Bitiruv malakaviy ishi bmi ning tuzilishi


Download 274 Kb.
bet1/9
Sana12.10.2023
Hajmi274 Kb.
#1700951
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BMI ning tuzilishi


“Samarqand vohasi arxeologiyasi yangi tadqiqotlarda”
BITIRUV MALAKAVIY IShI

BMI ning tuzilishi

Kirish

I Bob. Samarqand vohasining arxeologik urganilishi tarixi.
1.1. Samarqand vohasi tarixi yozma manbalarda.
1.2. Voha tarixini yoritishda arxeologiya materiallarining o`rni.
II. Bob. Mustaqillik yillarida Samarqand vohasida olib borilgan yangi arxeologik tadqiqotlar.
2.1. Afrosiyob-Samarqand tarixini yoritishda asosiy maskan.
2.2. Ko`k tepa yodgorligida oltb borilgan arxeologik izlanishalar va uning natijalari.

Xulosa.



Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro`yxati.
Ilovalar.

7-ilova


BMI KIRISh QISMINING TUZILIShI



  • Mavzuning dolzarbligi




  • Mavzuning o`rganilish darajasi







  • Ishning davriy doirasi




  • Ishning nazariy-uslubiy asoslari




  • Ishning ilmiy yangiligi




  • Ishning amaliy ahamiyati




  • Ishning tuzilishi



8-ilova


KIRISh


Mavzuning dolzarbligi. Mustaqil respublikamizning ijtimoiy fanlar sohasi olimlari oldida xalqimiz tarixini, shuningdek boshqa xalqlar tarixini haqqoniy va to`laqonli o`rganish masalasi dolzarb vazifa sifatida turibdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov respublikamizning etakchi tarixchi olimlari bilan o`tkazgan uchrashuvida va boshqa mazkur soha bilan bofliq yifilishlarda bir necha marta ta`kidlab o`tgan1. Shuningdek, bu vazifalar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlarida ham o`z aksini topgan2.
Yaqindagina O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Senati «Arxeologiya merosi ob`ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`frisida»gi Qonunni ma`qulladi. Bu qonun amaldagi «Madaniy meros ob`ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`frisida»gi qonun bilan hamohangdir, chunki arxeologiya merosi ham madaniy merosimizning bir qismi. Lekin madaniy meros – bu juda keng tushuncha va u O`zbekistonning qadimiy arxeologik va me`moriy obidalari, muzeylarda saqlanyotgan yuzlab turdagi noyob topilmalar, qadimiy kitoblar va boshqa yozma yodgorliklar, barcha-barchasini qamrab oladi. Yangi qonun madaniy merosimizning alohida bir qismi, O`zbekistonning katta va bebaho milliy mulki – uning betakror arxeologik yodgorliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga qaratilgan.
O`zbekistonning arxeologiya merosi va undan foydalanish keyingi yillarda davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. O`zbek davlatchiligi tarixini o`rganishda arxeologiya yodgorliklari bosh omil bo`lib xizmat qilganligi barchaga ma`lum. Keyingi yillarda mamlakatimizning Termiz, Buxoro, Xiva shaharlarining 2500 yilligi, Qarshi va Shahrisabz shaharlarining 2700, Marfilon shahrining 2000, Samarqand shahrining 2750 va Toshkent shahrining 2200 yilligi sanalari bu qadimiy shaharlar xarobalari bo`lgan arxeologiya yodgorliklarda olib borilgan uzoq yillik murakkab arxeologik tadqiqotlar natijasida aniqlangan.
Mavzuning o`rganilish darajasi. “Mustaqillik yillarida bosib o`tgan va to`plagan tajribamizni xolisona baholash,qo`lga kiritilgan yuksak marralarimizni tahlil etish mamlakatimizni tadrijiy va bosqichma-bosqich rivojlantirish bo`yicha biz tanlagan modelning naqadar to`fri ekanini va shu yo`ldan bo`ndan bo`yon ham ofishmay qat`iyat bilan borishimiz zarurligini yaqqol ko`rsatmoqda”3.Samarqand tarixini o`rganish dastlab Akram Asqarov,Mirza Abdulla Buxoriy,Abu Said Maxsum kabi qiziquvchi,usha davrning ziyoli kishilaridan boshlangan.Masalan, Akram Asqarov N.I.Veselovskiyga Afrasiyobni va atrofdagi yodgorliklarni o`rganishda yaqindan yordam bergan.1887 yilda “Rus arxeologiya jamiyati”Akrom Asqarovni “Arxeologiya rivojiga qo`shgan xissasi uchun” kichik kumush medali bilan taqdirlaydi.Samarqandlik hattot o`fli Abu Said Mahsum shaxsan sharqshunos V.V.Bartold bilan hamkorlik qilgan.Uning yordamida Guri-Amir va Shoxi-Zinda maqbaralari yozuvlaridan nusxa ko`chirilgan.XX asrning birinchi o`n yilligi oxirlarida V.L.Vyatkin rahbarligida Ulufbek rasadxonasi qoldiqlari topildi.AbuSaid Mahsum V.L.Vyatkinga rasadxona joylashgan tepalikni aniq ko`rsatib bergan. Abu Said Mahsum V.L.Vyatkin bilan birga Afrasiyobning qazish ishlarida umrining oxirigacha qatnashgan. 1895 yil Toshkentda V.V.Bartold tashabbusi bilan tashkil etilgan Turkiston arxeologiyasi xavaskorlari to`garagi ham o`lkani o`rganishda mo`ayyan hissa qo`shgan ilmiy jamoatchilik tashkiloti sifatida tarixda qolgan. Ma`lumki Turkiston xalqlari qadim tarixini o`rganish bilan dastlab o`z davrining taniqli nsonlari olimlari sharqshunoslari,qadimshunoslari N.P.Ostroumov, V.L.Vyatkin, A.A.SemyonovV.V.Bartold, N.I.Veselovskiy, M.SAndreev, A.A.Divaev, N.S.Likoshin, N.G.Mallistkiy kabi atoqli olimlar shufillanganlar. V.L.Vyatkin Afrasiyob shaxar xarobasini (1925.1929.1930) urgandi.Samarqand shaxrini o`rganishda Urta Osiyo Davlat universiteti Arxeologiya kafedrasi ( 1940 yildan,keyinchalik TashGU,(O`zMU), O`zFA Arxeologiya instituti olimlarining ham hissasi doimiy ravishdagi ishlari juda kattadir.Ushbu dargoh B.A.Litvinskiy,V.M.Masson,V.I.Sarinidi,Yu.F.Buryakov,E.V.Rtveladze,B.D.Kochnev,R.H.Suleymanov,A.A.Sagdullaev,S.B.Lunina,A.A.Asqarov,T.Mirsoatov,A.Muhammadjonov,O`.Islomov,M.Qosimov,M.Juraqulov,A.Abduhamidov,M.Isoqov,M.H.Isamiddinov va boshqa etuk olimlarni etishtirib berdi.
Bugungi kunda ham Samarqand shahri va uning atrofidagi yodgorliklaridan topilgan noyob me`morchilik inshootlari va san`at asarlari namunalarini o`rganish va tadqiq etish davom etmoqda.
Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Samarqand shahrining jahon stivilizastiyasida tutgan o`rni va ta`sirini ochib berish,yangi arxeologik izlanishlar natijalari tufrisida ma`lumotlar berish maqsad qilib olindi.
Shu maqsaddan kelib chiqib, quyidagilarni hal etish asosiy vazifa etib qo`yildi:
– Samarqand shaharlari tarixini o`rganish jarayonida hal etilishi kerak bo`lgan asosiy masalalarni ilmiy tahlilini berish. Bu borada har bir davrga taalluqli barcha nashrlar, materiallarni o`rganish, keyingi davrda tadqiqotchilar tomonidan olingan yangi ma`lumotlar bilan boyitib borilganligini ko`rsatib berish;
– Samarqandda yashagan qadimgi aholining me`moriy yodgorliklarini o`rganish jarayonida alohida ahamiyatga ega bo`lgan turar joylar, xo`jalik xonalari va diniy marosimlar uchun mo`ljallangan inshootlarining qurilish uslublarini tahlil qilish;
– Vohadagi Afrasiyob va Ko`k tepa xarobalarida va uning atrofidagi boshqa arxeologik yodgorliklar madaniyatining gullab-yashnashi va inqirozga yuz tutish sababarini ko`rsatib berish.
Bitiruv malakaviy ishining davriy chegarasi. Samarqand vohasidagi yodgorliklarning qadimgi va o`rta asrlarga oid bo`lgan tarixini yoritishda ilk rus sharqshunoslari qazishmalari natijalaridan, mazkur hududda olib borilgan mustaqillik yillaridagi yangi arxeologik tadqiqot ishlari natijalari tahlil etiladi.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy–uslubiy asoslari.
Tadqiqotda o`rganiliyotgan muammoni to`fri talqin etishda arxeologik,etnografik,numizmatik va yozma manbalarga amal qilindi. Turli manba va ma`lumotlarni tahlil qilishda ularga qiyosiy va tanqidiy nuqtai nazardan yondashildi. Davr xususiyatlarini nazarda tutgan holda voqealar tarixiylik, tadrijiylik, stivilizastion yondashuv usullari asosida umumlashtirildi va tahlil etildi.
Tadqiqotning nazariy-uslubiy asosini ishlab chiqishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning asarlari, ma`ruza va nutqlarida ilgari surilgan ilmiy-nazariy ko`rsatmalari, tarixiy shaxslar va qadimiy shaharlarning yubiley tantanalarida so`zlagan nutqlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlarida ilgari surilgan muhim vazifalar haqidagi ko`rsatmalar muhim ahamiyat kasb etadi.


Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- Samarqand vohasi tarixini o`z bafrida olib yotgan arxeologik yodgorliklarida olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida u erdagi qadimgi manzilgohlar klassifikastiya qilindi;
- tadqiqot ishlari jarayonida olingan ko`plab sopol parchalari asosida ularning yasalish uslubi, rangi, turi, xom ashyo tarkibi, pishirish, xumdonlarning tuzilishi va turi o`rganildi;
- Samarqand shahri va uning atrofidagi yodgorliklar hududi haqida ma`lumotlar to`planib, undagi mavjud bo`lgan qadimgi va o`rta asrlar shaharlarining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti ko`rsatib berildi;
- Samarqand shahri va uning atrofidagi yodgorliklar tomonidan yaratilgan stivilizastiya jahon stivilizastiyasidan biri ekanligi ko`rsatib berildi.
Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishining tadqiqot qismi va xulosa qismida keltilirgan ma`lumotlardan umumiy o`rta ta`lim maktablari, akademik listeylar, o`rta maxsus kasb-hunar kollejlarida tarix fani darslarida, o`lka tarixini o`rganishda, universitetlardagi tarix fakultetlarida maxsus kurs ma`ruzalarini tayyorlashda foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, turt fasl, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati va ilovadan iborat. BMIning umumiy hajmi ------ betni tashkil etadi.



Download 274 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling