Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti uchun hisobot
“Аdliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” haqida
Download 120.47 Kb.
|
Temurbek Ruziyev Hisobot3
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Texnika xavfsizligi qoidalari
1.1. “Аdliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” haqida
Hozir raqamlashib borayotgan davrda fuqorolarimiz uchun elektron xizmatlar yaratish juda muhim sanaladi. Bu yo‘nalishda Аdliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi ham o‘zingiz yordami va xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Men o‘z amaliyotim davomida O‘zbekiston biznes ochish va unga ko‘maklashishga qaratilgan proyektlarda ishladim va o‘z malakamni oshirdim. Аdliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi ahil va malakali jamoadan tashkil topgan bo‘lib, men ham u yerda online xizmatlar yaratishga o‘z hissamni qo‘shdim. Undan tashqari bu tashkilotda nafaqat ular yaratgan platformalar haqida ma‘lumot yoki yordam olsa bo‘ladi, undan tashqari yuridik maslahat ham olsa bo‘ladi va bu esa fuqorolarga ancha qulaylik yaratil beradi. Аdliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazida yaratilgan sayt va platformalar xalqimizga beminnat xizmat qilib kelmoqda, bu o‘z o‘rnida fuqarolarda uylaridan chiqmasdan turib o‘z muammolariga yechim olishga yordam beradi. 1.2. Texnika xavfsizligi qoidalari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hayoti va sog‘lig‘ini inson faoliyatining barcha sohalarida muhofazalashda “Hayot faoliyati xavfsizligi” (HFX) fani asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Ushbu dastur fan tarixi, rivoji va istiqboli hamda Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, ishlab chiqarish va xududiy xavfsizlik muammolarining inson hayoti xavfsizligiga ta‘siri masalalarini qamraydi. Zero hozirgi vaziyatda xavfsiz hayotni ta‘minlash masalalari eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki texnosferalarda ishlab chiqarish jarayoni buzilishi, ishlovchilar uchun sanitariya va gigiena me‘yor va qoidalarini yaratilmasligi, muhit rivojlanishdagi noxush vaziyatlarning murakkablashuvi, davlatlar o‘rtasida insoniyat hayotiga xavf-xatar soluvchi holatlarning ro‘y berishi, insoniyat tomonidan qo‘llanilayotgan turli zaharli va zararli moddalar va vositalar ko‘plab xavflarni yuzaga keltirib, insonlarning hayotiy faoliyatiga, sog‘lig‘iga, atrof-muhit tozaligiga va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga tahdid solmoqda. Maqsad bo‘lajak mutaxassislarga hayotiy faoliyatlarida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, xususiyatlarini, oqibatlarini va ularni yo‘qotish qoidalarini, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen, ekologik va boshqa tusdagi favqulodda vaziyatlardan aholini himoya qilish, ularni nazariy va amaliy jihatdan himoyalanishga hamda jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini o‘rgatishdan iborat. Bu ayniqsa axborot texnologiyalari soxasida ta‘lim olayotgan talabalar uchun juda zarurdir. Ixtiyoriy sohani olmaylik ularning barchasida texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish birinchi o‘rinda turadi. Download 120.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling