Birja bozorida kliring va hisob-kitoblar
Qimmatli qog'ozlar bozorida kliring va hisob-kitoblar
Download 37.15 Kb.
|
9- mavzu Birja bozorida kliring va hisob-kitoblar
Qimmatli qog'ozlar bozorida kliring va hisob-kitoblar
Birja faoliyatida birja kliring va hisob-kitoblar umumiy namunaviy tizimi hali ishlab chiqilmagan. Har bir yirik birjada kliring va hisob-kitob jarayonlari mustaqil tashkil qilinib, umumiy va farqli jihatlarga ega bo'ladi. Bundan tashqari, qimmatli qog'ozlar bozoridagi kliring va hisob-kitoblarning fyuchers shartnomalari bozoridagi kliring va hisob-kitobladan printsipial farqlari bor. Qimmatli qog'ozlar bozorida hisob-kitob-kliring jarayonining asosiy xususiyati sotilgan qimmatli qog'ozlarning bitta egasidan boshqasga qayta rasmiylashtirish hisoblanadi. Fond bozorida qimmatli qog'ozlar bilan tuzilgan bitimlar hisob-kitob-kliring jarayonining asosiy bosqichlari quyidagilar (23-sxema): 1. – bitimni birjada ro'yxatga olish; 2. - uning rekvizitlari bitim qatnashchilari tomonidan tasdiqlanishi; 3. - pul mablag'lari va qimmatli qog'ozlarning mijozlardan brokerlarga berilishi; 4 - pul mablag'lari va qimmatli qog'ozlarning brokerlardan birjaning Hisob-kitob palatasiga berilishi; 5 - pul mablag'lari va qimmatli qog'ozlarning birjaning Hisob-kitob palatasidan ularni qayta rasmiylashtirish uchun yangi egasiga berilishi; 6. - qimmatli qog'ozlarni depozitariyda yangi egasiga rasmiylashtirish; 7. - qimmatli qog'ozlarni (yangi) birjaning Hisob-kitob palatasiga qaytarish; 8. – pul mablag'lari va qimmatli qog'ozlarning Hisob-kitob palatasidan mos keluvchi brokerlarga berilishi; 9. – brokerlarning pul mablag'lari va qimmatli qog'ozlarni ularning yangi egalariga berishi. Kliring-hisob-kitob egallaydigan vaqt, ya'ni bitim tuzilgan vaqt va u bo'yicha hisob-kitob vaqti o'rtasidagi oraliq odatda hisob-kitob davri deb ataladi. Fond bozori infratuzilmasi rivojlangan mamlakatlarda hisob-kitob davri, garchi qimmatli qog'ozlar turiga qarab farq qilsada, qoidaga ko'ra, qayd qilinadi. Hisob-kitob sanasi quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi: D = T + P bu erda D — hisob-kitob sanasi; T — bitim tuzilgan sana; P — hisob-kitob operatsiyalarini bajarish uchun ajratilgan kunlar soni. Masalan, Angliyada qimmatli qog'ozlar bo'yicha hisob-kitoblar uchun 5 kun, obligatsiyalar bo'yicha – 2 kun, fyuchers shartnomalari bo'yicha esa 1 kun ajratiladi. Hisob-kitob davri davomida mos keluvchi brokerlar o'z mijozlaridan bir tomondan ular uchun sotib olingan aktsiyalar uchun, boshqa tomondan – sotilgan qimmatli qog'ozlar yoki ularning o'rnini bosadigan hujjatlar (sertifikatlar, guvohnomalar, transfert hujjatlari va h.k.) uchun pul mablag'lari olishi lozim. Aktsiyalar xaridoriga aktsiyani xarid qilish haqida bitim tuzilgan paytdan boshlab dividend olish huquqi beriladi, biroq unga egalik huquqini u mos keluvchi aktsiyadorlik jamiyatining aktsiyalari uning aktsiyadorlari ressetrida ro'yxatga olingan sanadan boshlab oladi. Aktsiyadorlar reestri (registri) kompaniya tanlagan registrator tomonidan yuritiladi. Download 37.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling