Bitiruv malakaviy amaliyoti hisoboti
Prokurorning sud ish yurituvida ishtiroki
Download 27.92 Kb.
|
2-namuna (hisobot)
Prokurorning sud ish yurituvida ishtiroki
Sud jarayonida prokurorning ishtiroki Jinoyat protsessual kodeksining 409-moddasida yoritilgan. Asosiy vazifalari davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlaydi, sud muhokamasida ishtirok etib sud zalidagi chaqirilgan guvoh, ayblanuvchi, jabrlanuvchilar va boshqa ishtirokchilarga savollar beradi, ayblanuvchiga beriladigan jazo me’yorini belgilaydi, jinoyatning sodir qilinishi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildiradi. Amaliyotda prokururlar ham huddi shu vazifalarni bajarishadi. O‘zim ishtirok etgan sud jarayonlarida prokuror sodir qilingan jinoyatning xususiyatidan kelib chiqqan holda, Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan sanksiyalar doirasida ayblanuvchiga suddan jazo so‘raydi. Protest keltirish vakolati ham mavjud. Bunda sud ayblanuvchiga bergan jazosini prokuror yengilroq deb topadigan bo‘lsa protest keltirishga haqlidir (JPK 27-moddasi 2-qismi). Ba’zi hollarda boshqacha bo‘lishi ham mumkin, agar prokuror sud muhokamasi davrida sud tergovida aniqlangan ma’lumotlar ayblanuvchining aybsizligiga ishonsa, ayblovdan vos kechishi mumkin. Ayblovdan vos kechadigan bo‘lsa, buning sababini sudga bayon qilishi shart va bu holatda sud ayblanuvchiga nisbatan ochilgan ishni reabilitatsiya asoslariga ko‘ra to‘xtatishga sabab bo‘ladi. Ba’zida sud tergovi davrida prokuratura organi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sud tergovi davrida kvalifikatsiyasi o‘zgarishi mumkin. Amaliyot davrida sud protsessiada ishtirok etganimda shunday holat yuz bergandi. Jinoyat kodeksi 97-moddasi bilan bog‘liq og‘ir jinoyat ishi ko‘rilishi kerak edi, ya’ni ish prokuratura tergovchisi tomonidan 97-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan edi. Prokuror ham ayblovni tasdiqlab sudga oshirgan. Asl vaziyatda shunday bo‘lgan: er-xotin o‘zaro janjallashgan, er muntazam spirtli ichimliklar iste’mol qilib kelgan va avval ham Jinoyat kodeksi 266-moddasi bilan javobgarlikka tortilgan shaxs bo‘lgan. Janjal paytida er xotinini urib, boshini devorga urib o‘g‘ir tan jarohati yetkazadi. Ayol ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bosh qismidan og‘ir tan jarohat olganligi sababli koma holatida tushgan. Ayblanuvchi esa tez tibbiy yordamga murojaat qilmasdan ayolini o‘zi davolamoqchi bo‘ladi. Ayol uch kun hushsiz yotadi va to‘rtinchi kuni vafot etadi. Shu vaziyatda ish sudgacha JK 97-modda, 1-qismi bilan jinoyat ishi ochilib, prokuratura tomonidan tergov ishlari olib borilgan. Sud tergovi davrida esa sudya Jinoyat kodeski 104-moddasi, 3-qism “d” bandi bilan ish kvalifikatsiya qilindi va shu moddaning sanksiyasi bo‘yicha hukm o‘qildi. Yana bir boshqa amaliyot davrida guvohi bo‘lgan ishni misol qilib o‘taman: er-xotin o‘zaro janjallashishgan, ayolning qo‘lida oshxona pichog‘i bo‘lgan. Vaziyatda janjal avj ola boshlagan davrda ayol qo‘lidagi pichoq bilan erkakka shikast yetkazadi va hodisa joyida erkak vafot etadi. Prokuratura tomonidan 97-modda, 1-qism bilan jinoiy ish ochildi. Sud tergovi davrida esa ekspertiza xulosasi natijasiga ko‘ra, ayol kuchli ruhiy hayajonlanish holatida bo‘lgan degan xulosaga kelganligi sababli sud Jinoyat kodeksi 98-moddasi bilan ishni kvalifikatsiyasini o‘zgartiradi. Bu asosan, sudlarning mustaqilligi bilan bog‘liq va aslida ham shuday bo‘lishi kerak. Prokuror tomonidan ayblov xulosasi beriladi, ammo bu sud tomonidan boshqacha fikrga kelinsa sud bu ayblovni o‘zgartirishi ham mumkin. Amaliyot davrida o‘zim qiziqqan deyarli barcha tergov harakatlarini o‘rgandim, ozmi, ko‘pmi amaliy tajribaga ham ega bo‘ldim. Shu jarayon mobaynida jamiyatimizda kuzatilayotgan muammolarni ham o‘rganishga muvaffaq bo‘ldim. Hozirda eng ko‘p uchrayotgan hodisalardan biri bu kasalxonalarda chaqaloqlar o‘limi hisoblanadi. Bunda ko‘plab faktorlar ta’siri orqasidan bu holat kundan kunga ortib bormoqda. Ayniqsa, jamiyatimizda har doim uchraydigan holat bu ayollarning salomatliklari haqida qayg‘urmaslikdir. Shu birgina sabab orqasidan bu holat kundan kunga ortib bormoqda. Qonunchiligimizda chaqaloq dunyoga kelganidan barcha shaxslar egalik qiladigan huquqlarga ega bo‘ladi va mustaqil shaxs sifatida qaraladi. Shu sababli endi tug‘ilgan chaqaloqning o‘limi ham katta yoshdagi shaxsning o‘limi bilan huquqiy oqibati teng hisoblanadi. Shu bo‘yicha kasalxonalarda ma’lum vaqt o‘tib vafot etayotgan chaqaloqlar sababli jinoiy ishlar ochilyapdi. Tergovchi ham zarur deb topgan barcha tergov harakatlarini amalga oshiradi, shu chaqaloq va ona salomatligiga mas’ul bo‘lgan barcha shifoxona xodimlari tergov davrida so‘roq qilinadi, tibbiy kartalari olinib tekshiruvlar o‘tkaziladi. Qaysidir shifoxona xodimining faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan taqdirda tegishli normalar orqali javobgarlikka tortiladilar. Ammo, ko‘pincha barcha shifoxona xodimlari qo‘llaridan kelgan barcha choralarni qilishgan bo‘lsa ham chaqaloq hayotini saqlab qolishining iloji bo‘lmaydi. Ba’zi hollarda onaning ham hayoti xavf ostida qoladi, ba’zi hollarda onalar o‘limi ham kuzatiladi. Huquqiy oqibatiga keladigan bo‘lsak, jinoyat ishi ochiladi, tegishli tergov harakatlari o‘tkaziladi, oqibatda jinoyat tarkibi yo‘q bo‘lganligi uchun Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi orqali jinoyat ishi tugatiladi. Shu holat bo‘yicha qonun chiqaruvchi yanada samarali qonun loyihasini ishlab chiqishi kerakki, onalar salomatligi va homilaning rivojlanishi borasida hozirgi amaldagi tartib-qoidalardan foydaliroq, samaraliroq bo‘lishi lozim. Masalan, ayollarning o‘zlariga, oila a’zolariga ham har qachongidan kuchliroq tushuntirish, targ‘ibot ishlarini olib borish kerak. Tibbiy ko‘rikdan vaqtida o‘tmagan ayollarga chora ko‘rish loyihasini ishlab chiqsa ham bo‘ladi nazarimda. Bu tarmoqni sinchikovlik bilan o‘rganilsa hali men shaxsan amaliyot davrida guvohi bo‘lmagan qanchadan qancha kamchiliklar topiladi va bunga men ishonaman. Ona va bolalarning salomatligi haqida amaliyotda ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni isloh qilish vaqti allaqachon kelganligini aytib o‘tmoqchiman. Ma’lumot uchun, avvalroq bir manbada faktlar haqida maqola o‘qib qoldim: dumyoda eng baxtli davlatlar ro‘yxati keltirilgan ekan. Qaysi davlat fuqarolariga ko‘p imkoniyatlar yaratib bersa, yashash sharoitlarini qanchalik yaxshilasa shu davlat reytingda yuqori pog‘onalarni egallaydi. Eng yuqori pog‘onalarda Kanada va Avstraliya turar, ularda aholi salomatligini saqlashga qaratilgan sharoitlar juda yuqori darajada hisoblanadi. Ikkala davlatda ham bir statistika hayratlanarliki, ikkalasida tug‘ilgan chaqaloqlar o‘limi ming dona chaqaloqqa uch donadan oshmaydi. Bu haqiqatdan ham maqtanishga arzidigan natija deb bilaman. Bizda esa bitta tuman miqyosida yillik hisoblaydigan bo‘lsak, 40-50 ta chaqaloq o‘limini bemalol kuzatishimiz mumkin. Balki, bundan ham ko‘pdir, latent holatdagilari qanchaligini hech kim bilmaydi. Butun Respublika miqyosida olib qarasak daxshatli raqamlar kelib chiqsa kerak ehtimol. Xullas, bu tarmoq bo‘yicha amaldagi tadbirlarning o‘rniga boshqacha tizim yaratishimiz zarur, yoki amaldagi tizimni rivojlantirish choralarini ko‘rib, ko‘zbo‘yamachiliklarning oldini olishimiz shart. Zero, shu yo‘l bilan chaqaloqlar o‘limi holatlarining oldini olib, statistikani pasaytirish imkoni bo‘lar. Download 27.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling