Birja bozorida kliring va hisob-kitoblar


Kliring va hisob-kitoblar tizimi rivojlanishining asosiy yo'nalishlari


Download 24.23 Kb.
bet6/6
Sana26.01.2023
Hajmi24.23 Kb.
#1127183
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Birja bozorida kliring va hisob-kitoblar

Kliring va hisob-kitoblar tizimi rivojlanishining asosiy yo'nalishlari
Birja bozorida kliring tizimlarini yanada rivojlantirishning vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
• bitta bitimga to'g'ri keladigan kliring va hisob-kitoblar bo'yicha xarajatlarni qisqartirish (yoki ularning o'sishni to'xtatib turish);
• kliring va hisob-kitob operatsiya larini amalga oshirish muddatini qisqartirish yo'li bilan kliring va hisob-kitoblar jaryonini tezlashtirish;
* jahon fond va fyuchers bozorlarida kliring va hisob-kitoblarni baynalmilallashtirish. Ko'rsatilgan maqsadlarga erishish avvalo, quyidagilar yordamida amalga oshiriladi: * qimmatli qog'ozlarni nomateriallashtirish;
• qimmatli qog'ozlar va fyuchers shartnomalari bilan elektron savdoga o'tish;
• jahon birja bozorida hisob-kitob davrlarini bir xillashtirish.
Qimmatli qog'ozlarni nomateriallashtirish, ya'ni ularning qog'ozsiz shaklda bo'lishi nomi yozilgan qimmatli qog'ozlarning oldi-sotdi jarayonida ularni qayta rasmiylashtirish bilan bog'liq barcha jarayonlarni soddalashtiradigan va arzonlashtiradigan qimmatli qog'ozlar umumiy milliy elektron depozitariysiga o'tish imkonini beradigan kompyuter tizimlaridagi schetlarda elektron qaydlar shaklini ifodalaydi. Qimmatli qog'ozlarning qog'ozsiz shaklidan foydalanish qimmatli qog'ozlarni yo'qotib qo'yish, ularni qalbakilashtirish, kechiktirish va hokazolar bilan bog'liq muammolarni bartaraf qiladi. Birja savdolarining elektron shakliga o'tish iqtisodiyotni kompyuterlashtirish va loqa vositalarining jadal rivojlanishi tufayli mumkin bo'lmoqda. Bu birja bozorining kengayishi va uning globallashuviga, birja savdosidagi ko'plab jarayonlarni arzonlashtirishga, kliring va hisob-kitob jarayonlarini avtomatlashtirish va hokazolarga xizmat qiladi. Istiqbolda elektron savdo har bir mijozga birja vositachilari institutini aylanib o'tgan holda fond bozorida bitimlarni o'zi tuzish imkonini beradi. Elektron birja savdolari – davr talabi. Milliy iqtisodiyotlarning o'zaro integratsiyalashuv jarayoni birjalarning rivojlanishini chetda qoldirib ketishi mumkin emasdi. Bunday ushbu jarayonlar birjalardan birja ishini tashkil qilishga sifat jihatidan yangicha yondashuvni talab qiladi. Bu masalaning echimi axborot texnologiyalari sohasida zamonaviy yutuqlarni qo'llashda topilishi mumkin. Turli mamlakatlarda hisob-kitob davrlarini bir xillashtirish bu – milliy bozorlarni baynalmilallashtirish uchun zarur shart-sharoitlardan biridir.

Xulosa
Tovar birjasi zamonaviy birjalarning asoschisi hisoblanadi va unda qaysi tovarlar, qimmatli qog'ozlar yoki valyuta sotilishiga qarab ulardan fond va valyuta birjalari ajralib chiqdi. Fyuchers shartnomalari bilan savdo qilish mexanizmlarining rivojlanishi va ularning ilgari tovar, fyuchers va valyuta birjalari savdo qilgan barcha aktivlarga joriy qilinishi ko'rsatilgan birja turlari o'rtasidagi farqning yo'qolishi hamda faqat fyuchers shartnomalri bilan savdo qilinadigan fyuchers birjalari yoki ham fyuchers shartnomalari, ham an'anaviy birja aktivlari, masalan, aktsiyalar, valyuta va hatto ayrim tovarlar bilan savdo qiluvchi universal birjalarning paydo bo'lishiga olib keladi. Birjalar rivojlanishining keyingi tarixiy yo'nalishlariga keladigan bo'lsak, u quyidagicha bo'lishi mumkin. Texnik taraqqiyot shunga olib keladiki, birjalarning asosiy turiga elektron birjalar, ya'ni birja savdosining barcha jarayonlarni to'liq kompyuterlashtirilgan birjalar aylanadi. Bu yo'nalishda, ehtimol birja bozorlari va birjadan tashqari bozorlar o'rtasidagi farqlar yo'qolib, ular barcha turdagi aktivlar blan savdo qiladigan umumiy elektron bozorga birlashadi. Uni tashkil qilish va boshqarish bilan yangi turdagi kompaniyalar shug'ullanadi, aytish mumkinki, XVI asrda vujudga kelgan «birja» nomi aynan ularga o'tishi va birja tushunchasi hozirgidan farqli ravishda umuman boshqacha talqin qilinishi mumkin.
Download 24.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling