Bitiruv malakaviy ishi mundаrijа kirish
Download 192.63 Kb.
|
Buxgalteriya hisobida hujjatldlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiarish jarayoni
Ta'minot jarayoni korxona ishlab chiqarish faoliyatining normal borishi uchun muntazam ravishda xom- ashyo, material, yoqilg’i, shuningdek, turli hildagi asosiy vositalarning harid qilib turilishi zarurligi bilan izohlanadi. Bu jarayon ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur vositalarni mol yetkazib beruvchilardan pulga sotib olib, korxonaga keltirish bilan chegaralanadi.
Ishlab chiarish jarayoni moddiy ne'matlar yaratish bilan bog’liq bo'lgan eng murakkab xo'jalik muomalalarini o'z ichiga oladi. Bu jarayonda mehnat buyumlari, mehnat vositalari hamda ishchi kuchi yordamida iste'mol qiymatiga ega bo'lgan moddiy ne'matlar ishlab chiqariladi. Sotish jarayoni xo'jalik mablag’lari aylanishining so'nggi bosqichi bo'lib, bu bosqichda korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, xaridor va iste'molchilarga shartnomalar asosida yetkaziladi. Sotish jarayoni xo'jalik jarayonini tugallaydi va yana yangidan ta'minot jarayoni boshlanadi hamda bu jarayon oldingiga qaraganda kengroq tus oladi. Hisobot davridagi korxona faoliyatining yakuniy ko'rsatkichi bo'lib moliyaviy natija hisoblanali. Moliyaviy natija - xo'jalik yurituvchi sub'ektning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakunidir. Moliyaviy natija, ya'ni foyda yoki zararni o'lchashda daromadlar va xarajatlar bevosita daxldor elementlar hisoblanali. Daromadlar va xarajatlar quyidagicha aniqlanadi:1 Daromadlar – hisobot davrida iqtisodiy foydani aktivlar oqimi yoki ko'payishi shaklida o'shishi yoki passivlarni qatnashchilarning kapitaldagi omonatlaridan farq, qiluvci o'shishiga olib keluvchi kamayishidir; Xarajatlar – hisobot davrida iqtisodiy foydani aktivlarning chiqib ketishi yoki ulardan foydalanish shaklida kamayishi, shuningdek,qatnashchilar o'rtasida kapitalning kamayishiga olib keluvchi majburiyatlarning yuzaga kelishidir. Daromadlar va xarajatlarni aniqlash ularning asosiy xususiyatlarini belgilaydi, shu bilan birgalikda ular moliyaviy natija, ya'ni foyda yoki zararni aniqlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Xisobot davrida olingan barcha daromadlarning xarajatlardan ortishi foyda sifatida e'tirof etiladi. Agar korxonaning hisobot davridagi barcha xarajatlari barcha daromadlaridan ortiq, bo'lsa, u holda moliyaviy natija zarar sifatida e'tirof etiladi. "Bugalteriya hisobi to'g’risida"gi qonunning 3-moddasiga binoan O'zbekistan Respublikasi hududida O'zbekistan Respublikasida ro'yhatga olingan O'zbekiston Respublikasi hududida, uning tashqarisida joylasgan barcha xo'jalik sub'ektlari yuridik shaxslar, ularning sho'ba korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo'linmalari bug’galteriya hisobi sub'ektlari hisoblanadilar. Yuridik shaxs hisoblanmaydigan, ammo bankda schyotga va tugallanmagan balansga ega bo'lgan xo'jalik sub'ektlari ham bugalteriya hisobi sub'ektlari hisoblanadilar va hisobni "Bugalteriya hisobi to'g’risida"gi qonunga muvofiq yuritadilar. Ma'lumki bugalteriya hisobi o'zining predmeti xususiyatlariga mos o'rganish usullaridan foydalanadiki, bular ma'lum kuzatish natijalarini pul ko'rsatkichida ifodalash, qayd qilish hamda uni zarur yozuvlar yordamida tartibga solish, uning natijalarini aniqlashdan iboratdir. Har bir fanda bo'lgani kabi, bugalteriya hisobi fanida ham uning predmetini o'rganish usullari mavjud. Bu usullarga quyidagilar kiradi: Download 192.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling