Birja bozorida kliring va hisob-kitoblar
Fyuchers shartnomalari bozorida kliring va hisob-kitoblar
Download 37.15 Kb.
|
9- mavzu Birja bozorida kliring va hisob-kitoblar
Fyuchers shartnomalari bozorida kliring va hisob-kitoblar
Umuman Hisob-kitob palatasi fyuchers savdosida barcha sotib olingan va sotilgan shartnomalar bo'yicha kliring va hisob-kitob funktsiyalarini amalga oshiradi, ularning ijro etilishini tashkil qiladi va kafolatlaydi, bu quyidagi bosqichlarni qamrab oladi: • bitimlarni ro'yxatga olish; • marja bo'yicha barcha hisob-kitoblarni o'tkazadi; • Hisob-kitob palatasi a'zolarini (ular esa - mijozlarni) marja kiritilishi haqida xabardor qilish; • mijozlarning Hisob-kitob palatasi a'zolariga, ular esa - Hisob-kitob palatasiga marja kiritishi; • birja savdosi davomida fyuchers shartnomalari bilan savdo qatnashchilari hisobraqamlarining moliyaviy ahvolini nazorat qilish; • yopiq pozitsiyalar bo'yicha hisob-kitoblar; • to'lovlar olish va zararni undirish; • muddatida yopilmagan shartnomalar bo'yicha etkaizb berini tashkil qilish; • shartnoma bo'yicha tovarni etkazib berish (jo'natish) yoki qabul qilish haqida xabar yuborish; • shartnoma bo'yicha etkazib berish; • shartnoma bo'yicha qabul qilish; • etkazib berish bo'yicha hisob-kitoblar. Birja faoliyati fyuchers shartnomalari bozorida yuqorida sanab o'tilgan hisob-kitob-kliring jarayoni bosqichlari bilan cheklanmaydi. Masalan, birja bitimini ro'yxatga olish bosqichi texnologik jihatdan qator quyibosqichlarni qamrab olishi mumkin: bitimni kompyuter tizimiga kiritish, uni va rekvizitlarni tekshirish, ro'yxatga olish, bozor va qatnashchilar bo'yicha taqsimlash va h.k. Agar birdan bitimning xato ekanligi aniqlanib qolsa, vaziyatga qarab u yoki bekor qilinadi, yoki aybdorning (masalan, brokerning) hisobiga zarar sifatida yozib qo'yiladi. Xulosa qilib aytishni istardikki, Hisob-kitob palatasi birlamchi va o'zgaruvchan marja bo'yicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Marjani hisob-kitob qilish usullari birjalar bo'yicha farq qiladi, chunki qator holarda fyuchers birjalari har biri o'z hisob-kitob tizimini tashkil qiladi yoki bir nechta birja marja yig'imlar undirish va umumiy hisob-kitob mexanizmidan foydalanadi. Download 37.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling