Ingliz shoiri, drammaturgi, aktyori Vilyam Shekspir 1564-yilning 23-aprelida Yorkshir grafilgidagi Stratford shahrida tug`ildi. Otasi – Jon Shekspir shaharning ancha mashhur kishilaridan bo`lib


Download 445 b.
Sana06.12.2017
Hajmi445 b.
#21666



Ingliz shoiri, drammaturgi, aktyori Vilyam Shekspir 1564-yilning 23-aprelida Yorkshir grafilgidagi Stratford shahrida tug`ildi. Otasi – Jon Shekspir shaharning ancha mashhur kishilaridan bo`lib, shahar boshqaruvining turli lavozimlarida ishlagan edi. Onasi – Meri shu yerlik qadimiy, ammo kambag`allashgan dvoryanlardan Robert Ardenning qizi edi.

  • Ingliz shoiri, drammaturgi, aktyori Vilyam Shekspir 1564-yilning 23-aprelida Yorkshir grafilgidagi Stratford shahrida tug`ildi. Otasi – Jon Shekspir shaharning ancha mashhur kishilaridan bo`lib, shahar boshqaruvining turli lavozimlarida ishlagan edi. Onasi – Meri shu yerlik qadimiy, ammo kambag`allashgan dvoryanlardan Robert Ardenning qizi edi.



O`smir Vilyam Shekspir Stratforddagi shaharliklarning o`g`illari bepul tahsil ko`radigan hamda asosan til va adabiyot o`rnatiladigan grammatik maktabda ta’lim olgan bo`lishi kerak. Bo`lajak adib cho`qintirilgani haqida cherkov daftaridagi qayddan so`ng uning hayoti haqida deyarli hech qanday rasmiy ma’lumot uchramaydi. Cherkov daftarida uning 1582-yilning 27-noyabrida stratfordlik Enn Xeluey ismli qizga uylanganligi hamda to`ng`ich farzandlari Syuzen 1583-yilning 26-mayida, Hamlel va Judit ismli egizaklar 1585-yilning 2-fevralida cho`qintirilgani bitilgan.

  • O`smir Vilyam Shekspir Stratforddagi shaharliklarning o`g`illari bepul tahsil ko`radigan hamda asosan til va adabiyot o`rnatiladigan grammatik maktabda ta’lim olgan bo`lishi kerak. Bo`lajak adib cho`qintirilgani haqida cherkov daftaridagi qayddan so`ng uning hayoti haqida deyarli hech qanday rasmiy ma’lumot uchramaydi. Cherkov daftarida uning 1582-yilning 27-noyabrida stratfordlik Enn Xeluey ismli qizga uylanganligi hamda to`ng`ich farzandlari Syuzen 1583-yilning 26-mayida, Hamlel va Judit ismli egizaklar 1585-yilning 2-fevralida cho`qintirilgani bitilgan.



Taxminlarga ko`ra, Shekspir 1592-yilda Londonga boradi va teatrda aktyorlik qiladi. Shekspir 1593-yilda “Venera va Adonis” deb nomlangan dostonini chop ettiradi. Adabiyotning homiysi bo`lmish yosh gersog Sautgemptonga bag`ishlagan bu asar o`sha vaqtlarda urf bo`lgan erotik yo`nalishda bo`lib, kutilmaganda katta muvaffaqiyat qozondi va ketma-ket sakkiz marta nashr qilindi. 1594-yilda birinchi asariga izma-iz “Lukretsiya” nomli katta dostoni e’lon qilinadi. Shu yilning 28-dekabrida “Greyz Inn” teatrida Shekspirning “Xatolar komediyasi” asari o’ynaldi. 1595-yilning martida Shekspir yozgan va sahnalashtirgan pyesalari uchun kattagina mablag` oldi.

  • Taxminlarga ko`ra, Shekspir 1592-yilda Londonga boradi va teatrda aktyorlik qiladi. Shekspir 1593-yilda “Venera va Adonis” deb nomlangan dostonini chop ettiradi. Adabiyotning homiysi bo`lmish yosh gersog Sautgemptonga bag`ishlagan bu asar o`sha vaqtlarda urf bo`lgan erotik yo`nalishda bo`lib, kutilmaganda katta muvaffaqiyat qozondi va ketma-ket sakkiz marta nashr qilindi. 1594-yilda birinchi asariga izma-iz “Lukretsiya” nomli katta dostoni e’lon qilinadi. Shu yilning 28-dekabrida “Greyz Inn” teatrida Shekspirning “Xatolar komediyasi” asari o’ynaldi. 1595-yilning martida Shekspir yozgan va sahnalashtirgan pyesalari uchun kattagina mablag` oldi.



1598-yilda Londonlik tanqidchi F.Meres tomonidan chiqrilgan “Aql xazinasi” kitobining “Ingliz shoirlari haqida mulohazalar” qismida shunday fikr bitilgan: “Plavt va Seneka rimliklar uchun komediya va tragediya borasida tengsiz bo`lgani singari Shekspir inglizlarr uchun pyesaning har ikki turida ham beqiyosdir”. 1597-1598 – yillarda Shekspir ijodda katta shuhrat qozondi.

  • 1598-yilda Londonlik tanqidchi F.Meres tomonidan chiqrilgan “Aql xazinasi” kitobining “Ingliz shoirlari haqida mulohazalar” qismida shunday fikr bitilgan: “Plavt va Seneka rimliklar uchun komediya va tragediya borasida tengsiz bo`lgani singari Shekspir inglizlarr uchun pyesaning har ikki turida ham beqiyosdir”. 1597-1598 – yillarda Shekspir ijodda katta shuhrat qozondi.



Bu davrgacha uning “Tit Andronik” nomli birgina pyesasi muqovasida muallifning nomi ko`rsatilmagan holda nashr etilgan edi. Aytilgan davrda esa adibning asarlariga bo’lgan talabni qondirish uchun uning besh pyesasi chop etildi. Tadbirkor noshir U. Jaggard Shekspir asarlarini nashr etish hisobiga boylik orttirmoqchi bo’ldi. U 1599 – yilda turli shoirlarning bitiklaridan iborat to’plamga Shekspirning ham to`rt sonetini kiritib, “Otashin ziyoratchi” nomli kitob chiqardi va undagi asarlarni Shekspir qalamiga mansub deb e’lon qildi. Bu Shekspir ijodini qalbakillashtirib foyda yo’lidagi birinchi urinishi edi.

  • Bu davrgacha uning “Tit Andronik” nomli birgina pyesasi muqovasida muallifning nomi ko`rsatilmagan holda nashr etilgan edi. Aytilgan davrda esa adibning asarlariga bo’lgan talabni qondirish uchun uning besh pyesasi chop etildi. Tadbirkor noshir U. Jaggard Shekspir asarlarini nashr etish hisobiga boylik orttirmoqchi bo’ldi. U 1599 – yilda turli shoirlarning bitiklaridan iborat to’plamga Shekspirning ham to`rt sonetini kiritib, “Otashin ziyoratchi” nomli kitob chiqardi va undagi asarlarni Shekspir qalamiga mansub deb e’lon qildi. Bu Shekspir ijodini qalbakillashtirib foyda yo’lidagi birinchi urinishi edi.



1598 - yilda aka - uka Berbejilar Londonning shimoliy chetidagi eski teatrni buzib, uning uskunalaridan Temza daryosining janubiy qirg`og`ida “Globus” teatrini tikladilar. Shekspir ham yangi teatrning hissadorlaridan biri, ham o`z ijodiy guruhiga ega aktyor edi. 1608 – yilda u katta foyda keltiradigan “Blekfrayez” teatrining ham hissadorlaridan biriga aylandi. 1603-yilda qirol Yakov Shekspir truppasini ham himoyatiga oldi.

  • 1598 - yilda aka - uka Berbejilar Londonning shimoliy chetidagi eski teatrni buzib, uning uskunalaridan Temza daryosining janubiy qirg`og`ida “Globus” teatrini tikladilar. Shekspir ham yangi teatrning hissadorlaridan biri, ham o`z ijodiy guruhiga ega aktyor edi. 1608 – yilda u katta foyda keltiradigan “Blekfrayez” teatrining ham hissadorlaridan biriga aylandi. 1603-yilda qirol Yakov Shekspir truppasini ham himoyatiga oldi.



Guruh a’zolari “Qirol hazratlarining xizmatkorlari” deb atalib, kamerdinerlar singari saroy xodimlari hisoblanishardi. Truppa saroyda tez-tez tomoshalar ko’rsatib turar, saroy ayonlari va aslzodalar aktyorlarni yaxshigina siylardilar. Shekspirning moddiy ahvoli yaxshilanib. Londondan ham, Stratforddan ham bir qancha mulk sotib oldi. Shu tariqa mashhur aktyor asta – sekin adabiy ijoddan chetlashdi, teatrdan uzoqlashdi va 1612-yilda ota shahriga butunlay ko`chib keladi.

  • Guruh a’zolari “Qirol hazratlarining xizmatkorlari” deb atalib, kamerdinerlar singari saroy xodimlari hisoblanishardi. Truppa saroyda tez-tez tomoshalar ko’rsatib turar, saroy ayonlari va aslzodalar aktyorlarni yaxshigina siylardilar. Shekspirning moddiy ahvoli yaxshilanib. Londondan ham, Stratforddan ham bir qancha mulk sotib oldi. Shu tariqa mashhur aktyor asta – sekin adabiy ijoddan chetlashdi, teatrdan uzoqlashdi va 1612-yilda ota shahriga butunlay ko`chib keladi.



Shekspir uncha uzoq umr ko`rmagan – 52 yil yashagan, xolos. Hayotining 20 yildan ziyodrog`ini ijodiy mehnat bilan o`tkazib, nihoyat «Qish ertagi», «Simbelin», «Bo`ron» degan asarlar ham yozib qoldirgan. Adib 40 yoshida «Otello»ni yaratdi. Shekspir 1616-yilning 23-aprelida buyuk dramaturg, iste’dodli shoir, tengsiz aktyor Shekspir olamdan o’tdi. Uning jasadini o`z qavmi cherkoviga ko’mishdi. O`shandan buyon uning qabrini har yili minglab odamlar ziyorat qilishadi. Shekspirning ijodiy taqdiri juda g`alati. Qanchalik mashhur bo`lmasin, bironta pyesasi hayotlik chog`da risoladagiday nashr qilinmagan edi. Ularning aksariyati 1623-yilga kelib, adib o`limidan yetti yil o`tgach, dunyo yuzini ko`rdi.

  • Shekspir uncha uzoq umr ko`rmagan – 52 yil yashagan, xolos. Hayotining 20 yildan ziyodrog`ini ijodiy mehnat bilan o`tkazib, nihoyat «Qish ertagi», «Simbelin», «Bo`ron» degan asarlar ham yozib qoldirgan. Adib 40 yoshida «Otello»ni yaratdi. Shekspir 1616-yilning 23-aprelida buyuk dramaturg, iste’dodli shoir, tengsiz aktyor Shekspir olamdan o’tdi. Uning jasadini o`z qavmi cherkoviga ko’mishdi. O`shandan buyon uning qabrini har yili minglab odamlar ziyorat qilishadi. Shekspirning ijodiy taqdiri juda g`alati. Qanchalik mashhur bo`lmasin, bironta pyesasi hayotlik chog`da risoladagiday nashr qilinmagan edi. Ularning aksariyati 1623-yilga kelib, adib o`limidan yetti yil o`tgach, dunyo yuzini ko`rdi.



Shekspirning aktyorlik faoliyati bo`yicha ham juda kam ma`lumot saqlanib qolgan. Aktyor sifatida ko`proq qirollarning rollarini o`ynaganligi qayd etilgan. “Hamlet” da arvoh, “Sizga bu yoqadimi?” spektakilida odam rollarini ijo etgani ba’zi hujjatlar orqali yetib kelgan. Ben Jonsonning “O`ziga yetguncha , “Seyan” pyessalarida Shekspir o`zining so`nggi o`yinlarini o`ynagan. Ehtimol aynan aktyorlik tajribasi buyuk adibga dramatik asarlarida sahna imkoniyatlarini to`g`ri hisobga olish, obrazlarning tabiatini yorqin namoyon etadigan jihozlarni bexato ko`rish va tasvirlashda juda qo`l kelgan bo`lishi mumkin.

  • Shekspirning aktyorlik faoliyati bo`yicha ham juda kam ma`lumot saqlanib qolgan. Aktyor sifatida ko`proq qirollarning rollarini o`ynaganligi qayd etilgan. “Hamlet” da arvoh, “Sizga bu yoqadimi?” spektakilida odam rollarini ijo etgani ba’zi hujjatlar orqali yetib kelgan. Ben Jonsonning “O`ziga yetguncha , “Seyan” pyessalarida Shekspir o`zining so`nggi o`yinlarini o`ynagan. Ehtimol aynan aktyorlik tajribasi buyuk adibga dramatik asarlarida sahna imkoniyatlarini to`g`ri hisobga olish, obrazlarning tabiatini yorqin namoyon etadigan jihozlarni bexato ko`rish va tasvirlashda juda qo`l kelgan bo`lishi mumkin.



1592-yildayoq Londonga kelib, tez orada teatr ahli orasida aktyor va dramaturg sifatida bir qator tanilib qolgan Shekspirning dastlabki pyessalari qachon yaratilganini aniq aytib bo`lmaydi. Zamondoshlari ingliz fransuz urushi haqida Shekspir tomonuidan 1592-yilning martida yozilgan va katta muvaffiqiyat bilan o`ynalgan bir pyessa bo’lganligini qayt etishgan. Lekin bu asarning katta qismi o`zgalar tomonidan yartilib, Shekspir ularni sahnaga moslab qayta ishlaganligi keyinchalik aniqlandi. Asar 1594-yilda qisqartirilgan va buzilgan holatda alohida kitob sifatida ham chop etilgan.

  • 1592-yildayoq Londonga kelib, tez orada teatr ahli orasida aktyor va dramaturg sifatida bir qator tanilib qolgan Shekspirning dastlabki pyessalari qachon yaratilganini aniq aytib bo`lmaydi. Zamondoshlari ingliz fransuz urushi haqida Shekspir tomonuidan 1592-yilning martida yozilgan va katta muvaffiqiyat bilan o`ynalgan bir pyessa bo’lganligini qayt etishgan. Lekin bu asarning katta qismi o`zgalar tomonidan yartilib, Shekspir ularni sahnaga moslab qayta ishlaganligi keyinchalik aniqlandi. Asar 1594-yilda qisqartirilgan va buzilgan holatda alohida kitob sifatida ham chop etilgan.



Ijodiy umri mobaynida V.Shekspir 36 dramatik asar, 154 sonet va bir necha doston yozgan.“Qirol Lir”, “Romeo va Julyetta” , (1594-1595), “Hamlet”(1601), “Otello”(1604), “Makbet” (1606) singari tragediyalar “Yoz kechasidagi tush”, “Venetsiya Savdogari”, “O`n ikkinchi kecha” kabi komediyalar deyarli 400 yildan buyon dunyodagi eng dovruqli teatrlar shuhratiga shuhrat qo`shib kelmoqda.

  • Ijodiy umri mobaynida V.Shekspir 36 dramatik asar, 154 sonet va bir necha doston yozgan.“Qirol Lir”, “Romeo va Julyetta” , (1594-1595), “Hamlet”(1601), “Otello”(1604), “Makbet” (1606) singari tragediyalar “Yoz kechasidagi tush”, “Venetsiya Savdogari”, “O`n ikkinchi kecha” kabi komediyalar deyarli 400 yildan buyon dunyodagi eng dovruqli teatrlar shuhratiga shuhrat qo`shib kelmoqda.



Ayrim adabiyotshunoslar orasida o`z asarlarini Shekspir nomidan e’lon qilgan kishi 1550-yilda Eyfon Stratfordi shahrida tug`ilib, 1604-yilda vafot etgan Lord Eduard de Ver bo`ladi, degan fikr ham bor. U qirol saroyiga yaqin aslzoda oilalardan birining farzandi bo`lib, atroflicha bilam olgan.

  • Ayrim adabiyotshunoslar orasida o`z asarlarini Shekspir nomidan e’lon qilgan kishi 1550-yilda Eyfon Stratfordi shahrida tug`ilib, 1604-yilda vafot etgan Lord Eduard de Ver bo`ladi, degan fikr ham bor. U qirol saroyiga yaqin aslzoda oilalardan birining farzandi bo`lib, atroflicha bilam olgan.



Shekspirning o`lmas asarlarini o`zbek tiliga o`girishda G`afur G`ulom va Maqsud Shayxzoda, Uyg`un va Komil Yashinlarning xizmatlari ham katta bo`lgan. Shekspirning «Otello» tragediyasi o`zbek tiliga 1940 yili G`afur G`ulom tomonidan tarjima qilindi. «Otello» premerasi 1941 yil yanvarida bo`ldi, asarni Mannon Uyg`ur N.Ladigin bilan hamkorlikda sahnalashtirdi. Hamza teatri sahnalashtirgan «Otello» bosh qahramon rolini Abror Hidoyatov juda katta ustalik va mahorat bilan ijro etgan.

  • Shekspirning o`lmas asarlarini o`zbek tiliga o`girishda G`afur G`ulom va Maqsud Shayxzoda, Uyg`un va Komil Yashinlarning xizmatlari ham katta bo`lgan. Shekspirning «Otello» tragediyasi o`zbek tiliga 1940 yili G`afur G`ulom tomonidan tarjima qilindi. «Otello» premerasi 1941 yil yanvarida bo`ldi, asarni Mannon Uyg`ur N.Ladigin bilan hamkorlikda sahnalashtirdi. Hamza teatri sahnalashtirgan «Otello» bosh qahramon rolini Abror Hidoyatov juda katta ustalik va mahorat bilan ijro etgan.



«Venetsiyalik arab Otello» tragediyasining yozilgan yili noma’lum, faqat 1604 yili 1 noyabrda «Janob oliylarining aktyorlari» (Shekspir truppasi) Iakov I saroyining banketlar zalida Shekspirning shu nomdagi pesasini qo`ygani haqida ma’lumot bor. Har holda, saroyda eski tragediyani qo`ymagan bo`lsalar kerak, degan fikrga suyanib, E.K. CHembers asar yaratilgan yili 1604 yil, deydi. Bu tragediya dramaturg hayotligida bosilmagan, birinchi marta 1622-1623 yili bosilgan.

  • «Venetsiyalik arab Otello» tragediyasining yozilgan yili noma’lum, faqat 1604 yili 1 noyabrda «Janob oliylarining aktyorlari» (Shekspir truppasi) Iakov I saroyining banketlar zalida Shekspirning shu nomdagi pesasini qo`ygani haqida ma’lumot bor. Har holda, saroyda eski tragediyani qo`ymagan bo`lsalar kerak, degan fikrga suyanib, E.K. CHembers asar yaratilgan yili 1604 yil, deydi. Bu tragediya dramaturg hayotligida bosilmagan, birinchi marta 1622-1623 yili bosilgan.



Tragediyaning bosh qahramoni arab Otellodir. Otello sharqlik. SHarq odami ishonchlidir, qalbga, qalb taassurotlariga tez va oson beriladi. Ko`ngil, nomus deyildimi – hammasini unutadi. SHu boisdan ko`p hollarda uning his-tuyg`ularini aql jilovlamay qoladi. SHunda u uzoqni ko`ra olmaydi. Otelloga Yago hujum boshlagan ilk «maydon» - Mavrning ishonchi bo`lganligi tasodif emas edi.

  • Tragediyaning bosh qahramoni arab Otellodir. Otello sharqlik. SHarq odami ishonchlidir, qalbga, qalb taassurotlariga tez va oson beriladi. Ko`ngil, nomus deyildimi – hammasini unutadi. SHu boisdan ko`p hollarda uning his-tuyg`ularini aql jilovlamay qoladi. SHunda u uzoqni ko`ra olmaydi. Otelloga Yago hujum boshlagan ilk «maydon» - Mavrning ishonchi bo`lganligi tasodif emas edi.



General Otello o`z o`rinbosarligiga hasadgo`y Yagoni emas, jasur Kassioni tanlagani uchun yovuz niyatli Yago xo`jayinidan ham, leytenantdan ham o`ch olmoqchi bo`ladi. Bu ishda unga Rodrigo yordam beradi. Buning uchun ular eng pastkash, eng yovuz yo`ldan borib, generalning xotini Dezdemonani buzukliqda ayblashadi. Oqibatda o`zining arzimas manfaati, mansabparastligi yo`lida ulug` kishilarni, qadriyatlarni oyoqosti qilishga tayyor Yago Otelloning ishonuvchanligidan foydalanadi. Otello bunday ikkiyuzlamachilik, chaqimchilik muhitida iztirob chekib, qiynalib yashaydi.

  • General Otello o`z o`rinbosarligiga hasadgo`y Yagoni emas, jasur Kassioni tanlagani uchun yovuz niyatli Yago xo`jayinidan ham, leytenantdan ham o`ch olmoqchi bo`ladi. Bu ishda unga Rodrigo yordam beradi. Buning uchun ular eng pastkash, eng yovuz yo`ldan borib, generalning xotini Dezdemonani buzukliqda ayblashadi. Oqibatda o`zining arzimas manfaati, mansabparastligi yo`lida ulug` kishilarni, qadriyatlarni oyoqosti qilishga tayyor Yago Otelloning ishonuvchanligidan foydalanadi. Otello bunday ikkiyuzlamachilik, chaqimchilik muhitida iztirob chekib, qiynalib yashaydi.



O`zi yuksak ma’naviyat egasi bo`lganligi uchun boshqalardan, hech bo`lmasa o`z yaqinlaridan, poklik, tozalikni kutadi. Yago yolg`on-yashiq gaplari bilan qora mavrni, ayoli hamda o`rinbosari Kassio unga xiyonat qilganiga ishontiradi. Otello ulug` inson, katta qalb egasi bo`lgani uchun ham haqiqatning tagiga yetgach, o`ziga-o`zi eng og`ir jazo belgilaydi va uni ijro etadi.

  • O`zi yuksak ma’naviyat egasi bo`lganligi uchun boshqalardan, hech bo`lmasa o`z yaqinlaridan, poklik, tozalikni kutadi. Yago yolg`on-yashiq gaplari bilan qora mavrni, ayoli hamda o`rinbosari Kassio unga xiyonat qilganiga ishontiradi. Otello ulug` inson, katta qalb egasi bo`lgani uchun ham haqiqatning tagiga yetgach, o`ziga-o`zi eng og`ir jazo belgilaydi va uni ijro etadi.



Qora tanli Otello eng oliy insoniy fazilatlari bilan atrofdagilardan ajralib turadi, boshqalardagi ana shu oliy xususiyatlarni qadrlaydi. Demak, Otello xam irqiy, ham axloqiy jihatdan venetsiyalik nursiz aristokratiyadan ajralib turadi. Buni Otelloning o`zi ham tushunadi. Lekin Dezdemonaning unga bo`lgan muhabbati farqni yo`qotgandek, jamiyat bilan qahramon o`rtasida garmoniya o`rnatgandek tuyuladi. Yago bor kuchi va imkoniyati bilan ana shu garmoniyani buzishga urinadi. Oliy inson razil kuchlar oldida qisman, vaqtincha bo`lsa-da, zaiflik qiladi.

  • Qora tanli Otello eng oliy insoniy fazilatlari bilan atrofdagilardan ajralib turadi, boshqalardagi ana shu oliy xususiyatlarni qadrlaydi. Demak, Otello xam irqiy, ham axloqiy jihatdan venetsiyalik nursiz aristokratiyadan ajralib turadi. Buni Otelloning o`zi ham tushunadi. Lekin Dezdemonaning unga bo`lgan muhabbati farqni yo`qotgandek, jamiyat bilan qahramon o`rtasida garmoniya o`rnatgandek tuyuladi. Yago bor kuchi va imkoniyati bilan ana shu garmoniyani buzishga urinadi. Oliy inson razil kuchlar oldida qisman, vaqtincha bo`lsa-da, zaiflik qiladi.



Otello ustidan Yago chindan g`alaba qozongan vaqtlarda u Dezdemonani ham boshqalar oldida, ham yolg`izlikda haqoratlab, qo`pol muomalada bo`ladi, unga xos bo`lgan yumshoqlik, mayinlikdan asar ham qolmaydi. Yagoning g`alabasi esa vaqtincha, Otello ongida keyincha o`zgarish paydo bo`ladi. Hal etuvchi vakt kelganda (Dezdemona xonasidagi sahna) uning fikri o`zgaradi, qalbidagi bo`ron pasayadi, endi u hissiyot bandasi bo`lgan er sifatida emas, balki adashgan aldangan odam sifatida ongli ravishda, shoshmay inson haqidagi gumanistik tushuncha nuqtai nazaridan Dezdemonani sud qiladi: «Boshqalarni ham aldamasligi uchun o`lishi kerak», degan hukm chiqaradi.

  • Otello ustidan Yago chindan g`alaba qozongan vaqtlarda u Dezdemonani ham boshqalar oldida, ham yolg`izlikda haqoratlab, qo`pol muomalada bo`ladi, unga xos bo`lgan yumshoqlik, mayinlikdan asar ham qolmaydi. Yagoning g`alabasi esa vaqtincha, Otello ongida keyincha o`zgarish paydo bo`ladi. Hal etuvchi vakt kelganda (Dezdemona xonasidagi sahna) uning fikri o`zgaradi, qalbidagi bo`ron pasayadi, endi u hissiyot bandasi bo`lgan er sifatida emas, balki adashgan aldangan odam sifatida ongli ravishda, shoshmay inson haqidagi gumanistik tushuncha nuqtai nazaridan Dezdemonani sud qiladi: «Boshqalarni ham aldamasligi uchun o`lishi kerak», degan hukm chiqaradi.



Lekin sahnadagi Otello kechinmalari nihoyatda murakkab; uxlab yotgan Dezdemona qanday go`zal, «nafasi qanday sof», qalbi uni sevishni davom ettiradi, «seni bo`g`aman va sevganimdan jinni bo`lib qolaman», lekin aqlan uning «yolg`onchiligi»ga ishonadi. Bu o`rinda tuyg`u bilan ong orasida kelishmovchilik tug`iladi, lekin Uyg`onish davri vakili bo`lgan Otelloda ong ustunlik qiladi va o`zi chiqargan hukmni amalga oshirib, Dezdemonani o`ldiradi. Lekin o`ldirish sahnasida ham Yagoning g`alabasi mutlaq emas. Otello qurboni ustida kuz yoshi to`kib, «bu meni burchim», «burchim» so`zlari bilan o`ldiradi.

  • Lekin sahnadagi Otello kechinmalari nihoyatda murakkab; uxlab yotgan Dezdemona qanday go`zal, «nafasi qanday sof», qalbi uni sevishni davom ettiradi, «seni bo`g`aman va sevganimdan jinni bo`lib qolaman», lekin aqlan uning «yolg`onchiligi»ga ishonadi. Bu o`rinda tuyg`u bilan ong orasida kelishmovchilik tug`iladi, lekin Uyg`onish davri vakili bo`lgan Otelloda ong ustunlik qiladi va o`zi chiqargan hukmni amalga oshirib, Dezdemonani o`ldiradi. Lekin o`ldirish sahnasida ham Yagoning g`alabasi mutlaq emas. Otello qurboni ustida kuz yoshi to`kib, «bu meni burchim», «burchim» so`zlari bilan o`ldiradi.



Otello Dezdemonani o`ldirish bilan dunyoda axloqiy tartib o`rnatgandek tuyuladi, lekin Dezdemonasiz hayot, butun jahon bo`shdek tuyuladi. Lekin Dezdemona begunoh, Otelloning adolat, haqiqat uchun qilgan harakati adolatsizlik, o`zi esa eng katta gunohkor bo`lib chiqadi. Qahramonning qayg`usi cheksiz, ruhiy zaiflik, qayg`u-alamni yengib, taqdirni o`zgartiraman degani amalda «quruq urinish!». Endi Otello o`zini o`zi sud qiladi va o`ziga hukm chiqaradi. Dezdemonaning begunohligiga ishongan Otelloda insonga bo`lgan ishonch yana uyg`onadi, u hayotdan umidsizlangani uchun emas, balki qilgan jinoyati, begunoh, sof qalbli insonni eng og`ir gunohda ayblab, halok qilgani uchun o`zini o`zi o`ldiradi.

  • Otello Dezdemonani o`ldirish bilan dunyoda axloqiy tartib o`rnatgandek tuyuladi, lekin Dezdemonasiz hayot, butun jahon bo`shdek tuyuladi. Lekin Dezdemona begunoh, Otelloning adolat, haqiqat uchun qilgan harakati adolatsizlik, o`zi esa eng katta gunohkor bo`lib chiqadi. Qahramonning qayg`usi cheksiz, ruhiy zaiflik, qayg`u-alamni yengib, taqdirni o`zgartiraman degani amalda «quruq urinish!». Endi Otello o`zini o`zi sud qiladi va o`ziga hukm chiqaradi. Dezdemonaning begunohligiga ishongan Otelloda insonga bo`lgan ishonch yana uyg`onadi, u hayotdan umidsizlangani uchun emas, balki qilgan jinoyati, begunoh, sof qalbli insonni eng og`ir gunohda ayblab, halok qilgani uchun o`zini o`zi o`ldiradi.





Download 445 b.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling