Bitiruv malakaviy ishi bmi ning tuzilishi
Ko`k tepa yodgorligida oltb borilgan arxeologik izlanishalar va uning natijalari
Download 274 Kb.
|
BMI ning tuzilishi
2.2. Ko`k tepa yodgorligida oltb borilgan arxeologik izlanishalar va uning natijalari.
Ko`plab horijiy olimlar tomonidan «Markaziy Osiyoning yuragi» deb atalgan Sug`d – Sug`diyona o`lkasining qadimiy tarixiga e`tibor mustaqillik yillarida yanada kuchaydi. Markaziy Osiyoning qadimiy shaharsozlik madaniyati beshiklaridan hisoblangan bu yurtda bir vaqtda to`rtta shahar paydo bo`lgan va gullab yashnagan. Aynan mana shu shaharlar tarixi yurtimizning shaharsozlik madaniyati va davlatchiligi tarixining shonli bosqichini namoyon etadilar. Bular Marakanda, Basileya, Ko`k-tepa va Kish shaharlaridir. Bu maqola ushbu shaharlar to`g`risida, ularning xarobalari bizning kunlargacha qaysi arxeologik yodgorliklar ko`rinishida yetib kelganlar va ularning tarixi qay darajada o`rganilganligii xususida. Bu jarangdor nomlar hozirgi zamon tillari va tovushlari nUqtai - nazaridan qaralganda yevropacha atamalarga o`xshab ketsada, ular bizning o`lkamizda bir paytlar muomilada bo`lgan qadimiy mahalliy tillarda nomlanganlar. Bu shaharlar nomlari etimologiyasi deyarli noma`lum. Marakanda. Samarqandning qadimiy nomi sug`d tilida «Smarakansa», «Smarakanda» atamalari bilan yuritilgan va ko`plab tadqiqotchilarning fikrlariga ko`ra bu atamalar «uchrashuv, yig`ilish joyi» degan ma`noni beradi. Marakanda nomi esa yurtimizni bosib olgan Aleksandr Makedonskiy – Iskandar Zulqarnayn armiyasi bilan birga bu tuproqqa qadam bosgan yunon tarixchilari asarlarida, bu yurtda kechgan turli-tuman tarixiy voqeliklarni hikoya qilinishi jarayonida ko`plab marta tilga olinadi. Bu shaharning xarobalari bo`lmish Afrosiyob salkam bir asrdan beri o`rganiladi va mana shu tadqiqotlar natijalari bois o`tgan asrning 70-yillarida Samarqand shahrining 2500 yilligi sanasi nishonlangan. XX asrning 70-yillarigacha qo`lga kiritilgan arxeologik moddiy manbalar va tarixiy ma`lumotlar mana shunday ilmiy xulosa chiqarishga asos bo`lganlar. Arxeologik materiallarning yetarli emasligi bois o`zoq yillar davomida tarixshunoslik va arxeologiya fanlarida «O`rta Osiyoda qadimda shaharlar qurilmagan, shaharsozlik madaniyati bizning yurtimizga Ahmoniylar imperiyasi hUqmronligi davrida Yaqin Sharq va Eron tomonidan kirib kelgan degan» xulosa hUqmronlik qilib kelgan. 2500 yillik sana ham mana shu xulosaning tasdig`idek edi. O`tgan asrning 80–yillarda O`zbekiston Fanlar aqademiyasi Arxeologiya instituti olimlari tomonidan olib borilgan murakkab arxeologik tadqiqotlar natijasida Surxondaryo viloyati SHerobod tumani hududida ilk shaharlarga xos ko`plab xususiyatlarni o`zida aks ettirgan va yoshi deyarli uch yarim ming yilga teng bo`lgan shaharmonand (protogorod – R.A.) Jarqo`ton yodgorligi topildi. Bu o`lkan kashfiyot O`rta Osiyoda qadimiy shaharsozlik madaniyatining shakllanishi Ahmoniylar kelishidan ming yillar avvalroq boshlanganligini ilmiy isbotlab berdi. Keyingi yillardagi tadqiqotlar esa bu kashfiyotning to`g`riligini yanada mustahkamladi. O`tgan asrning 90-yillarida Samarqandning qadimiy o`rni bo`lmish Afrosiyobda, shahar arkining janubiy-sharqiy qismida, Ahmoniylar davrida qurilgan 2500 yillik devorlar ostidan bo`lkasimon shaklga ega bo`lgan yirik xom g`ishtlardan qurilgan yanada qadimgiroq shahar mudofaa devorlari qoldiqlari, ularning ostidan esa loydan ko`tarilgan devorsimon inshoot (rus tilida – val) topildi. Xom g`ishtli g`oyat mahobatli bu devorning qalinligi 7 – 10 metrni tashkil etgan. Bu devorlar bunyod etilgandan keyin ma`lum muddat o`tgach ta`mirlanganlar va yana 3 - 4 m qalinlashganlar. Mana shu asosda Samarqand Rim tengdoshi ekanligi va uning yoshi 2750 yildan kam emasligi ilmiy isbotini topdi. Ahmoniylar hUqmronligi davriga kelib ancha eskirib, ba`zi joylari nuragan ushbu shahar devorlari xarobalari ustidan butunlay yangi xususiyatga ega, ichida koridori bo`lgan yangi devorlar bunyod etilgan. Ba`zi joylarda esa eski devorlar ta`mirlangan. Eramizdan avvalgi 329 yilda Smarakandaning shahar mudofa devorlari ostida Aleksandr Makedonskiy boshliq yunonlar armiyasi paydo bo`ldi. Aleksandr Sug`diylarning qarshilik ko`rsatish kuchlarini hisobga olmasdan avval Smarakandani ishg`ol etish uchun dastlab lashkarboshi Menedem boshchiligidagi qo`shinni yuborgan. Bu qo`shin sug`diylar tomonidan tamomila qirib tashlangan. Qudratli Ahmoniylar imperiyasining asosiy harbiy kuchlarini qisqa muddatlarda tamomila tor-mor qilgan iste`dodli sarkarda Aleksandr, bu saltanat tarkibiga kirgan o`zoq, bir viloyatda bu qadar kuchli va jangavor xalqlarga ro`para kelishini xayoliga ham keltirmagan edi. Yunon tarixchisi Kursiy Rufning yozishicha bu mag`lubiyat Aleksandrning sharqqa yurishidagi dastlabki eng katta mag`lubiyati edi. Sug`diylar va ular bilan O`rta Osiyoda yonma-yon umr kechirayotgan mahalliy qadimiy xalqlar, yarim ko`chmanchi va ko`chmanchi qabilalar Iskandar qo`shinlariga qarshi Spitamen va nomlari bizgacha yetib kelmagan boshqa sarkardalar boshchiligida bir necha yillar davomida matonat bilan kurashganliklari tarixdan ma`lum. Lekin biz bu o`rinda ushbu jangavor voqealar tafsilotlariga to`xtalib o`tirmaymiz. Samarakanda ishg`ol etilgandan keyin Iskandar tomonidan bu shaharda katta qurilish ishlari amalga oshiriladi, ko`plab inshootlar yunon me`morchiligi asosida bunyod etiladi, ko`plab shaharlarda ahmoniylar va undan oldin bunyod etilgan mudofa devorlari tubdan ta`mirlanadi, ko`plab shaharlar atrofida yangi mudofa devorlari paydo bo`ladi. Shu davrda sof ellinistik ko`rinishdagi bir qator shaharlar ham bunyod etilgan. Bunday qurilishlarga sabab, birinchidan, Iskandarning sharqqa yo`naltirilgan istilochilik yurishlaridagi bosh maqsadlaridan biri mana shu o`lkalarga ellin madaniyatini joriy etish bo`lsa, ikkinchidan, bu devorlar Iskandarning hujumlari paytida o`z shaharlari va qishloqlarini tashlab ketgan mahalliy aholi va ularga ittifoqchi bo`lgan jangavor va jasur qabilalarning hujumlaridan bu shaharlarga joylashtirilgan yunon qo`shinlarini himoya etishlari lozim edi. Marakandaning keyingi davrlarga oid boy tarixiga to`xtalib o`tirmaymiz va bu maqolaning maqsadi emas. Eramizdan avvalgi VIII asrning o`rtalarida paydo bo`lgan Marakanda (Samarqand) shahri Sug`dning asosiy poytaxti sifatida deyarli ikki ming yil davomida bir joyda faoliyat ko`rsatgan va 1220 yilda Chingizxon boshliq mo`g`ullar qo`shinlari tomonidan tamomila vayron qilingan. Uning xarobalari bizning kunlargacha Samarqand shahri hududi joylashgan mashhur arxeologik obida - Afrosiyob yodgorligi ko`rinishida yetib kelgan. Vayronaga aylangan Samarqand o`z o`rnini o`zgartirib qadimiy shaharning janubida joylashgan o`rta asr rabodi o`rnida qaytadan tiklangan. Amir Temur davrida esa shahar tamomila qaytadan qurilgan va sohibqiron tomonidan bunyod etilgan o`lkan saltanatning poytaxtiga aylangan. Shu tariqa Samarqand Sharqning eng go`zal shaharlaridan biri sifatida hozirgi kunlarda ham faoliyat ko`rsatmoqda. Basileya-Vedar-Chelak. Jahon tarixshunosligi va arxeologiyasi fanlarida o`zoq yillar davomida Aleksandr Makedonskiyning Sug`ddagi istilochilik yurishlari davrida yunon tarixchilari tomonidan bu mamlakatning ikkinchi poytaxti sifatida tilga olingan Basileya shahrining qayerda joylashganligi masalasi katta muammo bo`lib keldi. Ba`zi tarixchilar uni Buxoro tomonda, ba`zilari Qarshi yaqinidagi Yerqo`rg`onda (Ko`k-tepa), ba`zilari hatto Afg`oniston hududida joylashganligi to`g`risida fikrlarni o`rtaga tashladilar. Aleksandr o`zining O`rta Osiyodagi istilochilik yurishlari davrida Sirdaryo bo`ylarini zabt etish uchun jang qilayotgan paytida mahalliy xalqlar Spitamen boshchiligida yunon armiyasi qo`shinlari joylashgan Marakandaga hujum uyushtirib shaharni qamal qiladilar. Aleksandr Marakandaga katta qo`shin yuboradi. Qamal oxiriga yetmaganligi sababli, ham ichkaridagi qo`shinning qarshiligi, hamda unga yordamga yetib kelgan qo`shinga kuchi yetmasligini tushungan Spitamen (yunon tarixchisi Arrianning yozishicha - R.A.) «Marakanda arkidan qamalni tushirib shimolga Sug`diyona Basileyasi (poytaxti)ga ketdi». Sug`dning ikkinchi poytaxti ham mavjud bo`lganligini juda ko`plab tarixchilar hamisha e`tirof etganlar. O`tgan asrning 90-yillari o`rtalaridan boshlab o`zbek va franso`z arxeologlarining birgalikda olib borgan tadqiqotlari natijasida Samarqanddan 30 km shimolda, Chelak shahri yaqinida joylashgan Ko`ktepa yodgorligida eramizdan avvalgi XI - asrda paydo bo`lgan qadimiy shahar xarobalarining topilishi fandagi ko`plab ilmiy muammolarni, jumladan afsonaviy Basileya shahrining joylashgan o`rni xususidagi taxminlarni ham oydinlashtirishga olib keldi. Ko`ktepa yodgorligining ochilishi o`zbek arxeologiya fanining va arxeolog olimlarning mustaqillik yillaridagi o`lkan kashfiyotlaridan biridir. O`n yildan ortiqroq vaqt davomida tinimsiz davom etayotgan arxeologik qazishmalar jarayonida qadimiy yirik shaharning arki va mudofa devorlari, shahar aholisining turar-joylari, shahar markazida qad ko`targan va maydoni 1 gektar bo`lgan mahobatli saroy, uning yonida esa xuddi shuncha maydonni egallagan o`lkan zardushtiylik ibodatxonasi xarobalari ochildi. Siyosiy va diniy xarakterga ega bu o`lkan inshootlarning mavjudligi o`sha davrda bu hududda kuchli davlat apparati faoliyat yuritganligini ko`rsatuvchi ilmiy dalillardir. Ko`ktepa O`rta Osiyoda ilk temir davridayoq shakllangan qadimiy shaharning barcha me`moriy xususiyatlarini o`zida to`la namoyon etgan, O`zbekistondagi shaharsozlik madaniyati tarixini qariyb to`rt yo`z yilga qadimiylashtirgan, tom ma`nodagi etalon yodgorlik bo`lib arxeologiya va tarixshunoslik fanlarida o`z o`rnini topdi. Ko`ktepa yunon tarixchilari tomonidan tilga olingan Sug`dning ilk poytaxti - Basileyaning bizgacha yetib kelgan xarobalari ekanligi ilmiy jihatdan tamoman isbotlandi va fanda to`la e`tirof etildi. Marakanda (Samarqand), Ko`k-tepa (Chelak, Chelak, Qarshi) va Kish (Kesh, Shahrisabz) shaharlari xarobalarida olib borilgan o`zoq yillik arxeologik tadqiqotlar natijasida ularning shakllanish davrlari to`la to`la ilmiy isbotini topganligi uchun Qarshi va Shahrisabz shaharlarining 2700 yilligi, Samarqandning 2750 yilligi keng nishonlandi. Lekin bu shaharlar ichida eramizdan avvalgi I-ming yillikning boshlariga oid saroy, ibodatxona va boshqa jamoat binolari hozircha ochilgani yo`q. Bu kabi binolar xarobalari bu shaharlar ichida keyingi ikki ming yil davomida to`plangan qalin madaniy qatlamlar ostida qolib ketgan va hozirgi kunda ularni ochib o`rganishning deyarli imkoni yo`q. Ko`ktepagi tadqiqotlar bu shaharlarda ham saroylar, ibodatxonalar va boshqa me`moriy inshootlar mavjud bo`lganligini ko`rsatadi, ularning me`moriy xususiyatlarini, qolaversa Sug`dning eng qadimiy shaharlarining ichki to`zilishini to`la tasavvur qilish imkonini beradi. Aleksandr Makedonskiy bu shaharni ishg`ol etgan paytda u ichki va tashqi shahardan iborat bo`lgan va umumiy maydoni taxminan 100 gektarni tashkil etgan. Aleksandr davrida uning 23 ga maydonni egallagan ichki shahrining mudofa devorlari tubdan ta`mirlangan. Eramizdan avvalgi XI - asrda shakllangan Basileya shahri bu yerda salkam ming yil davomida faoliyat ko`rsatgan. Eramizdan avvalgi III-asrda esa bizga noma`lum bo`lgan sababga ko`ra o`z faoliyatini to`xtatadi va 4 km shimoliy - g`arbda, hozirgi Chelak shahri o`rnida qayta bunyod etiladi. Arxeologik tadqiqotlardan ma`lumki, Qadimgi Sharqning, jumladan O`rta Osiyoning ham bir qator qadimiy shaharlari tarixiy rivojlanish bosqichlarida turli xil siyosiy, iqtisodiy va demografik sabablarga ko`ra o`zlarining dastlabki shakllangan o`rinlarini bir necha marta o`zgartirib ma`lum masofa narida qayta qad rostlaganlar. Qarshi va Shahrisabz shaharlari o`z joylarini ikki marta, Samarqand, Termiz va Toshkent shaharlari bir marta o`zgartirganlar, Buxoro shahri esa o`z joyini deyarli o`zgartirmasdan bitta joyda mUqim faoliyat ko`rsatgan. Shu asnoda Basileya shahri ham o`z joyini bir marta o`zgartirib hozirgi Chelak shahri o`rniga ko`chgan. Chelak shahri xarobalari ilk bora 1940 yilda arxeologlar I.A.Suxarev va P.F.Liferenkolar tomonidan tadqiq etilgan va shaharchaning topografik plani qog`ozga tushirilgan. Shaharcha shimoliy va janubiy qismlardan iborat, ularning o`rtasida maydoni 100 x 70 m, balandligi 18 m bo`lgan o`lkan ark joylashgan. Shahar arki o`zoq yillar davomida Chelak shahrining o`rtasidagi o`lkan tepalik ko`rinishida qad rostlab turgan. Lekin 50-70 yillar davomida uning yonida qurilgan g`isht zavodi mana shu bebaho arxeologik obida hisobiga ishlab uning butunlay yo`q bo`lib ketishiga olib keldi. Hozirgi kunlarda arkning xarobalari juda kichik maydondagina saqlanib qolgan. Shaharning janubiy qismining maydoni esa taxminan 20 gektar artofida bo`lib hozirda bu joylar zamonaviy turar-joylar ostida qolib ketgan va bir necha joyda tashqi mudofa devorining xarobalari saqlangan. Yodgorlikning shimoliy-sharqiy qismida uning qadimiy mudofa devorlari taxminan 200 m o`zunlikda juda yaxshi saqlangan. Shimoliy qismining maydoni esa kichikroq, taxminan 15 gektar atrofida. Arkning tevaragi keng sayhonlikdan iborat, shaharning umumiy maydoni esa 50 gektardan ortiqroq bo`lgan. 1961 yilda ark yaqinidan tasodifan qadimiy oltin o`zUq va to`rt dona juda noyob kumush kosalar topilgan. Eftalitlar davriga oid misgarlik san`atining bu yUqsak namunalari «Chelak kosalari» nomi bilan arxeologiya fanida juda mashhur bo`lib Sug`d san`ati tarixi bo`yicha olib borilayotgan tadqiqotlarda hozirgi kunlarda ham ularga doimiy ravishda murojaat qilinadi. Bu buyumlar topilgan joyda 1963 yilda Rossiya Davlat Ermitajining B.I.Marshak boshliq arxeologik ekspeditsiyasi keng qamrovli qazishma ishlari olib borgan va natijada eramizning VIII – asrida sug`diy aslzoda yashagan uyning bir qismi ochib o`rganilgan. Bu yerda o`rganilgan yUqori qatlamlar XI-XII asrlarga, quyi qatlamlar esa eramizning boshlarga oid. Shahar xarobalari ustida eramizdan avvalgi III-II – asrlardan to XIX-XX – asrlargacha bo`lgan davrlarga oid sopol buyumlarning parchalar ko`plab uchraydi va bu topilmalar bu yerda shahar paydo bo`lgandan to hozirgi kunlargacha shahar hayoti tinimsiz davom etganligini tasdiqlaydi. Hozirgi kundagi muammolardan biri - Chelak shahrining o`rta asrlarda qanday nom bilan atalganligi masalasi. «Chelak» atamasi esa etnonim bo`lib, XV-XVI asrlarda bu hududga kelib o`rnashgan qipchoq qabilalaridan birining nomidir. O`rta asrlarga (X-XII asrlar) oid yozma manbalarda Samarqandning shimoliy-sharqiy hududlarini egallagan oltida rustoq (ya`ni bizning hozirgi tilimizda tuman) tilga olinadi; ular – Yorket, Burnamad, Bo`zmajon, Kabudanjaket, Vedar va Marzbon ibn Turgash. Yorket, Burnamad rustoqlari Ustrushona (O`zbekistonning hozirgi Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Tojikistonning O`ratepa va Xo`jand (Sug`d) viloyatlarini o`z ichiga olgan tarixiy-geografik o`lka - R.A.) bilan chegaradosh bo`lib ulardagi qishloqlar Zarafshon yoki boshqa manbalaridan suv olmaganlar. Burnamad rustoqi markazi bo`lgan Burnamad qishlog`i Zomindan Samarqandga boradigan qadimiy karvon yo`li ustida joylashgan. Zomindan Burnamadgacha bo`lgan masofa 4 farsax (taxminan 30-32 km) bo`lgan. Bu yo`l Zarafshon tizmasi, Morgo`zar tog`larining shimoliy, g`arbiy etaklari bo`ylab o`tgan va bu rustoq hozirgi Baxmal tumani hududiga to`g`ri keladi. Yorket rustoqi esa Burnamadning shimolida, Nurota tizmalarining g`arbiy etaklaridan G`o`ddin va Qoratog`gacha bo`lgan hududda joylashganligi, hozirgi G`allaorol tumani joylashgan hududni o`z ichiga olgan bo`lishi ehtimolga yaqin. Chunki o`rta asrlar yozma manbalarida bu rustoqlar ekinzorlari asosan yomg`irlar hisobiga o`stirilganligi va ular hududida yaxshi yaylovlar yastanib yotganligi ayiladi. Burnamaddan tog` yo`li bilan 5 farsax yurilib Xushufag`nga kelingan. Demak Xushufag`n Turkiston tizmasining g`arbiy etaklarida, tog`oldi hududlarda joylashgan. Xushufag`ndan Bo`zmajon rustoqining markazi Barket shahrigacha 4 farsax bo`lib Katvon cho`li mana shu oraliqda joylashgan. Arxeolog olim H.G`.Oxunboboyevning fikriga ko`ra Barket shahri hozirgi Bulung`ur tumanidagi Oqtepa-Mitan qishlog`idagi yirik arxeologik yodgorlik Oqtepaning o`rnida bo`lgan. Barketda yo`l ikkiga - birinchi yo`l to`g`ri g`arbga – 4 farsax masofadagi Samarqandga, ikkinchisi shimoliy g`arbga Kabudanjakat – Vedar - Marzbon ibn Turgash - Ishtixon yo`liga ajralgan. H.G`.Oxunboboyevning fikriga ko`ra Kabudanjakat hozirgi Jomboy tumanidagi G`azira va Qorapichoq qishloqlaridan janubiy sharqda joylashgan o`lkan ilk o`rta asr va o`rta asr yodgorligi Mingtepa o`rnida bo`lgan. Shunisi qiziqki, Mingtepa yodgorligi shu atrofdagi qishloqlarda yashaydigan mahalliy aholi tomonidan ham Mingtepa, ham Afrosiyob nomlari bilan ham yuritiladi. Ushbu o`rta asrlar shaharlari zanjirdagi keyingi navbatdagi shahar Vedar. O`rta asr manbalarida Vedar Samarqanddan 4 farsax (28-30 km) masofada joylashganligi, sug`oriladigan va tog`li joylar borligi aytiladi. Sug`oriladigan katta maydonlar Bulung`ur, Poy va Qorasuv ariqlaridan suv olgan. Tog`li joylar esa G`o`ddin tog`i va Qoratog`. Qoratog`ning sharq tomonidan Qorasuv oqib kelgan. Bizning fikrimizga Vedar rustoqi hozirgi Poyariq tumani va unga qo`shni bo`lgan G`allaorol tumanining g`arbiy sarhadlaridagi hududlarni o`z ichiga olgan. Agar shaharlar orasidagi masofalar o`rtacha 4 farsax deb olinsa Kabudjakat – Mingtepadan 4 farsax masofada shimoliy - g`arbda Chelak shahri joylashgan. Chelak hududida yUqorida ta`riflangan, 50 ga maydonni egallagan yirik shahar xarobalari shubhasiz Vedar shahrining bizning kunlargacha yetib kelgan qoldiqlaridir. Chunki shaharning joylashgan o`rni Samarqandga nisbatan o`rta asrlarda keltirilgan masofaga ham tamoman mos keladi, qolaversa shahar xarobalari bo`lishi mumkin bo`lgan bunday yirik arxeologik yodgorlik Samarqanddan shimol tomonda boshqa mavjud emas. Mashhur sharqshunos olim V.V.Bartoldning yozishicha, Vedar shahrida paxtadan to`qilgan vedariy gazlamalar o`zining nafisligi, pishiqligi va yUqori sifatliligi bilan juda mashhur bo`lgan. Xurosonda esa vedariy matosidan faqat amirlar, vazirlar, qozilar va boylargina libos tiktirganlar. Arab tarixchisi al-MUqaddasiyning yozishicha vedariy gazlamasini Bog`dod sultonlari ham yUqsak qadrlaganlar. Mashhur rus sharqshunosi V.V.Bartoldning ma`lumotga ko`ra arab sayyohi Yoqut asarlarida Vedar «jome masjidiga ega bo`lgan shahar» sifatida tilga olinadi. X asrda Movarounnahrga kelgan arab sayyohlari faqatgina jome masjidiga ega bo`lgan aholi maskanlarini shaharlar qatoriga kiritganlar. Shu nUqtai nazardan fikr yuritsak Vedar X asrda Movarounnahrning to`laqonli shaharlaridan biri sifatida faoliyat ko`rsatganligi ayon bo`ladi. Vedardan keyingi shahar Marzbon ibn Turgash. Bu shahar Chelak shahridan 15-16 km g`arbda joylashgan, 14 ga maydonni egallagan o`rta asr shahri xarobalari Sog`ishtepa (Arktepa) o`rnida bo`lganligi haqiqatga yaqin. Sog`ishtepa o`rta asrlar shaharlari uchun xos bo`lgan uch qismdan - ark shahriston va raboddan iborat bo`lib Chelak va Ishtixon shaharlarining o`rtasida joylashgan. Sog`ishtepa o`rta asrlarda faoliyat ko`rsatgan Sog`arj qishlog`ining bizning kunlargacha yetib kelgan xarobalaridir. Ushbu yodgorlikda 1983 yilda ushbu satrlar muallifi tomonidan arxeologik qazishma ishlari olib borilgan. Qazishmalar natijasida bu yerda eramizning boshlarida yirik qal`a bunyod etilganligi va bu qal`a ilk o`rta asrlarda ham faoliyat ko`rsatganligi aniqlangan. Keyinroq esa arablar istilosidan keyin qadimiy qal`a atrofida shaharcha - shahriston paydo bo`lgan va bu qal`a ana shu shaharchaning arki sifatida faoliyat ko`rsatgan. Keyin esa aholining ko`payishi natijasida shaharning g`arb tomonida rabot paydo bo`lgan va shu tariqa Sog`arj o`rta asrlarga xos bo`lgan uch qismli shahar ko`rinishini olgan. 1983 yilgi qazishmalarda Sog`ishtepa arki ustidagi XIV-XV asrlarga oid uy-joylar xarobalaridan Xitoyda yasalgan noyob chinni seladon – qorni katta sharsimon idish topilgan. Marzbon ibn Turgash nomiga e`tibor qaratsak bu ko`proq tarixiy shaxsga, aniqrog`i arablar istilosi arafasidagi sug`diy nomlarga o`xshab ketadi. Marzbon – mansab, ya`ni shahar hokimi degan ma`noga ega. Marzbon ibn Turgash mana shu Sog`arj shahrida yashagan bo`lishi ham mumkin. Chunki bu shahar mana shu nom bilan atalgan rustoq, ya`ni tuman markazi sifatida faoliyat ko`rsatgan. Sog`arj shahrining o`rta asrlar davri ham ko`pgina tarixchilarni qiziqtirgan. 1902 yilda nashr etilgan «Samarqand viloyatining ma`lumotlari»dan joy olgan samarqandlik mashhur sharqshunos va arxeolog olim V.L.Vyatkinning «Samarqand viloyatining tarixiy geografiyasiga oid manbalar» maqolasida «Sog`arj Movarounnahrning eng qadimiy qishloqlari sarasiga kiradi. Mamlakat arablar tomonidan bosib olingan paytda u yirik qishloq bo`lgan. Bu yerda arablar tomonidan zarb qilingan tangalar islomning ilk asrlariga oiddir» degan jumlalar bor. Lekin boshqa bir sharqshunos olim V.V.Bartold Sog`arjning yirik aholi maskani ekanligni e`tirof etgan bo`lsada, arablar tomonidan Sog`arjda tanga zarb etilganligiga shubha bilan qaragan, chunki Sog`arjda zarb etilgan tanga V.V.Bartold bunga munosabat bildirgan paytda, ya`ni bundan bir asr mUqaddam ham fanga ma`lum bo`lmagan. Bizning davrimizda ham, ya`ni arxeologiya fani juda rivojlangan davrda, o`tgan asrning 50-80 yillarida ham biron –bir yodgorlikdan Sog`arjda zarb etilgan tanga topilmagan. Demak bu o`rinda V.V.Bartold haq bo`lsa kerak. Lekin aynan mana shu ma`lumotlar ham Marzbon ibn Turgash aynan mana shu shaharda yashaganligini qandaydir ma`noda tasdiqlagandek bo`ladi. X asrda Movarounnahrga tashrif buyurgan arab sayyohi va jug`rofiy olimi Ibn Xavqalning ma`lumotlarida Sog`arj atamasi tog`lar zanjiriga nisbatan aytilgan. Fikrimizcha Ibn Xavqal Sog`arjga kelmagan va bu tog`larni u o`zoqdan ko`rgan. Samarqandlik mahalliy kishilar joy nomlari bilan qiziquvchi ushbu arab jug`rofiy olimiga o`zoqdagi bu tog`lar Sog`arj tog`lari deb yuritilishini aytgan bo`lsalar kerak. Bizning nazarimizda bu tog`lar Nurota tizmasi bo`lsa kerak. Arab sayyohi Yoqut (X asr) va marvlik sayyoh Abo`lkarim as-Sam`oniy (XII asr) asarlarida esa Sog`arj qishloq sifatida tilga olinadi. Sog`arj shahri to`g`risida Amir Temur va temuriylar davri manbalarida anchagina ma`lumotlar saqlanib qolgan. Sog`arjda XII asrda mashhur shayx Burhoniddin Sog`arjiy tavallud topgan. Burhoniddin Sog`arjiy va uning avlodlari dafn etilgan qabrlar ustiga Amir Temur tomonidan yirik maqbara bunyod etilgan va bu maqbara hozirgi kunda Samarqand shahrida, Amir Temur maqbarasining shimol tomonida joylashgan Ruxobod maqbarasidir. Zahiriddin Muhammad Bobur ham «Boburnoma» asarida Sog`arjda xolavachchasi hokimlik qilganligi va o`zining bu shaharga tashrif buyurganligi to`g`risida ma`lumot qoldirgan. XVII asr boshlarida, ya`ni Ashtarxoniylar sulolasining hUqmronligi boshlanayotgan davrda Sog`arj yirik bir vohaning bosh shahri sifatida tilga olinadi. Tarixchi Maxmud ibn Valining 1640 yilda yozilgan «Bahr ul-asror» asarida Ashtarxoniylar davrida Movarounnahr Buxoro, Samarqand, Sog`arj, O`ratepa, Shahrisabz va G`o`zor viloyatlariga bo`linganligi aytiladi. Sog`arj shahri XVIII asrning ikkinchi 20-yillaridan, ya`ni Movarounnahrda boshlangan inqiroz davrida boshlab o`z ahamiyatini yo`qota boshlagan va o`z mavqeini qaytadan qadimiy Vedar shahrining merosxo`ri bo`lgan Chelak shahriga bo`shatib bergan bo`lsa kerak. Yana Vedar mavzusiga qaytsak. Vedar 1219 yilda mo`g`ullar istilosi davrida yirik vohaning markaziy shahar sifatida vayron bo`lgan bo`lsa kerak, chunki undan keyingi davr manbalarida bu vohaning asosiy shaharlari sifatida Sog`arj va Aliobod tilga olinadi. O`rta asrlar yozma manbalarida, vaqf xujjatlarida, hamda Amir Temur bilan bog`liq voqealarda tilga olingan Aliobod Samarqanddan taxminan 4-5 farsax masofada shimolda joylashgan. Bu shaharchaning nomi bizning kunlargacha biroz o`zgargan holatda «Aylavot» ko`rinishida yetib kelgan. Aliobod shaharchasining xarobalari hozirgi Poyariq tumanidagi Aylavot qishlog`i hududida va atroflarida, katta qismi qishloqning sharq tomonidagi keng maydonda mavjud bo`lgan, lekin bu joylar o`tgan asrning 60 - yillarida tekislanib paxta maydonlariga aylantirilgan. Aliobodda Imomqulixon davrida «imomlar imomi» nomini olgan aliobodlik mashhur ulamo, yassaviya tariqatining yirik vakillaridan biri Olim Shayx Azizon ( 1564-1635 yillar) yashagan. Olim Shayx Azizonning to`la ismi Muhammad al Olim al Siddiqiy al Alaviy bo`lib bu shayx mashhur «Lomahot min nafaxat al-quds» asarini yozgan. Qishloq hududida Olim Shayx Azizon, u kishining qizlari Moh Jonbegim va Mohbegim hamda boshqa avlodlari dafn etilgan mahobatli marmar dahma ham mavjud. Biz bu o`rinda Abu Tohirxojaning «Samariya» asaridagi Aliobod shaharchasi, Olim Shayx Azizon to`g`risidagi ma`lumotlarni biroz qisqartirilgan holatda keltirishni lozim topdik: «Olim Shayx Azizonning fayz osor mozori. Kabud tumani deb ataladigan SHeroz tumaniga qarashli Aliobod degan o`rindadir. Olim Shayx Azizon Darvish Shayx Azizonning o`g`li bo`lgan Mo`min Shayx Azizonning o`g`lidir... Olim Shayx Azizon hijriy 972 (milodiy 1564) yilda tug`ilgandir.... Bularning silsilalari tariqat sultoni hazrat xoja Ahmad Yassaviyga borib ulanadi. Hazrat Olim Shayx Azizon Imomquli Bahodurxon davrida Samarqandda a`lam edi va o`z zamonasi imomlarining imomi edi. U Mirzo Ulug`bek madrasasining janubiy-sharqiy tarafida oliy xonaqoh bino qilgan. Hozirda u xonaqoh qolmagandir. Yoshlari saksonga borib qolgan edi. U Jahriyayi sultoniya sulolasi bayon qilingan «Lomahot» kitobining musannifi edi va yana shi`a mazhabining raddiga «Dar raddi mazhabi shi`a» nomli risola tartib berib, u risolada choryorlar ulug`ligini kuchli dalillar bilan isbot qilgan. Uning vafoti hijriy 1041 (1631-1632) yilida sodir bo`lib, «faxr ul-islom» (abjadda – R.A.) so`zi vafotining tarixidir. U kishining asrida Aliobod mavze`i obod shaharcha edi va hazrat eshon u yerga jome` masjidi, xonaqoh va madrasa bino qilgan edilar. U binolarning asari hozir ham bor. Hazrat Mo`min Shayx Azizon mozori. Darvish Shayx Azizonning o`g`li bo`lgan Mo`min Shayx Azizonning mozori ham Aliobodda, katta ariqning janub tomonidadir. Pirim Shayx Azizon mozori. Aliobod yaqinidagi Saydi ohu degan o`rinda. Samarqand shahridan Aliobodgacha uch tosh (24 chaqirim samasi yo`l. Alioboddan Saydi ohugacha bir toshcha yo`l.... » Ayrim manbalarda Darvish shayx Azizon ham Aliobodga dafn qilinganligi aytiladi. Bizning fikrimizcha bu shayx Payariq tumanidagi Darvishiq (Darvish shayx) qishlog`i atrofidagi Darvish shayx ota nomi bilan ataladigan qabristonga dafn qilingan bo`lsa kerak. Pirim Shayx Azizon mozori joylashgan Saydi ohu deb atalgan joy qishloq bo`lsa kerak va bu qishloq Alioboddan uncha o`zoq bo`lmagan hozirgi Saydou qishlog`i ekanligi shubhasizdir. «Samariya» aytilgan Samarqand shahrida Ulug`bek madrasasining janubiy-g`arbiy tomonida gumbazli xonaqox 1623 yilda qurilgan. Olim Shayx Azizon tomonidan uning vatani Alioboddagi jome masjidi, xonaqox va madrasa ikki yildan keyin, ya`ni 1625 yilda bunyod etilgan. Aylavot qishlog`idagi dahmaga dafn etilgan Olim Shayx Azizon avlodlaridan birining qabr toshiga «Aliobodiy» nisbasi ham yozilgan. Ushbu qabrtosh va undagi Aliobodiy nisbasi Aylavot qishlog`i qadimgi Aliobod shahrining o`rni ekanligiga biron-bir shubha qoldirmaydi. Abu Tohirxojaning aytishicha «Samariya» asari yozilayotganda, ya`ni 1844-1848 yillar oralig`ida Olim shayx Azizon tomonidan bunyod etilgan jome` masjidi, xonaqoh va madrasalarning qoldiqlari ko`zga tashlanib turgan. Hozirgi kunda dahmaga yaqin joyda bir masjid ham qad rostlab turibdi, lekin bu masjining me`moriy xususiyatlari bu masjid taxminan XX asrning boshlarida bunyod etilganligini ko`rsatadi. Demak Olim Shayx Azizon tomonidan Aliobodda bino qilingan imoratlar bizning kunlargacha yetib kelmagan ko`rinadi. Keyingi o`rta asrlarga oid yana bir xujjatlar namunalari borki, bu hujjatlar ham bizning fikrimizni quvvatlashga xizmat qiladi. XIV-XVI asrlarga oid vaqf xujjatlarida Miyonqoldan (ya`ni Zarafshonning ikkiga – Qoradaryo va Oqdaryoga ajralgandan keyin bu daryolar oralig`idagi hudud) to Sog`arj tog`larigacha bo`lgan hudud «Sug`udi kalon», ya`ni «Katta Sug`d» nomi bilan yuritilgan. Bizning fikrimizcha, yUqorida ayiganimizdek Sog`arj tog`lari deb Nurota tizmasining Samarqandning shimolida joylashgan qismi atalgan va bu o`rinda yana bir marta arab sayyohi ibn Xavqalning Sog`arj atamasi tog`lar zanjiriga nisbatan aytilgan ma`lumotlarini eslash o`rinli. Nima uchun Sug`dning poytaxti bo`lgan Samarqand shahri atroflari emas, balki aynan Ko`ktepa-Chelak shahri joylashgan hududlar «Sug`udi kalon» ya`ni «Katta Sug`d», «BuyUq Sug`d» deb atalganligini e`tibordan qochirmaslik lozim. Abu Tohirxojaning «Samariya» asarida Zarafshonning o`ng irmog`i bo`lgan Oqdaryodan to Aliobodgacha bo`lgan hudud «Sug`udi kalon» deb atalganligi aytiladi. YUqorida keltirilgan ma`lumotlar bu hudud qadimda va o`rta asrlarda kechgan yirik tarixiy voqeliklarning guvohi va bevosita merosxo`ri ekanligini, Ko`ktepa – Chelak hududlarining qadimiy mavqeini yana bir bor eslatadi. Keyingi davr, ya`ni XVIII asr xujjatlarida ham Aliobod va Sug`udi Kalon tumanlari tilga olinadi. Sharqshunos olim V.L.Vyatkin Aliobod va Sug`udi Kalon tumanlarini yaxlit, bitta tuman deb hisoblagan. Olimning fikricha Aliobod bu tumanning asosiy markazi bo`lgan va Buxoro amirligi davrida o`z ahamiyatini yo`qotib o`z o`rnini Chelak shahriga bo`shatib bergan. Sog`arj shahri ham shahar sifatida taxminan mana shu davrlarda o`z ahamiyatini yo`qota borgan bo`lishi mumkin. Bizga ma`lumki, XVIII asrning 20-yillaridan boshlab 50-60 yil davomida Movarounnahrda yirik inqiroz, dahshatli ocharchiliklar ro`y bergan. Mana shu paytda vohaning markazi bo`lgan Samarqand ham tamomila bo`shab qolgan. Sadriddin Ayniyning yozishicha «...O`rta Osiyoning bir vaqtlar ko`bchilik musulmon Osiyosining madaniyat va siyosat markazi bo`lib o`tgan va chindan «Samarqandi firdavsmonand» sifatig`a arziyturg`on bir yo`sinda bezangan Samarqand keyingi zamonlarda bo`zilib qurUq bir cho`lga aylangan edi. Mang`it amirlarining birinchisi bo`lg`on Rahimxon Samarqand mo`zofotini qo`lga kirgizamen deb kelganda (hijriy 1166 (milodiy 1752) yil boshlarida) Samarqand shahrida jon egasi yo`q edi, hatto Raboti Xojabandiy to`g`oni (hozirgi Ravotxo`ja to`g`oni-R.A.) bo`zulg`on va Samarqand suvdan mahrum qolg`on edi. Rahimxon ushbu safarida Raboti Xojabandiyni to`zatib Samarqandga suv oqizg`on bo`lsa ham odam yo`qlig`idan obod bo`lmadi». Mana shu inqiroz davri Aliobod va Sog`arj shaharlarini ham chetlab o`tmagan albatta. Samarqand shahrining qayta tiklanishi 1780 yildan, ya`ni Amir Shohmurodbiy xUqmronligi davridan boshlangan bo`lib u 1809 yilgacha Andijon, O`ratepa, Xavos, Zomin va boshqa joylardan katta miqdorda aholini ko`chirib keltirib 24 ta go`zar-mahalla bunyod ettirdi. Bu holat Chelak shahrining yana qaytadan kengaya boshlashiga ham ijobiy ta`sir ko`rsatgan bo`lsa kerak. Demak, vohaning eng qadimgi markazi Basileya–Vedar–Chelak shu tariqa o`zining qadimiy mavqeini yana qayta tiklagan. Xulosa qilib shuni qayd etish lozimki, eramizdan avvalgi XI-asrda Ko`ktepa o`rnida shakllangan qadimiy poytaxt – Basileya uch ming yildan ortiqroq vaqt davomida o`z o`rnini bir marta, nomini esa bir necha marta o`zgartirgan holda hozirgi Chelak shahri ko`rinishida bizning kunlargacha yashab kelmoqda. Samarqandning vodiydan dashtga bir necha o`zanga ajralib chiqish yeriga yaqin joyda, uning Ro`daksoy o`zani bo`yida, miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda aholi zich joylashgan dehqonchilik qishlog`i paydo bo`ladi. Ma`lum vaqtdan keyin uning atrofi mahobatli mudofa devori bilan o`rab olinadi. Eramizdan avvalgi VI asrda, ya`ni Ahmoniylar hUqmronligi davrida Marakandadagi kabi bu shahar devorlari ham tubdan ta`mirlanadi. Eramizdan avvalgi IV asrda shahar Aleksandr Makedonskiy armiyasi tomonidan ishg`ol qilinadi. Aleksandr kelgan paytda Samarqand vohasida ikkita shahar mavjud bo`lgan. Bu shaharlarning qadimiy nomlari to`g`risida fanda o`zoq yillar davomida turlicha qarama-qarshi fikrlar, taxminlar, farazlar hUqm surdi. Bu shaharlar olimlar tomonidan Ko`k-tepa va hokazo nomlar bilan ataldi. Yaqinda Afg`onistonning shimoliy hududlaridan topilgan qadimiy bir hujjat mana shu tortishuvlarga nUqta qo`ydi. Bu hujjat qadimgi oromiy tilda eramizdan avvalgi 330 - 320 yillarda mol terisiga bitilgan maktub bo`lib, u Ahmoniylar saltanati tasarrufidagi Baqtr satrapi (hokimi) tomonidan uning o`z qo`li ostidagi Xulm (Baqtr (Balx)dan 50 km masofada joylashgan Toshqo`rg`on – R.A.) degan shaharcha boshqaruvchisi Bagavanta nomiga yuborilgan. Xatda Ko`k-tepa va Kish shaharlari atroflaridagi mudofa inshootlari qurilishini nazorat qilish uchun askar yuborish lozimligi buyurilgan. Bu xatda Ko`k-tepa (Chelak) va Kish (Kesh) shaharlari nazarda tutilganligi tarixchi va manbashunos olimlar tomonidan to`la e`tirof etildi. Eramizning III asridan Ko`k-tepada shahar qurilishining yangi yUqsalish davri boshlanadi. Shahar markazida ibodatxonaning ulug`vor binosi barpo etiladi, hokim saroyi quriladi, ichki va tashqi mudofa devorlari tubdan ta`mirlanadi, qul ollar va temirchilar mahallalari kengayadi. Bu davrda Ko`k-tepa Markaziy Osiyoning yirik va gullab yashnagan shahriga aylanadi. VI asrda shahar haloqatta uchraydi. Turk hoqonligi va Sosoniylar Eroni harbiy ittifoqining Eftalitlar bilan 562-564 yillarda olib borgan urushi Eftalitlar imperiyasining tarix sahnasidan ketishiga va bu davlatining markaziy shaharlaridan biri Ko`k-tepaning tamomila vayron etilishiga sabab bo`ldi. Mashhur rus olimi L.N.Gumilevning ma`lumotiga ko`ra, Turk hoqonligi va Sosoniylar harbiy ittifoqining Eftalitlar bilan hal qiluvchi urushi aynan Chelak atrofida ro`y bergan. Eftalitlar imperiyasi tarix sahnasidan ketgandan keyin qaror topgan Turk hoqonligi davrida Ko`k-tepa boshqa tiklanmaydi. Bu shaharning xarobalari bizning kunlargacha hozirgi Samarqand shahridan 40 km shimoliy-g`arbda joylashgan o`lkan arxeologik obida yodgorligi ko`rinishida yetib kelgan. Turk hoqonligi davrda Qarshi vohasining yangi markaziga asos solinadi. Samarqandning chap sohilida, Ko`k-tepadan 3,5-4 km masofada joylashgan, eramizning III - IV asrlarida bunyod etilgan kichikroq qal`a VI - VII asrlarga kelib kengayib vohadagi eng yirik shaharga aylana boradi va tez orada vohaning poytaxti maqomini oladi. Bu shahar Ko`k-tepa nomining sal o`zgargan formasi nomi bilan arablar istilosidan keyin esa Chelak deb yuritilgan. Lekin Chelak nomi ham nomi bilan bir necha asr davomida birga ishlatilib kelingan. Bu shahar arablar istilosiga qarshi ko`tarilgan MUqanna boshchiligidagi mashhur «oq kiyimlilar qo`zg`aloni»ning markaziga aylangan. Qo`zg`alon bostirilgandan keyin shaharda va butun vohada katta qirg`in o`tkazilgan. Somoniylar va Qoraxoniylar sulolalari davrida Movarounnahrning eng yirik iqtisodiy va madaniy markazlaridan biriga aylanadi. Chelakda vohasining boshqa shaharlari va qishloqlarida fanlarning turli yo`nalishlarida ijod qilgan mashhur allomalar riyoziyot, tibbiyot, fikxshunoslik, dinshunoslik, dunyoviy va islom falsafasi, hadisshunoslik, tarix ilmlari bilan mashg`ul bo`lganlar. Manbalarda Chelak, Samarqand, Balx, Marv, Bog`dod kabi shaharlarda yashagan va «Chelakiy» nisbasi ostida ijod qilgan yo`zlab Chelaklik mashhur allomalarning nomlari ma`lum. 1219-1220 yillardagi Chingizxon boshchiligidagi mo`g`ullar istilosi davrida Chelak ham Markaziy Osiyoning o`nlab shaharlari qatorida tamomila vayron qilindi, bir necha asrlar davomida tarkib topgan jahonshumul madaniyat tamomila tanazzulga uchradi. Kishsh-Kesh-Shahrisabz Ilk o`rta asrlarda Chelak va Kesh viloyatlari moddiy madaniyati, xususan qul olchiligi bir-birlaridan sezilarli darajada farq qilishi mutaxassislar tomonidan to`la e`tirof etilgan (Kabanov, 1982). Lekin o`rta asrlarga kelib bu vohalar moddiy madaniyatining, xususan shaharlari va qishloqlari madaniyati bir-birlari bilan yaqin umumiylik kasb etganlari uchun Kesh vohasi o`rta asrlar shaharlari va qishloqlari to`g`risida xususan vohaning markaziy shahri Kesh (Kitob-Shahrisabz) to`g`risida batafsilroq to`xtalib o`tish joizdir. 1996 yilda ushbu satrlar muallifi rahbarligidagi arxeologiya guruhi tomonidan Shahrisabz shahrida olib borilayotgan qurilish va obodonlash-tirish ishlarida davrida keng qamrovli arxeologik ko`zatish va qazishma ishlari olib borildi Bu tadqiqotlarda Oqsaroy peshtoqidan 50-60 metr janubda pishiq g`ishtdan bunyod etilgan yupqa devorlar qoldiqlari bilan birga bizga noma`lum bo`lgan yirik inshoot poydevorining bir qismi topildi. Bu poydevorning qalinligi 132-135 sm bo`lib 50 sm balandlikda saqlangan. Bu devor 22-23x22-23x 4-5 sm o`lchamdagi pishiq g`ishtlardan bunyod etilgan. Devor janubiy-g`arbdan shimoliy-sharq tomonga yo`nalgan. Shuning uchun bu devorning yo`nalishi Oqsaroyning simmetrik yo`nalishiga unchalik mos kelmaydi. Shuning uchun bu devor Oqsaroyga tegishli emasligi ayon bo`ldi. Hozirda qad rostlab turgan Amir Temur haykali poydevori ostidagi kotlovandan esa somoniylar davriga oid 20x20x3 sm, 21x21x3 sm g`ishtlardan bunyod etilgan yupqa devorning bir qismi ochildi. Hozirgi basseyn o`rnidagi kotlovandan ham somoniylar davriga oid pishiq g`ishtlardan bunyod etilgan qisqa-qisqa devorlar va qoraxoniylar davriga oid yirik hajmdagi to`rtburchak pishiq g`ishtlardan qurilgan o`zun yo`lak topildi. Bu maydonda olib borilgan arxeologik tadqiqotlarda aynan Oqsaroyga tegishli yoki uning bir qismi bo`lgan me`moriy inshootlarning qoldiqlari deyarli topilmadi. Oradan o`n yil o`tib 2006 yilda bu hududda arxeologik tadqiqotlar yana yo`lga qo`yildi va Oqsaroy peshtoqining saqlanib qolgan qismidan taxminan 50 m sharq tomondagi maydonda keng miqyosda arxeologik qazishma ishlari olib borildi. Qazishma maydonining Oqsaroyga yaqin qismida, saroyning bosh peshtoqidan sharqqa qarab yo`nalgan tashqi devori yo`nalishiga ko`ndalang holatda o`zunligi 12 m va kengligi 1,5 m va chUqurligi 1,60 m bo`lgan stratigrafik transheya solindi. Transheyaning markaziy qismi esa 2 metrgacha chUqurlashtirildi va bu yerdan XI-XII asrlarga, ya`ni qoraxoniylar sulolasi hUqmronligi davriga oid bo`lgan o`nga yaqin sopol idishlarning parchalari topildi. Ulardan uch donasi sirlangan sopol laganlarning parchalaridir. Bu madaniy qatlamning ostida esa inson tomonidan o`zlashtirilmagan sarg`ish rangdagi toza yer qatlami-materik mavjud. Shurfning quyi qatlamlaridan bir nechta ilk o`rta asrlarga oid qul ollik idishlarining parchalari uchradi. Bu parchalar topilgan qatlamning qalinligi 25-30 sm atrofida bo`lib unda me`moriy qoldiqlar uchramagan bo`lsada, bu muhim holatni albatta nazardan qochirmaslik lozim. Chunki Shahrisabz shahri hududida ilk o`rta asrlarda ham aholi yashaganligi va bu yerda qishloqlar faoliyat ko`rsatganligi bu hududda avval olib borilgan arxeologik tadqiqotlardan ma`lum bo`lgan. Bunday yodgorliklardan biri Kesh-Shahrisabzning shimoliy darvozasidan shimol tomonda joylashgan Zindontepadir. Zindontepada ochib o`rganilgan inshoot bu yerda faoliyat yurgizgan olov ibodatxonasining xarobalari deb talqin qilinadi (Usmonova, Baxshitsyan, 1988, s.45) Undan tashqari yana ikkita ilk o`rta asrlarga oid yodgorlik Malik Ajdar masjidi yaqinida mavjud bo`lgan va keyinchalik ular qabristonga aylanib ketgan. Umuman olganda Oqsaroyning sharq tomonida olib borilgan arxeologik qazishmalar davomida bu yerda XVII-XVIII asrlarda faoliyat ko`rsatgan aholi turar-joylarining xarobalari ochib o`rganildi. XVII-XVIII asrlarga oid madaniy qatlamlar ostidan Qoraxoniylar davriga oid 50 - 55 sm qalinlikdagi madaniy qatlam va bu qatlam tarkibidan XI-XII asrlarga oid qul olchilik idishlarining topilishi Kesh-Shahrisabz tarixiga oid bir qator muammolarning birmuncha oydinlashtirilishiga xizmat qilishi mumkin. 1996 yilda shahar markazidagi keng maydonda Qoraxoniylar davriga oid madaniy qatlamlar, yirik pishiq g`ishtlardan terilgan yo`lak va katta miqdorda qul olchilik buyumlari majmuasi qo`lga kiritilgan edi. (Raimqul ov A.A., Suleymanov R.X. i dr., 1996). 2006 yilgi qazishmalar davrida 1996 yil qazishma o`tkazilgan joydan 200-250 m shimol tomonda aynan mana shu davrga oid madaniy qatlamlarning uchrashi bu yerda qoraxoniylar davrida keng maydonni egallagan yirik aholi punkti mavjud bo`lganligini ko`rsatadi. Bu aholi punkti o`rta asrlarda hozirgi Shahrisabz o`rnida qad rostlagan Kesh shahrining xarobalarimi, yoki keyinchalik Kesh shahrining barpo etilishiga asos bo`lgan yirik qishloq qoldiqlarimi, hozir mana shu to`g`rida qisman fikr yuritsak. Hozirgi Kitob shahridan g`arbda, Zarafshon tizmasidan oqib keluvchi SHo`robsoy bo`yida Podayotoqtepa, O`zunqir va Sangirtepa nomli yirik arxeologik yodgorliklar majmuasi mavjud. Bu yodgorliklarda salkam o`ttiz yildan beri arxeologik qazishma ishlari olib boriladi. Olib borilgan o`zoq yillik arxeologik tadqiqotlar natijasida bu yodgorliklar SHo`robsoy bo`yida eramizdan avvalgi VIII-VII asrlarda shakllangan qadimiy shaharning bizning kunlargacha yetib kelgan xarobalari ekanligi, qadimiy Keshning shahar sifatidagi tarixi aynan mana shu hududdan boshlanganligi ma`lum bo`ldi. Eramizdan avvalgi III-II asrlarda tanazzulga uchraydi va shahar hozirgi Kitob shahri hududidagi Qalandartepa yodgorligi o`rnida qayta qad rostlaydi. Qalandartepada shaharlarga xos bo`lgan, antik davrga oid mahobatli binolarning qoldiqlari topilgan. Samarqandning yUqori qismi – Kesh vohasining asosiy markazi bo`lgan bu shahar bu yerda IX-X asrlargacha faoliyat ko`rsatganligi aniq, lekin u hozirgi Shahrisabz o`rniga aynan qaysi asrda ko`chganligi masalasi hozirgacha tamoman aniqlangani yo`q. Ayrim olimlar Shahrisabz o`rnidagi shahar - Kesh XI-XII asrlardan boshlab faoliyat ko`rsatgan degan fikr bildirsalar, boshqa olimlar bu yerda shahar XIV – asrda paydo bo`lgan degan fikrni oldinga suradilar. X asrda Keshga tashrif buyurgan arab sayyohi Ibn Xavqalning shaharga bergan ta`rificha «Kesh «kuhandiz», «hisna» va «rabod» dan tashkil topgan. Undan tashqari yana bir shahar «madina» rabod bilan tutashib ketgan. Ichki shahar kuhandiz bilan birgalikda xarobaga aylanib ketgan. Aholi tashqi shaharda yashaydi. «Dar al Imara», ya`ni hUqumat uyi shahar tashqarisida, rabod esa al Musalla degan joyda joylashgan. Turma va jome masjidi xarobaga aylangan ichki shaharda, bozorlar esa rabodda. Shaharning barcha imoratlari loydan va yog`ochdan qurilgan. Ichki shahar devorlarida quyidagicha nomlangan to`rtta darvoza bor. «Bab al Hadid» - Temir darvoza, «Bab Ubaydulloh» - Ubaydulloh darvozasi, «Bab al Qassarin» - Tozalovchilar darvozasi, «Bab al Madina ad Dohila» - Ichki shahar darvozasi. Tashqi shahar devorlarida ikkita darvoza, «Bab al Madina ad Dohila» - Ichki shahar darvozasi va «Bab Barknon» - Barknon darvozasi. Barknon Keshga yaqin masofada joylashgan qishloqlardan birining nomi. Keshning shahar devorlari yaqinidan ikkita daryo oqib o`tgan. Ulardan biri «Nahr al Qassarin» - Tozalovchilar daryosi nomi bilan ataladigan bu daryo Siyam tog`laridan oqib keladi va Keshning janubiy darvozasi yaqinidan oqib o`tadi. Ikkinchi daryo «Nahr Asrud» nomi bilan ataladi va u Kashkrud rustoqi tomondan oqib keladi. Bu daryo shaharning shimoliy darvozasi yaqinidan oqib o`tadi. Keshga tashrif buyurgan boshqa bir arab sayyohi Al MUqaddasiyning ma`lumotiga ko`ra shahar «kuhandiz», «madina», «ichki rabod» va unga tutashgan tashqi raboddan tashkil topgan. Kuhandiz ichki shaharda bo`lib xaroba ahvolga kelib qolgan, Jome masjidi ham ichki shaharda joylashgan va Samarqand jome masjididin keyin Sug`ddagi eng chiroyli masjiddir (Kamaliddinov, 1996, s.18). O`rta asrlar sayyohlarining bu ma`lumolarini Shahrisabz va Kitob shaharlari topografiyasiga tadbiq etib bu ta`riflar hozirgi Kitob shahrining geografik joylashuviga tamoman mos tushishini anglashimiz mumkin. «Nahr al Qassarin» - Tozalovchilar daryosi nomi bilan ataladigan daryo bu hozirgi Oqsuv daryosi bo`lib shaharning janubiy darvozasi yaqinidan, ikkinchi daryo «Nahr Asrud» - Samarqand esa shaharning shimoliy darvozasi yaqinidan oqib o`tgan. Arab sayyohlari tomonidan ta`riflangan hozirgi Kitob shahri o`rnidagi Kesh shahrining inqirozga uchrashi uning madinasi va arkining bo`zilganligi bilan boshlangan bo`lsa, bu jarayon Somoniylar davridan boshlanganligini ilg`ash mumkin. Bu shaharning inqirozi masalasida M.YE.Masson haqiqaga yaqin bir fikrni aytadi. M.YE.Masson Keshning inqirozga uchrashi sabablarini ko`proq MUqanna qo`zg`aloni bilan bog`laydi. Chunki bu qo`zg`alonning eng qaynoq nUqtasi mana shu shahar edi va ushbu buyUq xalq harakatining bostirilishi jarayonida bu shahar albatta vayron etilgan va keyinchalik yana tiklangan. Somoniylar davrida islom dini bu davlatning rasmiy diniga aylangandan keyin ham Kesh shahri va uning atroflaridagi qishloqlar aholisining ma`lum qismi MUqannaning izdoshlari sifatida uning dinini ochiqchasiga davom ettirganlar. M.YE.Massonning fikricha islom dini homiysi bo`lgan Somoniylar uchun bu «isyonchilar shahri» kutilmaganda katta muammo tug`dirishi mumkin bo`lgan va shuning uchun bu hUqmron sulola podsholari bu shaharni iqtisodiy hamda siyosiy jihatdan inqirozga uchrashidan manfaatdor bo`lganlar. Mana shu holat uning inqiroziga sabab bo`lgan (Masson, 1977, s.27-29). Hozirgi kunda arxeologiya va tarixshunoslik fanlaridagi jiddiy muammolardan biri – Kesh shahrining hozirgi Shahrisabz shahri joylashgan hududga qaysi davrda ko`chganligi masalasidir. M.YE.Masson va G.A.Pugachenkovalarning fikrlariga ko`ra Shahrisabz o`rnidagi qishloq (shahar-R.A.) bu yerda XIII asrdan keyin paydo bo`lgan (Masson, Pugachenkova, 1953, s.21). Boshqa bir olimning fikricha, Shahrisabzning mudofaa devorlari Amir Temur tomonidan bunyod etilgan (Smirnova, 1969, s.47). Hofizi Obro`ning bergan ma`lumotiga ko`ra Amir Temur shahar devorlarini qurishga kirishganda bu yerda eski mudofaa devorlarining qoliqlari hali mavjud bo`lgan (Bartold, 1963, tom 8, s.21). M.YE.Masson mana shu ma`lumotlar asosida shahar devorlari qurilishi Amir Temurning buyrug`iga asosan 1378/79 yillarda olib borilgan degan fikrni ilgari suradi (Masson, Pugachenkova, 1953, s.30-32). Bu fikrni bu devorlarni arxeologik jihatdan tadqiq etgan boshqa mutaxassislar guruhi ham quvvatlaydilar (Dresvyanskaya, Lunina, Sultanov, Usmanova, 1993 s. 26-27). Sh.Kamoliddinovning fikricha, shahar devorlari XI-XII asrlarda Qoraxoniylar davrida qurilgan bo`lishi mumkin. Kesh (Kitob) darvozalaridan biri Bob Barknon deb atalgan va bu darvoza shaharning janubiy-g`arbiy qismida bo`lib undan Chelak va Termizga qarab savdo yo`li chiqqan. Mana shu yo`l ustida shaharga yaqin masofada Barknon joylashgan. Shahar darvozasi qishloq nomi bilan atalishi (Chelakdagi G`ubdin darvozasi ham G`o`bdin qishlog`i sharafiga atalganligini eslash kifoya – R.A.) bu qishloqning juda yirik bo`lganligidan dalolat beradi. Sh.S.Kamoliddinovning fikriga ko`ra Barknon hozirgi Shahrisabz o`rnidagi yirik qishloq bo`lib u Kesh (Kitob) ning «yo`ldosh shaharchasi» bo`lgan va keyinchalik Shahrisabz Keshi mana shu qishloq asosida shakllangan (Kamaliddinov, 1996, s.12-23). Yirik savdo yo`li ustida joylashgan bu qishloq asta sekinlik bilan yirik savdo va hunarmandchilik markaziga aylana boshlagan, XI-XII asrlarda unda jome masjidi qurilgan. Hozirgi Ko`k gumbaz masjidi poydevorlari tagidan topilgan pishiq g`ishtdan qurilgan mahobatli me`moriy nshoot qoldiqlari mana shu masjidning xarobalari bo`lishi mumkin (Usmanova, Sagdullayev, 1981, 3-13). Mana shu davrda Movarounnahrning yirik shaharlarida namozgohlar qurish rasm bo`lgan. Bir qator diniy bayramlarda butun shahar xalqining bir vaqtda namoz o`qishi uchun shahar ichidagi jome masjilari torlik qilganligi, bayram qilishga kattaroq hudud kerakligi uchun bunday inshootlarga ehtiyoj tug`ilgan. Kesh-Shahrisabz ham yirik shaharga aylanganligi uchun bu yerda namozgoh bunyod etilgan. M.YE.Masson va G.A.Pugachenkovalarning fikrlaricha Kesh-Shahrisabz namozgohi XIX asrda faoliyat ko`rsatgan namozgoh o`rnida, Kitob darvozasidan (Oqsaroyning ro`parasida) yarim kilometr shimolda, bu yerda joylashgan Balandtepa atrofida bo`lgan. 1980 yillarda Balandtepada zardushtiylik ibodatxonasining qoldiqlari topilgan, lekin bu yerda o`rta asrlar qatlamlari yo`q (Usmanova, Baxshitsyan, 1988). Ushbu shaharda bir necha yillar mobaynida arxeologik qazishmalar olib borgan Z.I.Usmanovaning fikriga ko`ra Shahrisabz shahriga mo`g`ullar hUqmronligi davrida asos solingan (Usmanova, 1983, s.208-215). Bu o`rinda shahrisabz shahri hududida o`zoq yillar davomida arxeologik qazishmalar olib borgan Z.I.Usmanova tomonidan qo`lga kiritilgan natijalarni batafsilroq tahlil qilish lozim. Tadqiqotchining ma`lumotlariga ko`ra Shahrisabzning mudofaa devorlari X-XII asrlarga oid arxeologik materiallarga ega bo`lgan madaniy qatlamlar ustiga bunyod etilgan. Bu davrga oid madaniy qatlamlar shaharning sharq tomondagi Qalmoq darvozasi atrofidagi shahar devorlari tagidan, g`arb tomondagi Kushxona darvozasi yaqinidagi minoralar oralig`idan solingan kesmalardan, hozirgi Ko`k gumbaz masjidi joylashgan hududlardan va boshqa ko`plab o`rinlardan topilgan. «Shunday qilib Shahrisabzning g`arbiy, shimoliy va sharqiy mudofaa devorlaridagi kesmalar, tozalashlar deyarli bir xil manzarani ko`rsatadilar. Dastlabki devor gorizontal, qalinligi 7-15 sm bo`lgan qatlamli paxsadan qurilgan va u X-XII asrlarga oid arxeologik materiallarga ega bo`lgan madaniy qatlamlar ustiga turibdi. Bu devorda keyingi davrlarga oid materiallar uchramaydi va qatlamli paxsa devor ostida ham qadimiyroq biror inshootning qoldiqlari yo`q va qatlamli paxsa devorni 1378/79 yillarda Temur tomonidan qurilgan devor deb hisoblash mumkin» (Usmanova, 1983, s. 213) (rus tilida chop etilgan maqoladan tarjima bizniki – R.A.). Bu o`rinda Hofizi Obro`ning Amir Temur shahar devorlarini qurishga kirishganda bu yerda eski mudofaa devorlarining qoldiqlari mavjud bo`lganligi to`g`risidagi ma`lumoti juda ham muhim (Bartold, 1973, t.8, s.92) Bizning fikrimizcha Kesh-Shahrisabzning kengayib shaharga aylana boshlashi jarayoni X asrdan, ya`ni Somoniylar davrining oxirlaridan, asosan Qoraxoniylar davridan boshlanganligi haqiqatga yaqin. Shahrisabz shahridagi Mirzo Ulug`bek tomonidan bunyod etilgan Ko`k gumbaz masjidi atroflarida, uning ichida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida ushbu masjid taxminan XII asrda pishiq g`ishtlardan bunyod etilgan mahobatli bir imoratning xarobalari ustiga qurilganligi aniqlandi (Dresvyanskaya, Lunina, Sultanov, Usmanova, chast II, 1993, s. 44-45). XII asrda pishiq g`ishtlardan bunyod etilgan bu mahobatli imorat qoraxoniylar yoki XIII asr boshlarida xorazmshohlar tomonidan bunyod etilgan va mo`g`ullar hUqmronligi davrida vayronaga aylangan masjidning xarobalari bo`lishi ham mumkin. Pishiq g`ishtlardan qurilgan mahobatli masjid albatta jome masjidi bo`lishi mumkin va bunday katta masjidlar albatta yirik qishloqlarda yoki markaziy shaharlarda faoliyat ko`rsatadilar. Bu o`rinda shu paytgacha tadqiqotchilar nazaridan chetda qolayotgan bir holat borki – bu Kesh – Shahrisabz shahri mudofaa devorlarining qurilish uslubi. Shahar devorlarida hozir ham ko`zga yaqqol tashlanib turadigan holat ularning qatlam-qatlam lentali paxsadan bunyod etilganligidir. Amir Temur davrida mana shunday lentali paxsadan shahar mudofaa devorlari qurish usuli mavjud bo`lganmi, yo`qmi, mana shu holatni aniqlashtirish lozim. Lekin Zahiriddin Muhammad Bobur davrida Andijonning shahar devorlari qurilishida lentali paxsa ishlatilganligi ma`lum. Kesh – Shahrisabzdagi mudofaa devorlaridagi lentali paxsalar qatlamlarining qalinligi 7-15 sm ni tashkil etadi. Lentali paxsadan bunyod etilgan devorlar Samarqandning qadimiy o`rni bo`lmish Afrosiyobda qazib o`rganilgan bo`lib, bu yerda shahristonning janub tomondagi uchinchi devori, arki devorlariga qurilgan burj-minoralarning ayrimlari aynan mana shu paxsadan bunyod etilgan va ularning qurilishi XIII asrning boshlariga, Xorazmshoh Muhammad davriga to`g`ri keladi (Buryakov, Tashxodjayev, 1975, s.9). 1977-1979 yillarda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida olingan ma`lumotlarga ko`ra Samarqand (Afrosiyob) arkining tashqi mudofaa devorlari XII asr oxiri XIII asr boshlarida, ya`ni Xorazmshohlar hUqmronligi davrida tubdan ta`mirlangan va uning butun perimetri bo`ylab 6 m qalinlikda lentali paxsadan mudofaa devori urilgan (VIII-devor). Paxsa qatlamlarining qalinligi mudofaa devorining hamma joyida 15 sm ni tashkil etadi (Inevatkina, 1983 s.76-90). Bunday qat`iy tartibada qurilish boshqa viloyatlardagi ta`mirlash ishlarida ko`zga tashlanmaydi va bu holat Samarqanddagi qurilishlar maxsus reja asosida olib borilganligi va qat`iy nazorat qilinganligidan dalolat beradi. Mana shunday lentali paxsa devorlar vositasida Chelakning qadimiy o`rni bo`lmish ShullUqtepa arkining mudofaa devorlari ham bunyod etilgan bo`lib paxsa qatlamlarining qalinligi 10-25 sm ni tashkil etadi. Qazishmalar muallifi B.D.Kochnevning ma`lumotiga ko`ra bu devorlar arkning mudofaa devorlari bo`lib qalinligi 1,75 m va ularning tarkibidan XI-XII asrlarga oid qul olchilik idishlarining parchalari topilgan (qazishmalar hisobotlari O`zR FA Arxeologiya instituti arxivida saqlanadi – R.A.). Shu holatga e`tiborni jalb etish lozimki, devorlarda XI-XII asrlarga oid qul olchilik idishlarining parchalari mavjudligi bu devorlar XII asrdan keyin bunyod etilganligini ko`rsatadi. Bu holat esa o`z-o`zidan bu devorlar xorazmshohlar davriga oid ekanligini va bu sulola davrida Samarqand, Chelak va Kesh shaharlarida o`lkan qurilishlar amalga oshirilganligini ko`rsatadi. Xorazmshohlarning Movarounnahrning markaziy hududlarida davom etgan qisqa vaqt hUqmronligi ham ularga katta-katta qurilishlarni nihoyasiga yetkazishlariga imkon bergan. Xorazmshohlar sulolasi davrida Samarqand shahristonining eski devorlari qayta tiklangan (Masson, 1973, s.39), shaharning jome masjidi ham tamoman qayta qurilgan va uning o`zunligi 137 metrga yetgan. Masjid shu darajada tubdan ta`mirlanganki, zamondoshlari bu yerda yangi masjid qurildi, -deb gapirib yurganlar (Buryakov, Tashxodjayev, 1975, s.12). Xorazmshohlar sulolasi davrida Buxoroda ham katta qurilishlar bo`lganligi to`g`risida Narshahiyda ham quyidagi ma`lumot bor. «... Mas`ud Qilich Tamg`ochxonning buyrug`i bilan Buxoro shahri eski devorining tashqarisidan devor urdilar (hijriy 560- milodiy 1164-1165 yillar), u ham vayron bo`ldi. Olti yo`z to`rtinchi yili (1207-1208 yillar) Xorazmshoh Muhammad ibn Sulton Takash Buxoroni oldi va yana sirtdan devor urishga buyurdi; ikkala devorni yangiladilar. Olti yo`z o`n oltinchi yili (1219-1220 yillar) tatar lashkari kelib Buxoroni oldi va u devorlar yana vayron bo`ldi“ (Narshahiy, 19.., 113-bet). Shaharlar qurilishidagi imkoniyatning asosiy sababi albatta birinchidan, davlatning iqtisodiy qudrati bo`lsa, ikkinchidan, ular davrida keng rasm bo`lgan o`ziga xos qurilish usuli - yupqa qatlamli paxsadan foydalanishdir. Qatlamli paxsa, ayniqsa Kesh-Shahrisabz mudofaa devorlari qurilishida uning 7-15 sm qalinlikdagi qatlamidan foydalanish bu devorlarni o`zog`i bilan bir-ikki yilda to`liq qurib bitirishga imkon beradi. Chunki yerga yozilgan bu qalinlikdagi paxsa qatlami bu hududdagi jazirama issiq havoda bir yoki ikki kunda quriydi. Bir guruh paxsakashlar devorning ikkinchi qatlamini yotqizganlar. Ulardan 50-60 m chamasi orqadagi paxsakashlar guruhi paxsaning uchinchi qatlamini, undan yana 50-60 m orqadagi boshqa bir guruh esa to`rtinchi qatlamni yotqizib kelaverganlar. Mana shu tariqa Kesh-Shahrisabz mudofaa devorlari qurilishi shaharning barcha o`rinlarida bir paytda olib borilgan va qisqa muddatlarda qurib bitirilgan. Bizning fikrimizcha, paxsa qatlamlari tekis silindr shaklida yo`nilgan maxsus yog`och-katok vositasida shibbalanib tekis yoyilgan. Bu usulda Xorazmshohlar davrida bunyod etilgan yoki ta`mirlangan devorlar faqatgina Samarqand, Buxoro, Chelak va Kesh kabi yirik shaharlaridagina uchrashi, bunday paxsa devorlar bu davrga oid qishloqlarda deyarli qayd etilmaganligi bu sulola davrida asosiy e`tibor albatta shaharlarga, ularning mudofaa tizimlarini mustahkamlashga qaratilganligi ham fikrimizni quvvatlashga xizmat qiladi. Qoraxoniylar davri qatlamlari bilan doimo birga somoniylar davri pishiq g`ishtlarining uchrashi Shahrisabz shahri hududida Somoniylar sulolasi davridan boshlab katta maydonni egallagan yirik qishloq shakllana boshlaganligidan dalolat beradi, chunki Shahrisabzning mudofaa devorlarida somoniylar davri g`ishtlari uchramaydi. Lekin Somoniylar davri qishlog`ining mudofaa devorlari bu hududda uchramagan, chunki bu qishloq mudofaa devori bilan o`ralmagan bo`lishi ham mumkin. Ushbu ma`lumotlar asosida fikr yuritadigan bo`lsak, XI-XII asrlarda Kitob shahri o`rnidagi qadimiy Keshning inqirozga yo`z tuta boshlashi jarayonida hozirgi Shahrisabz shahri o`rnida Somoniylar (IX-X asrlar), va Qoraxoniylar (XI-XII asrlar) davridan boshlab yirik qishloq (SH.S.Kamoliddinov aytgan Barknon qishlog`i - R.A.) tez sur`atlar bilan rivojlana boshlagan, Xorazmshohlar davriga kelib esa uning atrofi mahobatli mudofaa devorlari bilan o`ralgan, mana shu davrda Ko`k gumbaz masjidi joylashgan hududda masjid bunyod etilgan va u endi to`laqonli markaziy shahar maqomiga ega bo`lgan. Mo`g`ullar hUqmronligi yillarida qarovsiz qolib xarobaga aylana boshlagan shahar devorlar Amir Temur davriga kelib butunlay qaytadan tiklangan. XULOSA Samarqandning qadimgi aholisi bo`lgan sufdiylar va boshqalar tarixi haqidagi bilim va ma`lumotlar, tarixiy dalillar uzoq yillar mobaynida to`plangan. Ularning aksariyati qadimiy Sharq va Farb manbalariga, XIX-XX asr boshlaridagi sayyohlarining ma`lumotlariga asoslangan. XX asrning boshlaridan Samarqand hududida olib borilayotgan keng miqyosli arxeologik tadqiqotlar uning qadimiy va ilk o`rta asrlar tarixi, madaniyatini butunlay yangicha yoritish, uning shakllanish va rivojlanish tadrijini kuzatish imkonini berdi. Arxeologik tadqiqotlar jarayonida Samarqand xalqlari xususidagi o`rta asrlardaagi yozma manbalarda keltirilgan ma`lumotlar bilan arxeologik topilmalar qiyoslanib, quyidagicha xulosaga kelindi: Download 274 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling