Birlamchi morfologik elementlar: Proliferativ: Dog‘


Download 32.14 Kb.
bet3/7
Sana18.06.2023
Hajmi32.14 Kb.
#1568545
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dermatologiya.j

Chandiq (cicartix) - derma, gipodermaning chuqur jarohatlanishi
natijasida, yaraning bitishi oqibatida hosil bo'lgan yangi to'qima.
Chandiq, asosan, kollagen tolalardan tarkib topadi. Chandiq yuzasidagi
teri, odatda, tekis, yaltiroq bo'lib, teri o'z ko'rinishini yo'qotadi va soch
follikulalari bo'lmaydi. Yangi chandiqlar rangi och-pushti bo'lib,
keyinchalik oqaradi va ayrim hollarda chandiqlar giperpigmentli bo'ladi.
Ayrim kasalliklardan so'ng chandiq yuzalari qatlam , g'adir- budir,
cho‘tir - cho‘tir, so‘rg‘ichsimon bo'lsa, ayrimlari cho'ntaksimon
ko'rinishda bo'ladi. Ayrim hollarda dag‘al, zich konsistensiyali, qalin b o ‘lib, teri sathidan ko’tarilib turadi va bu gipertrofik yoki keloid chandiq deb ataladi. A gar chandiq yarasiz paydobo‘lsa, u chandiqli atrofiya (chandiqli yupqa teri) deb ataladi

TERIDAGI GISTOMORFOLOGIK O‘ZGARISHLAR
Giperkeratoz - epidermis muguz qavatining qalinlanishi.
Akantoz - tikanaksimon qavat hujayralarining ko'payib, qalinlashib ketishi.
Akantoliz - tikanaksimon hujayralar orasidagi desmosomalarning
shikastlanishi.
Akantolizis - tikanaksimon hujayralar orasidagi desmosomalarning
erib ketishi.
Spongioz - malpigiy qavatining hujayralararo suyuqlik yig'ilishi va
desmosomalar buzilib, bo‘shliqlar paydo bolishi.
Papillomatoz - terining bazal qavatidagi hujayralar orasiga derma
so‘rg’ichsimon qavatining so‘rg‘ichlari cho‘zilib, terining ustki qavatlariga
chiqishi.
Granulyoz - donador qavat hujayralarining ko‘payib qalinlanishi.

Bemorni professional ko’ruvi:
Teri va shilliq qavatlarni ko‘zdan kechirish, teri holatiga baho berish:
Terini ko'zdan kechirish - teri va tanosil kasalliklarini birlamchi va asosiy
tekshirish usulidir. Ko‘rik xonasi yaxshi jihozlangan bo'lishi kerak. Xona
harorati 22-23 °C atrofida bolishi zarur, past haroratda teri tomirlari qisqaradi,
yo'qoladi yoki elementlar kam sezilarli bo'lib qoladi, yuqori haroratda,
aksincha, teri tomirlari kengayadi va dog'lar paydo bo'lishi mumkin, bu dog'lar
teri holatiga real baho berishga xalaqit beradi. Bunda:
1. Yuz tuzilishiga ahamiyat berish kerak, yuz tuzilishiga qarab bemorning
emotsional holatiga baho bersa bo'ladi (charchoqlik, g'amginlik, jahldorlik).
2. Burun shakli va deformatsiyalar har bir kasallikning tashxisida yordam
berishi mumkin: zaxmda «egarsimon burun», teri silida, rinofimda burunning
yumshoq to'qimalari shikastlanishi.
3. Ayrim hollarda binokulyar lupalarni q o 'llash shart. Bunda 3-5 marta
kattalashtirish qo'llaniladi. Lupa yordamida tangacha, qaloq, rozeola, petexiyalar
xarakteriga baho berish mumkin.
4. Teri rangiga e’tibor berish kerak: me’yorda u oq, pushti yoki qora rangda
bo'lad i. Teri normada baxmal ko'rinishida bo'ladi, yaltiramaydi, unda ter
bezlari chiqaruv naylarining og'zi kengaymagan bo'ladi.
Ayrim hollarda teri rangi o'zgaradi, agar tomiriarda qon turib qolsa, teri
ko'kim tir rangda bo'ladi. Akrodermatitd a teri ko'kimtir tusda bo'ladi.
Zamburug'li mikozning boshlang'ich bosqichida teri jigarrang tusda bo'ladi.
Ixtiozda, melanodermiyada va Addison kasalliklarida u ko'kimtir-qora rangda
bo'ladi.


Download 32.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling