Bitiruv oldi amaliyot xisoboti b ajardi: Sh. Abdulxamidova Qabul qildi: N. Mamadaliev Amaliyot o’tash joydan raxbar: M. X. Mirzanazarov Farg’ona 2021 Bitiruv oldi amaliyot xisobotining Reja qismi. Kirish


Download 1.92 Mb.
bet3/13
Sana04.05.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1424797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
хисобот намуна

Bugungi kunda Perfectum

Bugungi kunga kelib Perfectum uyali tarmog’i O’zbekistonning barcha viloyatlarda ifoda etilgan va shiddat bilan rivojlanayotgan kompaniya hisoblanadi. Odamlarning tez o’sib boruvchi ehtiyojlarini hisobga olib, biz nafaqat yangi texnologiyalar sohasida, balki yuqori sifatli uyali aloqa, qo’shimcha xizmatlarning boy tanlovi va minimal iste’mol xarajatlarda a’lo darajadagi xizmat taqdim qilish sohasida peshqadam kompaniyaga aylanishga intilamiz.





Perfectum Farg'ona filiali

2014 yil “Rubicon Wireless Communication” ga 19 yil va “Perfectum” uyali aloqa operatoriga 13 yil to’ldi. Ushbu yil nimasi bilan esimizda qoldi? Ish faoliyatimiz davomida qanday xulosaga keldik?


Tarmoqni texnik jihatdan modernizatsiyalash, yangi texnologiyalarni tadbiq etish, iste’molchilarning ongida savdo belgini yanayam barqarorligini mustahkamlash maqsadida 2014 yilning oxirlariga kelib, yilning eng muhim voqealaridan biri sifatida "Perfectum Mobile" savdo belgisining rebrendingi o’tkazildi. Yangi brend "Perfectum"ning asosi bu- sifatli, ishonchli hammabop uyali aloqa bo’lib, insonlarni bir-biriga Segodnya! Navsegda!-Bugun! Abadiy!-Today! Forever! birlashtirishdir!
"Perfectum" tarmog’i texnik jihatdan modernizatsiyalanganligi hamda, yangi servis va tariflarning yaratilishi, kompaniya klientlari uchun maxsus aktsiyalar o’tkazilishi va sovg’alarning turli-tumanligi bilan ajralib turadi.
8-mart Halqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayol-abonentlar uchun O’zbekiston bo’yicha BEPUL SMS, mobil internet va WAP xizmatlari berilgan edi.
Abonentlarga qulaylik uchun “Ipoteka banki” ning barcha kassalarida to’lovning yangi KOMISSIYaSIZ usuli ochildi.
Yilning eng ahamiyatli voqealaridan biri bu-Toshkent shahrida EV-DO Rev A yuqori tezlikda ma’lumotlar uzatish (GSM operatorlari tomonidan uzatilayotgan 3G analogi) yo’lga qo’yildi, ushbu tezlik abonentlarga mobil internetdan yanada samarali va yuqori tezlikda foydalanishga imkon yaratdi.
Yangi-1500 Mb, 2500 Mb, 3500 Mb, 4500 Mb, 10000 Mb internet –paketlari taklif qilindi, bunda abonent ikkinchi internet-paketga ulanganda megabaytlar qo’shib berilishi va bu o’z-o’zidan abonentga mobil-internetdan foydalanish har tomonlama qulayligi va mosligi aytildi.
Uzoq kutilgan xizmat “RingTone” (Toshkentda amal qiladi), oddiy gudok o’rniga mashhur musiqalarni o’rnatish xizmati paydo bo’ldi.
Facebook ijtimoiy saytida tanlovlar o’tkazildi, bunda “Perfectum" uyali aloqa kompaniyasidan BEPUL uyali telefon va turli brend sovg’alar yutib olindi. Instagram. Odnoklassniki da yangi sahifalar ochildi.
Yil davomida turli marketing tadbirlari bo’lib o’tdi, tadbirlarda “ARTEL Adi 5” va/yoki “ARTEL C 226” telefonini xarid qilibgina ishtirok etish mumkin edi:
-“Tashvishsiz muloqot” aktsiyasida-kirish qo’ng’iroqlari bepul bo’lgan “Barchaga yetkazing”tarif rejasiga ulanish imkoniyati berilgan. “ARTEL Adi 5” telefoni uchun 50 Mb sovg’a.
“Yangi yil” aktsiyasida- abonent to’lovi oyiga - 12051,75 so’m , Mobil internet-24 soat davomida xizmat uchun - 210,52 so’m /Mb tarifikatsiyalanadigan “Yangi yil” VIP tarif rejasiga ulanish imkoni berildi.
Toshkent shahrida “Perfectum" kompaniyasining bosh ofisi o’zining har tomonlama qulay, shinam va zamonaviy “Uyi”ga ega bo’ldi. Yangi ofisning ochilishi Yangi yil arafasida “Perfectum" yangi brendi ostida o’zining ko’pgina abonentlari va mehmonlari davrasida, turli sovg’alar va syurprizlar asosida bo’lib o’tdi. Kompaniya kirish qo’ng’iroqlari bepul bo’lgan “333” yangi tarif rejasini taqdim etdi. (Eslatma: SHu kungacha Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun tarif faqat “shartli” bepul kirish qo’ng’iroqlari bilan amalda edi).




Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling