Bitiruv-malakaviy ishning tuzilishi
Avtomobilning moylash tizimi
Download 19.92 Kb.
|
1 2
Bog'liqDiplom ishi yozish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
- Moylash tizimi vazifasi.
- Xulosa.
Avtomobilning moylash tizimi.
Mundarija. Kirish............................................................................................1 Reja: Moylash tizimi vazifasi…………………………………….4 Moylash tizimi detallari……………………………………18 Avtomobil moyining xususiyatlari………………………...35 Xulosa...........................................................................................45 Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………..55 Ilova……………………………………………………………..58 Kirish. Yurtimizda amalga oshirilgan va oshirilayotgan islohotlar samarasi tobora yaqqol ko‘rinmoqda. Bugun avtomobil transporti sohasida yuksalishlar ko‘rinayotgani har birimizni quvontiradi. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimovning 1992-yilda Janubiy Koreyaga qilgan safaridan so‘ng yurtimizda avtomobilsozlik sanoatiga asos solindi. Markaziy Osiyoda avtobus va yuk tashuvchi avtomobillarga talab yuqoriligini hisobga olib, hukumat qarori bilan 1999-yilning mart oyidan boshlab Samarqand shahrida avtomobil zavodi ishga tushirildi. Samavto zavodida chiqarilgan turli rusumdagi bortli va maxsus kuzovli yuk avtomobillari hozirgi kunda yuk tashishga bog‘liq ko‘p masalalarni yechishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu zavodda: Isuzu Nqr 71 PL, Isuzu NPr 66 PL, Isuzu NPr 66 LL, Isuzu CYZ 51 KL, Isuzu EXr 51 EL, Isuzu EXZ 51 KL rusumli avtomobillarining sifatliligi, ishonchliligi, mustahkamliligi va yoqilg‘i tejamkorligi bilan uzoq muddatda ishlatiluvchi yuk avtomobillari sifatida dunyodagi eng yaxshi yuk avtomobillari qatoridan o‘rin oldi. O‘zbekiston rahbariyati tomonidan kommunikatsiya masalasiga jiddiy e’tibor berilmoqda. Nukus – Miskin – Uchquduq va To‘shguzar – Boysun – Qumqo‘rg‘on temiryo‘li qurilib ishga tushirildi, qamchiq dovonini kesibo‘tuvchi ikkita tunelli eni 24 metrlik ravon yo‘l barpo etildi. Mamlakatimiz hukumati 1993-yili Bryuselda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada ko‘rib o‘tilgan TraSEKa dasturini armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston davlatlari bilan birgalikda amalga oshirishga kirishdi. Mazkur dastur Yevropa hamjamiyati komissiyasining mablag‘i hisobidan moliyalashtirilib, transport kommunikatsiyalarini rivojlantirishga, Yevropani Markaziy Osiyo mintaqasi bilan bog‘lashga xizmat qiladi. Ma’lumki, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng uning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy yo‘nalishlarida katta burilish ro‘y bеrdi. Bozor munosabatlariga o‘tish, mulkchilikning shakllanish davri boshlandi. Bozor iqtisodiga o‘tish jarayoni xalq xo‘jaligining yetakchi tarmoqlaridan bo‘lmish, sanoatda bo‘lgani kabi qurilish, transportda ham xo‘jalik boshqaruvining tamoman yangi bir tizimini vujudga kеltirdi. Qisqa muddat ichida mamlakatimiz jahon bozoriga mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati va qudratiga ega bo‘ldi. Buni biz Asakada korеys avtomobilsozlari bilan birga hamkorlikda yaratilgan «O‘ZDEU» avtokorxonasi, Samarqandda Turkiya ishbilarmonlari bilan birga hamkorlikda o‘z faoliyatini davom ettirayotgan «SamKuchavto» qo‘shma korxonasi timsolida ko‘rishimiz mumkin. Endilikda O‘zbekiston avtomobil transporti davlat aksiyadorlik korporatsiyasi tugatilib, uning tasarrufida bo‘lgan umumfoydalanish avtomobil transporti viloyatlardagi hokimiyatlar qaramog‘iga o‘tkazildi. O‘zbekiston Rеspublikasi Prеzidеntining «Avtomobil transporti sohasini monopoliyadan chiqarish va boshqarishni takomillashtirish» to‘g‘risidagi 2001-yil 4-iyundagi PF 2871-sonli farmoni, Vazirlar Mahkamasining «Transport sohasida boshqaruvning tashkiliy tizilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» qaroriga asosan «O‘zavtotrans» davlat aksiyadorlik korporatsiyasi avtomobillarda yuk va yo‘lovchilar tashish uyushmalariga aylantirildi. Uning tasarrufiga Toshkеnt shahridagi va viloyatlardagi avtomobillarda yuk va yo‘lovchilar tashish uyushmalari va bir qator aloqador tarmoqlar korxonalari kiradi. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda, ular samaradorligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar kеng miqyosda belgilanmoqda. Toshkеnt va boshqa shaharlarga Korеya, Gеrmaniya, Rossiya va Chеxiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy talablarga javob bеradigan yuk avtomobillari, avtobuslar yеngil avtomobillar kеltirilib aholini va yuklarni tashishga oid muammolar ijobiy hal qilinmoqda. Moylash tizimi vazifasi. (Yangi betdan) ------------- Moylash tizimi detallari. (Yangi betdan) --------------- Avtomobil moyining xususiyatlari. (Yangi betdan) -------------- Xulosa. (Yangi betdan) Foydalanilgan adabiyotlar. (Yangi betdan) Ilova (Yangi betdan) Download 19.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling