Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi


IV. Yong‘innni to‘xtatishning asosiy prinsiplari


Download 1.72 Mb.
bet18/18
Sana09.05.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1449668
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
di3-2

IV. Yong‘innni to‘xtatishning asosiy prinsiplari.
Yonish zonasini intensiv sovutiladi. Masalan, suvli kompakt orqali:
1.Yonish zonasiga inert yonmaydigan gazlarni (azot, CO3) suv parlari chang holatiga keltirilgan suvni kiritish orqali;
2.Yonish reaksiyasini sekinlashtiradigan uglevodorodlar (turt xlorli uglerod, bromli metil va boshqalar) yordamida kimyoviy tozalashni to’xtatish orqali.
3.Yonuvchi moddani kisloroddan kigiz, asbest yordamida izolyatsiyalash (yopib qo’yish) orqali.
Yong‘inni o’chirishning eng ko’p tarkalgan usuli – bu suv bilan o’chirishdir. Nasoslar binoning eng baland nuqtasidan 10 metrdan kam bo’lmagan balandlikkacha yetadigan kuchga ega gidrantlar o’rnatiladi.
Yong’in paytida ularga brandspaytli latta materialdan tayyorlangan quvurlar o’rnatiladi. Ichki yong’in suv quvurlari tashqi tarmoqdan ta’minlanadi. Ular quticha yoki mehrob ko’rinishda bo’lib, yerdan 1,35 metr balandlikda zinapoyalar, maydonchalar va yulaklarga o’rnatiladi. Quticha ichida 10-20 m uzunlikdagi quvurlar, tez ulanib birikadigan qurilma va yonginga (olovga) sepuvchi konussimon quvurlar bo’ladi.
V. Transformatorlar va reaktorlardagi yong‘inning o‘chirish alomatlari.
Yonayotgan transformatorlarni har tomondan o’chiriladi. Yong’inni havo-mexanik ko‘pik-chang ko’rinishdagi suv uglekislotali o’t uchirgichlar bilan o’chiriladi. Tezlik bilan moyni idishlarga yoki maxsus tayyorlangan chuqurga to’kiladi, moyning oqib ketishiga yo’l qo’yilmaydi.
VI. Kabellardagi yonginni o’chirish alomatlari.
Kabel liniyani uzish zarur va stansionar xavo-mexanik ko’pik beruvchi qurilma ulanadi. Birinchi navbatdagi kabeldan yuqori kuchlanishni olinadi.
Yonayotgan kabel bilan tunel yoki kabelli bo’linmalarga kirish man qilinadi. Yongindan keyin to kuchlanish olinmaguncha kabelga tegish mumkin emas.
Elektromagnit maydon va elektromagnit nurlanishlardan himoyalanish
Hozirgi kunda materiyaning ikki turi mavjudligi qayd etilgan. Birinchi xil materiyaga atomlar, molekulalar va ulardan tuzilgan barcha jismlar kiradi. Bu turdagi materiallar juda yaxshi o‘rganilgan. Materiyaning ikkinchi turi maydon, ya’ni elektromagnit, gravitatsion kabi maydonlardan iborat bo‘lib, ular hali to‘liq o’rganilmagan.
Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti davrida yuqori chastotali magnit maydonlardan turli texnika ishlarida keng foydalanilmoqda. Bunday vositalar bilan texnik ishlarni bajarishining qulayligi, ortiqcha issiqlikning ajralmasligi va ortiqcha uskunalarga bo‘lgan ehtiyojning kamligidadir. Shu bilan birga, bu usul ish sharoitini yaxshilash va ish joylarida havoning tozaligini ta’minlashi sababli sanitariya-gigiena tomonidan qulayliklar tug‘diradi. Hozirgi vaqtda radio, televizor, kompyuter texnikasi, uyali aloqa telefonlar, radionavigatsiya va boshqa elektromagnit tebranishlarga asoslangan qurilmalarning keng ko‘lamda qo‘llanilishi ko‘pchilik aholi, ishchi-xizmatchilarning, elektromagnit to‘lqinlar ta’siri ostida bo‘lishiga olib keldi. Shuning uchun ham elektromagnit tebranish to‘lqinlaridan muhofazalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish taqozo qilinmoqda. Hozirgi kunlarda elektromagnit to‘lqinlarning inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Buning xatarli tomoni shundaki, inson bu nurlar ta’siri ostiga tushib qolganini sezmaydi. Ma’lumki, elektromagnit to‘lqinlarning uzunligi qancha qisqa bo‘lsa, uning chastotasi va energiyasi shuncha katta bo‘ladi. Yuqori chastotali nurlanishlar, ultrabinafsha nurlanishlardan boshlab hujayralardagi atom va molekulalarni ionlashtiradilar. Shu orqali hujayralardagi biokimyoviy jarayonlarni buzilishi yuz beradi. Masalan, ultrabinafsha nurlarni olsak, ular ta’siriga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: 1-guruhiga to‘lqin uzunligi 380-315 mm (nanometr, 1nm=10-9m) bo‘lgan nurlanishlar kiradi. Bu nurlanish asosan turli moddalaring lyuminessent analizi uchun qo‘llaniladi. Bu nurlanishning biologik aktivligi unchalik katta emas. 2-guruhiga 315-280 nm to‘lqin uzunlikdagi nurlanishlar kiradi. Bu nurlanishlar juda katta biologik effektivlikka ega bo‘lib, ruxsat etilgan dozalarda ta’sir ettirilganda tirik organizmlarni sog‘lomlashtirish xususiyatiga egadir. Bu nurlanish asosan organizmdagi D vitaminiga ta’sir etadi. D vitaminini hosil bo‘lishini tezlashtiradi. 3-guruhga 280-10 nm to‘lqin uzunlikdagi ultrabinafsha nurlar kiradi va bu nurlanish kuchli bakteriologik ta’sir qiladi. Tirik organizm hujayralarida biokimyoviy o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. Ularni halok etishi ham mumkin. Xonalardagi havoni, idishlarni sterilizatsiya qilishda ishlatiladi. Bunday nurlanishlarni simobli-kvars shishali lyuminessent-bakteritsid lampalar hosil qiladi.
Uzun to‘lqinli elektromagnit tebranishlar energiyasi atom va molekulalar orbitasidagi elektronlarni urib chiqara olmasa ham, molekulalarning issiqlik harakat tezligini oshiradi. Natijada tana organlarining qizishi yuz beradi-yu u tashqaridan sezilmaydi. Past chastotali elektromagnit nurlanishlar organizmning hayoti uchun zarur bo‘lgan biotoklarga ta’sir etishi orqali normal hayot tarzini izdan chiqaradi. Masalan, tashqi magnit maydoni kuchlanganligining miqdoriga qarab chumolilarning ishtahasi va shu orqali hayot tarzi o‘zgaradi. Arilar esa 50 Gs chastotali elektromagnit tebranishlar maydoni ta’siriga tushib qolsalar, bu maydondan qochib-uchib ketishga harakat qilishi kuzatilgan.
Kompyuter operatorlarining ko‘pchiligi esa bosh og‘rishidan, eshitish va ko‘rish qobiliyatining pasayishidan shikoyat qiladilar. Bu ham kompyuter ekranidan 30 sm masofada 25 mikrotesla qiymatiga ega bo‘lgan past chastotali magnit maydoni kuchlanganligining ta’siridir.


Xulosa
Elektron qurilmalarning modelini yaratish, elektron sxemalarni yigi’ish va hisoblash, elektron qurilmalarni virtual modelini loyihalash kabi amaliy masalalarni hal qilishda zamonaviy kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Ushbu bitiruv malakaviy ishda mantiq sxemalarni elektron zanjirlarni yig’ish va hisoblash uni tahlil qilish kabi masalalarni Multisim dasturida amalga oshirishning virtual modeli tayyorlangan. Multisim dasturining interfeysi bilan tanishish, komponentlar kutbxonasidan mantiq elementlarini topish va tanlab olish, sxemalarni yig’ish va modellashtirishga oid ma’lumotlar keltirilgan.
Mantiqiy elemenlarni o’rganishda Multisim dasturidan foydalanib, uni hisoblashning samarali usullari ko’rsatib o’tilgan. Shuningdek, Multisim dasturida kutubxona tarkibiga kiruvchi mantiqiy elementlar va integral sxemalarni tadqiq qilish uchun kerakli bo’lgan barcha turdagi virtual laboratoriya ishlari loyihalashtirilgan. Mantiqiy elementlarni tekshirishda logic analizatordan foydalanilgan. Logic analizator yordamida mantiqiy va raqamli elementlarning rostlik jadvali va ishlash diagrammalari tuzildi.
Uchinchi bobda mantiqiy integral sxemani “Multisim” dasturida tahlil qilish laboratoriya ishi yo’riqnomasini ishlab chiqilgan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkin-ki, mantiq sxemalarni va integral sxemalarni Multisim dasturida virtual loyihalash orqali raqamli hisolash texnikalarining ishlash prinsipini o’rganish va uni ishlab chiqarishda qo’llay olish kabi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish mumkin.

Adabiyotlar


1. «Raqamli O’zbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida 05.10.2020-yildagi PF-6079-sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.
2. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.
3. O‘zbekiston Respublkasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida. - T.:2017 yil 7 fevral, PF-4947-sonli Farmoni.
4. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi. –T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 56 b.
5. Хернитер Марк Е. Multisim 7: Современная система компютерного моделирования и анализа схем електронных устройств. (Пер. с англ.)/ Пер. с англ. Осипов А.И. – М. Издателский дом ДМК пресс, 2006.
6. Погодин Д.В., Насирова Р.Г. Виртуалная лаборатория по измерителним приборам в среде “Multisim” и методика ее исползования. Казан. гос. техн. ун-т им.А.Н.Туполева. Казан, 2011.

  1. Гутников В.С. Интегралная электроника в измерительних устройствах. Монография. – Л.: Энергоатомиздат, 1988.

  2. Христич В.В. Лабораторний практикум по курсу “Электроника”. – Таганрог: Изд-во ТТИ, 2009.

  1. В.И.Плющаев. Компьютерное схемотехническое моделирование: Методические указания. – Н. Новгород: Издательство ВГАВТ, 2002. – 64 с.

  2. А.Г.Алексенко, Е.А.Коломбет, Г.И.Стародуб. Применение пресизионних аналогових микросхем. Монография. – М. Радио и связ. 1985.

  3. Алиев И.И. Виртуальная электротехника. Компьютерные технологии в электротехнике и электронике. - М. Радиософт. 2003.




  1. Paul Ноrowitz, Winfield Hill Rowland. Тне art of Electronics Third Edition. Cembridge university, PRESS. 2015.

  2. Erik Luther, Janell Rodriguez. Introduction to Multisim Schematic Capture and SPICE Simulation. Rice University. Houston, Texas. 2010.

  3. M.Daniel and G.Christopher. Hands on Electronics. Institute of Technology. Cambridge University, Press. 2003.

  4. У.Титце, К.Шенк. Полупроводниковая схемотехника. 12-изд. Том I, II: Пер. с нем. – М.: ДМК Пресс, 2008.

  5. В.А.Прянишников. Электроника. Полный курс лекций. Спб: Корона. 2004.

  6. Д.И.Панфилов и др. Электротехника и электроника в экспериментах и упражнениях (в 2–х томах). 2001.

  7. А.И.Кучумов. Электроника и схемотехника: Учебное пособие для вузов – М.: Гелиос АРВ. 2004.

  8. В.Н.Павлов. Схемотехника аналоговых электронных устройств: Учебник для вузов. – М.: Горячая линия – Телеком. 2003.

  9. X.K.Aripov, A.M.Abdullayev va boshq. Elektronika. Darslik. –T. “Fan va texnologiya”. 2011.



Internet resurslari

  1. www.Ziyonet.uz

  2. www.My gov.uz

  3. www.Arxiv.uz

  4. www.wikipedia.org


ILOVALAR


Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling