Biror bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi


Download 167.84 Kb.
bet11/13
Sana21.06.2023
Hajmi167.84 Kb.
#1639615
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ijtimoi va madaniy omil

2.4. Demografik omillar
Turizm iqtisodida demografik omillar deganda - bu aholining umumiy tarkibi, yoshi, millati, bilimlari saviyasi, urf-odatlari, madaniy mavqei tushuniladi. Turizmda ijtimoiy-demografik guruhlarning asoslari ijtimoiy – madaniy psixologik mezonlar xisoblanadi. Mezonlarning guruhi bo’yicha turizm talablarini o’rganish sayyohning yoshi va jinsini xisobga olgan holda ajratishni nazarda tutadi:
uning oilasini tipi va daromadi (oilaning har bir a’zosiga to’g’ri keladigan daromadning xisobga olgan holda);
sayyohning kasbi uning ijtimoiy maqomi (biznesmenlar, xizmatchilar, badiiy va ilmiy ziyolilar, ijtimoiy kam ta’minlangan oilalar)
sayyohning millati (xususan etnik va qumsash turizmning bozor xususiyatini aniqlash uchun)
uning e’tiqodi siyosiy mafkuraviy, o’z-o’zini aniqlash, tarjimai faktlar va boshqalar;
Jumladan sayyohning yoshi talab segmentining ulushini va u yoki bu yosh guruhlarning turizm xizmatlariga asosiy talablarini (bolalarga, yoshlarga atalgan, o’rtacha yoshlilar) belgilaydi. Masalan, bugungi kunda yoshi belgisi bo’yicha talablar turizm bozorining dolzarb guruhini 35 yoshgacha bo’lgan oilasiz yoshlar tashkil etadiki, ular bilim darajasining yuqoriligi muvaffaqiyatga intilishlari, moddiy jihatdan ta’minlanganliklari, o’zining oila va uy tashvishlari bilan bog’lashni istamasliklari bilan xarakterlanadi. yevropaning yirik sanoat shaharlarida «yolg’iz»lar guruhi umumiy aholi sonining qariyb 50 foizni tashkil qiladi. Turizmning g’arbiy bozorida faqat shu segment bilan ishlaydigan firmalar mavjud. Jumladan, Germaniyada bu segmentdagi talablar darajasi 6-8 million kishini tashkil etadi, yoki talabning yana bir istiqbolli yosh guruhi «sen’iorlar» (50 yosh va undan katta yoshdagilar)dir. Bu guruh vakillari moddiy jihatdan ta’minlanganlar hayotdan faol huzurlanishga intiladilar va shaxsiy ehtiyojlariga «chiroyli hayot»ga pul sarflashga tayyordirlar.
Turizm oqimlarining statistik tahlili shuni ko’rsatadiki, katta yoshdagi sayohatchilar soni doimiy ravishda o’smoqda va 55 yoshdan o’tgan kishilar xalqaro turizmda muhim rol o’ynay boshlaydilar. Sayyohlar bu toifasining asosiy qismi aholisi tez qariydigan AQSH, Kanada, YAponiya kabi bir qancha mamlakatlarga to’g’ri keladi. Umr ko’rishning o’rtacha darajasi 1985 yildan 1995 yilgacha YAponiyada 1-2 yilga, yevropa va Amerikada 1 yilga ko’paydi. Odamlar uzoq yashabgina qolmadan balki qarigan chog’ida ham yuqori jismoniy faolligini saqlab qolmoqdalar. Katta yoshdagi kishilar ancha sog’lom bo’la boshladilar. Bu iqtisodiy jihatdan ta’minlanishda muhim ahamiyatga ega bo’lib, sayohat qilish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratadi. 55 yoshdan 59 yoshgacha bo’lgan kishilar yiliga o’z mamlakati doirasida 2.4 marta safarga chet ellarga 0,8 marta chiqadilar. 2005 yilgacha bo’lgan ma’lumotga kura Buyuk Britaniya, AQSH va YAponiyada 55-59 yoshgacha mamlakati hududiga 18.8 mln. chet elga esa taxminan 6.3 mln. qo’shimcha sayohat qiladilar. Oilaviy tipga bog’liq holda oilaviy turizmni bolalar bilan birga va bolalarsiz yolg’izlar turizmi ko’p oilali bolalar turizmi va boshqalarga ajratish mumkin. Kasb belgisi bo’yicha talablar guruhining biron muassada yoki iqtisodiyotning muayyan sohasida ishlaydigan muayyan kasbga egaligi bilan birlashgan anchagina turlarini aniqlash mumkin.


Download 167.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling