21. Hamzaning “Dardiga darmon istamas”
she’rida qanday dard haqida so’z yuritilgan?
A) o’sha kezlarda yurtda keng tarqalgan yuqumli
kasallik
B) ichkilikbozlik
va qimor
C) mustamlakachilik va istilo
D) ma’rifatsizlik,
jaholat
22.“O’zbek go’ristoni o’zi xunuk, buning ustiga,
go’riston haqida aytilmagan xunuk gap,
to’qilmagan vahimali mish-mish gap qolgan
emas”.
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
A) “Jinlar bazmi” ( A. Qodiriy)
B) “Shum bola” (G’. G’ulom)
C) “Dahshat” (A. Qahhor)
D) “Bemor” (A. Qahhor)
23. Mirtemirning “Onaginam” she’rida qaysi
tuyg’u izhori berilgan?
A) ona oldidagi burchni ado etolmagan farzand
armoni
B) onasini ko’rgani borolmayotgan o’g’il sog’inchi
C) el xizmatida bo’lib,
onadan xabar ololmayotgan
o’g’il o’tinchi
D) onasini vaqtida rozi qilolmayotgan o’g’ilning qalb
qiynoqlari
24. O‘n yetti yoshda bo‘lsa-da, o‘zini o‘n sakkizga
kirgan qilib ko‘rsatib, o‘z arizasiga ko‘ra ko‘ngilli
ravishda Ikkinchi jahon urushiga jo‘nagan
ijodkorning asarlarini aniqlang?
A) “Nur qidirib”, “Bolalik”, “Bola Alishеr”
B) “Yurtim shamoli” “Jannatga yo‘l” “Hayrat”,
“Hakim va ajal”, “Najot qal’asi”, “Yillar armoni”,
“Haj daftari”
C) “Tilla uzuk”, “Larza”, “Qanot juft bo‘ladi”, “Billur
qandillar”, “Izlayman”, “Matluba”
D) “Gordost”, “Beliye yabloki”, “Reshimost”
25. “Farhod va Shirin” dostoni qaysi voqeadan
boshlanadi?
A) Tun va bo’ron
tasviri bilan
B) Farhodning tug’ilishi bilan
C) Chin xoqonining farzandsizligi
va bundan uning
so’ngsiz iztiroblarga tushganligi bilan
D) Chin xoqonining o’g’il tilab
ibodat qilishi bilan