Bitim yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida xalqaro tashishlar to‘G‘risida


Download 25.86 Kb.
bet8/8
Sana02.05.2023
Hajmi25.86 Kb.
#1421963
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
huquq lhi

22-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar o‘zaro ravishda, bir-birlari tomonidan beriladigan va yuklarni, yo‘lovchilar hamda bagajlarni tashishda foydalaniladigan transport vositalarining toifasiga muvofiq bo‘lgan, Yo‘l harakati to‘g‘risida 1968-yilda imzolangan konvensiya talablariga to‘g‘ri keladigan haydovchilik guvohnomalarini tan oladilar.
23-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar o‘zaro ravishda bir-birlari tarafidan beriladigan, Yo‘l harakati to‘g‘risida 1968-yilda imzolangan konvensiya talablariga to‘g‘ri keladigan transport vositalarining texnik holati to‘g‘risidagi guvohnomalarni tan oladilar.
Ahdlashuvchi Tomonlar muntazam ravishda o‘z transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazib turish majburiyatini oladilar.
24-modda
1. Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Tomonlarning uni kuchga kiritish uchun zarur davlat ichki protseduralarini bajarganliklari to‘g‘risida oxirgi bildirishnoma olingan sanadan o‘ttiz (30) kun o‘tgach kuchga kiradi.
2. Ushbu Bitim bir yil davomida amalda bo‘ladi va agar Ahdlashuvchi Tomonlardan birontasi ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonni o‘zining ushbu Bitim faoliyatiga barham berish niyati to‘g‘risida tegishli muddat tugashidan kamida olti oy ilgari yozma ravishda xabardor qilmasa, uning faoliyati o‘z-o‘zidan keyingi bir yillik davrlarga uzayadi.
3. Ahdlashuvchi Tomonlarning kelishuviga binoan ushbu Bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Toshkent shahrida 1999-yil 2-martda ikki nusxada, har biri o‘zbek, grek va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga chiqsa, ingliz tilidagi matn ustuvor bo‘ladi.
Yuqoridagilarni tasdiqlab, lozim tartibda vakolat berilganlar ushbu Bitimni imzoladilar.
Download 25.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling