Bitiruv ishining dolzarbligi
Download 1.92 Mb.
|
Jumayev Zarina
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2 Kompyuter va boshqa tashkiliy texnikalarda ishlovchilar uchun meyorlar va sanitariya qoidalari.
- Xulosa va takliflar
Kimyoviy faktorlar
Havo tarkibidagi: uglerod (2)- oksid, ozon, ammiak, fenol, formaldegit, polixlorli bifenillarning hosil bo’lishi. Psixologik va mikrobiologik faktorlar Diqqat va ko’rinishning zo’riqishi; Zukkolik va hissiyotning zo’riqishi; Uzoq davom etuvchi muvozanatli zo’riqish; Ish jarayoning bir xilligi ; Vaqt birligida ishlab chiqariladigan axborot xajmining ko’pligi; Ish joylarining onto’g’ri tashkil qilinishi; Havodagi mikroorganizmlar miqdorining yuqoriligi; 3.2 Kompyuter va boshqa tashkiliy texnikalarda ishlovchilar uchun me'yorlar va sanitariya qoidalari. Inson uchun mo'ljallangan mukammal va xavfsiz texnikani yaratish, ish o'rnini tashkil etish va mexnatni profilaktika qilish, ish faoliyatini kompleks o'rganish, mexnat muxofazasi me'yorlarida sanitariya qoidalarida va texnika xavfsizligi choralaridan qonun yo'li bilan ximoyalanadi. Mexnatni muxofaza qilish qonuniga ko'ra: ko'pgina zavod, korxona va firmalarda shaxsni mexnat faoliyatining tinch va xavfsiz uzatish sharti bo'lishi kerak. Bu shartlarni ma'muriyat tashkil etadi. U erda yangi zamonaviy oldingisiga qaraganda, xavfsizroq texnika bilan ta'minlash va ishlab chiqarish jaroxatini oldini olish kerak. Mexnat gigienasi odamlarning ishlab chiqarish muxitiga odamlarning sog'ligiga qanday ta'sir kilishni o'rganadi. Ishlab chikarishda ergonomika va estetika-ishlab chiqarish madaniyatini bir qismi xisoblanadi ya'ni ish joyining to'g'ri tashkil qilishdir. Masalan ish joyining yoki ish stolining to'g'ri rejalashtirish, shunda monitorni o'zini qulay turishi, klaviatura turadigan polkasi stolning ichiga kirib chiquvchi rolikli, prosessor stolining tagida uning tomonida bo'lishi kerak. Ishxonaning yoritilganligi. Xozirgi paytda ishxonalarning yoritilganligi standart ravishda o'rnatiladi: SNIP 11-4-79 KT va TT ishlarining tarkibi KTsi bilan ishlaydiganlar ishlab chiqarish muhitini zararli va xavfli omillari hamda mehnat jarayoni ta'siriga uchrashi mumkin: elektromagnit maydoni — EMM (radiochastota, past quvvatli rentgen nurlanishi, ultrabinafsha va infraqizil nurlanish); elektrostatik maydonlarining kuchlanganligi; havoning ionizatsiyalanishi; kimyoviy omil, azon, lazerli printerlar ishlatilganda toner bo'yoq moddasining changi; meteorologik omil: joy iqlimining o'ziga xosligi, yil fasli, ventilyasiya hamda isitish tizimi va boshqalar; mexanik va elektr qurilmalarida ishlaganda hosil bo'ladigan shovqin; elektr tokidan jarohatlanish xavfi; ruhiy hissiyotlar zo'riqishining ortib ketishi; ko'rish analizatorining zo'riqishi; barmoqlar va panjaning muskuli hamkorligida tez sur'atda bajariladigan bir xil chegaralangan harakat; tananing majburiy, bir xil ishchi holatda turishi, gipokeneziya. texnikalar bilan ishlashda havoning ionlashuvi, elektromagnit maydonlarining kuchlanganligi, azon, bo'yoq moddalarining changi, majburiy ishchi holat zararli va xavfli omillar hisoblanadi. Texnikaning vazifasi va kasbga qarab, mehnat tartibi ishning alohidaligini inobatga olgan holda har xil bo'lishi mumkin (bir yoki ikki smenali va sutka mobaynida). Bir smena davomiyligi 6 soat, 36 soatlik haftalik smena mobaynida ovqatlanish uchun tanaffus 40 daqiqadan kam bo'lmasligi kerak. Smena mobaynida mikrotanaffuslar kiritish lozim, ular ish vaqtiga kiritiladi. Mehnat sharoiti va mehnat tartibi, aqliy mehnatning zo'riqishi va boshqa yuklanishlar KT va TTda ishlaydiganlarning markaziy asab tizimi funksional holatining o'zgarishiga, tayanch - harakat apparati va qo'l panjalarining o'ta zo'rqishiga olib kelishi mumkin. Gipokineziya va ishning bir xilligi ishchining umumiy toliqishini (ish qobiliyatining pasayishi) vujudga keltiradi. Bundan tashqari, displey ekrani oldida uzoq vaqt bo'lish ko'rish analizatorining zo'riqishiga hamda toliqish va ko'rish qobiliyatining susayishiga olib keladi. Ishchilarda tez-tez asabiylashish, uyquning buzilishi, charchoq, ko'z, bel, bo'yin atrofi, qo'l va boshqa a'zolarda og'riqlar paydo bo'lishi mumkin. Kompyuter texnikasida ishlovchilar mehnati og'irligi va zo'riqishi bo'yicha asosan 2-darajali zararli va zo'riqish mehnatiga kiradi (Mehnat sharoitlarining ko'rsatkichlari bo'yicha gigienik tasnifi O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan 1996-yil 19-martda tasdiqlangan) Xonalarda ishchi o'rinlarini tashkil etish. Ishchi mebelining konstruksiyasi ishchining bo'yi va gavdasiga mos bo'lishi lozim. Tez-tez ishlatib turiladigan mehnat predmetlari va boshqarish organlari ishchi uchun qulay bo'lishi kerak. Ish stolining balandligi 580—760 mm oralig'ida saqlanishi lozim, agar bunga imkon bo'lmasa, stolning balandligi 720 mm bo'lishi kerak; stol ustining eng qulay ishchi o'lchami 1600x900mm hisoblanadi. Ish stolining tagida balandligi bo'yicha 600 mm, eni bo'yicha 500 mm va chuqurligi bo'yicha 650 mm dan kam bo'lmagan oyoq harakati uchun erkin bo'shliq bo'lishi kerak. Ish stolining ustida hujjatlarni joylashtirishga maxsus joy mo'ljallanmog'i kerak, ko'z bilan uning oralig'i, ko'zdan klaviaturagacha bo'lgan masofadek bo'lishi lozim, bu ko'rishdagi toliqishni ancha kamaytiradi. Ish stuli (kreslo) ko'tariladigan - buriladigan, o'tiriladigan va suyaniladigan qismi balandligi bo'yicha sozlanishi, shuningdek, uning kontruksiyasi suyanchiq burilish burchagining o'zgarishini ta'minlovchi moslama bilan jihozlangan bo'lishi kerak. Kreslo tirsak qo'ygichga ega bo'lishi, har bir parametrlari engil sozlanishi va mustaqil bo'lmog'i lozim. O'tiriladigan qism yuzasining balandligi 400—500 mm oralig'ida saqlanishi, eni 400 mm, chuqurligi 380 mm dan kam bo'lmasligi lozim, uning gorizontal tekislikdagi egilishi 400 mm. Suyanchiqning qiyalik burchagi o'tiriladigan qism tekisligiga nisbatan 90—110° oralig'ida o'zgarishi darkor. Ish stulining ustki qismidagi qoplama materiali kirlanishdan oson tozalanishi, yarim yumshoq, sirpanmaydigan, elektrolizasiyalanmaydigan va qoplamasi havo o'tkazuvchan bo'lishi maqsadga muvofiq. Ishchi o'rinda oyoq uchun taglik inobatga olinishi lozim. Uning uzunligi 400 mm, eni 350 mm ni tashkil etishi kerak. Taglikning balandligi 0—150 mm va qiyalik burchagi 0—20° oralig'ida bo'lishi, yuzasi taram-taram qoplamali bo'lishi kerak. Xulosa va takliflar Turizm sohasi jahon hamjamiyatining ajralmas tarkibiy qismi bo’lib, mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etishini va u XXI asr jahon xo’jaligining ustuvor tarmoqlaridan biri ekanligini alohida ta’kidlash lozim. Turizm insoniyat tamaddunining mahsuli. Ushbu tushuncha o’zining nazariy va amaliy talqiniga ega. Shu tufayli uni atroflicha izohlash uchun unga damlarning harakati, iqtisodiy kategoriya, siyosiy vaziyat, faol dam olish kabi jihatlardan qarash va izohlanishni talab qiladi. Men “O’zbekistonda faoliyat olib borayotgan turizm firmalarini reytingini baholovchi axborot tizimini loyihalash va yaratish” mavzusini yoritish jarayonida turizmning maqsadlariga alohida ahamiyat qaratdim. Chunki, maqsadsiz turizm bo`lmaydi. Uni o`rganish muhim masala hisoblanadi. Har bir sayohat yoki tur zamirida unga sabab bo`luvchi asosiy maqsad yotadi, unga ko`ra bu sayohatdan turizmning biror turiga mansubligi aniqlanadi, turist va uning turi statistikaning u yoki bu turiga kiritiladi, unga turli xil imtiyozlar beriladi. Keyingi “Turizmning turlari va ko’rinishlari”mavzusida esa turizm turlari va uning turli ko`rinishlari bayon qilinib, unda turizm shakllari, safar maqsadi, harakatlanish usuli, turistilarni joylashtiruv vositalari, ishtirokchilar soni bo’yicha va boshqa tasniflar haqida fikr yuritilgan. Hamda yurtimiz mutaxassislari tomonidan ushbu mavzu bo’yicha ilmiy qarashlari yoritib o’tilgan. Sayohat qilishni tug’diruvchi motivlarni bilish, samarali turistik siyosat va turizm iqtisodiyotning o’sishiga yordam beradi. Men ”Sayohatga bo'lgan ehtiyojni tug'diruvchi omillar” mavzusida sayohat qilish motivlari - turistik maqsadida ma’lum joylarga kelishga undaydigan va ularning xohishlarini qondiradigan psixologik va jismoniy talablar va boshqa o’ziga xos motivlar haqida chuqurroq to’xtalib o’tishga harakat qilganman. Bilamizki Turizm kelajagi porloq va juda qiziqarli sohalardan biri bo’lib, unda doimiy ravishda o’zgarishlar va yangilanishlar bo’lib turadi. “Turizmning zamonaviy turlari” mavzusida bu sohadagi zamonaviy turizm turlari va ular haqida chuqurroq ma’lumot berishga harakat qilganman. O’zbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega. Mamlakatimizdagi noyob tarixiy yodgorliklar, ziyoratgohlar, xushmanzara tabiat va fayzli go’shalar, xalqimizning betakror madaniyati, an’analari butun dunyodan sayyohlarni o’ziga rom etmoqda. Men ”O’zbekistonda mavjud sayohat turlari va turistlarning sayohat maqsadlari” mavzusida yurtimizdagi mavjud turizm turlari, tashrif buyurgan turistlar va ularning sayohatdan asosiy maqsadlari haqida kengroq fikr yuritganman. Shuni alohida ta’kidlash joizki, turizmni taraqqiy ettirish, sayyohlar oqimini ko’paytirishda zamonaviy turizm turlarini yaratish, yuqori sifatdagi xizmatni taklif etish muhim omillardan biri hisoblanadi. “O’zbekistonda sayohatning yangi turlarini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida men ekologik turizm, agroturizm, muzey turizmi, tibbiy turizm va turizmning maxsus turlari, yurtimizda ushbu sohada qilinayotgan istiqbolli ishlar borasida ma’lumot berishga harakat qilganman. O’zbekiston turizm sohasini rivojlantirish uchun barcha zarur manbalarga ega. Buyuk Ipak yo’li ustida joylashgan vatanimiz qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga, boy tarixiy, madaniy merosga va ayni paytda ham ichki, ham xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega. O’ylaymanki, yaqin kelajakda yurtimiz ham turizm olamida ulkan yutuqlarga erishib, rivojlangan davlatlar qatoridan shak shubhasiz o’rin oladi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling