Bitiruv malakaviy ishi mundаrijа kirish


Download 192.63 Kb.
bet8/23
Sana03.12.2023
Hajmi192.63 Kb.
#1800666
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
Buxgalteriya hisobida hujjatldlar

Tashqi hujjatlarga mol yetkazib beruvchilar, buyurtmachilar soliq idoralari hamda boshqa yuridik shaxslardan kelib tushadigan hujjatlar kiradi.
Ichki hujjatlarga korxonaning o’zida rasmiylastirilgan va korxona doirasilan chetga chiqmaydigan hujjatlar kiradi.
Aks ettirilgan xo'jalik muomalalarining hajmiga ko'ra hujjatlar birlamchi va yig’ma hujjatlarga bo'linadi. Birlamchi xujjatlar sodir etilgan paytida bitta xo’jalik muomalasiga rasmiylashtiriladigan hujjatlar.
Yig’ma hujjatlar muayyan bir hisob ob'ektiga tegishli bo'lgan birlamchi hujjatlar bo'yicha tegishli guruh, va tizimlarga ajratish yo'li bilan tuziladi. Qamrab olish usuliga ko'ra hujjatlar bir martalik va jamg’aruv hujjatlariga bo'linadi.
Ho'jalik muomalasi bir qabulda amalga osiriladigan va mazkur muomala ana shu bilan yakunlanganida bir martalik hujjatlar tuziladi.Jamg’aruv hujjatlari ma'lum bir davr mobaynida bir hisob ob'ektiga tegishli bo'lgan ho'jalik muomalalariga doir hujjatlarni jamg’arish yo'li bilan tuziladi.
Maqsadiga ko'ra hujjatlar quyidagi turlarga bo'linadi:
farmoyish hujjatlari; tasdiqlovci hujjatlar; kombinatsiyalastirilgan hujjatlar; bugalteriya rasmiylashtirish hujjatlari; axborot hujjatlari.
Farmoyish hujjatlari biror-bir ho'jalik muomalasini amalga oshirish uchun buyruq, yoki ko'rsatma beradigan hujjatlardir. Ushbu turdagi hujjatlarga xodimni ishga olish yoki uni ishdan bo'shatish to'g’risidagi buyruq, va boshqa shu kabi hujjatlar kiradi.
Farmoyish hujjatlarida berilayotgan topshirining mazmuni, bajarilish muddati va tartibi, shuningdek bajaruvchi shaxs ko'rsatiladi. Bunday hujjatlar asosida bugalteriya hisobvaraqlarida yozuv qilinmasdan balki korxona rahbarining xodimlar faoliyati yuzasidan nazorat o'rnatishini ta'minlaydi.
Tasdiqlovchi hujjatlar korxonada muayyan bir xo'jalik muomalasining sodir bo’lganligini isbotlovchi hujjatlardir. Bunday turdagi hujjatlarga yukxatlar, dalolatnomalar, kvitansiyalar, hisobvaraq-fakturalar va boshqa shu kabi hujjatlar misol bo'ladi.
Kombinatsiyalashtirilgan hujjatlar farmoyish va tasdiqlovchi
hujjatlarning xususiyatlarini o'zida mujassam qiladi. Ushbu turdagi hujjatlarda xo'jalik muomalasini amalga oshirish uchun berilgan farmon va shu muomala bajarilganligini aks ettiruvchi hisobotning bo'lishi juda qulaydir. 1
Kombinatsiyalashtirilgan hujjatlarga kassa chiqim orderi kiradi. Bu hujjatda pulning kassir tomonidan berilganligini isbotlovchi ma'lumot bilan birga pulning to'lanishi zarur ekanligini ko'rsatuvchi farmoyish ham mavjuddir.

Download 192.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling