Birlashgan Millatlar Tashkiloti bmt
Insonparvarlik yordamlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Download 124.71 Kb.
|
BMT
Insonparvarlik yordamlari[tahrir | manbasini tahrirlash]Favqulodda yordamlar Koordinatori insonparvarlik yordamini ishlab chiqish siyosati va insonparvarlik masalalariga eʼtiborni tortish, jumladan, oʻq otish qurollarini tarqatish oqibatlari yoki sanksiyalarning insonparvarlik qudratidan jamoatchilik xabardorlik darajasini oshirishga yordamlashish borasidagi ishlar uchun javob beradi. Urushlardan, taʼqib etishlardan yoki inson huquqlarini poymol etilishidan qochib ketish bilan himoyalanib yurgan kishilarga — qochoqlar va koʻchirilgan shaxslarga Qochoqlar ishi boʻyicha Oliy komissar Boshqarmasi yordam koʻrsatadi. 1998-yili Qochoqlar ishlari boʻyicha Oliy komissar Boshqarmasi diqqat-eʼtiborida 22 million kishi bor edi. Uning birmuncha yirik operatsiyalari 2,6 million Afgʻon qochoqlari boʻlgan Gʻarbiy Osiyoda, bir million kishi yordamga muhtoj boʻlgan sobiq Yugoslaviyada va yarim millionga yaqin qochoq toʻplangan Afrikaning Buyuk koʻllar rayonida amalga oshirilmoqda. Oziq-ovqat bilan favqulodda koʻmak berish ishlariga bu boradagi yordam boʻyicha jahon talabining yildan yilga uchdan ikki qismini qondirib kelayotgan Jahon oziq-ovqat dasturi javob beradi. 1999-yili Butunjahon oziq-ovqat dasturi jahon boʻyicha 82 mamlakatdagi 86 milliondan ortiq odamlarni oziq-ovqat bilan taʼminlashga yordam berdi. Keyingi 10 yil mobaynidagi urushlar va fuqarolarning turli janjallari natijasida 1 millionga yaqin bolalar oʻz ota-onalaridan ajralib qoldilar, 12 millioni esa boshpanasiz qoldi va 10 millioni ogʻir ruhiy jarohat oldilar. UNICEF bu bolalarning talablarini qondirish, ularni oziq-ovqat, ichimlik suvi va turar joy bilan taʼminlash uchun barcha choralarni ishga solmoqda. Bundan tashqari, bolalarni harbiy toʻqnashuvlar sharoitida himoya etish, ularga eng zarur sharoitlarni yaratib berish saʼy-harakatlaridan kelib chiqib, UNICEF „tinchlik mintaqasidagi kabi bolalar“ konsepsiyasini ishlab chiqdi va „tinch turmush kunlari“ hamda „tinchlik koridorlari“ni eʼlon qildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining insonparvarlik sohasidagi faoliyatining yana bir tarmogʻi tabiiy ofatlarni bartaraf etish va buning uchun tayyor turishni taʼminlashdan iboratdir. Masalan, 1998-yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturi tabiiy ofatlar yuz bergan sharoitda ishlarni tashkil etish va 11 mamlakatda ularning oqibatlarini bartaraf qilish dastoʻrini taʼsis etdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi bevosita tabiiy ofatlar yuz bergan sharoitida mahalliy hudud doirasida favqulodda yordam berish borasidagi ishlarni koordinatsiyalash bilan shugʻullanadi. Shu bilan birgalikda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi favqulodda yordamni tiklanish va uzoq yillar davomida rivojlanish uchun berishiga harakat qiladi. Uzoq muddatlar mobaynida tabiiy ofatlar girdobida qolgan yoki mojarolarini endigina bartaraf etgan mamlakatlarda insonparvarlik yordamiga, asosan, taraqqiyot, siyosiy va moliyaviy koʻmak bilan bir qatorda tinch qurilishni taʼminlash borasidagi umumiy chora-tadbirlar elementlarining biri sifatida qaraladi. Download 124.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling