Birlashgan Millatlar Tashkiloti


Download 20.25 Kb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi20.25 Kb.
#1059664
  1   2

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) — Yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning oʻzaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot[2][3]. 1945-yil 24-oktabrda tuzilgan. BMTni barpo etish haqidagi qaror AQSh, Birlashgan Qirollik, Xitoy va Sovet Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943-yilda, Ustavi esa San Francisco konferensiyasida 1950-yilda qabul qilindi. BMT Ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan, 2000-yilda esa ular soni 189 taga yetgan.
BMTning doimiy ish oʻrni (shtab kvartirasi) — New York. Bundan tashqari, tashkilotning rasmiy tillari — ingliz, fransuz, rus, ispan va xitoy tillari boʻlib, ingliz, fransuz, ispan tillarida ish yuritiladi.
BMT Ustavida koʻrsatilganidek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huquqli boʻlishi va oʻz taqdirini oʻzi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar oʻrtasida doʻstlik munosabatlarini rivojlantirishni, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etishda xalqlar oʻrtasida hamkorlik boʻlishini taʼminlashni koʻzda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uygʻunlashtirib turadigan markaz hisoblanadi.
2000-yil 6—8-sentabrda BMTning 55-sessiyasi doirasida „Mingyillik sammiti“ boʻlib oʻtdi. Unda 155 dan ortiq mamlakatning davlat va hukumat boshliqlari ishtirok etdi. Mazkur anjumanda umumbashariy ahamiyatga ega boʻlgan ijtimoiy iqtisodiy, ekologiya va xavfsizlikka doir muammolar muhokama qilinib, yangi yuzyillikning dastlabki yillarida amalga oshirilishi moʻljallanayotgan tadbirlar belgilandi.

Ozon qatlamlari-Ozon (qadimgi yunoncha: ὄζω — „hid tarqatuvchi“), O3 — kislorodning allotropik shakli. Ozon molekulasida 3 ta kislorod atomi bor. Ozonni ilk bor 1785-yilda gollandiyalik fizik Martin van Marum havo orqali elektr uchqunlari oʻtkazilganda oʻziga xos hid paydo boʻlishi va oksidlovchi xossaga ega boʻlishligini topgan. Ozonning xossalari kislorodnikidan keskin farq qiladi. Koʻk tusli va odatdagi sharoitda portlovchi gaz. Qaynash temperaturasi — 111,8°C, suyuqlanish temperaturasi — 192,4°C. Kuchli oksidlovchi va bekaror modda. Kaliy yodidning neytral eritmasiga ozon taʼsir etganida, kaliy yodid oksidlanib, yod hosil boʻladi. Qora tusli qoʻrgʻoshin sulfid ozon taʼsirida oksidlanib, oq tusli qoʻrgʻoshin sulfatiga aylanadi. Ozon baʼzi bir anorganik va organik moddalar bilan birik-kanda, ozonidlar (qarang Peroksidlar) vujudga keladi. Ozon hosil qilish uchun maxsus asbob — ozonator ishlatiladi. Ozon havoda juda oz miqdorda (1 m3 da 1 m2) boʻladi. Yer yuzasidan uzoklashgan sayin ozon miqdori ortib boradi va 20-25 & nbsp;km balandlikda maksimumga yetadi. Oksidlovchi, dezinfeksiyalovchi va bakteriyalarni oʻldiruvchi xossalarga ega boʻlganligi uchun ichimlik suvini tozalashda, oziqovqat sanoatida, oksidlovchi sifatida yogʻ va qogʻozni oqartirishda ham ishlatiladi. Ozonning havodagi konsentratsiyasi 5—10 % dan oshmasligi kerak, chunki ozon is gazi SO ga nisbatan ham zaharlidir. Ozon qatlamining qalinligi 0.2-03 mm.




Download 20.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling