Bitim yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida xalqaro tashishlar to‘G‘risida


Download 25.86 Kb.
bet4/8
Sana02.05.2023
Hajmi25.86 Kb.
#1421963
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
huquq lhi

II. YuKLARNI TAShISh
9-modda

1. Ahdlashuvchi Tomonlardan biri davlatining hududida ro‘yxatga olingan tashuvchilarga boshqa Ahdlashuvchi Tomon vakolatli ma’murlari tomonidan berilgan ruxsatnomalardan foydalanib Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari orasida (ikki tomonlama tashishlar), shuningdek ularning hududlari orqali boshqa mamlakatlarga (tranzit tashishlar) yuklarni yollanish asosida yoki haq evaziga xalqaro tashishni amalga oshirishga ruxsat beriladi.
2. Ushbu moddaning 1-bandida ko‘zda tutilgan ruxsatnomalar miqdori cheklanmaydi.
3. Yuklarni avtomobillarda tashishda Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tashuvchilari ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon davlati hududidan uchinchi mamlakatga (uch tomonlama tashish) yo‘l olayotganida davlatidan jo‘nab ketilayotgan yoki davlatiga kirib kelinayotgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli ma’murlari tomonidan maxsus ruxsatnoma berilishi kerak. Bunday maxsus ruxsatnomalar kimning nomiga yozilgan bo‘lsa, faqat o‘sha tashuvchi tomonidan foydalanilishi va hech kimga berib yuborilmasligi kerak. Bunday xildagi ruxsatnomalarni berish mumkinligi, shuningdek ularning miqdori ushbu Bitimning 13-moddasida eslatib o‘tilgan Qo‘shma Komissiya tomonidan belgilanadi.
10-modda
9-moddada tilga olingan ruxsatnomalarning turi Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli ma’murlari tarafidan bevosita yoki ushbu Bitimning 13-moddasida eslatib o‘tilgan Qo‘shma Komissiya xulosasi asosida belgilanishi kerak.
11-modda
1. Ushbu Bitim 9-moddasining 1-bandiga asosan, ikkala Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli ma’murlari har yili diplomatik kanallar orqali yoki ushbu Bitimning 13-moddasiga binoan ish yuritadigan Qo‘shma Komissiya tomonidan belgilangan protseduraga muvofiq so‘rab olinadigan ruxsatnomalarni almashadilar.
2. Ushbu Bitim amal qila boshlagan dastlabki vaqtlarda, aynan esa 13-moddada ko‘rsatilgan Qo‘shma Komissiya a’zolarining birinchi uchrashuviga qadar ikkala Ahdlashuvchi Tomon diplomatik kanallar orqali ularning vakolatli ma’murlarini xabardor qilgan holda yuklarni ikki tomonlama va tranzit tashilishlarni amalga oshirishga ahdlashib oladilar.

Download 25.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling