Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi
MEHNAT VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
Download 1.72 Mb.
|
di3-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr remont.
MEHNAT VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI.
Yong‘inga qarshi kurash va texnika xavfsizligi Elektr xavfsizligi Odam elektr qurilmalarining tok o‘tkazuvchi qismlariga, ochilib qolgan simlariga, shuningdek elektr izolyatsiyasi teshilishi natijasida kuchlanish ta’sirida qolishi mumkin bo‘lgan tok o‘tkazadigan metall qismlariga tegib ketganda uni elektr toki shikastlashi mumkin. Elektr remont. Muassasalardagi aksariyat xonalar elektr tokidan shikastlanish xavfi yuqori bo‘lgan xonalar kategoriyasiga taalluqlidir. Elektr tokidan shikastlanish xavfi shu bilan farq qiladiki, bunda odam kuchlanish borligini maxsus asboblarsiz masofadan aniqlay olmaydi. Elektr toki jonli to‘qimalardan o‘tar ekan ularga termik, elektr va biologik ta’sir ko‘rsatadi. Odam tanasi orqali ancha katta (1Adan katta) tok o‘tganda u kuyishi mumkin. Elektr alomatlari (tok alomatlari) tok o‘tkazuvchi qismlar bilan kontakt yaxshi bo‘lganda paydo bo‘ladi. Bu alomat atrofida oq yoki kulrang hoshiya bo‘lgan, ustidagi teri qotib qolgan shishdan iborat. Odam tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib ketgan joyda, elektr yoy yonganda yoki elektroliz bo‘lganda terisi elektr metallashib qoladi, ya’ni terining sirti ostiga metall zarralari kirib qoladi. Elektrdan shikastlanishlarga elektr yoyning ultra-binafsha rang nurlari ta’sir qilishi natijasida ko‘zning shikastlanishi hamda tok ta’sir qilganda ixtiyorsiz ravishda keskin harakatlar qilish yoki hushni yo‘qotish tufayli balanddan yiqilganda mexanik shikastlanish (lat yeyish, suyak sinishi) ham kiradi. Elektr toki urishi (tokning nerv sistemasi va mushaklarga ta’sir qilishi), odatda 1 A gacha tokda va 1000 V gacha kuchlanishda sodir bo‘ladi. Tok urganda shikastlangan organlar falajlanishi mumkin. Nafas olish mushaklari va yurak mushaklari falajlanishi oqibatida odam halok bo‘lishi mumkin. 10 mA gacha bo‘lgan tok faqat noxush ta’sir ko‘rsatadi; 20-25 mA li o‘zgaruvchan tok qo‘lni falaj qiladi, bunda odam o‘zini o‘zi tok ta’siridan xalos qila olmaydi; 50-100 mA li o‘zgaruvchan tok nafas olish va yurak urishining to‘xtashiga olib keladi. Odam tanasi orqali o‘tuvchi tok nafaqat kuchlanishga, balki zanjirning qarshiligiga ham bog‘lik. Agar odam qo‘lining terisi quruq, qadoqli, kiyimi va poyabzali quruk, oyog‘i rezina poyavzalda turgan bo‘lsa, qarshilik shunchalik katta (bir necha yuz ming Omgacha) bo‘ladiki, tok organizmga deyarli hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Elektr tokidan shikastlanish xavfi odamning tok o‘tkazuvchi qismlariga tegib ketish xarakteriga bog‘liq. Eng xavflisi ikki qutbga (bir yo‘la ikki fazaga) tegib ketishdir, bunda odam tarmoqning ish kuchlanishi ta’sirida qoladi. Odam tarmoq simlaridan bittasiga tasodifan tegib ketganda kuzatiladigan bir qutbli tegishda odamga ish kuchlanishidan deyarli 2 baravar kichik kuchlanish ta’sir qiladi. Elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish maqsadida elektr ustanovkalarda kichik kuchlanishlar qo’llaniladi. Ammo kichik kuchlanishli tarmoqlar qimmatga tushganidan bu usuldan kam foydalaniladi. Shu sababli 12 va 36 V li kuchlanish yuqori darajada xavfli (poli tok o‘tkazadigan, zax va hokazo) xonalarda ishlatiladigan elektrlashtirilgan qo‘l asboblari, qo‘l hamda stanok lampalaridagina qo‘llaniladi. Izolyatsiyalangan tok o‘tkazuvchi qismlarga xavfli darajada tegib ketish ehtimolini yo‘qotish uchun to‘siq va blokirovkalardan foydalaniladi. Eshiklari qulflanadigan turli to‘siqlardan kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan ustanovkalarda foydalaniladi. Blokirovkalarning elektr va mexanik kabi turlari mavjud. Elektr blokirovkalar to‘siqlarning devorlariga, kojuxlarning qopqoqlari va eshikchalariga o‘rnatiladigan maxsus kontaktlar yordamida elektr zanjirini uzib qo‘yadi. Ular ochilganda elektr ustanova tarmoqdan uziladi. Eshiklar yopilgandan so‘ng elektr ustanovka ishlamaydi. Uni ishga tushirish uchun yurgizish knopasini bosish kerak. Bu bilan operator to‘siq ichiga o‘tayotganda va eshik to‘satdan yopilganda uning kuchlanish ta’sirida qolish xavfi yo‘qotiladi. Mexanik blokirovkalar elektr apparatlarda qo‘llaniladi. Himoyalash uchun yerga ulash tasodifan kuchlanish ta’sirida qolgan metall qismlarga bir qutbli tegib ketilganda himoyalashning asosiy chorasi hisoblanadi. Bu maqsadda nollash va himoyali uzib qo‘yish qo‘llaniladi. Yerga ulovchi qurilma yerga bevosita tegib turuvchi yerga ulagichlardan hamda elektr ustanovkalarning metall qismlari (korpuslari)ni yerga ulagichlarga biriktiruvchi yerga ulovchi o‘tkazgichlardan tashkil topadi. Yerga ulovchi o‘tkazgichni korpusga ulash uchun bolt atrofida bo‘yalmagan zanglashdan himoyalangan kontakt maydonchasi joylashtiriladi. Bolt korroziyabardosh metalldan tayyorlanadi yoki uni zanglashdan himoyalovchi metall bilan qoplanadi. Qisqich yoniga yerga ulash belgisi qo‘yiladi, boltning diametri elektr mashinaning nominal tokiga qarab tanlanadi: tok 16 A gacha bo‘lganda bolt rezbasining diametri kamida M4 bo‘lishi, 16dan 25 A gacha – kamida M5, 25 dan katta 100 A gacha – kamida M6, 100 dan katta 250 A gacha – kamida M8 bo‘lishi kerak va hokazo. Tropik iqlimga moslab ishlangan 4A seriyadagi dvigatellarda yerga ulash uchun korpusda ikkita, kirish qurilmasida bitta qisqich bo‘ladi. Nollash deb, kuchlanish ta’sirida qolishi mumkin bo‘lgan tok o‘tkazuvchi metall qismlarni uch fazali sistemadagi himoyalovchi nol simga elektr jihatdan ulashga aytiladi. Bunday birikmada fazaning korpusga tutashuvi bir fazali qisqa tutashuvga, ya’ni faza va nol simlari orasidagi tutashuvga aylanadi, bunda simlardan tok o‘tib eruvchan quymalarning kuyishiga yoki avtomatik o’chitgichning ishlab ketishiga sabab bo‘ladi. Ustanovka tarmoqdan uziladi. Nol sim yerga tutashadi, shu sababli metall korpusda kuchlanish paydo bo‘lishining dastlabki paytida himoya ishga tushguniga qadar nollash himoyalovchi yerga ulagich kabi ishlaydi. Himoyalovchi uzgich 1000 V gacha kuchlanishli tarmoqlarda, ayniqsa, qo‘lga ko‘tarib yuriladigan elektr asbob uchun keng qo‘llaniladi. U tutashuv boshlangan vaqtdan boshlab ko‘pi bilan 0,2s vaqt ichida tarmoqning uchastkasi avtomatik uzilishini ta’minlaydi. Himoyalovchi uzuvchi qurilma kuchlanishning o‘zgarishini sezadigan asbob, masalan, kuchlannsh relesi va avtomatik vklyuchateldan tuzilgan. Kuchlanish relesi elektr jihoz korpusi bilan yordamchi yerga ulagich orasiga o‘rnatilgan. Faza korpusga tutashganda undagi kuchlanish qo‘shimcha yerga ulagichdagi kuchlanishdan oshib ketadi. Kuchlanish relesi vklyuchatelning uzuvchi g‘altagi zanjirini tutashtiradi, natijada shikastlangan elektr iste’molchi uziladi. Knopka sxemaning ishga yaroqliligini tekshirish uchun xizmat qiladi. Uni bosib himoyaning ishga tushishi tekshiriladi. Izolyatsiyani yuqori kuchlanish bilan sinash va uning qarshiligini o‘lchash ishlari elektrotexnik xodimlar uchun xavf tug‘diradi, bunday ishlar qo‘shimcha xavfsizlik choralariga amal qilgan holda bajarilishi zarur. Bu ishlarni maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan kamida ikki kishilik brigada bajarishi kerak. Sinash vaqtida korpus va kojuxlar yerga ulab qo‘yilishi lozim. Izolyatsiyaning qarshiligi taxminan 1000 yoki 2500 V kuchlanishga mo‘ljallangan megaommetrlar bilan o‘lchanadi. Megaommetrning qarshiligiga tegib ketish xavfli emas, chunki uning generatorining quvvati kichik va ichki qarshiligi katta. Ammo tekshirilayotgan elektr zanjiri zaryadlanib qoladi va unga tegib ketish xavf tug‘dirishi mumkin. Ulchash vaqtida chulg‘am simlariga tegish mumkii emas, o‘lchab bo‘lgandan keyin esa chulg‘amni darhol korpusga tekkizib zaryadsizlash zarur. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling