Birinchi tur qaysi so`zlardagi imloviy xatolik unlini cho`zish uchun qo`llanadigan tutuq belgisining yo`qligi bilan izohlanadi?
Quyidagi fikrlarning qaysi biri xato?
Download 215.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Ona tili va adabiyot
12.Quyidagi fikrlarning qaysi biri xato? A) Gapda ba’zi ravishlar ko’makchi vazifasida keladi. B) Gapda ba’zi egalik qo’shimchalari bilan qo’llangan otlar ko’makchi vazifasidan vazifasida keladi. C) Gapda ba’zi ravishdoshlar ko’makchi vazifasida keladi D) Gapda ba’zi shaxs-son qo’shimchalar bilan qo’llangan fe’llar ko’makchi vazifasida keladi. 13.Fe’ldan yasalgan sifat qaysi gap tarkibida uchraydi? A) Bu taraflarda mashinalar ko‘p qatnamaganidan chang-to‘zon bo’lmas, tez-tez yomg‘ir quyib turganidan daraxtlarning shundog‘am beg‘ubor barglari yuvilib, xandon pista mag‘zidek och yashil tusda ko‘rinar edi. B) Yo’lning bir tomoni azamat toshlar qalashgan yonbag‘irlik, bir tomoni soy. C) Unda yuqoridan shitob bilan quyilib kelayotgan tiniq suv toshlarga urilib, qirg‘oqqa sapchib oqardi. D) Baqqol amaki o‘zi pakana-yu, lekin yuzi katta, peshonasi keng, yakkam-dukkam soqolli, burni puchuq, iyagi kalta odam. 14. Qaysi gapda turlangan juft sifat ishtirok etgan? A) Kasbning katta-kichigi bo‘lmaydi. B) Shu payt toshdan tushib kelayotgan sarg‘ish- qo‘ng‘ir ayiqning bahaybat gavdasi ko‘rinib qoldi. C) Kelgan-ketganlarni sanab turibsanmi, deyman? D) Baland-past devorlar orqasidagi mevalarning oq, pushti, qizil gullariga tabassum bilan qaraysan. 15. Qaysi gapda ot turkumiga mansub so’z sifat vazifasini bajarib, qanday? so’rog’iga javob bo’lgan? A) Beruniy uchlari jingalak, qalin moshguruch soqolini tutamla-ganicha o‘yga toldi. B) Kampirning bu so‘zlarida cheksiz mehr, allaqanday nozik ichki bir dard bor edi. C) Elchi o‘rnidan turib, yuzlari cho‘zinchoq, ko‘zlari katta, novchadan kelgan Siparganizga ta'zim qildi. D) Shu sayrdan, tabiatning go‘zalligidan nash'a va safo tuygan bu aqlli jonivorlarning tiniq ko‘zlarida xushnudlik ifodasini ko‘raman. Download 215.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling