Bis-121 gurux talabisi Ibragimov Alibek Ismatullaevichning Bank ishi va moliya asosolari fanidan mustaqil ishi


-modda. Xabardor qilish majburiyati


Download 158.22 Kb.
bet2/3
Sana29.04.2023
Hajmi158.22 Kb.
#1401484
1   2   3
Bog'liq
BIS-121 gurux talabisi

27-modda. Xabardor qilish majburiyati


Bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishlarida yoki bank ustidan nazoratni amalga oshiruvchi shaxslarning umumiy yig‘ilishlarida ovoz berish huquqini kelishilgan holda amalga oshirish;
Bank boshqaruvi organi a’zolarining yoki bank ustidan nazoratni amalga oshiruvchi shaxslarning kelishilgan holda faoliyat ko‘rsatishi;
Bank boshqaruvi yoki kuzatuv kengashi a’zolarining nomzodlarning yoxud bank ustidan nazoratni amalga oshiruvchi shaxslarning ko‘pchiligi nomzodini ko‘rsatish huquqini amalga oshirish.
Ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan xabarnoma kelishuv imzolangan sanadan e’tiboran besh ish kuni ichida yoki uning mavjudligini oshkor etuvchi holatlar aniqlangan paytdan e’tiboran darhol Markaziy bankka kelishuv taraflari yoki bankning boshqaruv organlari tomonidan yuborilishi kerak.
Hal qiluvchi egalikka bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchi, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdor aksiyadorning banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini baholashga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan holatlar to‘g‘risida shunday holatlar vujudga kelgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida Markaziy bankni xabardor qilishi kerak.

28-modda. Banklar tomonidan o‘z aksiyalarini sotib olish


Bank o‘z aksiyalarini sotib olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun Markaziy bankka arizani va o‘z aksiyalarini sotib olish sabablarini ko‘rsatgan holda bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining qarorini taqdim etadi.
Bankning moliyaviy holati qoniqarsiz bo‘lsa, shuningdek ushbu sotib olish prudensial normativlarga rioya etilmasligiga olib kelsa, Markaziy bank dastlabki ruxsatnomani berishga haqli emas.
Banklar o‘z aksiyalarini sotib olish uchun Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini olishi shart. Bank tomonidan sotib olinadigan o‘z aksiyalarining summasi bank ustav kapitalining o‘n foizidan oshishi mumkin emas.

29-modda. Banklarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi filiallari va boshqa alohida bo‘linmalari


Banklar O‘zbekiston Respublikasida filiallar, bank xizmatlari ofislari va boshqa alohida bo‘linmalar ochishi mumkin.
Bank filiali bankning yuridik shaxs bo‘lmagan, bank nomidan bank faoliyatini amalga oshiruvchi va bank tomonidan o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida harakat qiluvchi alohida bo‘linmasidir.
Banklar o‘z filiali yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida Markaziy bankka belgilangan tartibda xabarnoma yuborishi shart.
Bank filiali yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik to‘g‘risidagi xabarnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
filial yoki bank xizmatlari ofisini ochish to‘g‘risida bankning vakolatli organining qarori;
filial rahbari va bosh buxgalteri to‘g‘risidagi ma’lumotlar (filial ochilgan taqdirda);

Download 158.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling