Bitiruv ishining dolzarbligi


Bitiruv ishining dolzarbligi


Download 1.92 Mb.
bet2/26
Sana16.12.2021
Hajmi1.92 Mb.
#181335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Jumayev Zarina

Bitiruv ishining dolzarbligi: Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy rivojlanishiga aholiga xizmat ko’rsatuvchi sohalarning o’rni va roli sezilarli bo’lib, bunda turizmning ahamiyati boshqa xizmat ko’rsatish sohalariga qaraganda yuqori sur’atlar bilan rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham keyingi yillarda O’zbekistonda turizmni rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan masalalarga juda katta e’tibor berilib, uning turistik salohiyatidan samarali foydalanish yo’llari shakllanmoqda va qaror topmoqda.

“2012-yilda xizmat ko’rsatish sohasi ham yuqori sur’atlar bilan rivojlandi. Aholiga ko’rsatilgan xizmatlar hajmi qariyb 15 foizga o’sdi, ushbu sohaning mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi esa bugungi kunda 52 foizdan ziyodni tashkil etmoqda” Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar qatorida turizm va uni rivojlantirish bo’yicha bir qancha ishlar amalga oshirilishi to’g’risida dasturiy rejalar tuzilgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kuchli raqobat yuzaga kelayotgani turistik faoliyatda ilg’or texnologiyalarni qo’llashni taqoza etmoqda.

Mamlakatimiz turizmini rivojlantirish orqali turistik faoliyatni yaxshilash va ichki bozorda raqobatni kuchaytirish, o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish zamon talabi bo’lib qolmoqda. Mavzuning dolzarbligi ham shundan kelib chiqqan bo’lib, respublikamizda turizmni rivojlantirishning global marketing va raqobat usullarini topish va asoslab berish vazifasini qo’yadi. Mazkur muammolarni o’rganish, ularni

ilmiy tahlil qilish, bu borada to’plangan bilim va tajribalar asosida mavjud muammolarni hal qilishga doir takliflar kiritish tanlangan mavzuning dolzarbligini ko’rsatadi.


Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling