Birinchi jahon urushida qo’lga olingan harbiy asirlarning Turkistondagi faoliyati


Download 216.21 Kb.
bet3/8
Sana11.05.2023
Hajmi216.21 Kb.
#1455189
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BIRINCHI JAHON URUSHIDA QO’LGA OLINGAN HARBIY ASIRLARNING TURKISTONDAGI

Chor Rossiyasi Turkiston o'lkasiga xom ashyo bazasi sifatida qaradi va shu boisdan og'ir sanoat korxonalarini qurish masalasiga mutlaqo e'tibor bermadi. U faqat tez foyda beradigan, kichik-kichik yengil hunarmandchilikka oid korxonalar qurishga harakat qiladi. Turkiston o'lkasidagi sanoat korxonalarining asosiy tarmog'i paxta tozalash zavodlaridan iborat bo'lib, 1914yilda ularning soni 254 ta edi.

  • Chor Rossiyasi Turkiston o'lkasiga xom ashyo bazasi sifatida qaradi va shu boisdan og'ir sanoat korxonalarini qurish masalasiga mutlaqo e'tibor bermadi. U faqat tez foyda beradigan, kichik-kichik yengil hunarmandchilikka oid korxonalar qurishga harakat qiladi. Turkiston o'lkasidagi sanoat korxonalarining asosiy tarmog'i paxta tozalash zavodlaridan iborat bo'lib, 1914yilda ularning soni 254 ta edi.
  • Bu korxonalar Turkistondagi barcha sanoat ishlab chiqarish tarmoqlarining to'rtdan uch qism mahsulotini berar edi. Umuman olganda Turkiston o'lkasidagi sanoat ishlab chiqarishi sof mustamlakachilik xarakteriga ega bo'lib, u asosan qishloq xo'jalik mahsulotlarini birlamchi ishlab berish va yer osti qazilma boyliklarini qazib olishga moslashtirilgan edi. O'lka sanoat mahsulotining deyarli hammasi (paxta tolasi, neft, ko'mir, paxta yog'i, sovun va hokazo) Rossiyaga olib ketilar edi.

1.2 Turkiston aholisining etnik tarkibi va siyosiy ziddiyatning kuchayishi.

  • Hozirgi O'zbekiston yerlari Birinchi jahon urushi yillarida Rossiya imperiyasining Turkiston o'lkasi, shuningdek, Buxoro amirligi hamda Xiva xonligi tarkibida bo'lgan. Turkiston o'lkasi Sirdaryo, Farg'ona, Samarqand viloyatlaridagi uyezdlar hamda volostlarning katta qismida, Buxoro amirligining markaziy va g'arbiy qismlarida, Xorazm vohasida aholining ko'pchiligini o'zbeklar tashkil qilgan. Bu yerlarda tarixan turli ma'muriy va siyosiy tizimlar tarkib topib kelgan.
  • Buxoro ma'muriy jihatdan bekliklarga, bekliklar esa amloklarga bo'lingan. Mamlakat poytaxti atrofidagi hududlar tumanlarga bo'linib, ularni amir nomidan qushbegi boshqargan. Beklar, qozilar, raislar, tumanlardagi amlokdorlar amir tomonidan tayinlangan.

Download 216.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling