilan murojaat qildi. Antanta va AQSH taklifni rad etdi. Bunday sharoitda shoʻrolar davlati Brest suщi (1918)ni tuzishga majbur boʻldi. 1918-y. mayidan amerikalik qoʻshinlar harakat qila boshlagan Gʻarbiy frontda (AQSH 1917-y. apr. da urushga kirgandi) harbiy harakatlar Germaniya va uning ittifoqchilarining toʻla magʻlubiyati bilan tugadi.
1918-y. 29 sentda Bolgariya, 30 okt. da Turkiya, 3 noyab. da AvstriyaVengriya, 11 noyab. da Germaniya taslim boʻladi. Parij sulh konferensiyasi (1919—20)da Germaniya va uning ittifokchilari bilan sulh shartnomalarining uzilkesil shartlari ishlab chiqildi. Urushga 38 davlat jalb qilingan edi. Harakatdagi armiyadagilar soni 29 mln. kishidan ortiq boʻlib, safarbar qilinganlar 74 mln. kishiga yetdi. Urushgan mamlakatlar 10 mln. kishisini yoʻqotdi. 20 mlndan ortiq kishi yarador qilindi.
1918-yilgacha davom etgan urush davomida bir qator muhim tarixiy voqealar ham birgalikda yuz berdi. Jumladan, 1915-yilgi armanlar genotsidi, 1917-yilgi Rossiyadagi inqilob, 1918-yilgi Ispan grippi kabi hodisalar urush davrida parallel yuz bergan eng yirik tarixiy voqealar bo‘ldi. Ispan grippi o‘sha davrda urush bilan birgalikda millionlab odamlarning yostig‘ini quritdi. Shuningdek, urush natijasida Yevropada ko‘plab geosiyosiy o‘zgarishlar yuz berdi va u XX asr davomida o‘z ta’sirini ko‘rsatib turdi.
Birinchi jahon urushi bir qator imperiyalarning tanazzulga yuz tutishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, Germaniya, Avstriya-Vengriya, Rossiya va Usmonli imperiyalari aynan mana shu ortidan tanazzulga yuz tutdi va ularning o‘rniga yangi davlatlar tashkil etildi. Urushdan oldin eng qudratli armiya va iqtisodiyotga ega bo‘lgan Germaniya Versal shartnomasi natijasida ulardan deyarli mahrum bo‘ldi. Natijada, Yevropa va Yaqin Sharqda chegaralar boshqattan chizildi. Monarxiyalar o‘rnini kommunistik va demokratik respublikalar egalladi. Birinchi marta xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi tashkilot tuzildi. Bu Millatlar Ligasi edi.V
Birinchi jahon urushi haqida 3 fakt:
1. XX asr boshida nufuzli davlatlar o’rtasida dunyoni qaytadan taqsimlab, egalik qilish maqsadida boshlangan o’zaro kurash oxir-oqibatda 1914-17 yillarda keng quloch yoygan birinchi jahon urushiga olib kelgan. 1914 yil 28 iyun kuni Avstro-Mojar taxti vorisi ertsgertsog Frants Ferdinandga Saraevo shahrida suiqasd qilinishi esa urushga bahona bo’lgan.
3. Mazkur urushda birinchi marta tanklar, kimyoviy qurollar, gaz niqoblar ishlatilgan. 1916 yil 15 sentyabrda Somme daryosi bo’yidagi urush maydonida ilk bora zirxli texnika – tankdan foydalanilgan.
4. Birinchi jahon urushining umumiy qiymati (barcha ishtirokchilar uchun dollarning o’sha paytdagi qiymatida) 200 milliard dollarni tashkil etgan (hozirgi davr uchun 11 trillion). Urush natijasida avstro-venger, usmonli va nemis imperiyalari tugatilgan, Rossiyada monarxiya ag’darilgan.
Qo’shimcha fakt: 
Birinchi jahon urushi vaqtida Gitler gaz niqobini to’g’ri kiyish uchun mashhur mo’ylovining uzun uchlarini qirqib tashlashga majbur bo’lgan.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
IMA32U guruhi
Ergasheva Shaxnoza
Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling