16. Quyidagi gaplarning qaysi birida jo’nalish
kelishigi qo’shimchasini ko’makchi bilan
almashtirsa bo’ladi?
A) Olimga vijdon ham o’tkir ilm kabi zarur.
B) Qarab tur, seni otangga chaqmasammi!
C) Men o’zimning kimligimni sizga aytdim.
D) O’tgan kunlarni bir esingizga oling, qanday
zamonlar edi.
17. Ikkita o’rin ravishi qo’llangan gapni belgilang.
A) Bizga yaqinlashmadi, lekin nariroqda turib ish
o‘rgatib, bularga baqirib turdi.
B) . Ichkariga kiring, bir piyola choy iching, — dedi
uy egasi.
C) Oldiga dasturxon yozibdi, kechqurun palov qilib
olib chiqibdi.
D) Bir chaqirim ichkariga kirib borganimizdan keyin
tepada teshik ko‘rindi.
18.“Yurak qoni bilan bitilgan” asar qaysi?
A) “O‘zbekiston” (A.Oripov)
B) “O‘zbekiston” (H.Olimjon)
C) “Nido” (E.Vohidov)
D) “O‘zbegim” (E.Vohidov)
19. «Ikki oyoqliga to‘rt oyoqli nega yetqizsin, u
ham qutulib ketdi».
Ushbu parcha «Kuntug'mish» dostonida qaysi
voqeaga nisbatan qollangan?
A) Kuntug'mishning karvonda Xolbekani olib qochib
ketayotgan Azbarxo'jaga yetolmaganiga nisbatan
B)Yangi shoh bo'lgan Kuntug'mishning lashkari
Mohiboy va Gurkiboyga yetolmaganiga nisbatan
C)Kuntug'mishning bolani og'zida olib qochib
ketayotgan bo'riga yetolmaganiga nisbatan
D)Cho'ponlarning bo'rining og'zidan Gurkiboyni
tushirib olganlariga nisbatan
20. Qaysi so’zlar qo’shib yoziladi?
1)bir// to’la, 2)bir//yo’la, 3)bir//nav,
4)bir//pas,5)bir//yoqlama 6)bir//zumda.
7)bir//muncha. 8)bir//varakayiga, 9)bir//qadar,
10)bir//oz
A)1,2,4,6,7,8.
B)1,4,7,8,9,10.
C)1,2,4,5,7,8,9,10.
D)3,4,7,8,10
Do'stlaringiz bilan baham: |