Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya Birlashgan Qirollik
partiyasi, 1900 yil tuzilgan; Konservatorlar partiyasi, 1867 yil
Download 49.48 Kb.
|
Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya-fayllar.org
partiyasi, 1900 yil tuzilgan; Konservatorlar partiyasi, 1867 yil tashkil topgan; Liberal demokratlar partiyasi, 1988 yilda asos solingan; Uels millatchi partiyasi, 1925 yilda tuzilgan; Shotlandiya milliy partiyasi, 1928 yilda tashkil etilgan; Britaniya Kommunistax partiyasi, 1988 yilda B.B. Kommunistik partiyasining sobiq aʼzolari tomonidan tuzilgan; Soʻl demokratlar partiyasi, 1920 yil tashkil etilgan. Eng yirik kasaba uyushma birlashmasi — Britaniya tredyunionlar kongressi, 1868 yil tuzilgan; Shotlandiya tredyunionlar kongressi, 1897 yil tuzilgan; Tredyunionlar umumiy federatsiyasi, 1899 yil tuzilgan; Uels tredyunionlar kongressi, 1973 yil tashkil etilgan. Xoʻjalngi. B. B. — iktisodiy jihatdan rivojlangan yirik sanoatlashgan mamlakat. Yalpi ichki mahsulotning 21 % ni sanoat, 1,8 % ni qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi, 70,2 % ni xizmat koʻrsatish tarmogʻi beradi. 1 va 2-jahon urushlari orasida bir qancha sanoat tarmoqlari, xususan harbiy industriya bilan bogʻlangan kimyo, elektrotexnika va avtomobil sanoati bir kadar taraqqiy etdi. Ikkinchi jahon urushida Angliya iqtisodiyotiga katta putur yetdi: mamlakat milliy boyliklarining 1/4 qismi qoʻldan ketdi; sanoat ishlab chiqarish urushdan avvalgi darajadan 25 % kamaydi, chet ellardagi kapitalining qariyb 1/4 qismini qoʻldan boy berishga yoki sotishga majbur boʻddi. Iqtisodiyotning harbiy izga ‘tushirilishi koʻpdankoʻp behuda harajatlarni keltirib chiqardi. Jahon sanoat ishlab chiqarishida 1948 yilda B. B. ulushi 11,9 % edi, 1968 yilda 7,4 % ga tushib qoldi. B. B. eksportining 90 % ni sanoat taʼminlaydi. Ikkinchi jahon urushidan keyin sanoat tuzilmasida katta oʻzgarishlar sodir Sanoati boʻldi: konchilik, qora metallurgiya, yengil va oziq-ovqat sanoati, shuningdek kemasozlik va avtomobilsozlik kabi tarmoklar ulushi kamaydi; energetika, elektr mashinasozligi va kimyo sanoatining ulushi oshdi. Atom, elektron, aerokosmik, neftni qayta ishlash va neft kimyosi tarmoqdari katta ahamiyat kasb etdi. Mashinasozlik — sanoatning muhim tarmogʻi, avtomobil, samolyot, raketalar, kemalar, sanoat ishxonalari uchun kompleks asbobuskunalar, ilmiy apparatlar va asboblar, radio elektronika va elektronika mahsulotlari ishlab chiqarish ayniqsa ajralib turadi. Traktorsozlik, stanoksozlik, neftni kayta ishlash, kimyo (plastmassa va sintetik smolalar, dori-darmonlar, maʼdanli oʻgʻit, boʻyoqlar, kimyoviy tolalar, sintetik kauchuk, sulfat kislota ishlab chiqarish), toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yengil sanoatning poyabzal tikish, tikuvchilik va boshqa tarmoqlari boʻyicha yirik ishxonalar mavjud. Mashinasozlik markazlarining koʻpchiligi Janubiy va Markaziy Angliyada joylashgan, ularning eng muhimlari — London, Birmingem, Koventri, Luton, Sheffild shaharlarida. Kora metallurgiyaning asosiy markazlari — Janubiy Uels, Yorkshir va Hambersayd, Shimoliy Angliya va Shotlandiyada. Rangli metallurgiya ishxonalari — Midlend, Janubiy Uels, Taynsayd va Londonda. Atom sanoati ishxonalari Shim. Gʻarbiy Angliya va London atrofida joylashgan. Kimyo sanoati ishxonalari Katta London, Lankashir, Cheshir, Shimoliy dengiz va Bristol qoʻltigʻi sohillarida, toʻqimachilik sanoati ishxonalari Lankashir va Yorkshirda. Shimoliy dengizda katta neft va gaz zaxiralari mavjud. B. B.da yiliga oʻrtacha 48,2 mln. tonna toshkoʻmir, 121,8 mln. tonna neft, 89,8 mlrd. m³ tabiiy gaz qazib olinadi, 304,5 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi (asosan issiqlik elektr stansiyalarida) hosil qilinadi, 17,5 mln. tonna poʻlat ishlab chiqariladi. Qishloq xoʻjaligidamamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining 2 % gina band. B. B. qishloq xoʻjaligi intensivlik, mahsuldorlik va mexanizatsiyalashuvning yuksak darajasi bilan ajralib turadi. U mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojining 75 %ini taʼminlaydi. Birlashgan Qirollikning asosiy tarmogʻi — chorvachilik. B. B.da 12 mln. qoramol, 7,5 mln. choʻchqa, 41,5 mln. qoʻy, 131 mln. parranda bor. Dehqonchiliqda asosiy ekin — gʻalla. Qand lavlagi, kartoshka ham ekiladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, gulchilik rivojlangan. Shimoliy dengiz va Atlantika okeanida baliq ovlanadi. Birlashgan Qirollik laruzunligi 32 ming km. Asosiy temir yoʻl uzeli — London; undan 11 tomonga temir yoʻl ketgan. Birlashgan Qirollik larning zichligi jihatidan Yevropada Belgiyadan keyin 2oʻrinda. Ichki kjlarni tashishda avtomobil transporti 1oʻrinda. 368,8 ming km avtomobil yoʻli bor (1990-yillar oxirlari). Yoʻlovchilar tashishda havo transportining mavqei katta. Dengiz Transporti savdo flotining tonnaji 4,3 mln. tonna dedveyt. Eng yirik dengiz portlari: London, Sautgempton, MilfordXeyven, Xall, Immengem, Liverpul, Manchester va boshqa Tashqi savdo mamlakat iqtisodiyoti uchun juda katta ahamiyatga ega. Chetga chiqariladigan mahsulotning 90 % ni sanoat tarmogʻi beradi. B. B. chetga mashina va uskunalar, transport jihozlari, ip va jun gazlamalar, kimyo mahsulotlari, neft mahsulotlari, oziq-ovqat, qoramol, poʻlat, toshkoʻmir chiqaradi. Chetdan temir ruda, rangli va nodir metallar, neft, fosforit, paxta, turli xom ashyo va oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa keltiriladi. Tashki savdodagi asosiy mijozlari — Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, AQSH, Yaponiya. Chet el sayyoxligi rivojlangan (1 yilda 12 mln. kishi kelib ketadi). Pul birligi — funt sterling . Tibbiy xizmatn. B. B. sogʻliqni saqlash tizimida 500 mingga yaqin oʻrinli kasalxonalar bor. 75 mingdan ziyod shifokor tibbiy yordam koʻrsatadi (1990-yillar oʻrtalari). Kasalxonalarda pulli oʻrin va palatalar mavjud. Shifokorlar 30 dan ortiq tibbiyot maktablarida tayyorlanadi. B. B.da Brayton, Istborn, BognorRijis, Bornmut, Torki, Bat kabi kurortlar bor. Maorifi va madaniy-maʼrifin muassasalari. B. B.da boshlangʻich va toʻliqsiz oʻrta taʼlim (5 dan 16 yoshgacha) majburiy. Boshlangʻich maktablarda 5 yoshdan 11 yoshgacha oʻqiladi. Oʻrta maktablar asosan 3 turga: 5—7 yillik grammatik maktablar, 5 (baʼzan 7) y.lik texnika maktablari va 4 yillik zamonaviy maktablarga boʻlinadi. Oʻquvchilarning 65 % 16 yoshdan keyin taʼlimni kollej, universitet va boshqa oliy oʻquv yurtlari va markazlarida davom ettiradi. B. B.da 79 universitet, 40 ga yaqin politexnika kolleji bor. Eng kadimgi universitetlari Oksford (1167) va Kembrij (1209) untlaridir. Eng yirik kutubxonalari: Britaniya muzeyi kutubxonasi, Shotlandiya Milliy kutubxonasi (3 mln. dan ortiq asar), Kembrij va Oksford untlarining kutubxonalari va boshqa Eng yirik muzeylari: Britaniya muzeyi (1753). Milliy galereya (1824), Teyt galereyasi (1897), Shotlandiya Kirollik muzeyi (1854) va boshqa Ilmiy muassasalarn. B.B. fani taraqqiyotida Oksford (1167) va Kembrij (1209) universitetlari katta ahamiyatga ega. 1662 yilda London Qirollik jamiyati tashkil topdi. Bu jamiyat B. B. fanini, ayniqsa tabiat fanlarini taraqqiy ettirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. 1675 yil Grinvichda B. B.ning astronomiya sohasidagi asosiy ilmiy muassasasi — Qirollik rasadxonasi ochildi. 1945 yildan boshlab ilmiy tadqiqot markazlari kupaya bordi. 1990-yil oʻrtalarida 50 ga yakln universitet va kollejlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Xususiy sanoat laboratoriyalari hamma tadqiqot ishlarining yarmidan koʻpini bajaradi. Koʻp firmalarda (500 dan ortiq kishi ishlaydi) ham tadqiqotlar olib bori l ad i. Kooperativ tadqiqot assotsiatsiyalari urushdan keyingi yillarda ikki baravardan koʻproq ortdi. Davlat tadqiqot institutlari va markazlari ham mavjud. 1954 yilda yadro fizikasi va energetika muammolarini tadqiq qiluvchi bir nechta davlat institutlari tashkil topdi. Mikrobiologiya, kvant elektronikasi, radioastronomiya va boshqa sohalarga oid tadqiqot olib boradigan ilmiy markazlar tuzildi. B. B.ning yirik ilmiy muassasalari: Tabiat toʻgʻrisidagi bilimlarni rivojlantirish boʻyicha London Qirollik jamiyati, Grinvich rasadxonasi, Qirollik sanʼat akademiyasi, Britaniya akademiyasi, B. B. Klrollik instituti, Angliya va ingliz tili toʻgʻrisidagi bilimlarni yoyish boʻyicha Britaniya kengashi (hammasi London shahrida), Edinburg qirollik jamiyati. Matbuoti, radnoeshnttirishi va telekoʻrsatuvi. B.B.da juda koʻp gaz. va jurnallar nashr etiladi. Eng muhimlari: „Gardian“ („Posbon“, kundalik gazeta, 1821 yildan), „Deyli meyl“ („Kundalik pochta“, kundalik gazeta, 1896 yildan), „Deyli star“ („Kundalik yulduz“, kundalik gazeta, 1978 yildan), „Tayme“ („Vaqt“, kundalik gazeta, 1785 yildan), „Vumen“ („Ayol“, xotinqizlar uchun suratli haftanoma, 1932 yildan) va boshqa B. B.da Press Assoshieyshn (ichki axborot toʻplashga va ommalashtirishga ixtisoslashgan yetakchi axborot agentligi, 1868 yilda asos solingan), Reyter (xalqaro axborot tarqatishga ixtisoslashgan dunyodagi eng yirik axborot agentliklaridan biri, 1851 yilda tashkil etilgan; asoschisi Paul Yulius Reyter nomi bilan ataladi) matbuot agentliklari bor. B. B.da radioeshittirishlar 1922 yildan, telekoʻrsatuvlar 1936 yildan olib boriladi. B. B.da 400 ga yaqin radiostansiya, 180 ga yaqin asosiy va 400 dan ortiq yordamchi telestudiyalar mavjud. Britaniyaning yetakchi radioeshittirish va telekursatuv korporatsiyasi — „British Brodkasting Korporeyshn“ — Bibisi 1922 yilda tashkil etilgan. Ingliz adabiyoti 5—6-asrlarda vujudga kela boshlagan. 5—11- asrlarda anglosaks shevalarida xalq naqllari va qushiqlari yaratildi, ular asosida „Beovulf“ qahramonnomasi vujudga keddi. B. B.ni normannlar zabt etgach (11-asr), yuqori tabaqa kishilari Adabiyoti orasida fransuz tili rasm bulib qoldi, adabiyot fransuz, lotin va ingliz tillarida rivojlandi. 14-asrning ikkinchi yarmiga kelib, oʻrta ayerlar B. B. adabiyoti yuqori bosqichga koʻtarildi. Monarxiya davlatining mustahkamlana borishi bilan B. B. adabiyoti milliy harakter kasb etdi. Ritsarlik romani anʼanalari davom etishi bilan bir qatorda U. Leglendning „Qoʻshchi Pyotr haqida tush“ poemasi, J. Choserning „Kenterberi hikoyalari“da ezilgan dehqonlarning feodal zulmiga qarshi harakatlari, ijtimoiy guruhlar hayoti realistik aks etdi. Uygʻonish davri B. B. adabiyotida barcha janrlar taraqqiy etdi. Buyuk gumanist, utopist sotsialist T. Morning „Utopiya“ romani, F. Sidney sonetlari, E. Spenser sheʼrlari yuzaga keldi. „Yakov IV“, „Jorj Grin Vekfild dalasi qorovuli“ (Robert Grin), „Ulugʻ Temur“, „Doktor Faustning fojiali tarixi“, „Malta yahudiysi“ (Kristofer Marlo) kabi tarixiy tragediyalar yaratildi. Uygʻonish davri B. B. adabiyotining yuqori bosqichi V. Shekspir ijodi bilan uzviy bogʻliqdir. Salaflaridan farqli ravishda Shekspir yangi — burjua davri kishisi harakteridagi ziddiyatlarni, maʼnaviy oʻzgarishlarni, shaxs bilan muhit orasidagi nomuvofiqlikning asoslarini tasvirladi. Adibning ijtimoiy falsafiy tragediyalari („Hamlet“, „Otello“, „Qirol Lir“, „Makbet“) Yevropa adabiyotida keskin burilish yasadi. Uygonish davrining soʻnggi vakili J. Miltonning qator epik dostonlari va „Samson kurashchi“ tragediyasida barokko uslubi namoyon boʻldi. 18-asr ingliz maʼrifatchilik adabiyoti uchun jamiyat demokratik tabaqalari manfaatlarini yoqlab, ilgʻor gʻoyalarni targʻib qilish xosdir. Bu davrda sheʼriyat, dramaturgiya rivojlandi, roman yetakchi janrga aylandi. J. Svift burjua jamiyati illatlarini achchiq satira ostiga oldi („Gulliverning sayohatlari“), D. Defo insonning kuch-qudrati, zoʻr irodasi, tabiatni buysundiruvchi mehnatini madh etdi („Robinzon Kruzo“). 19-asr B. B. adabiyotidagi asosiy adabiy yoʻnalishlar romantizm va tanqidiy realizmdir. Reaksion romantiklar (V. Vordsvort, S. T. Kolrij, R. Sauti) feodal tartiblarni qayta tiklashga urinsalar, ilgʻor romantiklar (J. Bayron, P. Shelli) burjua voqeligidan norozi holda, kelajakda adolatning tantana qilishiga ishonch bildirdilar. V. Skottning „Puritanlar“, „RobRoy“, „Ayvengo“ kabi romanlarida mehnatkash xalqning oʻtmishi, urfodati, siyosiy kurashlari oʻz ifodasini topdi. Ch. Dikkens („Oliver Tvist“, „Dombi va uning ugli“), V. Tekkerey („Snoblar kitobi“, „Shuhratparastlar yarmarkasi“) jamiyatdagi qabohatlarni fosh etdilar. 19-asrning oxiri B. B. adabiyotida realizm bilan bir qatorda dekadentlik, naturalizm, neoromantizm oqimlari paydo boʻldi. 19-asrning oxiri, 20-asrning boshidagi realistik yozuvchilar tahqirlangan oddiy kishining qadrqimmatini himoya qildilar (M. Garkness, U. Marris, S. Batler, E. Voynich, T. Gardi). 20-asr tanqidiy realizmning rivojida B. Shou, J. Golsuorsi ijodi muhim bosqich boʻldi. 20-asrning ikkinchi yarmida dekadentlik va boshqa reaksion oqimdagi yozuvchilar (E. Garv, D. Untli, L. Kuper) ijodi inqirozga uchradi, ularning ayrimlari mustamlakachilik siyosatidan yuz oʻgirib, voqelikni toʻgʻri koʻrsatishga intildilar (J. Osborn, K. Emis, D. Ueyn), taraqqiyparvar adiblar (A. Sillitou, S. Chaplin, S. Barstou) ijodi rivojlandi. B. B. adabiyotining eng yaxshi namunalari oʻzbek tiliga tarjima qilingan: V. Shekspirning pyesalari, J. Sviftning „Gulliverning sayohatlari“, D. Defoning „Robinzon Kruzo“, E. Voynichnint „Soʻna“ romanlari va boshqa B. B.da misjez davriga mansub ibtidoiy meʼmoriy yodgorliklar (Stonxenj — megalit inshooti) va oʻrta asrda qurilgan Vinchester, Norij va boshqa ibodatxonalar mavjud. Meʼmorlikning rivojlanishi Meʼmorligi quyidagi davrlarga boʻlinadi: roman (11— 12-asrlar); gotika (12— 15-asrlar, Dergem, Linkoln, Solsberi, York, Uels shaharlaridagi ibodatxonalar); uygonish davri (15—16-asrlar, bu davrda shahar va qishloklarda hashamatli turar joy binolari koʻproq qurildi); klassitsizm (K. Ren, J. Gibbs, U. Cheymbers, R. Adam, U. Kent kabi mashhur meʼmorlar yetishib chiqsi); eklektikamodern (19- asr), binolarning ichiga har xil bezaklar berish, temir, beton va oynadan foydalanish („Billur saroy“, J. Pakston, 1851 va boshqalar) avj oldi. 19-asr oxiri, 20-asr boshlarida shaharlar qurish („bogʻshahar“, „yoʻldoshshahar“ — E. Govarx, R. Envin kabi meʼmorlar), maktab, turar joy, maishiymaʼmuriy binolar qurilishi (F. Uebb, N. Shod, Voyzi, Makintosh va boshqa meʼmorlar) kjsaldi. 20-asr boshlarida abstrakt funksionalizm hukm surdi. Urushdan keyingi yillari butun Yevropa boʻylab bu oqim inqirozga uchradi va boshqa („formalistik“ va „yangi brutalizm“) oqimlar bilan almashdi. L. Dreyk, D. Lesden, R. Metyu, L. Martin, G. Uinteringxem, J. Modeli kabi meʼmorlar zamonaviy meʼmorlikning rivojlanishiga hissa qoʻshdilar. 7— 12-asrlarda yaratilgan Vinchester maktabiga mansub anglonormann miniatyuralari, tosh oʻymakorligi, keltlarning naqshli miniatyuralari saqlanib qolgan. 12-asrga mansub ibodatxonalarda haykalchalar oʻrnatilgan, devorlariga naqsh va gullar solingan. 16-asr rassomligida portret salmoqli oʻrin tutdi. Tasviriy sanʼati X. Xolbeyn, N. Xilliard, A. Oliver kabi rassomlar bu sohada barakali ijod qilishdi. P. Leli, G. Neller, A. Van Deyk kabi rassomlar noziknihol aristokratlar portreta tipini, S. Kuper, J. Rayli kabi miniatyurachi rassomlar realistik portret sanʼatini yaratdilar. 18-asr birinchi yarmida paydo boʻlgan Angliya milliy rassomlik maktabining asoschisi Vilyam Xogartdir. U oʻsha davr Angliya jamiyatining turli tabaqa vakillari hayotini real tasvirladi. 18-asr ikkinchi yarmida ijod etgan J. Reynolds, T. Geynsboro, G. Rebyorn kabi rassomlar kishilarning histuygʻularini haqqoniy ifodalovchi portretlar yaratdilar. Shu davrda milliy manzara janri (T. Geynsboro, J. Krom) paydo boʻldi. 19-asr birinchi yarmida realistik manzara janri rivojlandi. Peyzaj asarlarida sanoat ishxonalari bilan toʻla shaharlar, koʻmkoʻk maysazor dalalar, oʻrmonlar, qishloq manzaralarini tasvirlashga keng oʻrin beriladi. Bu davrda J. Konstebl novator sifatida shuhrat qozondi. D. Rossetti, M. Braun, X. Xant, E. ByornJons kabi rassomlar esa, oʻtgan zamonni qoʻmsab oʻrta asr qoʻl mehnati (badiiy hunarmandlik ishxonalari, kitob bezaklari)ga qaytishni targʻib qildilar. 19-asr oʻrtalaridagi realistik sanʼat X. Xerkomer, S. Xeyden asarlarida namoyon boʻldi. 19-asr oxiri, 20-asr boshlarida syurrealizm, abstraksionizm kabi oqimlar paydo boʻldi. Bu sanʼat M. Smit, U. Lyuis, X. Mur va boshqa rassomlar ijodida oʻz ifodasini topdi. 20-asrning yirik realist rassomlari F. Brengvin, O. Jon, U. Orpen, P. Xogart, L. Bredshou, K. Rou, E. Midldich, D. Grivzlar oʻz asarlarini insonning mehnat faoliyatiga, tinchlik va adolat uchun kurash mavzulariga bagʻishlagan. B. B. musiqasi qad. kelt qabilalari musiqa madaniyati zaminida tashkil topdi. Bardlar deb atalgan xalq qoʻshikchilari ijodida ballada (doston qoʻshigʻi) asosiy oʻrin egalladi. Xristianlik tarqalishi bilan birga professional musiqa ijodiyoti (cherkov aytimlari, organ ijrochiligi) rivoj topdi. B. B. polifonik musiqasining ilk namunalari 11 —12-asrlarda paydo boʻldi. Bular Musiqasi J. Dansteybl (15-asr) ijodida rivojlandi. Uygʻonish davrida dunyoviy musiqa janrlari (madrigal, lyutnya va klavesin kuylari, teatr spektakli intermediyalari) tashkil topdi. 16-asrda U. Byord, T. Uilks, J. Uilbi, J. Bull, O. Gibbone B. B.ning mashxur kompozitorlari boʻlishdi. 17-asrning oxirida G. Pyorsellnit „Didona va Eney“ birinchi milliy operasi maydonga keldi. 18- asrda B. B.da G. Gendel, I. K. Bax, Y. Gaydn, M. Klementi yashab ijod etdilar. Musiqa muassasalari („KoventGarden“) va Qirollik musiqa jamiyati, musiqa nashriyotlari barpo etildi. 19-asr oxirida ingliz kompozitorlik maktabiga asos solindi. Operalar yaratila boshladi. Ingliz musiqasi jahon musiqa madaniyatida koʻzga koʻrinarli oʻringa chiqdi. Kompozitorlardan Eduard Elgar, R. VoanUilyams, Benjamin Britten bunda katta rol oʻynadilar. Londondagi Qirollik musiqa akademiyasi B. B.ning asosiy musiqa oʻquv yurtidir; Albertxoll, RoyyalFestivalxoll, shuningdek, 1967 yilda ochilgan Yelizaveta nomidagi konsert zallari ingliz konsert hayotining yirik markazidir. Estrada tomoshalari Londondagi Palladiumda qoʻyiladi. Mashhur „Bitlz“ ansambli rokmusiqa rivojiga katta hissa qoʻshdi. Bibisi simfonik orkestri, London simfonik orkestri, „Yangi filarmoniya“ simfonik orkestri olamga mashhur. Dirijyorlar J. Barbirolli, A. S. Boult, G. Vud, pianinochilar J. Mur, M. Limpani, J. Ogdon, J. Lill, skripkachilar A. Kampoli, G. Temyanka va boshqa 20-asrning atoqdi musiqachilaridir. B. B. teatri kurtaklari inson turmushi va mehnati bilan bogʻliq oʻyinlar va urfodatlardan boshlanadi. Oʻrta asrlarda hukm surgan diniy drama keyinchalik dunyoviy mazmun kasb eta boshladi. 16- asrdan Kuchma professional teatrlar yuzaga kelib, Uygʻonish davrining insonparvarlik gʻoyalarini ifodaladi (dramaturglar K. Marlo, T. Kid, J. Lili, U. Shekspir). 16-asr oxiri — 17-asr boshi B. B. teatrining „oltin davri“ boʻldi. Bu davrda 3 xil teatr boʻlgan: havaskor hunarmandlar teatri, „maktab“ havaskorlari teatri, professional teatr. 18-asrga kelib, teatr maʼrifatparvarlik gʻoyalarini targʻib qildi, shu davrda Londonda ikki teatr („DruriLeyn“, „KoventGarden“) asosiy oʻrinni egalladi. 19-asr dramaturgiyasi romantizmdan realistik qarashlarni qaror Teatri toptirishga oʻtdi. Londonda „Old Vik“ teatri (1818), StratfordonEyvon shahrida Shekspir yodgorlik teatri (1879, 1961 yildan Kirollik Shekspir teatri), „Mustaqil teatr“ (1891) vujudga keldi. Ijrochilikda tabiiylik, sahnaviy ansambl uchun, Shekspir ijodini tiklash uchun kurash boshlandi. B. B. teatrida sahnaviy realizm „Kort“ teatri (20-asr boshi) faoliyatida qaror topdi. Unda B. Shou va G. Ibsenning realistik pyesalari qoʻyildi. 20-asrning 30 —40-yillarida teatrlar repertuari B. Pristli asarlari bilan boyidi. J. Osbornning „Nafratlansang, orqaga qayrilib qara“ pyesasi (1956) „jahldor yigitlar“ dramaturgiyasini boshlab berdi. 1963 yil Londonda Milliy teatr ochildi. Artistlar P. Skofild, L. Olivye, V. Li, P. O.’Tul, D. A. Xilgut, R. Richardson, rejissyorlar P. Bruk, P. Xoll, J. Litlvud B. B. teatrining atoqpi namoyandalari hisoblanadi. B. B.dagi teatr oʻquv yurtlari: Qirollik drama sanʼati akademiyasi (1904 yildan), Bristol universitetining teatr fakulteti. B. B.da teatr raqsi oʻrta asr oxirlarida vujudga keldi. Londonda tashkil etilgan Qirollik musiqa akademiyasi (1720) balet taraqqiyotida katta rol oʻynadi. B. B.da „Qirollik baleti“, „Balle Ramber“, „Londone festival balle“, „Uestern tiyetr balle“ kabi balet truppalari bor. B. B. sirki 18-asrda laydo boʻlib, F. Astley (1742—1814) ijodida yuqori pogʻonaga koʻtarildi. U ot oʻynatuvchilar maktabiga asos soldi, sirkning keyingi taraqqiyotida A. Dyukro, J. Sanjer, B. Milslar katta rol oʻynadi. B. B.da yezda koʻchma sirklar ishlaydi. Kinosn. B. B.da kino ishlab chiqarish 1896 yildan boshlandi. 1929 yil birinchi tovushli film „Tovlamachilik“ yaratildi. Shu yili hujjatli film l ar maktabi vujudga keldi. A. Kordaning 1932 yilda tashkil etgan „London filme“ firmasi B. B. va chet el kino arboblari ishtirokida birmuncha yuqori saviyali filmlar yaratdi („Pigmalion“, rejissyor A. Askvit, „39 qadam“, rejissyor A. Xichkok kabi). Ikkinchi jahon urushi davrida yaratilgan filmlarda („Magʻrur vodiy“, rejissyor P. Tennisson, „Pastor Xoll“, rejissyor R. Boulting, „Yongʻinlar boshlandi“, rejissyor X. Jennings) ilgʻor tamoyillar kuchaydi. Urushdan soʻng ingliz klassiklari asarlarini ekranlashtirish avj oldi. ["Hamlet" (1947), „Richard III“, rejissyor L. Olivye, „Oliver Tvist“, rejissyor D. Lin kabi]. Hujjatli filmlar ishlab chiqarishda „Ozod kino“ guruhi samarali ish qildi (195659). 6070- yillarga oid „Oʻziga xos ishq“ (rejissyor J. Shlezinger), „Yolgʻonchi Billi“, „Sportchilar hayoti“ (rejissyor L. Anderson), „Qanday saodatli kun edi“ (1972), „Bayram asnosida“ (1975) kabi filmlarda xalq hayotini haqqoniy aks ettirish, murakkab, ziddiyatli harakterlar yaratishga intilish sezildi. V. Li, A. Ginness, D. Bogard, R. Harris, A. Finni, P. Finch, R. Tashingem B. B. kinosining mashhur artistlaridir. Download 49.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling