Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya Birlashgan Qirollik
Pul birligi Pound Sterling ( GBP ) Vaqt
Download 49.48 Kb.
|
Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya-fayllar.org
Pul birligi
Pound Sterling ( GBP ) Vaqt Mintaqasi (UTC+0) • Yoz (DST) (UTC+1) Qisqartma UK Internet domen .uk, .gb, .c Telefon prefiksi +44 1
Kamberlend togʻlari (Skofell togʻi, 978 m) qad koʻtargan. Jan.ga tomon orol kengaya boradi; bu yerda — Uels yarim orolning gʻarbida Kembriy toglari (Snoudon togʻi, 1085 m) bor. Angliyaning gʻarbiy qirgʻogʻida keng qoʻltiqlar (Liverpul, Kardigan, Bristol), markaziy va janubiy qismlarida pasttekisliklar (Shim. Sharqiy Feni, London havzasi, Midlend, Xempshir), qator asimmetrik tepalar (balandligi 200– 300 m) bor. Shimoliy Irlandiya ayrim kichikkichik qirlardan (Antrim, Sperriin, Morn va boshqalar) iborat. B. B.da foydali qazilmalar kam. Asosan temir rudasi va yuqori sifatli toshkoʻmir, tosh tuz, kaolin, ozroq miqdorda yonuvchi slanes qazib olinadi. Neft va rangli metall konlari mavjud. Shimoliy dengizning B. B. qirtogʻi yaqinida tabiiy gaz konlari bor. B. B.da moʻʼtadil dengiz iqlimi xukmron; u seryogʻin, oʻzgaruvchan, tez-tez shamol boʻlib turadi. Janubi-gʻarbida yanvarning oʻrtacha temperaturasi 7°, sharqda 3,5° gacha. Shimoli-gʻarbida yoz salqin, sernam, janubi-sharqda ancha iliq va quruq. Shimoliyda iyulning oʻrtacha temperaturasi 13°, janubi- sharqda 16,5°. London va uning atrofida temperatura yuz kun davomida 0°dan past, mamlakat sharqida baʼzan —18° gachatushadi. Yogʻin yil davomida deyarli bir meʼyorda (kuz va kishda bir oz koʻproq) tushadi, janubi-sharqida yoz va kuzda koʻproq yogʻadi. Shotlandiya, Shimoliy Irlandiya, Angliya bilan Uelsning togʻli joylarida yogʻin eng koʻp (1000–1500 mm, ayrim joylarda 3000 mm gacha) yogʻadi. Janubi-sharqda 600–750 mm dan oshmaydi. Bulutli kunlar koʻp, Kishda tez-tez tuman (Londonda qishda 1 oyda 7—10 kun) tushadi. Daryolari koʻp, sersuv, lekin qisqa. Asosiy daryolari — Severn, Temza, Trent, Mersi, Klayd. Daryolar asosan yomgʻir suvlaridan toʻyinadi; kuz va qishda toʻlib oqadi, yaxlamaydi, koʻpchiligi kema qatnaydigan kanallar bilan birlashtirilgan. Togʻlarida koʻllar koʻp. Ularning aksariyati muzlik va tektonik harakat natijasida paydo boʻlgan. Eng yirik koʻllari: LoxNey, LoxLomond, LoxNess. Shotlandiya shim .da togʻpodzol tuproq, togʻ tepalarida togʻtundra tuproq, pasttekisliklarda, shimoli-gʻarbda va shimolida chimli podzol tuproq, sharqiy sohilda va janubida qoʻngʻir oʻrmon, ayrim yerlarda chimlikarbonatli va unumdor allyuvial tuproqdar tarqalgan. Shimolida tayga va aralash oʻrmonlar (qaragʻay, dub, oq qayin), janubida keng bargli oʻrmonlar (dub, grab, shumtol) Usadi. Oʻrmonlar B. B. maydonining 9 % ida qolgan. Oʻtloqlar hamma joyda uchraydi. Togʻlarning yuqori mintaqalarida togʻ oʻtloqlari va torfzorlar bor. Oʻrmonlarda hayvonlar juda kam. Ochiq joylarda tulki, quyon, olmaxon, tipratikan, yer qazuvchi har xil sut emizuvchilar uchraydi. Qushlardan yovvoyi kaptar, shotland kakligi, oʻrdak, qizilishton, karqur va boshqa bor. Milliy bogʻlar, oʻrmon qoʻriqxonalari mavjud. Aholisining 81,5 %i inglizlar. Uelslar yoki valliylar (1,9 %), shotlandlar (9,6 %), irlandlar (2,4 %) va boshqa xalqlar bor. Davlat tili va aholining kupchiligi gaplashadigan til — ingliz tili. Irlandlar, uelslar va gellarning bir qismi kelt tillariga kiradigan mahalliy tillarda gaplashadilar. Dindorlarning aksariyati protestantlar; aholisining bir qismi (shu jumladan irlandlar) katoliklardir. Aholining 90 %i shaharlarda yashaydi (1996). Yirik shaharlari: London, Birmingem, Glazgo, Liverpul, Manchester, Sheffild, Lids. Tarixi Hozirgi B. B. hududida miloddan avvalgi 1-ming yillikda kelt qabilalari — brittlar yashagan. Mil.a.da Britaniya o.larining katta qismini rimliklar bosib oldi. 5-asrning ikkinchi yarmida anglosakslar mamlakatning talay kismini bosib olib, ilk feodal qirolliklar (Kent, Uesseks, Susseks, Sharqiy Angliya, Nortumbriya, Mersiya) tuzishgan. 9-asr boshlarida anglosaks davlatlari birlashtirilib, „Angliya“ deb atala boshladi. Angliya 1016—42 yillarda normannlar (daniyaliklar) hukmronligida boʻlgan. 1066 yil Angliyani Normandiya gersogi Vilgelm I istilo qilgandan soʻng mamlakatda feodal yer egaligi paydo boʻlib, dehqonlarni tutqinlikka (krepostnoylikka) aylantirish avj oldi. 10—11-asrlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi tusini olgan shaharlar paydo boʻla boshladi. 12—13-asrlarda markazlashgan moliya va sud muassasalari yuzaga keldi. 1265 yil paydo boʻlgan Parlament bojlarni tasdiqlash va qonunlar joriy etish huquqini oldi;hokimi mutlaqlik tizimi (monarxiya) barpo boʻldi. Angliya bilan Fransiya oʻrtasida boʻlib oʻtgan Yuz yillik urush (1337— 1453) oqibatida soliqlarning koʻpayishi va 1348—49 yillardagi vabodan soʻng aholi ahvolining ogʻirlashishi Uot Tayler (1381) boshchiligidagi dehqonlar qoʻzgʻoloniga sabab boʻldi. Qoʻzgʻolon magʻlubiyatga uchragan boʻlsada, dehqonlarning barshchinadan qutulishiga turtki boʻldi. 15-asrda Angliyada dehqonlarning tutqinligi batamom yoʻqotiddi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi mayda va oʻrta hol dvoryanlarning tabaqalanishiga sabab boʻldi. Kapitalistik munosabatlar shakllanayotgan paytda tyudorlar sulolasining cheklanmagan hokimiyati (1485—1603) qaror topdi. Movut sanoatining rivojlanishi, junga talabning koʻpayishi tufayli ekinzorlar chorva yaylovlariga aylanib ketdi, natijada dehqon xoʻjaliklari xonavayron boʻldi. 16-asrning 30- yillarida boshlangan reformatsiya harakati natijasida papa hukmronligiga chek qoʻyilib, cherkovga qarashli yerlar burjualashgan yangi dvoryanlarga boʻlib berildi. 16-asr 2-yarmi — 17-asr boshlarida Angliya hukumati mustamlakachilik siyosatini yurita boshladi (Irlandiyada xususiy yerlar musodara qilindi, Shimoliy Amerikada esa dastlabki ingliz mustamlakalari paydo boʻdsi), qullar bozori va portlar kuchaytirildi. Dengizda hukmronlik uchun kurashda Angliya gʻolib chikdi. 16-asr oxiridan boshlab absolyutizmga asoslangan tuzum inqirozga yuz tutdi, styuartlar (Yakov I, 1603—25; Karl I, 1625—49) ichki va tashqi siyosatining burjuaziya manfaatlariga zid kelib qolishi absolyutizmga qarshi burjua muxolifatini keltirib chiqardi. Bu ziddiyatlar 17-asrdagi ingliz burjua inqilobiga olib keldi. Inqilobda gʻalaba qozongan burjuaziya va yangi dvoryanlar qishloq xoʻjaligi hamda sanoatda kapitalistik taraqqiyotga toʻsiq boʻlib turgan gʻovlarni yoʻqotdi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga yoʻl ochdi. 17-asr oxirida B. B.da yer va moliya aristokratiyasining siyosiy ittifoqi paydo boʻldi. 18-asr oʻrtalariga kelib manufaktura bosqichidan ishxona tizimiga oʻtish uchun sharoit yaratildi. 18- asrning 2-yarmida B. B. hukmron doiralari siyosiy jihatdan ajralib, hokim sinflarning 2 partiyasi — tori bilan vigi shakllandi. 19-asr oʻrtalarida shu partiyalar asosida konservatorlar va liberallar Download 49.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling