21
O’zbekiston mamlakatining maqsadlariga nisbatan shu mamlakatda
yashayotgan har bir millat vakili befarq emas. SHu ma’noda
millatlararo
hamjihatlikni, o’zaro totuvlikni anglab olish talab etiladi.
Muammoni bevosita tahlil etishni avvalo “g’oya”, “mafkura”, ”jamiyat”,
“ijtimoiy taraqqiyot”, ”millat”, ”millatlararo hamjihatlik”, ”millatlararo totuvlik”
tushunchalarining ma’no mazmunini ochishdan boshlash kerak.
«Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tomoiyillari» nomli risolada
“Insoniyat tarixi-g’oyalar tarixi” degan ibora ishlatilgan. SHu iboraning o’zida
“g’oya” tushunchasiga ham ta’rif berilgan:
“G’oya-inson tafakkurining mahsuli, milliy g’oya
millat taffakurining
mahsulidir. Milliy g’oya-inson va jamiyat hayotiga ma’no-mazmun baxsh
etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmuidir.
1
Ko’rinib
turibdiki, ”milliy g’oya”ga millat tafakkurining mahsuli sifatida
qaralmoqda. SHu o’rinda ayrim mulohazalarni bildirish mumkin.
Birinchidan, bunday yondashuvga muayyan ma’noda qo’shilish mumkin,
chunki
u millat fikri, tafakkurining mahsuli sifatida to’g’ri. SHu ma’noda turli
millat nomlari bilan bog’liq holda ham milliy g’oyani tushunish mumkin.
Bizningcha, shu atamani ko’p millatli davlatga
yoki jamiyatga tatbiqan
qaraganda qanday bo’ladi degan savol tug’ilishi tabiiy. Bundan tashqari o’zaro
muloqotlarda ham shu savol ko’pchilikni, xususan, boshqa millatga mansub
bo’lganlarni ko’proq qiziqtirmoqda. Ayrim hollarda milliy istiqlol g’oyasi bu faqat
o’zbeklarning milliy g’oyasimi yoki boshqa millatlarga ham daxldormi?-degan
tarzda qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: