Birlashgan Millatlar Tashkiloti


Download 20.25 Kb.
bet2/2
Sana24.12.2022
Hajmi20.25 Kb.
#1059664
1   2
Antarktida Yer sayyorasining eng janubiy qitʼasidir. Yuzasi – 14 400 000 km² (shundan 98 foizi muz bilan qoplangan), aholisi (nomuntazam) – 1 000 kishi. Janubiy Qutb shu qitʼada joylashgan. Antarktidadagi «Vostok» stansiyasida eng quyi harorat, −89 °C oʻlchangan.[2]
Antarktida – Antarktika Janubiy qutb oblastining markaziy qismini egallagan materik. Maydoni 12,4 mln. km², 541shelf muzliklari va ular orqali mate-rikka tutashgan orollar bilan birgalikda 13,975 mln. km². Doimiy aholisi yoʻq. Oʻrtacha balandligi 2040 m, eng baland joyi 5140 m (Elsuort togʻidagi Vinson choʻqqisi). Dengiz sohillarida ayrim ilmiy stansiyalar va dengiz hayvonlarini ovlaydigan bazalar bor. A. Atlantika, Hind va Tinch okeanlarining janubiy qismlari (Janubiy oke-an) bilan oʻralgan. Qirgʻoq chizigʻi deyarli tekis va uz. qariyb 30 ming km, koʻpincha bir necha oʻn m keladigan tik muz jarli-klaridan iborat. Materikka Ross va Ued-dell dengizlari ancha kirib turadi.Muz qoplami va relefi. A.ning 99% yuzasi qalin materik muzligi bilan qoplangan (taxminan 13,0 mln. km²). Muzning oʻrtacha qalinligi 1720 m, eng qalin joyi 4300 m. Muzliklarning hajmi taxminan 24 mln. km³. Yer sharidagi hozirgi muzliklarning maydoni jihatdan 87% A.dadir. Muzdan xoli yerlar voha koʻrinishida uchraydi. Aksari kutbiy ilmiy stansiyalar shu vohalarda joylashgan. Muzliklar materikning markaziy qismidan atro-figa siljib, dengizga tushib boradi va koʻpincha sinib aysberglar hosil qiladi. Mirniy stansiyasi yaqinida muzning yillik harakati 30 – 40 m dan 350 – 400 m gacha.

Okean suvlarini-- Okean (yunoncha Ωκεανός (Okeanos)) yoki ummon dengiz suvidan iborat global jism boʻlib, gidrosferaning asosini tashkil etadi. Yer yuzasining taxminan 71%ini (~361 million kvadrat kilometr) Dunyo okeani egallagan. Bu okeanning yarmidan koʻpi 3,000 metrdan


Okean, Dunyo okeani (yun. Okeanos — Yerni aylanib oqadigan azim daryo) — Yerning materik va orollarni oʻrab turuvchi suv qobigʻi. Gidrosferaning katta qismi (94%) ni, Yer yuzasining taxminan 70,8% ini egallaydi. Fizik va kimyoviy xususiyatlari hamda suvining kimyoviy tarkibi jihatidan Okean bir butun, lekin miqdor jihatidan gidrologik va geokimyoviy koʻrsatkichlari xilma-xildir.
Gidrologik rejimining tabiiy-geografik xususiyatlariga koʻra, dunyo okeani alohida okeanlar, dengizlar, qoʻltiqlar, buxta va boʻgʻozlarga ajralib turadi. 1650-yilda golland geografi B. Varenius Dunyo okeanini 5 alohida qismga: Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy Muz, Janubiy Muz Okeanlariga boʻldi. 1845-yilda London geografiya jamiyati ham buni tasdikladi. Keyinroq baʼzi olimlar Dunyo okeanini faqat 3 ga ajratadilar: Tinch, Atlantika va Hind okeanlari. XX asrning 30-yillaridan boshlab Arktika havzasi sinchiklab tekshirilgandan keyin, 4 alohida okean ajratildi: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz Okean Yer sharida Okean suvi va qurukliklarning taqsimlanishi turlicha. Shimoliy yarim sharda suv sathi yer sharining 61% ini egallaydi. Bu yerda Okean suvlari quruqlikkacha ancha kirib borib, koʻp sonli dengiz va qoʻltiqlar hosil qiladi. Barcha ichki dengizlar Shimoliy yarim sharda joylashgan. Janubiy yarim sharda suv sathi 81% maydonni tashkil etadi, lekin dengiz va qoʻltikdar kam. 81° shimoliy kenglikdan shimolida Shimoliy Muz okeanida va janubiy kenglikning taxminan 56° bilan 65° oʻrtasida Okean suvi yer sharini uzluk-siz qatlam shaklida oʻrab olgan. Suv yoki kurukdikning koʻpligiga qarab yer shari okean yarim shari va materik yarim shariga boʻlinadi. Okean yarim sharining qutbi Yangi Zelandiyadan janubi-sharqda, materik yarim sharining qutbi esa Fransiyaning shimoli-gʻarbida joylashgan. Gidrosferaning bir qismi boʻlgan Okean atmosfera va Yer pusti bilan uzluksiz oʻzaro aloqador; shuning uchun ham Okeanning koʻpgina muhim xususiyatlari atmosfera va Yer poʻstiga bogʻliq.
Okean issiqlik va namning juda katta akkumulyatoridir. Okean tufayli Yerda temperatura juda keskin farq qilmaydi, uzoq-uzoq oʻlkalarga namlik yetib boradi, natijada hayot uchun qulay sharoit vujudga keladi. Okean oqsil moddalarga ega boʻlgan boy oziq-ovqat mahsulotlari manbaidir. Okean energetik, kimyoviy va mineral boyliklar manbai ham boʻlib, ularning bir qismidan (suv koʻtarilish energiyasi, baʼzi kimyoviy elementlar, neft, gaz va boshqalardan) inson hozirdanoq foydalanmoqda. Okean va uning dengizlaridan xalqaro aloqalar oʻrnatishda juda kadim zamonlardan foydalanilgan. Bu esa yangi yerlarning ochilishi va madaniyat markazlaridan uzok, hududlarni oʻzlashtirish uchun sharoit yaratdi; transport vositalaridagi texnika taraqqiyoti bu jarayonni yanada tezlashtirdi. Dunyodagi yuk aylanishning 4/5 qismi Okean yoʻllari orkali amalga oshiriladi (qarang Dengiz transporti).
Okeanning insoniyat hayotidagi roli tez oʻsmoqda. Dunyo mamlakatlari iktisodiyotining turli sohalarida Okeandan foydalanish muammolari (kema qatnovi, baliq ovlash, Okean resurslaridan ratsional foydalanish, shelfni oʻzlashtirish, kontinentlararo kabellar yotqizish, suvni chuchuklashtirish, shuningdek, dengizlarni muhofaza qilish va ifloslanishining oldini olish va boshqalar) olamshumul ahamiyatga ega boʻlib, muhim iqtisodiy, siyosiy va huquqiy masalalarni hal qilish bilan bogʻliq.
Download 20.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling