Bitiruv ishi "Galogenlar mavzusini o'qitishda kimyoni kasbga yo'naltirib o'qitishni loyihalashtirish metodikasi" mavzusini o`qitishda pedogogik texnologiyalardan foydalanishga bag’ishlangan


Download 160.47 Kb.
bet7/14
Sana16.06.2023
Hajmi160.47 Kb.
#1496931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Bitiruv malaka ishi. Bozorova Malikaxon

Ko`rgazmalilik - shunday olib borish kerakki bajarilayotgan tajribalarni o`quvchilar hammasi ko`ra olsin. Ko`rgazmalilikdan kadoskop va boshqa TCO dan unumli foydalanish lozim.
O`quvchilarga ko`rsatiladigan tajribalar oddiy, xavfsiz, ishonchli tarzda bo`lishi shart. O`tkazilayotgan eksperiment tafsilotlarini albatta izo hlab borish lozim.
Tajribalar o`tkazilayotganda quyidagi metodlarga amal qilish tavsiya etiladi:
1. Tajribaning maqsadini qo`ya bilish: o`quvchilar nima sababdan tajriba o`tkazilishini tushinishi kerak.
2. Tajribalar o`tkazilayotgan priborlarning chizmalarini chizish; sharoitni belgilash, (reaksiya qanday sharoit va muhitda olib boriladi.)


3. O`quvchilarning kuzata bilishini tashkil etish. (Nima bo`layapti-yu, natija nima bo`ladi anglab yetish)
4. Nazariy xulosalar chiqara bilish; eksperimentning rivojlantiruvchi funksiyasi, o`qituvchining so`zi bilan amalga oshadi. Ular:
1) Tajribaning o`zidan bilimlar paydo bo`lishi.
2) O`qituvchining so`zi izohlari kuzatishini to`ldirib borishi.
O`qituvchi o`qitish jarayonida o`quv - ko`rsazmali vositalardan foydalanishibu holat kimyo ta`limi sifatida ijobiy ta`sir etadi. Ular: sinf doskasi, har xil jadval va tablisalar, modellar, maketli, magnitli applikasiyalar, ekran qo`llanmalari va hokazolar.Sinf doskasi eng muhum vosita rolini bajaradi. Dars mazmuniga doir formula, tenglamalar ayrim yozuvlar doskadan unumli foydalangan holda yozilishi kerakki mavzu mazmunini tushuntirish yakunigacha doskadan o`chirmaslik kerak.
Og’zaki ko’rgazmali - amaliy metodlar asosida o`quvchilarning amaliy faoliyati yotadi.Bu faoliyatda o`qituvchining rahnomoligi albatta yunaltiruvchi faoliyat kasb etadi. O`quvchilarning mustaqil ishlashlari har xil shaklda amalga oshiriladi. Bu shakllar: jamoa, guruh, yakka - yakka ko`rinishlarda bo`ladi.
Ularning turlari ham har xil. M: O`quvchi eksperiment (laboratoriya tajribalari amaliy mashg`ulotlar). Kimyoviy masalalar yechish, adabiyotlar bilan ishlash, ijodiy topshiriqlar bajarish, (priborlar konstruksiyasi, modellar yasash) nazorat ishlarini bajarish, mustaqil ishlar o`quvchilarning yangi bilim egallash ko`nikma va malakalar shakllanishidagi, fanni o`rganishdagi eng mu him sohasi bo`lib hisoblanadi.Olingan bilim, ko`nikma, malakalar faoliyatga mustaqil ravishda tadbiq etilsa samarali bo`ladi. Mustaqil ishlar o`quvchilarga ta`lim- tarbiya berish, rivojlantirish kabi vazifalarni bajaradi.O`quvchining mustaqil ishi olingan bilim ko`nikma malakalarni faoliyatda tadbiq etish bilan bilimlar manbai bo`lib hisoblanadi.

Download 160.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling