Bis-121 gurux talabisi Ibragimov Alibek Ismatullaevichning Bank ishi va moliya asosolari fanidan mustaqil ishi


Download 158.22 Kb.
bet1/3
Sana29.04.2023
Hajmi158.22 Kb.
#1401484
  1   2   3
Bog'liq
BIS-121 gurux talabisi

BIS-121 gurux talabisi Ibragimov Alibek Ismatullaevichning Bank ishi va moliya asosolari fanidan MUSTAQIL ISHI


MAVZU:“BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
26-30 moddalari

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

 Buxgalteriya hisobi, soliq va moliya kafedrasi

26-modda. Hal qiluvchi egalik sotib olinganligi, o‘zgartirilganligi yoki boshqalarga berilganligi to‘g‘risidagi xabarnoma


Hal qiluvchi egalikka bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchi, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdor quyidagi hollarda Markaziy bankni va bankni o‘n kunlik muddatda yozma shaklda, shu jumladan elektron shaklda xabardor qilishi shart:
bank ustav kapitalidagi hal qiluvchi egalikni boshqa shaxsga berish yoki kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilish natijasida hal qiluvchi egalik tegishincha ellik foizdan, yigirma foizdan yoki besh foizdan kam bo‘lib qolganda;
Ushbu Qonunning 22-moddasi birinchi qismida belgilangan hajmdagi bank aksiyalari shaxs tomonidan o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarda olinganda.
Dastlabki ruxsatnoma olingan, ushbu Qonun 22-moddasining birinchi qismida belgilangan aksiyalar ulushi ko‘payganda;
bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnoma olingan bitim amalga oshirilganda;
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda bank xabarnoma olingan kundan e’tiboran bir kunlik muddatda Markaziy bankni yozma shaklda, shu jumladan elektron shaklda xabardor qilishi kerak.

27-modda. Xabardor qilish majburiyati


Bank bankning ustav kapitalidagi ulushlarga bevosita va bilvosita egalik qiluvchilarning, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorning shaxsi va ulushining miqdori to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlarni Markaziy bankning so‘rovnomasiga binoan taqdim etishi shart.
Bank aksiyalariga bevosita va bilvosita egalik qiluvchining, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorning banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini baholashdan o‘tkazish maqsadida Markaziy bankning yoki bankning so‘rovnomasiga binoan ushbu shaxslar:
tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shu jumladan yillik moliyaviy hisobotni;
o‘ziga aloqador shaxslar va egalik qiluvchi bankka nisbatan birgalikda harakat qilayotgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek Markaziy bankka zarur bo‘lgan boshqa axborotni taqdim etishi shart.
Markaziy bank predmeti yoki mazmuni quyidagilardan iborat bo‘lgan har qanday tuzilgan kelishuv to‘g‘risida xabardor etilishi kerak:

Download 158.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling