Biror bir korporatsiya o’z moliyaviy hisobotini chop etirsa unga nima ilova qiladi?
Download 21 Kb.
|
BahodirovDilshodON-1
Oraliq nazorat-1 6-variant Test
Biror bir korporatsiya o’z moliyaviy hisobotini chop etirsa unga nima ilova qiladi? Majburiyatlarini ro’yxati; Asosiy vositalari ro’yxati; Tushuntirish xati; Aksiyadorlar kengashi xulosasini. Uy xo‘jaligi o‘z iste’molchilik va investitsion rejalarini amalga oshirish uchun qachon hamda qay tarzda qarz olingan mablag‘idan foydalanishi kerakligini aniqlashda uy xo’jaliklarini qaysi turidagi qaroridan foydalanadi? investitsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlar; moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorlar; pul mablag‘larini iste’mol qilish va jamg‘arish to‘g‘risidagi qarorlar; riskni boshqarish bilan bog‘liq qarorlar. Moliyaviy kapital deb nimaga aytiladi? Bino, inshoot, mashina uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan boshqa zarur resurslarga; Firmalarga jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar va kreditlarga; Korxonalarning uzoq muddatli kapital qo'yilmalari va mamlakat iqtisodiy siyosatiga ta’sir qiladigan ongli fuqarolik qarorlariga; Imkoniyatiga ega bo’lish, dunyoqarashni kengaytirishga. O’zbekiston Respublikasi Moliya tizimi necha sohaga bo’linadi? 1; 2; 3; 4; Moliyaviy boshqaruvning shakllari quyidagilardan qaysi biri? moliyaviy rejalashtirish; bashoratlash va dasturlashtirish; moliyaviy nazorat; moliyaviy tashkillashtirish; Savollar: Moliyaviy tizim yordamida stimullashtirishning psixologik muammolarini hal etish. Notijorat sektorni bilvosita moliyalashtirishning asosiy ko’rinishlari. Javoblar: 1.C 2.C
3.B 4.B
5.A , B, C javoblari to’g’riku ustoz bir qarab ko’ring aynan bittasimas 3ta javob ham to’g’ri kelmoqda ! 1. Agar moliyaviy operatsiyaning bir tomoni bitim bo‘yicha boshqa hamkor bilmaydigan axborotga egalik qilganda yoki bir tomon boshqasi uchun qaror qiluvchi agent hisoblanganda paydo bo‘ladigan stimullashtirishning psixologik muammolari moliyaviy tizim yordamida hal qilinadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, moliyaviy bozorlar va vositachilar risk va pul resurslarining samarali taqsimlanishiga yordam beruvchi bir necha funksiyalarni bajaradilar. Biroq stimullashtirish psixologiyasiga tegishli bo‘lgan, vositachilarning ko‘rsatilgan funksiyalarni bajarish layoqatini cheklaydigan muammolar mavjud. Stimullashtirishning psixologik muammolari shartnoma tomonlari ko‘pincha bir-birini kuzatish va biri ikkinchisini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaganlari uchun yuzaga keladi. Stimullar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar odatda, uch turga bo‘linadi va ular xalqaro amaliyotda quyidagicha nom olgan: 1. “Ma’naviy risk” muammosi. 2. “Noqulay tanlov” muammosi. 3. “Komitent -komissioner” muammosi. Ma’naviy risk yoki mas’uliyatsizlik (moral hazard) muammosi, masalan, qachonki sug‘urta polisiga egalik qilish sug‘urtalangan tomon katta riskka yo‘l qo‘yganda yoki yo‘qotishga yetaklovchi hodisaning oldini olishga kam harakat qilganda yuzaga keladi. Aynan mas’uliyatsizlik ko‘pincha sug‘urta kompaniyalari tomonidan riskning ayrim turlarini sug‘urta qilishni xohlamasliklarining sababiga aylanadi. Masalan, agar ulgurji ombor mulkdori yong‘in hodisasiga sug‘urta polisini sotib olganda, uning uchun yong‘inga qarshi tadbirlarga pul sarflash stimuli kamayadi. Bu holat, uning omborida yong‘in bo‘lish ehtimoli sug‘urta shartnomasi tuzilgunga qadar bo‘lgan holatdagidan yuqori bo‘ladi. Agar sug‘urta summasi omborning bozor bahosidan yuqori bo‘lsa, unda ayrim ekstremal vaziyatlarda ombor egasi nafsga berilishi va pul olish uchun uni yoqib yuborishi ham mumkin. Potensial ma’naviy risk tufayli sug‘urta kompaniyalari sug‘urta summasini qisqartiradilar yoki ma’lum bir holatlarda ayrim turdagi sug‘urta polislarini sotishdan umuman bosh tortadilar. Bitim tomonlarida axborotning bab-baravar bo‘linmagan hajmi natijasida ham yuzaga keladigan yana bitta muammo mavjud. Bu nomuvofiq (noqulay) tanlov muammosidir . Bu shu bilan xarakterlanadiki, unga ko‘ra riskning u yoki bu shaklidan sug‘urtani sotib oluvchi odamlar odatda, ushbu riskka butun boshli aholiga qaraganda ancha kuchliroq duchor bo‘ladilar. Bu vaziyatni umrbod renta misolida ko‘rib chiqamiz. Umrbod renta175 sug‘urtalangan odamgauning pensiyaga chiqishidan boshlab umrining oxirigacha qayd qilingan summani oyma-oy to‘lashni ko‘zda tutgan shartnomani ifodalaydi. Bunday rentalarni sotuvchi firma ularni sotib oluvchi odamlar butun aholiday kutilayotgan uzoq umr ko‘rishlari taxminidan kelib chiqa olmaydi. Stimul bilan bog‘liq bo‘lgan muammoning yana bir turi ko‘proq riskka asoslangan topshiriqlarni bajarish bo‘yicha vakolatning boshqa shaxslarga berilishida yuzaga keladi. Masalan, korporatsiya aksiyadorlari firmaning ishini yuritish uchun menejerlarga vakolatni beradilar. O‘zaro jamg‘armalar investorlari esa, mablag‘larini qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish tuzilmasini ishlab chiqish bo‘yicha vakolatni jamg‘armalarning qimmatli qog‘ozlar portfellarini boshqarish bo‘yicha menejerlariga taqdim etadilar. Bu qaror qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan risk uchun javobgarlik olib boradiganodam yoki tashkilot, ushbu qarorlarni qabul qilish bo‘yicha o‘z vakolatini boshqa bir tashkilot yoki shaxsga berishini bildiradi. Shunday risk uchun javobgarlikni topshiradigan shaxslar (yoki tashkilotlar) komitentlar, deb ushbu vakolatni qabul qiluvchilar esa komissionerlar, deb ataladi. Komitentning komissioner bilan munosabati muammosi (principal-agent problem) shundaki, komissioner ko‘pincha komitent agar komissioner bilgan barcha bilimlarga egalik qilganida qabul qilgan qarorlaridan va o‘zi mustaqil qabul qilishi mumkin bo‘lgan qarorlaridan farqlanuvchi qarorlarni qabul qiladi. Buning natijasida komissionerlar va komitentlarning manfaatlari o‘rtasida ko‘pincha ziddiyatlar kelib chiqadi. Nostandart (noandozaviy) vaziyatlarda komissionerlar hattoki, o‘zlarining komitentlari manfaatlariga qaramasdan harakat qilishlari mumkin. Bunday holat masalan, fond brokeri «sutdan yog‘ olish» deb nomlanadigan ish bilan shug‘ullansa, ya’ni mijozga hech qanday foyda olib kelmaydigan, lekin brokerning komission summasini oshiradigan ko‘psonli bitimlarni mijozning hisobidan amalga oshirganida kelib chiqadi. 2. Notijorat sektorni egri (bilvosita) moliyalashtirish shaklidan ham , ya’ni notijorat tashkilotlarni davlat va mahalliy hokimiyat organlari oldidagi to’lovlari va boshqa shunga o’xshash majburiyatlaridan ozod qilish shaklidan ham amaliyotda tez-tez foydalaniladi . Egri (bilvosita) moliyalashtirishningasosiy ko’rinishlari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: - nosoliqli imtiyozlarni taqdim etish; - soliqli imtiyozlastirish; Bu yerda o’z navbatida , nosoliqli imtiyozlar quyidagi ko’rinishlarda namoyon bo’ladi ; -notijorat tashkilotlarining faoliyati uchun binolarni ijaraga olish , yer maydonlarini ajratidh; -litsenziyalashtirishning soddalashtirilgan tizimini o’rnatish (belgilash); -aloqa xizmatlari va maishiy xizmatlarni to’lashda imtiyozli tariflardan foydalanish ; -va boshqalar Shiningdek , soliqli imtiyozlashtirish quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin: -hadya etuvchilar uchun imtiyozlar ; -homiylik qiluvchi yuridik shaxslar uchun imtiyozlar . Davlat organlari notijorat tashkilotlarining faoliyatiga aralashish , agar ularning sarflanishi tashkilotning maqsadlariga mos kelayotgan bo’lsa , xarajatlarning yo’nalishiga o’zgartirishlar kiritish huquqiga ega emas . Download 21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling