Falastin qochoqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Falastin qochoqlariga yordam berish ishlarini 1949-yildan buyon Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastin qochoqlariga yordam va Ishlarni tashkil etish boʻyicha Yaqin Sharq agentligi olib bormoqda. Bugungi kunda agentlik roʻyxatga olingan 3 milliondan ortiq falastin qochoqlariga sogʻliqni saqlash, maorif, favqulodda yordam va ijtimoiy xizmat sohalarida asosiy koʻmak berib keladilar. 1993-yildan boshlab Birlashgan Millatlar Tashkilotining Koordinatori — Birlashgan Millatlar Tashkiloti yoʻli bilan Gʻazo va Gʻarbiy sohildagi Falastin aholisiga taraqqiyot sohasida beriladigan barcha yordamlar ustidan nazorat olib boradi.
Iroq boʻyicha Dastur Boshqarmasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1966-yilda muvaqqat chora sifatida Bosh kotib Iroq boʻyicha Dastur Boshqarmasini taʼsis etgan edi. Iroq tomonidan Xavfsizlik Kengashining bu mamlakatga nisbatan sanksiya joriy etgan qator rezolyutsiyalari bajarilguniga qadar Boshqarma oʻzining „neft oʻrniga oziq-ovqat“ dasturi asosida Iroq aholisining insonparvarlik talablarini qondirib turadi.
Taraqqiyot maqsadida BMT nimalar qilmoqda?[tahrir | manbasini tahrirlash]
Birlashgan Millatlar Tashkilotining markaziy vazifalaridan biri yanada yaxshiroq hayot tarzini, ish bilan toʻliq bandlikni, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va rivojlanish uchun sharoitlarni taʼminlashdan iboratdir. Bu vazifa ijrosi bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimining 70 foiz faoliyati mashgʻuldir. Ushbu faoliyat asosida — qashshoqlikni bartaraf etish va hamma joyda insonlar farovonligi darajasini oshirish — butun dunyoda mustahkam tinchlikni taʼminlash sharoitini yaratish yoʻlidagi zarur qadamlarga ishonch yotadi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqqiyot ishini ragʻbatlantirish borasida noyob afzalliklarga ega. Uning faoliyat doirasi butun dunyoni qamrab oladi, keng koʻlamli mandati esa ijtimoiy, iqtisodiy va favqulodda ehtiyojlarni qondirishni koʻzda tutadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti allakimlarning tor doiradagi milliy yoki tadbirkorlik manfaatlarininggina ifodachisi emas. Muhim strategik qarorlarni tayyorlashda barcha mamlakatlar, boy va kambagʻallar qatnashadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |